Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan



Download 0,98 Mb.
bet19/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Muallif orzu-armonlarini Amir Temur tilidan aytib, shu badiiy yechim orqali o‘zg‘oyalarini o‘tkazmoqni o‘ylaydi: «Men sizlarga ko ‘p narsalarni yetkardim. Ne bo 'Idiki, bir zamonlar sharafli va jasur bo'lgan bir millatning avlodlari Iwzir boshqa bir millatning zulmi ostida qolmish... Kimlar bog ‘laringdan qushlarimni quvmoqda! Otalar merosidan nima oldingiz! Sizdan talab etaman: qalqingiz. O'lkani tuzatingiz, avlodlarimni hur vashamoqlarini ta ’min etingiz. Agar bunday qilmasangiz, o ‘Ikamiz buyuk bir mozor holiga keladi5. Ko'rinadiki, «Temur sag‘anasi» tragediyasida turk ulusining kuch-qudrati, buyuk qadriyatlari, ezgu an’analari ulug‘lanib, mustamlakachilikka, zulm va istibdodga qarshi birlashib kurashishga da'vat etiladi.

Fitratning «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» dramalari voqealari Hindistonda boiib o'tadi. «Hind ixtilolchilari» asarida Hindistonni Angliya hukmronligidan qutqarish, mustaqillikka erishish g‘oyasi aks etgan. Dramada musulmon farzandlari Rahimbaxsh bilan Dilnavozlarning ishq qissalari hindlarning istiqlol haqidagi armonlari bilan uzviy bog'liq holda tasvirlangan.

Rahimbaxsh bilan Dilnavoz bir-birini sevadi. Biroq bu sof sevgiga ingliz ofitseri Okunar g‘ov boladi va u qizni olib qochadi. Hind mehnatkashlari esa Dilnavozni mustamlakachi ofitser iskanjasidan qutqarishda musulmonlarga yaqindan ko‘maklashadi. Asarda hindlar bilan musulmonlar: «Yurtimizni mustamlakachilar zulmidan qutqaramiz. Yashasin, istiqlol!» shiori asosida birlashib, mustamlakachilarga qarshi kurashadilar. Zero, Vatan istiqloli na millat, na e’tiqod tanlaydi. Asar g‘oyasini quyidagi dialog yaqqol ifodalaydi:

Rahimbaxsh:Inglizning eng yaxshi tarbiyasi uni Hindistondan quvmoqdir... Bir yovni yurtdan haydamoq biryurtni yov qo‘lida qo‘rmoqdan qiyin emasdir,

Dilnavoz: Inglizni Hindistondan quvmoq...

Rahimbaxsh. Ezgu ishlarning birinchisidir.

«Hind ixtilolchilari» tragediyasida voqea va obrazlar Hindiston hayotidan olingan bo‘lsa-da, bu asar aslida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh etishga, chorizm zulmi ostida ezilgan Turkiston xalqlarini mustaqillik uchun kurashga chaqirishga qaratilgan. Fitratning «Hind ixtilolchilari» asarida tashbehlarga yashiringan ezgu orzusi ham ana shunda. Dramaturg o‘z ona Vatani — 0‘zbekistonni mustaqil, o‘z xalqini har qanday zulm va cheklashlardan ozod holda ko‘rishni istagan va bu istakni asarda o‘ziga xos tarzda, ma’joziy usulda ifodalagan. Hamid Olimjon dramaning bu xususiyati haqida «Fitrat Hindistonni Turkistonda turib tasvirlaydi. Shuning uchun Hindiston kartinasi Fitratga faqat bir fon, bir libos bo'libgina xizmat qiladi. U Hindiston qahramonlarni harakatga keltiruvchi vositalardan o‘rinli foydalanish jihatidan Fitratning V. Shekspir ijodi va uslubiyatiga ergashgani sezilib turadi»24.

Fitrat ijodida mustamlakachilikni fosh etish mavzusi katta o‘rin egallaydi. Yozuvchining publitsistikasidagina emas, shu bilan birga, dramatik janrdagi asarlarida ham ushbu mavzu asosiy o‘rin tutadi. «Temur sag'anasi», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» kabi bitiklar buning isbotidir.

«Temur sag‘anasi» tragediyasida ko‘p yillardan beri mustamlakachilar zulmi ostida ezilib, xoru-zor bo‘lgan Turkiston xalqlarining dardu alamlari va orzu-istaklari aks ettirilgan. Asarda ko‘rsatilishicha, mustamlakachilar zulmidan azob chekkan bir turk o‘g‘loni buyuk bobomiz Amir Temur qabriga madad izlab boradi. Sohibqiron ruhiga mustamlakachilardan jafo-zulm ko'rib, g‘am chekib ezilgan, qonli ko‘z yoshlari sel bo‘lib oqqan Turk elining qayg‘u- hasratlarini to‘kib, undan imdod izlaydi. Amir Temur sag'anasi oldida tiz cho‘kib: «Xoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko ‘tak istarga keldi. Bog‘lari buzilgan, cho ‘llari so'lgan, bulbullari uchirilgan Turonning bir qorovuli senga arz etarga keldi», — deb iltijo qiladi.

Muallif orzu-armonlarini Amir Temur tilidan aytib, shu badiiy yechim orqali o‘z g‘oyalarini o‘tkazmoqni o‘ylaydi: «Men sizlarga ko ‘p narsalarni yetkardim. Ne bo ‘Idiki, bir zamonlar sharafli va jasur bo ‘Igan bir millatning avlodlari hozir boshqa bir millatning zulmi ostida qolmish... Kimlar bog'laringdan qushlarimni quvmoqda! Otalar merosidan nima oldingiz! Sizdan talab etaman: qalqingiz. 0 ‘lkani tuzatingiz, avlodlarimni hur yashamoqlarini ta ’min etingiz. Agar bunday qilmasangiz, o ‘Ikamiz buyuk bir mozor holiga keladi»25. Ko‘rinadiki, «Temur sag‘anasi» tragediyasida turk ulusining kuch-qudrati, buyuk qadriyatlari, ezgu an’analari ulugianib, mustamlakachilikka, zulm va istibdodga qarshi birlashib kurashishga da’vat etiladi.

Fitratning «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» dramalari voqealari Hindistonda bo‘lib o‘tadi. «Hind ixtilolchilari» asarida Hindistonni Angliya hukmronligidan qutqarish, mustaqillikka erishish g'oyasi aks etgan. Dramada musulmon farzandlari Rahimbaxsh bilan Dilnavozlarning ishq qissalari hindlarning istiqlol haqidagi armonlari bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlangan.

Rahimbaxsh bilan Dilnavoz bir-birini sevadi. Biroq bu sof sevgiga ingliz ofitseri Okunar g‘ov boiadi va u qizni olib qochadi. Hind mehnatkashlari esa Dilnavozni mustamlakachi ofitser iskanjasidan qutqarishda musulmonlarga yaqindan ko‘maklashadi. Asarda hindlar bilan musulmonlar: «Yurtimizni mustamlakachilar zulmidan qutqaramiz. Yashasin, istiqlol!» shiori asosida birlashib, mustamlakachilarga qarshi kurashadilar. Zero, Vatan istiqloli na millat, na e’tiqod tanlaydi. Asar g‘oyasini quyidagi dialog yaqqol ifodalaydi:

Rahimbaxsh:Inglizning eng yaxshi tarbiyasi uni Hindistondan quvmoqdir... Bir yovni yurtdan haydamoq — bir yurtni yov qoiida qo'rmoqdan qiyin emasdir.

Dilnavoz: Inglizni Hindistondan quvmoq...

Rahimbaxsh:Ezgu ishlarning birinchisidir.

«Hind ixtilolchilari» tragediyasida voqea va obrazlar Hindiston hayotidan olingan bo‘lsa-da, bu asar aslida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh etishga, chorizm zulmi ostida ezilgan Turkiston xalqlarini mustaqillik uchun kurashga chaqirishga qaratilgan. Fitratning «Hind ixtilolchilari» asarida tashbehlarga yashiringan ezgu orzusi ham ana shunda. Dramaturg o‘z ona Vatani — O'zbekistonni mustaqil, o‘z xalqini har qanday zulm va cheklashlardan ozod holda ko‘rishni istagan va bu istakni asarda o‘ziga xos tarzda, ma’joziy usulda ifodalagan. Hamid Olimjon dramaning bu xususiyati haqida «Fitrat Hindistonni Turkistonda turib tasvirlaydi. Shuning uchun Hindiston kartinasi Fitratga faqat bir fon, bir libos bo‘libgina xizmat qiladi. U Hindiston millatchilarining kurashlarini ko'rsatish yo'li bilan Turkiston millatchilarining harakatiga nisbatan o‘z munosabatini tayinlaydi»26, — deb yozgan edi.

«Hind ixtilolchilari» — badiiy jihatdan juda puxta. Asarda konflikt hayotiy va keskin boiganidek, asosiy xarakterlar (Rahimbaxsh, Dilnavoz) ham aniq va tiniq ishlangan. Asar tilida tabiiylik, obrazlilik ham tobida.

Fitrat dramaturgiyasida xalq hayotini tasvirlashga alohida ahamiyat berilgan. Bu jihatdan «Arslon» dramasi ajralib turadi. «Arslon» — burungi Buxoro xonligida yashagan dehqonlar hayotidan olingan besh pardali drama bo‘lib, unda ijtimoiy adolatsizlik sababli paydo bo'lgan hayotiy ziddiyat haqqoniy aks ettirilgan. Zolim mulkdorlarning shafqatsizligi, mehnatkash halqqa qilgan jabr-zug‘umlari yaqqol ochib berilgan. Asar ziddiyati Arslon, To'lg'unoy, Botir singari mehnatkash xalq vakillari bilan Mansurboy, Zaynab boyvuchcha, Imom kabi obrazlar o'rtasida ro'y beradi. Bu ziddiyat asarda qiziqarli va ta'sirli qilib ko‘rsatilgan.

Dramaning bosh qahramoni Arslon — oriyatli va vijdonli dehqon yigit. U halol ishlab, halol yashashni istaydi, o‘z mehnati bilan o‘z tirikchiligini o'tkazishga intiladi. Arslon hamqishloqlariga qo‘lidan kelganicha yaxshilik qiladi. U o‘zi pulga muhtoj bo‘lsa-da, ko‘r Hasanning boydan olgan qarzini to'lab, uni zo‘r qayg'udan qutqaradi (boy qarz hisobiga Hasanning 12 yoshli qizini o‘ziga xotin qilib olmoqchi edi). Arslon boyni oldirmoqchi bo‘lgan Botirga nasihat qilib, qon to‘kilishining oldini oladi. Biroq voqea davomida boy Arslonning o‘zini ham tinchitmaydi.

Hayotdagi adolatsizlik va nopoklik Arslonning belini sindiradi, xonavayron qiladi. Arslon: «Uf! Yashamoq bir sovuq hazilmikan, bilmadim. Balo ustiga balo. Qayg'u ustiga qayg'u!.. Bittasini talasha-talasha u o ‘qotursan. Ikkinchisi, uchinchisi bosadur, uni umtmayin, to'rtinchisi, beshinchisi, oltinchisi!.. O'tganyil sukkiz tcinob yerim bor edi. Hammasini ekib, katta-katta xirmonlar ko'tardim. Bek solug' deb, mullo vaqfdeb, dorug‘alar kavsan deb hammasini oldilar. Hashaming «boqi»si deydilar, sigirimni sutib berditn. Bir yilda ikki yo la shariatga is/iim lushdi. Boydan qarz so ‘radim. Yeringni sotmasang, pul yo ‘q, dedi. To rt tanobini soidim. Pulini qozining odamlariga ulashdim!» — deb nola qiladi.

Dramada ko‘rsatilishicha, Arslonning qashshoqlana borishi bilan birga, uning ong-tushunchasida o‘sish-o'zgarishlar yuz berib, oq-qorani farqlaydigan bo'ladi. Mansurboy esa borgan sari haddidan oshadi. Adolatsizlik usiiga adolatsizlik qiladi. Qo'shnisi Arsionning yeriga ega bo‘lish va uning sevgilisi To‘lg'unoyga uylanish maqsadida yigitga tuhmat qilib, uni qamatadi. Asosiy tirikchilik manbai bo‘Igan yeridan ajralib xonavayron boigan Arslon qamoqdan qaytgach, Mansurboyni o‘ldirib, imonsiz zolimlardan qasos oladi.

Dramada sodda va sofdil dehqon yigit Arsionning turmush achchiq-chuchuklari girdobida toblanib, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi harakat qiladigan isyonkor qahramon boiib yetishishi ishonarli qilib ko‘rsatilgan. Urnuman olganda, «Arslon» dramasi mahorat bilan yozilgan. Undagi asosiy obraziar fe’l-atvori, xususan. Arslon, Toig'unoy, Mansurboy. Zaynab va imom xarakteri jonli va to'laqonli chiqqan. Asarda personajlar tili aniq qilib individuallashtirilgan. Unda yorqin epizodlar, kulgili, ta’sirli voqealar, lirik ko‘rinishlar, teran mazmunli dialog va monologlar ko‘p. Boy bilan boyvuchchaning dialogini berishda dramaturg so‘z o‘yinlaridan, kinoya va qochirimlardan ustalik bilan foydalangan.

Zaynab o‘ynashi Imomni o‘z eri bo'lmish boyga «xolam» deb tanishtiradi. Dramaturg bundan so'z o‘yini yasab, boy va boyvuchcha ustidan kuladi:



lmom: Assalomu alaykum, o'rgilay Oyimxon! Boy yo'qlarmi?

Zaynab: Bo'lsalar ham bu yoqqa kelmaydilar, qo'rqmang.

Imom: Bay-bay-bay, bugun judayam ofatijon boiibsiz, xudo yomon ko'zdan saqlasin (Duo o'qib. dam solar. Zavnabni quchoqlamoqchi bo'lib turganda, boyning tovushi eshitiladi). Voy... xudo urdi meni... qaysi go'rga boray endi...

Zaynab: Qo'rqmang, o'ltiring (boy eshikka yaqinlashadi). Hoy... kirmang, qo'noq bor.

Boy: Kim bor?

Zavnab: Xolamlar kelgan edilar.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish