Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


Reja: . 1.Yozuvchining ilk asarlari. 2.Birinchi o`zbek romani. 3."Mehrobdan chayon" romani tahlili Tayanch tushunchalar



Download 0,98 Mb.
bet21/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Reja:

. 1.Yozuvchining ilk asarlari.

2.Birinchi o`zbek romani.

3."Mehrobdan chayon" romani tahlili


Tayanch tushunchalar: «O‘tgan kunlar» romani, asar qahramonlari, badiiy ziddiyat, roman badiiy qurilmasi, badiiy makon, badiiy zamon

«O‘tgan kunlar» 1919 yilda yozila boshlagan ekan, roman g‘oyasi adib ko‘nglida ilgariroq, hech bo‘lmaganda 1917 yil oxirlari yoki 1918 yil davomida etilganligi ayon. Xo‘sh, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida yozuvchini shunday asar yozishga, «moziyga qaytib ish ko‘rish»ga nima majbur etdi? Ulug‘ adib nega roman uchun ko‘p asrlik tariximizning muhim pallalari, behisob voqealari, son-sanoqsiz yorqiy siymolari orasidan ayni keyingi «xon zamonlari»ni mavzu qilib tanladi? Keyingi «xon zamonlari»ni nima sababdan «tariximizning eng kir, qora kunlari» deb atadi?

«O‘tgan kunlar» yaratilgan davr o‘zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahon taraqqiyoti, mamlakatlari qatoridagi o‘rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik masala edi. Abdulla Qodiriy, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, oktyabr o‘zgarishidan burunoq sobiq Turkistondagi taraqqiyparvar ziyolilar izidan borib, ular safida turib ona yurtining, millatining taqdiri haqida astoydil qayg‘ura boshlagan, o‘zicha najot yo‘lini qidirayotgan edi. U 1917 yil fevral, so‘ng oktyabr inqilobiga katta umid bilan qaradi, bolsheviklarning va’dalariga, Sharq ozodligi, mazlum Turkiston mehnatkashlari saodati leninizm orqasida vujudga chiqishiga ishondi, inqilob erk berdi, jasorat berdi deb quvondi. Ammo adib bu va’dalar qog‘ozda qolib ketayotganligini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat e’tibori bilan o‘zgarmay qolayotganini, balki u munofiqona tus olayotganini, el orasida buzg‘unchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, g‘ofil xalq bu qonli siyosatning qurboni bo‘layotganligini, qisqasi xalqimiz uchun yangidan istibdod, mustamlakachilik davri boshlanayotganligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Ayniqsa, oktyabr va’dalaridan ilhomlanib, Qo‘qonda tashkil topgan birinchi Turkiston mustaqil muxtoriyatining majaqlab tashlanishi ko‘p hur fikrli ziyolilar qatori Qodiriyni qattiq larzaga solgan bo‘lishi tabiiy. Xuddi shu fojeiy hodisa «Utgan kunlar»ning yozilishiga turtki bergan bo‘lsa ajab emas. Adib bu romani orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi bo‘ladi, «tariximizning eng kir, qora kunlari» — yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan, keyingi «xon zamonlari» haqida so‘z ochib, tarixning bu ayanchli haqiqatidan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ladi; bir vaqtlar jahonga dovrug‘ solgan Turkiston davlatining emirilish, halokatga yuz tutish sabablarini badiiy tahlil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

«O‘tgan kunlar» romanining ma’no-mundarija doirasi aslida ancha keng. Unda xilma-xil ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida eng muhimi — yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasidir. «O‘tgan kunlar» romaniga qadar ham, asar yozilgan paytlarda va undan keyin ham hech kim o‘tgan asrda millat, milliy davlat takdiri uchun hayot-mamot ahamiyatiga molik tarixiy hodisalarni, o‘lkaning mustaqillikdan mahrum bo‘lib, mustamlakachilar oldida taslim bo‘lishiga olib kelgan omillarni Qodiriychalik chuqur, ta’sirchan badiiy tahlil etgan emas. Binobarin, yurtning mustaqilligi, birligi, totuvligi, tinchligi masalasi romanning asosiy pafosi darajasiga ko‘tarilgan. Asarning markaziy qahramonlaridan Otabek va YUsufbek hojilar shu yurtning istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.

Roman boshidayoq biz Otabekni uylanish oldida turgan oshiq yigit va dunyo ko‘rgan, oq-qorani tanigan, el-yurt g‘amida yurgan taraqqiyparvar siymo sifatida ko‘ramiz. Otabek Marg‘ilonda Ziyo shohichining uyidaga ziyofatda o‘zining ijtimoiy maslagini ayon etadi. Rusiya safari xotiralarini so‘zlar ekan, jumladan shunday deydi; «Men o‘rusning idora ishlarini ko‘rib o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lganligini iqror etishga majbur bo‘ldim.

Bizning idoramiz bukungi tartibsizligi bilan keta bersa, holimizning nima bo‘lishiga aqlim etmay qoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanimga uchsam, to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasiga tushsam-da, o‘rusning hukumat qonunlarini byrma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-da, barcha elga yorlig‘ yozib o‘rusning idora tartibini dasturulamal etishga buyursa, men ham bir oy ichida o‘z elimni o‘rusniki bilan bir qatorda ko‘rsam... Ammo o‘z elimga qaytib ko‘rdimki, SHamayda o‘ylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish! Bu erda so‘zimni eshituvchi birov ham bo‘lmadi, bo‘lsalar ham: «Sening arzingni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?» deb meni ma’yus qildilar».

Chor Rusiyasi istilosi oldida sobiq Turkistondagi axvol ana shunday edi; hukmdorlar, xonu beklar dunyodan, dunyodagi o‘zgarishlardan, yangiliklardan bexabar g‘aflatda, yurt bamisoli ulkan qabriston, bir-ikki dunyo ko‘rgan, yurtga najot istab orzu, yurak dardlarini aytsa, uni tinglaydiganlar yo‘q hisob, istiqlol qayg‘usi ularning tushiga ham kirmagan. Otabekning dardini, dildan aytgan so‘zlarini, armon-o‘kinchlarini eshitib Ziyo shohichidek vijdonli odam xushyor tortib, iztirob bilan «Bizning bu holga tushishimiz o‘z fe’li badimizdan!» desa, Homid pinagini buzmay: «Xudo kofirning bu dunyosini bergan!» deya o‘zini, o‘zgalarni ovutmoqchi bo‘ladi. O‘sha majlisda Otabek Rusiya taraqqiyotining sabablari xususida o‘z taxmin-mulohazalarini aytadi: «Menimcha, o‘rusning bizdan yuqoriligi uning ittifoqidan bo‘lsa kerak, ...ammo bizning kundan-kunga orqaga ketishimizga o‘zaro nizoimiz sabab bo‘lmoqda, deb o‘ylayman... Oramizda bu qo‘rqinch holatga bahaqqi tushunadigan yaxshi odamlar yo‘q, bil’aks buzg‘unchi va nizochi unsurlar tomir yoyib har zamon sodda xalqni halokat chuquriga qarab tortadilar. Bu kungi qorachopon va qipchoq nizolarini sizga bir timsol o‘rnida ko‘rsatayin: o‘ylab ko‘rilsin, bu nizolardan bizga qanchalik foyda va qipchoq og‘aynilarimizga nima manfaat hosil bo‘lmoqda?! Faqat bundan foydalanuvchilar ikki xalq orasiga adovat urug‘ini sochib yurguvchi bir necha ig‘vogar boshliqlarginadir».

Yozuvchi bunday parokandalikni faqat el-yurtning kundan-kunga orqaga ketishiga sabab bo‘layotgan omilgina emas, balki yurtni halokatga, o‘nglab bo‘lmas mislsiz kulfatlarga olib borishi mumkin bo‘lgan hodisa sifatida baholaydi.

Asar qahramonlari xalqimizning kuchli va ojiz tomonlari haqida ham teran mulohaza yuritadilar. Romanda alam-iztirob bilan shu narsa qayd etiladiki, Turkiston eli hali xalq sifatida shakllanib ulgurgani yo‘q. Xalqda siyosiy ong etishmaydi. Temir Ko‘ragon, Ulug‘bek, Bobur kabi buyuk davlat arboblarining vorislari bo‘lgan xonu beklar bobolari an’analarini — yurtni boshqarishdek mashaqqatli va mas’uliyatli vazifani ado etishga layoqatsiz, ularda donishmandlik, tadbirkorlik uquvi yo‘q, dono odamlarni yaqiniga yo‘latmaydi, ularning haq gapiga, maslahatiga quloq tutmaydi. SHo‘rlik sodda xalq o‘zaro nizolarga, behuda qon to‘kishlarga, adolatsizliklarga ko‘nikib ketgan. Eng achinarlisi shuki, xalq tepasiga chiqib olgan mustabid har xil hiyla-nayranglar, targ‘ib-tashviqotlar orqali xalq ongini zaharlab, ishontirib, uni gunoh ishlarga safarbar qilishi, aldangan xalq esa o‘z navbatida qonxo‘r jallodlarni g‘amxo‘r deb yoki qallob, nodon, noshud-notavon kimsani daho deb ko‘klarga ko‘tarishi, unga topinishi, uning soxta g‘oyalari, qabih maqsadlari yo‘lida jonini fido etishi mumkin. Qarangki, Toshkent qamali arafasida xalq kechagina qonli qilichini fuqaro ustida yurgizib turgan Azizbek yonida jang qilishga ahd qiladi, uning tig‘i zulmi bilan qora qoniga belangan o‘g‘lining, otasining, onasining, og‘asining mazlum gavdasi tuproq ostida hali chirib bitmay turib, butun xalq Azizbekka, o‘sha qonxo‘rga o‘z qoni bilan yamin etadi, Azizbekni to o‘zining bir tomchi qoni qolgunchalik himoya qilmoqqa ont ichadi. SHu voqealarning shohidi bo‘lgan YUsufbek hoji afsus-nadomatlar bilan: «Ana, o‘g‘lim, bizning xalqning holiga yig‘lashni ham bilmaysan, kulishni ham», deydi.

Qo‘qon xonligi bilan Toshkent bekligi orasidagi jang lavhalarida ayniqsa xalqning fojiasi chukur ochiladi. Jang maydonida — begona emas, bir yurtning odamlari, bir xalqniig ikki urug‘i. Bir tomonda dahshatli manzara: qo‘rg‘on osti boshsiz va ishtondan boshqasi to‘nalgan inson gavdalari bilan to‘la. Bu ochiq mozoristonni qo‘qonliklar fojiasini Toshkent mudofaachilari ming turli shodliklar ichida tomosha qiladilar; bugina emas, o‘sha lavhada qalamga olingan o‘z qardoshini qoyil qilib o‘ldirgani haqida kula-kula so‘zlagan, o‘q tegib o‘lib-o‘lolmay, yurib-yurolmay ingrab yotgan qipchoqning boshini shartta kesib, bor budini shilib olgan kishilarni, o‘z erliklari bilan maqtanayotgan g‘ofil bandalarni ko‘rib, o‘zingizni qo‘yarga joy topolmay qolasiz. Bunaqada xalq ertami-kechmi albatta tubsiz jarga, jahannamga qulashi muqarrar.

Romanda boshqa bir muhim haqiqat ham ifodalangan. Agar xalqqa oqil va odil arbob rahnamolik qilsa, uni o‘z ortidan ergashtira olsa, xalq tanidagi tengsiz kuch xayrli maqsadlarga qaratilishi ham mumkin. Oradan ko‘p o‘tmay Azizbek yuzidagi niqob yirtiladi, u o‘zining asl maqsadini ro‘yobga chiqarish, urush tufayli boy berilgan xazinani tiklash uchun jabrdiyda xalqqa soliq soladi, xalqdan soliq undirishni diyonatli arbob YUsufbek hojiga topshiradi. Ehtimol, hoji o‘rnida itoatgo‘y, diyonatsiz odam bo‘lganida targ‘ib-tashviqot bilan bu siyosatni oqlashi, xalqni avrab soliq to‘lashga ko‘ndirishi mumkin edi. Ammo YUsufbek bunday qilolmaydi, bo‘layotgan adolatsizliklardan paymonasi to‘lgan Hoji xalqni Azizbekka qarshi isyonga da’vat etadi. Bu dono tadbirkor arbob xalqning ko‘ngliga yo‘l topadi. Xalq tabiatiga xos g‘aroyibotni qarangki, kechagina Azizbekka bir tomchi qoni qolguncha yo‘lingizda jon beramiz, deb ont ichgan va ahdida qattiq turib uni himoya qilgan o‘sha xalq bugun unga qarshi qo‘zg‘oladi, «sevimli» bekni taxtdan qulatadi, «Sen bizlarga nima ishlar qilmading?», «Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi!» deya unga ta’na toshlarini yog‘diradi. O‘sha «sadoqatli» olomon talabi bilan Azizbek otning choviga sudratma qilinadi. Xalq esa endi Azizbekning ot oyoqlari ostida sudralib ketishini xuzurlanib tomosha qiladi.

Roman muallifi el-yurtning ijtimoiy-siyosiy tanazzuli sabablarini badiiy taftish etishda davom etadi. Qipchoq va qorachopon adovati yoniga yana bir illat mahalliychilik kasofati qo‘shiladi. Toshkentlik mansabdorlar orasida qo‘qonlik bekka qarshi fisqu fasodchilar bosh ko‘taradilar. Urug‘chilik bilan mahalliychilik qo‘shilib, katta bir falokatga olib kelishini sezgan Hoji bu xavfning oldini olish uchun butun kuch-quvvatini, aql-zakovatini ishga soladi; ichki adovat, ziddiyat, tanazzul kuchaya borgan sari tashqi xavf, istilo va istibdod shunchalik yaqinlashayotganligidan g‘ofil amaldorlarni ogohlantiradi. Hoji ularga qarata deydi: «Birodarlar! O‘ris o‘z ichimizdan chiqadirgan fitna-fasodni kutib, darbozamiz tagida qo‘r to‘kib yotibdir. SHunday mashhar kabi bir kunda biz chin yovga beradigan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsak, holimiz nima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilguvchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘liga qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yganmizmi?!

...Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazigan fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Siz dunyoda o‘zingizniig yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimga etgan ko‘raman!..»

G‘ofil bandalar bu so‘zlardan hushyor tortish o‘rniga Hojini vahimachiga, ko‘knori ichgan odamga chiqaradilar. Hoji bundan hafsalasi pir bo‘lib, noiloj dunyo ishlaridan etak siltashga majbur bo‘ladi.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, taraqqiyparvar kuchlar o‘zini chetga olsalar, g‘aflatda qolsalar, dunyo ishlaridan etak siltasalar, qora kuchlarning davri-davroni boshlanadi, gunoh ishlarga keng yo‘l ochiladi. Hoji g‘alamis mansabdorlar davrasidan o‘zini chetga olib g‘aflatda qolganida Toshkentda avvalgilardan mudhishroq jinoyat yuz beradi, qipchoqqa qirg‘in boshlanadi. Bu qirg‘in dahshati asarda g‘oyat ta’sirchan ifoda etilgan. SHu mudhish hodisalar tasviriga bag‘ishlangan «Qypchoqqa qirg‘in» bobi romandagi ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishning eng oliy nuqtasi, mantiqiy yakunidir. SHu nuqtada Otabek, YUsufbek hoji qalbidagi yurt qayg‘usi bilan bog‘liq, fig‘on avj pardaga ko‘tariladi. Romanda qayta-qayta tilga olingan savol yana qo‘zg‘oladi: bunday fitna, qirg‘indan murod nima? Javob ayon: bu qirg‘inni uyushtirganlardan bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisi Toshkent begi — Normuhammadning o‘rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi, xon esa Musulmonqulga bo‘lgan adovatini qipchoqni qirib, alamidan chiqmoqchi. Ularda bundan boshqa maqsad yo‘q.

YUsufbek hoji pirovardida o‘g‘liga dilidagi asosiy dardini aytadi. Hojining dil so‘zlari bu odam umri, faoliyatining yakunidir, hayoti davomida to‘plagan tajribalaridan chiqadigan bosh xulosasidir, kelguvsi avlodlar oldidagi armoni, uzridir, kelguvsi avlodlarga qoldirgan achchiq sabog‘idir. Mana u: «Men ko‘p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoq neligini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini eb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib bizning odam bo‘lishimizga aqlim etmay qoldi... Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tagimizga suv quyadirgan bo‘lsak, yaqindirki, o‘ris istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘ar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelguvsi naslimizning bo‘yniga o‘rus bo‘yinturug‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘liga tutqin qilib topshirguvchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘glim...»

Bu yog‘i nima bo‘lgani ma’lum!

YUsufbek hoji qalbidan vulqondek otilib chiqqan bu dard-alam to‘la faryod, yozuvchi dilini o‘rtagan achchiq haqiqat bugungi kunda respublika salkam bir yarim asr davom etgan istibdoddan so‘ng mustaqillik ostonasiga qadam qo‘ygan g‘oyat mas’uliyatli kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, bu so‘zlar achchiq tarix saboqlari, xalqni bo‘lg‘uvsi xatarlardan ogohlantiruvchi bong bo‘lib yangraydi.

Agar biz romanning asosiy pafosini, undagi etakchi qahramonlarning bosh maslak-matlabini nazarda tutadigan bo‘lsak, asar xotimasida Otabek qismati xususida aytilgan gaplarga — rus bosqini boshlanganda birinchilardan bo‘lib zobitlarga qarshi jangga otlanganini, Avliyo ota ustidagi chor askarlari bilan to‘qnashuvda qaxramonona urushib shahid bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarga aslo ajablanmaymiz. Bu hol Otabekning roman boshida Rusiya, uning o‘sha kezlari Turkistondagiga nisbatan ilg‘or tuyulgan tartiblari haqida aytgan iliq gaplariga zid emasmi, degan savol tug‘iladi. Aslo zid emas. CHunki Otabek o‘z yurti, elining chin farzandi. Ammo uning el-yurtga mehri mutaassiblikdan holi. U o‘lkani jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatorida ko‘rishni, ular tajribalaridan bahramand bo‘lishni istaydi. Biroq u vatanparvar, millatparvar o‘g‘lon sifatida o‘z yurtiniig boshqalar, hatto taraqqiy etgan davlatlar tomonidan istilo etilishini, yurti zobitlar oyog‘i ostida toptalishini aslo istamaydi. U shu yurt istiqloli, dahlsizligi yo‘lida ko‘ksini qalqon qilib, jon fido etgan ekan, bunda hech qanaqa g‘ayritabiiylik yo‘q.

Roman boshida personajlar orasida oila qurish, uylanish, sevgi-muhabbat xususida bahs bo‘lib o‘tadi. Rahmat ismli yigit, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir? uylangan xotining ta’bingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi, yo‘qsa, munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas, desa, Homid: «Xotinga muvofiq bo‘lish va bo‘lmaslikning uncha keragi yo‘q... Xotinlarga «er» degan ismning o‘zi kifoya», deydi. Rahmat bahsni davom ettirib aytadi: «Uylanishdagi ixtiyorimiz... ota-onalarimizda bo‘lganlikdan, oladirgan kelinlari o‘g‘illariga yoqsa emas, balki uning ota-onalari o‘zlariga yoqsa bas. Bu to‘g‘rida uylanuvchi yigit bilan er qiluvchi qizning lom-mim deyishga haq va ixtiyorlari bo‘lmay, bu odatimiz ma’qul va mashru’ ishlardan emasdir», Homid fikricha, uylanish — ota-ona uchun bo‘lib, ulardan ranjib yurishning o‘rni yo‘q, xotining ko‘nglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil, bunisi ham kelishmasa, uchinchisini ol...

Rahmat o‘z so‘zida qat’iy: «Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin?.. Bir xotin bilan muhabbatli umr kechirmak, menimcha, eng ma’qul ish». Homid ham o‘z bilganidan qolmaydi: «Qamchiningdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilolasan!»

SHunisi xarakterliki, oila, muhabbat ustidagi bunday keskin bahs begona odamlar emas, balki yaqin kishilar, tog‘a-jiyanlar orasida boradi; tog‘a-jiyanlar uylanish, oila qurish xususidagi qarashlari jihatidan ikki qutbda turadilar. Romandagi oilaviy-maishiy sarguzashtlar tadrijini kuzatsangiz, bu boradagi eng keskin ziddiyatlar, mojarolar, personajlarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq fojialar asosan xuddi o‘shanday yaqin odamlar qarashlari, hayotiy aqidalaridagi tafovutlardan kelib chiqadi. Ota-ona va farzandlar: Yusufbek hoji — O‘zbek oyim — Otabek; Mirzakarim qutidor — Oftob oyim — Kumush; opa-singillar — Zaynab va Xushro‘y qarashlaridagi ziddiyatlar oqibatida Otabek — Kumush — Zaynab baxti, umri xazon bo‘ladi.

To‘g‘ri, Otabek — Kumush — Zaynab baxti, umrining zavol topishida Homid tipidagi tuban kimsalarning, yurtdagi nobop muhit-sharoitning, notinchliklarning ham ta’siri, zug‘umi katta. Ammo qahramonlar har qancha chigal, mushkul, dahshatli bo‘lmasin, davr to‘zonlari, talotumlaridan omon o‘tadilar, homidlar qazigan chohlardan eson-omon chiqadilar. Biroq oiladagi «arzimas» mojarolarga chora topolmay xunob bo‘ladilar, yaqin odamlar hozirlagan osh-og‘u tufayli halokatga duchor bo‘ladilar. Bunda ham muhim hayotiy haqiqat mavjud. Xuddi ijtimoiy-siyosiy borada xalq tabiatidagi ojizlik, beqarorlik, parokandalik mamlakatni dahshatli chohga, halokatga mubtalo etgani kabi xalq xarakteriga xos qoloq odatlar, aniqrog‘i, odatlarimiz bilan bog‘liq chigalliklar odamlarning oromini olib, baxtsizlik va musibatlarga yo‘l ochayotganligini yozuvchi donishmandlik va favqulodda mahorat bilan ko‘rsatadi.

Romanda muallif oshkora yovuz kuchlar — Azizbek, Musulmonqul, Xudoyor, Homid, Jannat, Sodiq kabilarni ko‘proq tashqi tomondan ko‘rsatadi, ularning ruhiyatiga kirib o‘tirmaydi. Bunday qimsalarni mansabparast, dunyoparast, shuhratparast, muttaham, joxil, chapani, el-yurt kushandasi sifatida qoralash, fosh etish bilan cheklanadi. YOzuvchi bular el-yurt qismati uchun xavfli, xatarli kuchlar ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi. Adibning butun diqqat-e’tibori romandagi yaxshi odamlar ruhiyatiga, bundagi ziddiyatli jihatlarga tushunish, tushuntirish mumkin bo‘lmagan g‘aroyib jumboqlarga qaratiladi. Nega YUsufbek hojidek donishmand odam ko‘ra-bila turib, chala-dumbul tabiatli ayoli — O‘zbek oyim yonini oladi, o‘g‘li Otabek mayliga zid ravishda uni ikkinchi bor uylantirishga rozilik beradi? Nega dunyo ko‘rgan, oq-qorani yaxshi tanigan, oila-muhabbat haqida o‘z qarashiga, e’tiqodiga ega Otabek ota-ona iznidan chiqolmaydi? Nega Kumush ham Otabekning ikkinchi uylanishiga rozi bo‘ladi? Zaynabday bo‘sh-bayov ayol qanday qilib Kumushning qotiliga aylanadi? Kumushdek farishta ayol tabiatida ne sababdan jizzakilik paydo bo‘lib qoldi? Otabekdek qat’iyatli, barkamol yigit ikki kundosh orasida murosasoz odamga aylandi?

Yozuvchi romanda shu kabi savollarga javob izlaydi. Qahramonlar tabiatidagi shu xil ojiz jihatlar, ziddiyatlar, o‘zgarishlarning hayotiy, ma’naviy-ruhiy sabablarini san’atkorona tadqiq etadi. Eng muhimi, roman muallifi O‘zbek oyim, Zaynab, Xushro‘y kabi ziddiyatli xarakterlar talqinida YUsufbek hoji, Otabek, Qutidor, Oftob oyim xatti-harakatlaridagi ojizlik, ziddiyatli jihatlar ifodasida aslo ularni butunlay qoralash, fosh etish yo‘lidan bormaydi, balki etuk realistlarga xos bir tarzda ularni tushunib qalam tebratadi.

O‘zbek oyim eriga o‘tkirlig‘i, buguna emas, Toshkent xotinlariga ham o‘tkirligi bilan ham Mashhur, o‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib, to‘ylarida, azalarida uylarining to‘rini unga ataydilar, Mana shunday ayol o‘g‘il uylantirib, orzu-havas ko‘raman deb turganida o‘g‘il ota-ona ra’yisiz Marg‘ilonda notanish qizga uylanib ayaganini eshitgach, qanday ahvolga tushganini, o‘sha topda g‘ururi, sha’ni oyoq osti qilingan bu dovrug‘li ayolga oson emasligini bilib turamiz.,

Kumush oilada yakka qiz. Ota-onalari uni Toshkentga, Hoji xonadoniga yuborolmaydi. O‘zbek oyim esa uyda kelin ko‘rgisi keladi. Nima qilib bo‘lmasin, Otabekni xotin ustiga uylantirish payiga tushadi. Ota o‘g‘lining erkin sevgisiga qarshi bo‘lmasada, O‘zbek oyimning o‘ylamay qilayotgan pala-partish ishlaridan norozi esa-da, baribir uning xohish-istaklariga keskin qarshi borolmaydi; Otabek esa shu muhitning o‘g‘li sifatida qattiq ruhiy iztirob ichida «jonsiz haykal» bo‘lib, noiloj ota-ona ra’yiga rozilik berada.

O‘zbek oyim chala-dumbul tabiatli ayol bo‘lganidan, Otabekning rozilik berganidan xursand, ammo uning dilida kechayotgan qiynoqlardan mutlaqo bexabar. SHunisi ham borki, nima bo‘lganda ham, O‘zbek oyim, baribir, ona. Tabiatidagi barcha ziddiyatlarga, ojiz tomonlariga qaramay, u o‘zbekning mag‘rur, tanti onasi! Har qancha gunohkor bo‘lmasin, o‘ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Ayni paytda rostgo‘y, realist yozuvchi onaning nojo‘ya qiliqlari, xatti-harakatlari, gunoxlaridan butunlay ko‘z yumib o‘ta olmaydi. Bu masalada yozuvchiga xalqona yumor qo‘l keladi, bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo — ham kinoya-kesatiqlarga, ham ardoq-mehrga to‘la yumor bilan yo‘g‘rilgan.

O‘zbek oyim qotib qolgan xarakter emas. Voqealar jarayonida, muhit ta’sirida mana shu o‘jar ayol ongida, tabiatida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; chunonchi, bir vaqtlar orqavoratdan «andi» deb haqoratlab yurgan marg‘ilonlik keliniga ilk bor duch kelganida mehri jo‘shib, uni mahkam bag‘riga bosadi, yuzidan o‘pib, negadir yig‘laydi, endi Zaynab qolib Kumush tomoniga o‘tib oladi...

3aynab yanada murakkabroq obraz, Zaynab — Kumushning qotili. O‘zbek oyim-ku bilib-bilmay, oqibatini o‘ylamay gunoh ishlarga yo‘l ochgan. Zaynab esa bilib turib, Kumushga zahar beradi. Kitobxon mana shu qotil ayol qismati, ruhiyati bilan tanisha borar ekan, bu ayolga ham oson emasligini anglab etadi. Ayniqsa, Zaynabning ayollik sha’ni, nafsoniyati tahqirlanganini, javobsiz sevgi alamida o‘rtanib, sevmagan odam Otabek quchog‘iga o‘zini tashlab, «jonsiz haykal»ni o‘pib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini ko‘rganda, Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini bilib o‘quvchi unga behad achinadi.

Kundoshlik muhitida bo‘sh-bayov, mute Zaynab sekin-asta «haqi»ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan emas. Ehtimol, egachisi Xushro‘y uning ko‘zini ochmaganida, o‘ziga o‘zligini anglatmaganida bir umr g‘idi-bidilar ichida Kumush bilan murosa qilib o‘tavergan bo‘larmidi. Demak, Zaynab ko‘ngliga g‘ul-g‘ula solgan Xushro‘y ham muayyan darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora qoralamaydi, Aksincha, xolis turib uning egachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyani ta’riflaydi, ichki va tashqi qiyofasini chizadi, uning o‘ziga xos hayot, yashash aqidasini ko‘rsatadi.

Xushro‘y Zaynabdan farqli o‘laroq, bolaligidan shaddod, aytganini qildiradigan bo‘lib o‘sgan. U ota-ona ra’yiga qarab emas, o‘z xoxishi bo‘yicha erga chiqadi. U ham singlisi Zaynab kabi xotin ustiga erga tekkan. Ammo u Zaynabga o‘xshash «pismiq» emas, o‘z qaq-huquqi, sha’ni uchun dadil kurashadi, uch oy ichida tomir yoyib qolgan necha yillik bir oilani ildizi bilan yulqib tashlab, tinchiydi.

Biz Zaynabga ham, Kumushga ham, Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona ra’yi-orzusi tufayli ularning taqdiri chigallashib, baxti xazon bo‘layotganini ko‘rib, tushunib turamiz, buning uchun behad achinamiz. Ayni paytda Xushro‘yning isyonkorona xatti-harakatlarini ham to‘la oqlay olmaymiz. Birovning oilasi vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar evaziga topilgan baxtni chinakam baxt, deb bo‘lmaydi... Qodiriy realizmining kuchi avvalo ana shunda — hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko‘rsatganligidadir.

«O‘tgan kunlar»da tariximizning «eng kir, qora kunlari» sanalmish «xon zamonlari»ning yaramasliklari, daxshatli voqealari, xalq xarakteriga, odamlar tabiatiga xos ziddiyatlar shafqatsiz bir realistik bo‘yoq bilan ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ayni paytda adib xalq tarixiga, uning kechagi kuniga, boy an’analariga, yaxshi udumlariga ulur bir hurmat, ehtirom bilan qaraydi. O‘sha «eng kir, qora kunlar»da ham xalq orasida zulmatni yorituvchi nurlar, qabohat bilan olishadigan, xalq istiqbolini o‘ylaydigan kuchlar borligini aslo esdan chiqarmaydi. Usha og‘ir zamonda ham yaxshi kishilar chin odammyligini saqlab qolganliklarini, odamdek yashashga intilganliklarini san’atkorona ko‘rsatadi. Garchi muvaqqat, o‘tkinchi bo‘lsa-da, odamlarning baxtli damlarini, hayotning sururli daqiqalarini — dala sayri, mehmon kutish, shirin suhbatlar, ziyofatlar gashtini, sovchilik udumi, qiz uzatish, nikoh to‘yi bazmi, visol lazzati onlarini butun zavq-shavqi bilan kitobxonga etkazadi. Yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, ular orasidagi mehr-ehtirom, odob-andisha, bir-birlariga muruvvat, samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoyilik tuyg‘ularini topib tasvirlaydi. YUsufbek hoji, Otabek, Qutidor, O‘zbek oyim, Oftob oyim, Kumush, Usta Olim tabiatidagi ayrim ojizliklardan qat’i nazar — bularning har biri kitobxon dilini o‘ziga rom etadi. Ana shunday odamlar bilan tanishganda har bir o‘zbek beixtiyor o‘zining shunday kishilar avlodi ekani bilan faxrlanadi.

Romanda xalqimiz udumlariga xos nafosat xassoslik bilan ochiladi. Ba’zi misollar: YUsufbek hojining kelini Kumush bilan ilk uchrashuv lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib zo‘rg‘agina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib bo‘yin egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib olgan o‘z qo‘lini o‘pdi...»

Hindlar bir-birini ko‘rganda kaftini juftlab ta’zim qiladi, fransuzlar ayol kishining qo‘lidan o‘pib salomlashadi, o‘zbek erkagi esa, farzandi qatori ayolni otalarcha erkalaganda, uning manglayini silaydi-da, o‘z qo‘lini o‘padi.

Bu odamni titratib yuboradigan yana bir yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib, o‘lim to‘shagida yotibdi. Qaynotasi Yusufbek hoji Kumushning boshiga kelib o‘tiradi. Kelinning ko‘zi yumuq, sochlari yuzi ustida parishon. Hoji kelinining sochlarini tuzatib, manglayiga qo‘lini bosadi, «oyim... oyim» deya murojaat etadi. Bunaqa tig‘iz holatda yoshi ulug‘ odam, qaynotaning kelini yoniga kelib parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qo‘lini qo‘yib hol-ahvol so‘rashi tabiiy bir hol. Shunga qaramay, Kumush ko‘zini ochib besaranjom unga nazar tashlaydi va tanib... qo‘zg‘olmoqchi bo‘ladi. Qarangki, bexush yotgan kelin bir dam o‘ziga kelib qaynotasini tanib qolib, uning oldida aftodahol yotganidan hijolat chekib, o‘sha nochor holatda ham odob yuzasidan qo‘zg‘olmoqchi, o‘rnidan turmoqchi bo‘ladi. Roman syujeti uzluksiz davom etadigan ichki ziddiyatlarga to‘la harakatlar zanjiridan tashkil topgan. Bu halqalar, har xil voqealar goh orombaxsh, quvonchli, goh tig‘iz, tashvishli, goh tantanavor, sururli, goh alam-iztirobli. Ular bir-biri bilan to‘xtovsiz almashinib turadi. SHunisi xarakterliki, baxtli, orombaxsh, quvonchli daqiqalar nihoyatda qisqa, o‘tkinchi. SHu bilan barobar, ular pinhona ziddiyatlarga to‘la. Ularda yaqin orada yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning sharpasi sezilib turadi. Otabek bilan Kumush kechmishini eslang: Tasodifan duch kelgan yigitga qizning ko‘ngli tushib qolgan. U pinhona ishq o‘tida mast. SHu orada u kuyovga uzatiladi. Kuyovning kimligini bilmaydi. Pinhona ishq o‘tida yongan qizga to‘y tantanalari, quvonchlari tatimaydi. Nihoyat, kuyov qiz pinhona ko‘ngil qo‘ygan yigit bo‘lib chiqadi. Endi u kutilmagan baxt, visol lazzatidan mastu Lekin bu visol lazzati uzoqqa bormaydi. Chaquv-ig‘vo tufayli Otabek, unga qo‘shilib qaynota Qutidor hibsga olinadi, kuyov va qaynota taqdiri qil ustida turganda yaqin odamlar madadi bilan ular hibsdan ozod etiladilar. YAna visol, baxtli daqiqa. Biroq oradan ko‘p o‘tmay tag‘in ko‘ngilsizliklar. Homid kabi qimsalar hasad-qutqusi, yurtdagi tartibsizliklar tufayli qahramonlar boshiga ketma-ket og‘ir savdolar tushadi. Nihoyat, Homid oradan ko‘tariladi, Kumush xonadonidagi anglashilmovchiliklar bartaraf etiladi, yurtda nisbiy osoyishtalik boshlanadi. Kumushning Toshkentga ketishiga ro‘yxushlik bermagan ota-ona endi Kumushni olib, Otabeklar xonadoniga keladilar. YAna visol, baxtli daqiqalar! Ammo shu daqiqalarning o‘zida murosaga keltirish mumkin bo‘lmagan ziddiyatlar, kundoshlik mojarolari, kelguvsida sodir bo‘ladigan katta fojialarning aniq sharpasi seziladi.

Har bir chinakam badiiy asarning o‘z ichki musiqiy ohangi bo‘ladi. «O‘tgan kunlar» romanini o‘qiganda boshdan-oyoq qulog‘ingiz ostida voqea-hodisalar ruhiga mos musiqiy ohang eshitilib turganday bo‘ladi. Bu ohanglar o‘quvchi dilida har xil kayfiyatlar uyg‘otada Kumush Otabekni nikoh kechasida ko‘rganda «Siz o‘shami» deb entikkanida, er-xotin uzoq judolikdan keyin diydor ko‘rishgach, Kumush «Siz qochoqsiz» deb Otabekni erkalab, sekingina yuziga shappatilab qo‘yganida, o‘ringa kirar ekan, yosh boladay «Bo‘lgani yo‘q, bo‘lgani yo‘q!» deb o‘yinqaroqlik qilganida jaranglagan sadolar ko‘ngilni yashnatib yuboradi. Qizlar majlisini eslang: «Gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi!» Otabekning Mingo‘rikka chyqqanda ko‘rgan bahor manzarasi-chi? Ularni o‘qiganda hayot taronalari sadosidan entikasiz. Otabek bilan Qutidor dor tagiga borganida, Toshkeit ustida qonli bulutlar to‘planganida butunlay boshqacha, mungli, iztirobli, shiddatli kuy eshitilib turadi. Otabek Kumushning uzatilayotganshsh tasodifan eshitib qolgan oqshom «Xo‘ja ma’oz» mozoriga borib tunagan paytdagi musiqa-chi? Qabriston, chakalak; tutab yonayotgan to‘nka oldida o‘tirgan, sochi o‘sib soqoliga aralashib ketgan devona... Zim-ziyo tun, pishqirgan, qutirgan, gulxanni to‘nka-po‘nkasi bilan uloqtirgan, azamat chinorni ko‘tarib erni titratgan el, qarg‘alar, boyqushlar... Bunaqa yovvoyi, qudratli simfoniyani kitobxon qulog‘i ostida jaranglatish qiyin, juda qiyin ish! Usta Olimning hikoyasi tasviridagi ohang yana o‘zgacha. Uni o‘qiganda kishi olis manzilga yo‘l olgan karvonning ma’yus qo‘ng‘irog‘i sadosini eshitganday bo‘ladi. Manzil nurli emas, yo‘l olis, karvon toliqqan, ammo baribir yurishi kerak. Qo‘ng‘iroq mungli-mungli jaranglaydi... Ko‘ngildan shunaqa xayol o‘tadi.

Xullas, «O‘tgan kunlar» romani hayot haqiqatining xilma-xil qirralarini o‘zida mujassam etgan, sir-sexrga to‘la noyob go‘zallik obidasidir.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish