Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna



Download 0,74 Mb.
bet15/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

2.1.3. §Pedagogik kuzatuv
13 – 14 yoshli oʼsmirlarning jismoniy faoliyatini oʼquv jarayonida kuzatish pedagogik jarayon haqida axborot olish, oʼquvchilar haqida ilk maʼlumotlar toʼplash, tadqiqot farazi va uslubiyatiga aniqlik kiritish maqsadida oʼtkazildi. Jismoniy tarbiyaning vositalari, uslublari, shugʼullanuvchilarning oʼzlashtirishi va intizomi, jismoniy yuklamalarning xususiyati kuzatuv ostiga olindi.
2.1.4. §. Pedagogik –nazorat mashqlari
Pedagogik tajribadan oldin va yakunida 13-14 yoshdagi oʼgʼil bolalar nazorat sinovlari oʼtkazildi va ularning jismoniy tayyorgarlik koʼrsatkichlarini aniqlash uchun quyidagi testlar qoʼllanildi:
1) 60 m masofaga yugurish (yuqori startdan, tezlik sifatini baholash, reaktiv qobiliyat, 3 urinishda bajariladi, yaxshi natija hisobga olinadi);
2) 500 m ga yugurish(chidamlilik qobiliyati (sek)
3) Yugurib kelib uzunlikka sakrash (tezlik-kuch qobiliyati) (sm)
4) Yugurib kelib balandlikka sakrash (tezlik-kuch qobiliyati (sm)
5) Tennis toʼpini uzoqlikka uloqtirish (kuch sifati baholandi), uchta urinishdan eng yaxshi natija hisobga olinadi;
6) Turnikda tortilish soni (kuch qobiliyati) (marta)
7) Gavdani oldinga bukish, sm (egiluvchanlik)
9) 6 daqiqalik yugurish (tezlik chidamliligi baholanadi).
2.1.5.§ Morfologik boʼlimi. 13-14 yoshli oʼsmirlarning jismoniy rivojlanishi darajasini aniqlash usullari.
Tadqiqotda Konimex tumanidagi suzish havzalarida suzish bilan shugʼullanuvchi 13-14 yoshli sportchilar ishtrok etdi. 40 nafar suzuvchi tekshiruvlardan oʼtkazildi. Yosh sportchilarning malakasi: III.II.I sport razryadi va sport ustaligiga nomzodlar.Tekshiriluvchilar quydagi yosh guruhlariga ajratildi:13 yoshlilar (razryadiga koʼra ketma-ket foizlarda 38%-52%-9,5%-0%),14 yoshlilar (mos ravishda 20%-48%-28%-4%).
Аntropometrik tadqiqot uslublari oʼsmirlarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun qoʼllaniladi. Maʼlumki, antropometrik oʼlchashlar 2-guruhga boʼlnadi: total va partsial oʼlchamlar. Total oʼlchamlardan biz tana uzunligi, tana ogʼirligi va koʼkrak qafasi aylanasini oldik.
Portsial oʼlchamlardan oyoqlar uzunligi, qoʼllar uzunligi,elka kengligi, qoʼl uzunligining tana uzunligiga foizli nisbati,oyoq uzunligining tana uzunligiga foizli nisbati oʼlchab aniqlandi. Gavda dinamometriyasi yordamida tana mushaklari kuchi hisoblandi,shuningdek, spirometr yordamida oʼpkaning tiriklik sigʼimi (OʼTS) qiymatlari aniqlandi (Safarova D.D., Gulyamov N.G., 2013). Jadvallarda ikki oʼsmirlar guruhi: 13-14 yoshli maktab oʼquvchilari va suzish bilan muntazam shugʼullanuvchi oʼsmirlar guruhining antropometrik oʼlchash natijalari berilgan. Yoshga xos xususiyatlar bilan bogʼliq holda oʼzining spetsifikasiga ega boʼlgan antropometrik va somatometrik oʼlchashlar qoidalarini keltirib oʼtamiz.
Tik turgan yoki oʼtirgan xolatda tana uzunligini oʼlchash uchun koʼp xollarda standart tipdagi boʼy oʼlchagich qoʼllaniladi.Tik turganda tana uzunligini tekshiriluvchi boʼy oʼlchash maydonchasida vertikal ustunga orqasini tirab turadi, bunda uning tavonlari, dumbasi,gardani va kuraklari orasidagi sohasi ustunga tegib turishi lozim. Qoʼllar tana yonidan pastga tushirilgan, tovonlar birlashtirilgan, oyoqlar uchi biroz ochilgan turadi.
Tekshirilayotgan oʼsmir oʼta zoʼriqqan yoki boʼshashgan holatda turishiga yoʼl qoʼyish mumkin emas,shuningdek,uning oyoq uchida turishi va tovonlarini boʼy oʼlchagich sathidan koʼtarilishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Bosh shunday tutib turiladiki, bunda koʼzning pastki qismi va quloq suprasining yuqori qismi bitta gorizontal chiziqda joylashishi kerak. Boʼy oʼlchagichning harakatlanuvchi planshetkasini shunday pastga tushirish kerakki,u boshning eng yuqori choʼqqisiga uni egmasdan tegib turishi lozim.
Oʼtirgan holatda tana uzunligini oʼlchash uchun boʼy oʼlchagich maxsus koʼtariluvchi oʼrindiq bilan jihozlangan boʼlib,u boʼy oʼlchagich maydonchasi ostida 40 sm,balandlikda joylashgan.
Tana ogʼirligin (vaznini) aniqlash uchun tibbiyot tarozilarida amalga oshiriladi.
Vazn oʼlchash ertalab, ichaklar va peshob boʼshatilgandan soʼng och qoringa amalga oshiriladi, kiyim va poyafzal yechiladi.Tekshiriluvchi tarozi maydonchasi oʼrtasida tinch holatda turishi kerak.
Oʼlchashlar metal santimetrli tasma yordamida bajariladi,agar oʼlchashlarni matodan qilingan santimetrli tasmada amalga oshirsak, uni dastlab tekshirib koʼrish va 1 oyda bir marta yangisiga almashtirish zarur , chunki vaqt oʼtishi bilan tasma choʼzilib qoladi.
Koʼkrak qafasi aylanasi tinch holatda (toʼxtab turilganda), chuqur nafas olinganda va chuqur nafas chiqarganda oʼlchanadi.
Oʼlchash tasmasi shunday qoʼyiladiki,u orqa tomonda kuraklar ostidan ,oldi tomonda koʼkrak uchi atrofidagi aylananing pastki qismidan oʼtishi hamda toʼrtinchi qovurgʼa darajasida qoʼyilishi kerak. Tasmani qattiq tortib oʼlchash mumkin emas.
Koʼkrak qafasi aylanasi oʼlchamasini uning tanaffus paytidagi koʼrsatkichsiga qarab aniqlash mumkin. Chuqur nafas olganda va maksimal nafas chiqarganda koʼkrak qafasi aylanasi oʼlchamlari orasidagi santimetrga teng farq koʼkrak qafasi ekskursiyasi koʼrsatkichi boʼlib xizmat qiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish