Savol va topshiriqlar
Istiqlol badiiy adabiyotga qanday ta`sir o`tkazdi?
Adabiyotdagi yangi tamoyillar haqida so`zlab bering.
She`riyat sohasida qanday o`zgarishlar sodir bo`ldi?
Nasr va dramaturgiya sohalarida qanday yaxshi asarlar yaratildi?
5-mavzu: Fitrat dramaturgiyasi
Reja
Fitratning milliy adabiyotdagi o`rni.
Fitrat dramalarining o`ziga xosligi.
“Abulfayzxon” tragediyasi tahlili.
Tayanch tushunchalar: jadidchilik, «Yosh buxoroliklar», tragediya
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat — ko‘p qirrali iste’dod sohibi. Fitrat XX asr o‘zbek adabiyotining ilk bunyodkorlaridan bolib, Behbudiy, Avloniy, Hamza, Qodiriy, Cho‘lpon, Ayniy kabi adiblar bilan bir qatorda ijod qilgan. Fitrat, ayniqsa, mohir dramaturg, yirik olim va jamoat arbobi sifatida adabiyot va san’at, ilm-fan, maorif va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
Fitrat — yozuvchining taxallusi boiib, arab tilida «tabiiy holat», «tug'ma tabiat», «yaratilish» ma’nolarini bildiradi.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda savdogar oilasida tug'ilgan. Otasi Abdurahim 1903-yilda Vatanni tark etib, chet el (Qoshg'ar)ga ketib qolgach, yosh Abdurauf onasi Bibijon tarbiyasida qolgan. Yoshligidan ilmga, adabiyotga ko'ngil qo‘ygan. Buxorodagi Mirarabmadrasasida ta’lim olgan Fitrat tengqurlari orasida iste’dodli, teran va erkin fikrlovchi, faol talaba sifatida ajralib turgan. Madrasada u nafaqat islom ilmi, balki dunyoviy fanlar bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Qrim, Qozon, Boku va Istambuldan keltirilgan gazeta va jurnallar bilan muntazam tanishib borgan. Buning natijasida yosh yigit Abduraufda XX asrning boshlarida keng tarqalgan jadidlar harakatiga qiziqish hosil bo‘lgan va shu harakat ta’sirida o‘sa borgan.
Fitrat jadidlarning tashviqi va yordami bilan 1909-1913- yillarda Turkiyaga borib, Istambul madrasasida tahsilni davom ettiradi. Shu bilan birga, u Turkiyada ham jadidchilik ruhida she’rlar, maqolalar yozadi. U 1914-yilda yurtiga qaytib kelgach,
mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etadi va tez orada Buxoro jadidlarining rahbari sifatida taniladi. Mamlakatni adolatsizlik va ijtimoiy zulmdan ozod qilish, amirlik tuzumini isloh etish, maktab-maorif ishlarini yo‘lga qo'yish uchun astoydil kurashadi. Fitrat 1917-yildan so‘ng bu ishni yanada qat’iyat va izchillik bilan davom ettiradi. 1917-yilda Fitrat yangi tuzilgan «Yosh buxoroliklar» inqilobiy partiyasi Markazqo'miga sarkotib etib saylanadi. Biroq Buxoroda uyushtirilgan xalq namoyishi (1917), xususan, «Kolesov voqeasi» (1918)dan so'ng o‘z faoliyatini Samarqand va Toshkentda davom ettirishga majbur bo‘ladi. Samarqandda chiqadigan «Hurriyat», keyinroq Toshkentda chiqadigan «Ishtirokiyun» gazetalarida ishlab, dolzarb mavzularda maqolalar va she’rlar yozadi.
Fitrat «Chig‘atoy gurungi»ni tashkil etishda ham tashabbuskorlardan boigan. 1919-1921-yillarda Toshkentda bu tashkilot ishiga faol qatnashib, o'zbek tili, o‘zbek adabiyotini tadqiq va tashviq etish bilan shug‘ullangan. «Tong» jurnalini tashkil etib, unga muharrirlik qilgan (1920). Keyinchalik BXSR Xalq maorifi vaziri (1921), Xalq Nozirlar Sho‘rosi raisining o‘rinbosari (1922) lavozimlarida ishlagan.
Fitrat 20-30-yillarda maktab-maorif, madaniyat, ilm-fan ishlariga, mutaxassis kadrlar tayyorlashga ko‘p e’tibor bergan. Professor Fitrat Toshkenl (1918-1919), Moskva (1923-1924), Samarqand (1927-1929) oliy o‘quv yurtlarida til-adabiyot ilmlaridan dars bergan. 0‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. Fitrat doim iste’dodli ijodkorlarni asrab- avaylash va parvarish etishga intilgan. 1926-yilda Abdulla Qodiriy asossiz ravishda qamalgach, Fitrat hukumat boshlig‘i Fayzulla Xo‘jayevga qayta-qayta murojaat qilib buyuk adibning qamoqdan ozod etilishiga erishgan.
Noyob iste’dod sohibi, bag‘rikeng inson, buyuk vatanparvar, adabiyot va maorifning haqiqiy jonkuyari — Fitrat qatag‘on yillarida mudhish tuhmatga uchrab, «xalq dushmani», Angliya va Germaniya josusi sifatida 1938-yil 4-oktabrda otib tashlangan. Yillar o4ib, o‘sha mash’um davrlar ham ortda qoldi, yurt mustaqillikka erishdi. Fitratning pok nomi qayta tiklandi.
Fitrat ijodida dramatik asarlar salmoqli o'rin egallaydi. Fitrat bu janrda murakkab va ziddivatli ijodiy yo‘lni bosib o‘tgan. U, avvalo, «Begijon» (1916), «Abo Muslim» (1916) kabi sahna asarlari yozib, mashq va izlanish davrini o‘taydi. So'ngra «Temur sag‘anasi» (1918), «Qon», «0'g‘uzxon» (1919), «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1921), «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1925), «Arslon» (1926), «Vose qo‘zg‘oloni»( «Ro‘zalar», «Toiqin» kabi pyesalar yozib iste’dodli dramaturg sifatida taniladi,
Fitrat pyesalarining aksariyati o‘tmish mavzularida yozilgan. Biroq ularning hammasi ham zamonaviy ruh bilan sug‘orilgan. Fitrat dramaturgiyasining ma’rifiy-tarbiyaviy va estetik ahamiyati ham, avvalo, ana shunda.
Fitrat sahna asarlarining eng sarasi, shubhasiz, «Abulfayzxon» tragediyasidir. U besh pardali tarixiy fojia bo*lib, unda XVIII asr hayotiga oid keskin voqealar qalamga olingan. Buxorodagi o‘zbek xonlarining so'nggisi Abulfayzxon davridagi taxt uchun olib borilgan keskin kurashlar, qirg‘inbarot janglar, xiyonatu sotqinliklar ichida bevosita ishtirok etayotgan odamning tuyumlari ustalik bilan ko‘rsatilgan. Bir xon haydalib, uning o‘rniga ikkinchisi kelishi bilan mamlakat va xalq ahvoli o’zgarmaydi — ehunki taxt egallanayotgandayoq qon to‘kiladi, hokimiyat qonga quriladi. Bu bilan hokimiyatning, taxt egalarining ayovsiz qismatlari ochib beriladi. Bundan tashqari. mamlakat va xalq hayotini yaxshilash uchun Ijtimoiy tuzumni tubdan o‘zgartirish, mamlakatni demokratiya asosida boshqarish lozim degan muhim, adolatli g‘oya asarning umumiy ruhiga singdirib yuborilgan.
Dramaturg tragediyada taxt-tojni la’natlab, xayol tilidan « Hech gimohi bo 'Imagan tog ‘ kabi millionlarclui yigitlar sen uchun qurbon bo 'lib ketdilar... Sen fazilatlik bilimdonlarning qo‘l-qanotlarini uzib tashlading. Injit tizguchi adiblaming qalamlarini uchoq supnrgusiga aylantirding, ota pichog'i bilan bolalarni bo'g'izlading, bola xanjarlari bilan otalarini yiqitding”, — deb xitob qiladi. Shuningdek, xalqning tarixdagi buyuk rolini to‘g‘ri qayd etib: «Xalq bilan birga ho Imagun hokimiyat qum ustiga qurilgan saltanatdir». — degan g’oyani olg'a suradi. Fitrat «Abulfayzxon» tragediyasining g‘oyaviy mazmunini, asar sujetiga asos bo'lgan keskin ziddiyatni gavdalashtirishda, rang-barang xarakterlar yaratishda shekspirona mahorat namunasini ko‘rsatgan. So‘z san’ati imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalangan.
Bu fojianing asosiy obrazi Abulfayzxon (1711-1747) Buxoro amirligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasiga mansub tarixiy shaxs. Asarda Abulfayzxon obrazi tarixiy haqiqatga mos ravishda mahorat bilan yaratilgan. Abulfayzxon murakkab va ziddiyatli obraz. U «yumshoq» tabiatli zolim, xullas, oddiy inson, ayni vaqtda qonxo‘r hukmdor. U: «0‘ldiraman, o'ldiraman. Dunyoda bitta dushmanim qolmagunicha qon to'kaman. Ulfatning so'zi to'g'ri: «Podshohlik qon bilan sug'oriladigan bir og'ochdir», — deydi. Abulfayzxon tabiatida yovuzlik bilan qo‘rqoqlik, xiyonat bilan shubha-gumon, olchoqlik bilan talvasayu tavba-tazarru uzviy bog‘liq holda namoyon bo'ladi. Dramaturg voqea davomida Abulfayzxonning ruhiy holatini, ikkilanishlari, ichki kechinmalari, vijdon qiynoqlaridan azoblanishlarini jonli va ishonarli qilib ko'rsatgan. Abulfayzxon: «Men bu ishlardan bezdim... Qon to'kmoqdan-da bezdim. Akamni o'ldirdim. Ko'p do ‘stlarimni o 'Idirdim. Meni bir ota kabi asragan Farhod otaliqning bosh ini oyoqlar ostinda ko ‘rdim... Uf... Ko 'zlarim qonga to ‘Idi. Kechalari uxlay olmavman. Ko ‘zlarinmi yumgach, biitun o ‘Iganlar, o ‘Idurganlarim meni aylanturub olalar, siralanib yonimdan o ‘talar. Meni qo ‘rqutalar, menga kulalar!» — deb qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi.
Tragediyada Abulfayzxonga qarama-qarshi holda Ibrohimbiy obrazi berilgan. Bahodir sarkarda Ibrohimbiy asarda xalq najotkori sifatida gavdalantirilgan. U to‘g‘riso‘z, jasur va adolatparvarligi tufayli xonning qahriga uchrab zindonband qilinadi. U zindonda uzoq vaqt yotib ko‘zidan ajraladi. Ibrohimbiy Eron shohi Nodirshoh ko'magida Abulfayzxonni taxtdan tushirib, uning o‘rnini egallagan sotqin Rahimbiyga qarata: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim. Chunki Abulfayzxon elga yomonlik qildi, yurtni taladi, hukumat ishlariga qaramadi, kecha-kunduz chog'ir ichib yotdi. Shularga qarshi urushdim. Siz bu kip undan ortiq haqsizlik qilib turibsiz. Ko ‘zim bo'lsa edi, ertadan boshlab siz bilan urushar edim», — deydi. Ibrohimbiy zulm va haqsizlikka qarshi adolat va halollik uchun jon fido qiladi. Uning uchun inson erki barcha narsadan muhimdir. Ibrohimbiy: «Men bo'lganda Abulfayzxonni tushurgach, qurultoy chaqirar edim. Yangixon bilan uning otalig ‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», — deb hukmdorlarni xalq bilan kengashib ish ko'rishga da’vat etadi.
Tragediya ziddiyatlari haram boshlig‘i Ulfat, Qozi Nizom. Davlat to‘qsabo, Nodirshoh, Hakimbiy, Rahimbiy, Mir Vafo tarixchi, Doniyolbiy kabi obrazlar harakatlari orqali yana ham yorqinroq aks ettirilgan. Dramaturg har bir obrazning o‘ziga xos fe’l-atvori, xatti-harakatini ustalik bilan ko‘rsatib bera olgan. Eron podshohi — Nodirshoh hiylakor, makkor. Bu bosqinchining so‘zi boshqa, ishi boshqa. Nodirshoh: «liar o 'Ikani urushib olmoq siyosat etnas. Urush choralarning eng so ‘ngisidir. Bir o ‘Ikani olmoq uchun eng yaxshi chora —shu o ‘Ikaning o ‘zidan do ‘stlar topmoq, shularni ishlatmoqdir. Buxoro bugun bizniki, ertaga Xivani ham yolg ‘izlatib bo ‘g ‘ishimiz qulay bo'/adi», — qabilida ish tutadi.
Asardagi obrazlar orasida Hakimbiy, Davlat va Ulfat tabiatlaridagi salbiy bo‘yoqlarning quyuqligi bilan a’lohida ajralib turadi. Ulfat Abulfayzxonning eng yaqin odami — u kecha-kunduz xon bilan birga. Lekin unda na insof, na insoniylik bor. U ig‘vogarlik va qonxo'rlikni o'ziga kasb qilib olgan. Ulfat: «...podshohlik — qon bilan sug ‘oriladigan bir og ‘ochdir. Qon oqib turmagan yerda bu og ‘och qurib qolishi aniqdir», — deya Abulfayzxonga o‘z «falsafa»sini singdiradi.
«Abulfayzxon» tragediyasi tarixiy voqealarning asliyatdan unchalar uzilmagan badiiy ifodasidir. Asardagi kechmishning tasvirlanish darajasi yuqori: asar sujeti yaxlit, tugal, ta’sirli va jozibador. Tragediya til jihatidan ham mukammal. Asar o'tkir va serma’no monolog va dialoglardan tashkil topgan. Tragediya chuqur mazmunli falsafiy umumlashmalarga, hikmatli so‘z va iboralarga boy. Akademik M. Rahmonov qayd etganidek: «Asarda tarixiy voqealarning haqqoniy tasvirlanishi, sujet va obrazlarning puxta ishlanishi, ro‘y beradigan hodisalar va
qahramonlarni harakatga keltiruvchi vositalardan o‘rinli foydalanish jihatidan Fitratning V. Shekspir ijodi va uslubiyatiga ergashgani sezilib turadi»-4.
Fitrat ijodida mustamlakachilikni fosh etish mavzusi katta o‘rin egallaydi. Yozuvchining publitsistikasidagina emas, shu bilan birga, dramatik janrdagi asarlarida ham ushbu mavzu asosiy o'rin tutadi. «Temur sag‘anasi», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» kabi bitiklar buning isbotidir.
«Temur sag‘anasi» tragediyasida ko‘p yillardan beri mustamlakachilar zulmi ostida ezilib, xoru-zor bo‘lgan Turkiston xalqlarining dardu alamlari va orzu-istaklari aks ettirilgan. Asarda ko‘rsatilishicha, mustamlakachilar zulmidan azob chekkan bir turk o‘g‘loni buyuk bobomiz Amir Temur qabriga madad izlab boradi. Sohibqiron ruhiga mustamlakachilardan jafo-zulm ko‘rib, g‘am chekib ezilgan, qonli ko‘z yoshlari sel bo‘lib oqqan Turk elining qayg‘u- hasratlarini to‘kib, undan imdod izlaydi. Amir Temur sag‘anasi oldida tiz cho‘kib: «Xoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko 'tak istarga keldi. Bog ‘lari buzilgan, cho ‘llari so ‘Igan, bulbullari uchirilgan Turonning bir qorovulisenga arz etarga keldi», — deb iltijo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |