Tuxumlarni saqlash.
Tuxumlar qog‘oz qutilarga 180 donadan, yog‘och yashiklarga 720 va 360
donadan, har bir qator orasiga poxol to‘shalib joylanadi. Havo aylanishi uchun
karton qutilarning yonlarida teshiklari bo‘ladi.
Qutilarga hidsiz bo‘yoq bilan tuxumlarning turlari (P - Parhezbop, Ya - yangi, S -
sovutgichda saqlangan, O - ohaklangan), kategoriyasi (I, II, K -kichik), tuxumni
qayta ishlash korxonasining nomi, savdo markasi, saralanish sanasi ko‘rsatiladi.
Sovutgichda saqlangan tuxumlar po‘choq ostidagi havo kamerasining terlashini
oldini olish uchun birdaniga issiq xonaga olib kirilmaydi.
Sovutgichli omborxonalarda tuxum yashiklarda 2 °C haroratda va 85-88% havoning
nisbiy namligida 6 oy davomida saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |