Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


Dunyo topdim, lekin dunyo yig ‘madim



Download 0,98 Mb.
bet16/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Dunyo topdim, lekin dunyo yig ‘madim,

Men el uchun ot ustida uxladim,

Mustaqillik davrida yuzaga kelgan «Jaloliddin Manguberdi», «Ajdodlar qilichi» (E. Samandar), «Qora kamar» (Sh. Xolmirzayev), «Oqpadar» (U. Azim), «Zahiriddin Muhammad Bobur» (Z. Muhiddinov, M. Hamidov), «Bashar allomasi» (N. Abdulla), «Piri koinot» (H. Rasul) kabi dramalarda ham o'tmish hayot va ulug‘ ajdodlar obrazlari tasvirlandi. Bu sohadagi yangilik, avvalo, shu bo‘ldiki, dramaturglar o‘tmish mavzularini tasvirlashda sotsrealizmning partiyaviylik va sinfiylik singari doimiy talablariga amal qilishdan qutuldilar. Masalan, Shukur Xolmirzayevning «Qora kamar» dramasida «bosmachilik» xalqqa qarshi harakat emas, aksincha, milliy ozodlik harakatidir, degan qarash obrazli tarzda ishonarli aks ettirildi.

«Unsiz faryod» (Shukrullo), «Kurort» (0\ Umarbekov), «Temir xotin», «Taqdir eshigi» (Sh. Boshbekov), «Bir million mojarosi» (H. G‘ulom), «Nomsiz yulduzlar» (Mashrab Boboyev), «Oupa» (U. Nazarov), «Puch», «Tusmol» (A. Ibrohimov), «Qatag‘on» (O1. Hoshimov), «Kunduzsiz kechalar» (Usmon Azim), «Xotinlar hangomasi» (M. Haydar), «Bir kam dunyo» (Ilhom Hasanov) va boshqa sahna asarlarida ma’naviy hayotda mavjud nuqsonlar ochib tashlangan. Shu orqali to‘g‘rilik, halollik, insonparvarlik, mehnatsevarlik targ‘ib qilingan.

O'lmas Umarbekovning «Kurort» dramasida «Mehnat ahli» jamoa xo‘jaligi misolida poraxo'rlik, ko‘zbo‘yamachilik singari illatlar fosh etilgan. Asarda ko‘rsatilishicha, rais To‘lan hamtovoqlaridan roga oladi va buning evaziga ularning porok ishlarini oqlab, jinoyatlarini yashiradi. Natijada, haromxo‘rlar hech narsadan tap tortmay, jinoyat ustiga jinoyat qilaveradilar. 0‘z qo‘l ostidagi shaxslardan pora oladigan To‘lan, ayni chog‘da, o'zidan kattalarga pora beradi. Demak, uning ham o‘z suyanchiqlari bor. Ana shu suyanchiqlariga tayanib To'lan o‘zini bemalol tutadi, nopoklik ustiga nopoklik qiladi. Asarda ana shu suyanchiqlarning «o‘sishi», keyinchalik esa ich-ichidan chirib yemirilishi va nurashi asoslab berilgan hamda ustalik bilan ko‘rsatilgan. Oqibatda, Toian poraxo'r va ko‘zbo‘yamachi, maishatparast va amalparast shaxs sifatida yaqqol gavdalangan.

Asardagi Toian obrazi qanchalik ustalik bilan yaratilgan bo‘Isa, unga qarshi kuchlami ifodalovchi Qo‘ziboy obrazi ham shunchalik mahorat bilan chizilgan. Xo'jalikning bosh hisobchisi to‘g‘ri ko‘ngilli Qo‘ziboy sofdil, halol kishilarga tayanib, harakat qiladi. Qo‘ziboy pyesada nopokliklarni tag-tomiri bilan yemirib tashlab, adolat va haqqoniyat tantanasini ta’minlayotgan sofdil, halol zamondoshlar vakili sifatida gavdalanadi.

Bu davr dramaturgiyasi taraqqiyotida Sharof Boshbekovning «Temir xotin» komediyasi munosib o‘rin egalladi. Komediyada hayot haqiqatiga asoslangan konflikt mahorat bilan yoritilgan. Ma’lumki, adabiyotda uzoq yillar davomida paxtakorlar, ayniqsa, paxtakor xotin-qizlar mehnati juda oson ish tarzida, bayramga o‘xshatib tasvirlab kelindi. «Temir xotin» komediyasi o‘zbek dramaturgiyasida birinchi bo'lib, ana shu soxta tasavvurga qattiq zarba berdi. Paxtakor ayol mehnatining qanchalik og‘ir, qanchalik mashaqqatli ekani ochib tashlandi.

Asarda qishloq hayoti, o‘zbek ayollarining qiyin sharoitda kun ko‘rayotganliklari, og‘ir mehnat ostida ezilib xo‘rlanayotganliklari, «joni qirqta» bo‘lgan o‘zbek ayollari bardosh bergan mashaqqatli mehnatga, hatto, temir ham chidash bera olmasligi komediyada ta’sirli va qiziqarli qilib ko'rsatilgan. Komediyaning «Temir xotin» deb atalishida chuqur ramziy ma’no bor.

Mustaqillik davrida o'zbek dramaturgiyasida kishilarning ma’naviy hayotini yoritishga katta e’tibor berildi. Natijada, adolat va haqqoniyat, halollik va to‘g‘rilik, do‘stlik va vafodorlik, sadoqat, mehr-oqibat sifatlari bilan fitna-fasod, fisqu fujur, tuhmat, makr va ayyorlik illatlari to'qnashuvi ko‘rsatilgan xilma-xil sahna asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda xalq va mamlakat hayotidagi ibratli va ilg‘or tamoyillarni yoritish bilan birga, turmushda uchraydigan manmanlik, nopoklik, qalloblik, tekinxo‘rlik, ig‘vogarlik, ma’naviy qashshoqlik singari illatlar fosh etildi. Bu sohadagi yutuqlarni «To‘ydan keyin tomosha» (Shukrullo), «Chimildiq» (E. Xushvaqtov), «Taqdir» (R. Ma’diyev), «Farishta» (H. Rasul), «Diyonatga xiyonat» (K. Avaz), «Quduq tubidagi faryod» (G‘. Shermuhammad) va boshqa asarlarmisolida ochiq ko‘rish mumkin.

Taniqli shoir va dramaturg Shukrulloning «To‘ydan keyin tomosha» dramasi Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov» dramasiga mazmun jihatidan yaqin turadi. Ma’lumki, «Baxtsiz kuyov»da boylarga taqlid etib katta to‘y qilgan va natijada qarzga botib baxtsizlikka uchragan kambag‘al yigitning fojiasi hikoya qilingan edi. Shukrullo o‘z asarida A.Qodiriy an’analarini yangi zamon voqealari asosida ijodiy davom ettirdi va bu an’analarni boyitdi. «To‘ydan keyin tomosha» dramasida ba’zi o‘zbek oilalarida nikoh to‘yi tantanalari haddan tashqari oshirib yuborilayotgani, to‘ylarda ortiqcha isrofgarchilik bo‘layotgani va buning ayanchli oqibatlari ochib tashlangan.

Dramaning qahramonlari: Mo‘min bilan Xolida bir-birini jondan ortiq sevadi, shirin-shakar oila qurmoqchi bo‘ladi. Biroq ortiqcha hashamu dabdaba, «men undan kammi?» deya manmanlik qilish, «kim o‘zarga» to‘y-tomosha berish illati bu ikki yoshning boshiga balo bo'ladi. Oila kattalari o‘z imkoniyatlariga qaramasdan qarz olib, katta to‘y qiladilar va qarzni toMolmay behad qiynaladilar. Buning ustiga, ko‘p o‘tmay Mo‘minning onasi Nazira bibi kichik qizini dabdabali to‘y qilib uzatmoqchi bo‘lib qoladi. Shu niyatda ona Mo'minning to‘yida tushgan bisotga (sovg'alarga) chang soladi: kelinning buyumlarini, zebu ziynatlarini qizining to‘yigasarflamoqchi bo'ladi. Yosh kelin Xolida esa bunga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Shunday qilib, Mo‘minni bir tomondan onasi, ikkinchi tomondan, yosh xotini qiynaydi. Mo‘min onasining talabiga rozi bo‘Isa xotini, xotinining royiga qarasa onasi ranjiydi, xafa bo'ladi. Oqibatda Mo‘min ruhan juda eziladi, iztirob chekadi, hatto o‘zini osib o‘ldirmoqchi boiadi. Mo‘minning bu holati uning tilidan quyidagicha ifoda etiladi:




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish