Xushbo‘ylantiruvchilar
Ziravorlar
- tarkibida efir moylari, alkaloidlar va glyukozidlar mavjud bo‘lganligi
tufayli o‘ziga xos ta‘m va xushbo‘ylikka ega o‘simlik mahsulotlaridir. Ziravorlardan
foydalanish nafaqat ovqatning mazasini yaxshilaydi, balki uning organizmda hazm
bo‘lish darajasini ham oshiradi. Ziravorlar organizmdagi ko‘pchilik fermentativ
jarayonlarni katalizlaydi va bakterisid xossalariga ham ega bo‘ladi. Ziravorlarning
150 dan ortiq turi ma‘lum bo‘lib, ulardan faqatgina 20 ga yaqin turi keng tarqalgan.
Ziravorlar sifatida asosan o‘simliklarning qurutilgan qismlari: mevalari (arpa-
bodyon, zira, koriandr), urug‘lari (muskat yong‘og‘i), gullari va ularning qismlari
(qalampirmunchoq, za‘far), po‘stlog‘idan (dolchin) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |