Boy: Unday bo‘lsa, men mehmonxonada oitiray.
Zaynab: (imomning holiga qarab kulib). Xolamlar sizni so'radilar, boy bobom qalay, yaxshimi deydilar.
Boy: Xudoga shukr... Nega 02 keladilar. sizni sevmaydilar chog'i.
Zaynab: Yo‘q, sevadilar-ku, endi ishlar ko‘p-da.
Boy: Dunyoning ishi bitmaydir, tez-tez kelib tursinlar. Xoiangizni kechasi saqlab qoling.
Zaynab: Men boya shuni aytdim. yo‘q deydilar...
[mom: O'rgilay, Oyimxon, yuragim yorildi, o‘layozdim... Uf, bukun menga ruxsat bering, hafsalam ham qolmadi.
Fitrat asarlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasi va tarbiyaviy- estetik ahamiyati kattadir. Uning ijodi o‘zbek adabiyotining jiddiy yutug‘i. Yozuvchi asarlari adabiyotimiz oltin xazinasidan o‘ziga munosib o'rin egallagan.
Fitratning ilmiy faoliyati ham sermazmun va serqirradir. Darhaqiqat, Fitrat rang-barang badiiy asarlar yozish bilan birga, ilm sohasida ham barakali mehnat qilgan. Fitrat qomusiy olim sifatida adabiyot, til, tarix, falsafa, hatto, musiqa va shahmot haqida ham ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Fitrat XX asr o'zbek adabiyotshunosligining dastlabki sermahsul va keng qamrovli vakillaridan biridir. U Abulqosim Firdavsiy, Mirzo Bedil, Umar Xayyom, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab singari so‘z san’atkorlari haqida, shuningdek, «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Yassaviy maktabi shoirlari», «Farhod va Shirin» dostoni, «Ertak va haqiqatlar» singari qator ilmiy maqolalar yozgan. «Adabiyot qoidalari» (1926), «Eng qadimgi turk adabiyoti» (1927), «0‘zbek klassik adabiyotidan namunalar» (1928), «Aruz» (1936) kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratgan.
Fitratning badiiy adabiyot haqidagi ilmiy tadqiqotlari dalillarga boyligi, davr talabiga monandligi, yangi fikrlarga serobligi, sodda va ravon yozilgani bilan diqqatga loyiqdir.
Ko‘proq adabiyotshunos sifatida tanilgan Fitrat tilshunoslik bilan ham jiddiy va samarali shug‘ullangan. «0‘zbek tilining sarfi to‘g‘risida», «0‘zbek tili saboqlari» singari maqolalar yozgan; «Ona tili», «0‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba» kabi o‘quv qoMlanmalari tayyorlagan.
Fitratning ilmiy asarlarida ayrim bahsli, munozarali va noaniq o'rinlar ham mavjud. Biroq bundan qat'i nazar. ular shu sohadagi dastlabki dadil ilmiy izlanishlar va yangiliklar sifatida qimmatlidir.
Yangi o‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida Fitratning xizmati katta. Shunga ko‘ra Abdurauf Fitrat XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rinlardan birini egallaydi.
Savol va topshiriqlar
1.Fitrat yashagan davrga tavsif bering.
2. Adibning ilk asarlari haqida gapiring.
3.Fitrat dramaturgiyasinins o`ziga xosligi nimalarda ko`rinadi?
6-mavzu: ABDULLA QODIRIY ROMANLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |