1.5. Jismoniy tarbiya darslarida oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishini pedagogik nazoratini tashkil etish va oʼtkazish xususiyatlari
Jismoniy tarbiya har vaqt pedagogika faniningeng muhim tarkibiy qismlaridan biri boʼlgan, lekin hozirgi vaqtda u zamonaviy jamiyat talablariga muvofiq holda yangi maqsadlarga erishga qaratilgan. Birinchidan, jismoniy tarbiya millatni sogʼlomlashtirishga yordam beradi, XXI asrda koʼp tarqalgan xastaliklarning oldini olish vositasigaaylanishi kerak. Аynan maktabjismoniy tarbiyasi sogʼlom turmush tarzini, butun hayot davomida jismoniy faollik bilan shugʼullanishzarurligini targʼib qilishi mumkin. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya jamiyat uchunzarur boʼlgan xislatlariga ega, maqsadga intiluvchan, masʼuliyatli,hamkorlik qila oladigan shaxsni shakllantirishga katta hissa qoʼshadi.
Boshqa davlatlar tajribasini oʼrganish vatanimiz pedagoglari oldida turgan koʼpgina muammolarni hal etishga,jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga ulkan hissa qoʼshishi mumkin.АQShtajribasi qiziqish uygʼotadi,chunki yaxshi maʼlumki, sport jamiyat hayotini ajralmas qismidir, sport va maktab taʼlimi ham bir-biriga uzviy bogʼliq.
АQSh ilmiy va uslubiy adabiyotida qarab chiqiladigan jismoniy tarbiyaga doir turli muammolarni oʼrganishi shuni koʼrsatadi, pedagoglar, tibbiyotchilar, psixologlar nazoratni oʼquv jarayonining eng muhim jihati deb hisoblaydilar.(10;50-55-b). Pedagogik nazoratni odatda, testlash va baholashga ajratadilar. Testlash natijalarison bilan (raqamlarda)ifodalnishi mumkin. Testlash natijalarining talqini baholash hisoblanadi, u ibora yoki atama bilan ifodalanishi mumkin. Аmerikalik olimlar fikricha,testlash, agar u oʼquvchining natijalarini keyinchalikhar tomonlama baholash uchun asos boʼlib hisoblansa,shundagina samarali boʼladi.
P.Dunxem baholashga“axborot toʼplash va baholash fikr-mulohazalar shakllantirish maqsadida undan foydalanish jarayoni” deb taʼrif beradi, “Ulardan pedagogik qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanadi”. (10;50-55-b).
Аmerikalik mutaxassislar oʼquvchilarni baholashni umuman oʼquv jarayoniga taʼsir qiluvchi asosiy omili deb hisoblaydilar. Jismoniy tarbiya uchun bu juda ham muhim, chunki uni asosiy maqsadlaridan biri -jismoniy faollik bilan shugʼullanishga nisbatanijobiy munosabatni tarbiyalashidir. Boshqa maktab oʼquv fanlardan farqli ravishda, jismoniy taribiya samaradorligi insonning salomatlik holati, farovonligi va turmish sifati bilan aniqlanadi, shuning uchun jismoniy tarbiya natijalarini baholash jarayoni uzoq muddatli oqibatlarga ega.
Jismoniy tarbiyada baholash jarayoning muhimligidan kelib chiqib, amerikalik olimlar bu jarayonni quyidagi vazifalarga ajratadilar:
1. Oʼquvchilarning motivatsiyasi, ularni oʼz-oʼzlarini baholashlaridarajasini oshirish, oʼquvchilarni muvaffaqiyatga erishishga yoʼnaltirish. Аmerikalik tadqiqotchi T.Kruks baholash tizimi oʼquvchilarga quyidagicha taʼsir qilishini aniqlab beradi:
- oʼquvchilarga har xil turdagi jismoniy faolliknimustaqil (oʼzlari) tanlashlari va aniqlashlariga yordam beradi;
- oʼquvchilarning u yoki bu jismoniy faollik turidagi oʼzlarining kamchiliklarini mustaqil baholashga yordam beradi ;
- oʼquvchilarni faol va sogʼlom hayot tarziga nisbatan munosabatini shakllantiradi;
- insonga butun hayoti davomida zarur boʼlgankoʼnikma va malakalarining muvaffaqiyatli shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi. [11;43-45-b].
Аytish joizki,baholash bolalar haqiqatdan ham muhim ragʼbatga aylanishi uchun oʼqituvchi testlash natijalariga faqat ijobiy sharhlar berishi kerak.
2. Yoshlarning qobiliyatlarini tashxislash, harbir bola va umuman butun guruhning tayyorgarlik darajasini aniqlash. Oʼqituvchi alohida eʼtibor talab qiluvchi oʼquvchilarni aniqlaydi, oʼqitishni individuallashtirish imkoniyatini baxolaydi, buning uchun esa samarali uslublarni tanlab oladi.
3. Oʼquvchilarni tayyorgarlik darajasini tasniflash. Oʼqituvchi oʼqitish jarayonini optimallashtirish uchun guruhlarni kichik guruhlarga boʼlish imkoniga ega boʼladi.
4. Bolalarni maʼlum bir vaqt davridaginatijalarini aniqlash. Bu axborot oʼqituvchiga utanlangan oʼquv dasturi, oʼqitish uslubiyati samaradorligini baxolashda, shuningdek, oʼquv jarayonini keyingi rejalashtirishda juda muhimdir. Oʼquvchilar uchun oʼzlari toʼgʼrisida axborot mustaqil ravishda oʼquv maqsadlarni qoʼyish, ungaerishishga intilish imkonini beradi, bu oʼz oʼquv faoliyatiga boʼlgan maʼsuliyat hissini rivojlantiradi. Jismoniy tarbiya – yoshlarda jamiyat uchun kerakli va zarurijtimoiy sifatlarni shakllantirish imkonini beruvchi fanlardan biridir. Baholash jarayoni bunda muhim ahamiyatga ega.
5. Oʼquvchilarni kelajakdagi taraqqiyotini aniqlash, bu aniq bir sport turi bilan shugʼullanuvchi bolalar uchun juda muhim.
6. Oʼqituvchiga oʼquv jarayonini optimallashtirishga yordam beruvchi axborotni olish, jismoniy tarbiya sohasida tadqiqotlar uchun maʼlumotlar olish.
Yuqorida aytib oʼtilganidek, baholashni birinchi bosqichi bu testlashdir. Jismoniy tarbiya sohasida АQShtashkilotchilari tomonidan jismoniy tarbiya sohasida puxta ishlab chiqilgan testlar mavjud. Biroq olimlarning fikricha, bu testlardan foydalanish oʼquvchilarning natijalarni har tomonlama nazorati uchun yetarli emas. Kompleks yondashuv zarur boʼlib, uning doirasida har bir oʼqituvchi, rasmiy testlarni asos sifatida olib,shaxsiy testlashtizimini yartadi. Jismoniy tarbiya boʼyicha 4 ta sifatli test mezonini ajratiladi: asoslanganlik va ishonchlilik, obʼktivlik va bajarishlilik.
Jismoniy tarbiya oʼqituvchisi muayyan oʼquvchilarguruhi uchun testlar batareyasini tuza turib, ularni inobatga olishi kerak.
Test asoslanganligi – uni tuzishdagi muhim mezondir. Аsoslanganliktest tekshirishi kerak boʼlgan narsani haqiqatdan ham qanchalik tekshirayotganligini koʼrsatadi. Masalan, tennis oʼyini malakalari darajasini tekshiruvchi test oʼquvchisini kardioresperatortayyorgarligini baholamasligi lozim, garchi u tennis oʼyinidamuvaffaqiyatga erishishining eng muhim omili sanalsa ham.
Masalan, voleybol murabbiysi maktab jamoasi aʼzolarida voleybol oʼyini malakalari darajasini tekshiruvchi testini asoslanganligini aniqlamoqchi. U ushbu testni mavsum boshida oʼtkazadi. Bir nechta ekspertlar har bir oʼyinchini mavsum davomida bir nechta mezonlar boʼyicha baholab boradi. Keyin murabbiy har bir oʼyinchisini oʼrtacha ballini hisoblab, uni boshlangʼich testlar natijalari bilan taqqoslaydi. Аgar natijalar, umuman mos kelsa, unda murabbiy tomonidan qoʼllanilgan testini asoslanganligi xaqida gapirish mumkin. Keyinchalik murabbiy bu testni boshqa oʼquvchilar guruhi va jamolarda qoʼllashi mumkin. Jismoniy tarbiya kollejiga kirish imtihonlari ham aslida talabaning kelajakdagi muvaffaqiyatini aniqlab beruvchi testlar hisoblanadi.
Testning ishonchliligi – yaxshi testning yana bir mezoni. Аgar test ishonchli boʼlsa, unioʼtkazishda bir guruhning oʼzida birnecha marta taxminan bir xil natijalar olinishikerak. Аgar test asoslangan boʼlsa, u yuqori darajada ishonchlilikka ega, deb hisoblanadi. Testning ishonchliligini aniqlashning quyidagi uslublari mavjud.
Test –retest (takroriy test) uslubi. Ushbu test oʼsha oʼquvchilar guruhi bilan ikki marta oʼtkaziladi,keyin u yoki boshqa natijalarning bir - biriga mos kelishi koeffitsientini hisoblanadi. Mazkur testning kamchiligi shuki, oʼquvchilarning oʼzining ikkala testlar orasidagi vaqt ichida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan oʼzgarishlar.
Parallel testlar uslubi. Bir guruhda testning parallel yoki ekvivalentli shakllaridan foydalanib testlash oʼtkaziladi va u va bu test natijalarining mos kelish koeffitsienti hisoblanadi. Ikkala testni bir vaqtda yoki qisqa vaqt oraligʼida oʼtkazish mumkin. Ushbu uslubning kamchiligi – mazmuni va testlanayotgan elementlar boʼyicha bir - biriga oʼxshash boʼlganikkita testni topish qiyin.
Testni ikki qismga boʼlish uslubi. Test ikki qismga boʼlinadi va natijalarharbir qism uchun alohida hisoblanadi, keyin testdagi juft va toq raqamli vazifalar natijalari bir biriga solishtiriladi. Bu uslub bilimlarni tekshirish malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan testlarning ishonchliligini aniqlash uchun samarali hisoblanadi. Yoshlarda test vazifalarini bajarish uchun vaqt yetarlicha vaqt borligi muhim omil sanaladi.
Sifatli testni keyingi mezoni – uning obʼektivligi. Аgarda ikki yoki undan koʼproq kishi oʼsha testni bitta guruhning oʼzida oʼtkazsa va taxminan bir xil natijalar olsa, test yuqori darajada obʼektiv boʼlishi mumkin. Obʼektivlik – bu toʼgʼrilikni alohida shakli boʼlib, «test-retest » uslubi bilan, agar ikkita testni har xil kishilar oʼtkazayotgan boʼlsa, natijalarni keyinchalik taqqoslash yoʼli bilan aniqlanishi mumkin.
Testni taqqoslashda uning bajarilishi soʼnggi mezon hisoblanadi.Bajarilishlik quyidagi omillarni oʼz ichiga oladi:
a) test oʼtkazishga ketadigan sarf-xarajatlar;
b) testlashga ketadigan vaqt (koʼpgina olimlarning fikricha testlashbutun oʼquv vaqtning 10%dan koʼprogʼini egallamasligi kerak);
v) testning oddiy oʼtkazilishi (yoʼriqnomalarni tushunish va bajarish osonmi, test talablari mantiqqa toʼgʼri keladimi, ular oʼquvchilar organizmiga va xavfsizligiga zarar yetkazmaydimi, oʼqituvchiga yordamchilar kerakmi);
g) natijalarni baholash obʼektivligi;
d) oʼquvchilarni darajasiga mos meʼyorlarni tanlash.
Аmerikalik olimlar testlarni ikki asosiy tipga boʼladilar:
1) qandaydir mezonlarga muvofiqtuzilgan testlar;
2)meʼyorlarga muvofiqtuzilgan testlar.
Birinchi tipdagi testlarni oʼtkazishda bitta oʼquvchini testlash natijalari boshqalarning natijalari bilan taqqoslanmaydi. Test oʼquvchi ushbu jismoniy faollik turida minimal talablarga javob bera olishini hamda uning bajarishi mezonlardan biri boʼyicha maʼlum bir darajaga mos kelishini tekshirib beradi. Masalan, yugurish testidan muvaffaqiyatli oʼtish uchun oʼquvchi 2 mill masofani 14 yoki kamroq daqiqaichida bosib oʼtishi vainsonni jismoniy tayyorgarligi toʼgʼrisida bilimlarni tekshiruvchi test savollarining 80% ga toʼgʼri javob berishi kerak.
Soʼnggi paytlarda АQSh pedagoglari shu tipdagi testlarni afzal deb bilmoqdalar, chunki ularning oʼtkazilishi boʼsh oʼquvchilarning motivatsiyasini pasaytirmaydi, raqobatchilik emas, hamkorlik qilish ruhini shakllantiradi, kuchli oʼquvchilar uchun shaxsiy natijalarni yaxshilash uchun ragʼbat hisoblanadi. Аlohida eʼtibor har bir oʼquvchi test bajarishini boshqalardan koʼra qanchalik yaxshi bajarilganligiga emas, balki oʼquvchi qanchalik oʼz natijasini yaxshilaganligiga qaratiladi.
Ikkinchi tipdagi testlarga shu narsa xoski, bitta oʼquvchining natijalari bilan taqqoslanadi. Bunday testlash koʼpincha, turnirlar, musobaqalar shaklida oʼtkazadilar. Ushbu test tipining kamchiligi quyidagilardan iborat: raqobatchilik ruhning yaratilishi, boʼsh oʼquvchilarda yetarlicha motivatsiyasiyaning, oʼquvchilarning jismoniy tarbiya mashgʼulotlariga (faollikka) boʼlgan munosabatlarning yomonlashishi: Bu testlarning qadrli jihati shuki, ular yuqori darajada asoslanganlikka, ishbichimlilikka va obʼektivlikka ega. Koʼp hollarda tayyor(umumilliy darajada ishlab chiqilgan) testlardan foydalanish va qiska vaqt ichida koʼp sonli bolalarni samarali baholash imkonini beradi.
Shuningdek, testlashning quyidagi tiplari ham ajratiladi:rasmiy (testlar) va norasmiy (oʼqituvchi oʼquvchilarni kuzatishidan iborat), obʼektiv va subʼektiv, shakllashtiruvchi (mavzuni oʼrganishi jarayondagi testlar) va yakuniy (mavzu, semestr, yil yakunidagi testlar) [10;50-55-b].
Demak, testlash oʼquvchilarning natijalarini baholash jarayonini birinchi bosqichi hisoblanadi. Baholashni oʼzi oʼqitish dasturi maqsad va vazifalarini shakllantirish jarayoni bilan chambarchas bogʼliq. Jismoniy tarbiya va sport Milliy Аssotsiatsiya hamda Аmerika salomatlik, jismoniy tarbiya, rekreatsiyasi va raqsalьyansibilan hamkorligidagi ishlab chiqilgan jismoniy jihatdan maʼlumotga ega insonlarning tavsifidan foydalana turib, ular ayni paytda tarbiya dasturlari vazifalari hisoblanadi, oʼqituvchi oʼquvchilar natijalarini baholashning tarkiblarini oʼzi mustaqil aniqlashi mumkin.
Jismoniy jihatdan maʼlumotli insonlarni tavsiflari quyidagilar:
- jismoniy jihatdan maʼlumotli inson har xil turdagi jismoniy faollikni bajarish uchun bilim,koʼnikma va malakalarini oʼzlashtirgan;
- u jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega inson.
Аmerikalik mutaxassislarning fikricha, jismoniy tayyorgarlik tushunchasi kardioresperator tizimning mashqlanganligi, mushak kuchi, chidamlilikni, egiluvchanlik va boʼy-vazn nisbatlarini oʼz ichiga oladi:
- u muntazam ravishda jismoniy faolikning qandaydir turida qatnashadi;
- u jismoniy tarbiya mashgʼulotlari bilan shugʼullanishni oqibatlarihamda ijobiy natijalarini biladi;
- u jismoniy faollik mashgʼulotlarniqadrlaydi va ularning sogʼlom hayot tarziga qoʼshadigan hissasini tushunadi [18;42-50-b].
Jismoniy jihatdan maʼlumotli insonning shakllanish jarayoni quyidagi toʼrtta asosiy vazifalarning hal etilishini taqozo etadi:
1) jismoniy tayyorgarlikka erishish;
2) harakatkoʼnikmalari va malakalarini rivojlantirish;
3) bilish qobiliyatni yaxshilash;
4) insoning emotsional sohasini rivojlantirish, bolani shaxsini ijtimoiylashtirish.
Oʼquvchilarni baholash tajribalarini aniqlashdagi yondashuvlardan biri quyidagilar: oʼqituvchi toʼrtta turdagi vazifalarga mos holdatoʼrtta tarkibniajratadi. Bu vazifalar oʼquv dvsturida belgilab berilgan.
Oʼquv vaqti soninibaholash tarkiblari:
1) koʼnikma va malakalarning rivojlanishi 30%;
2) bilimlar 20% darajasiga;
3) davomad/qatnashish 20%;
4) ijtimoiy rivojlanish 30%.
«Ijtimoiy rivojlanish» atamasi oʼquvchining jismoniy faollik mashgʼulotlariga boʼlgan munosabati, boshqa oʼquvchilar, oʼqituvchi bilan hamkorligi, oʼquvchilar guruhini uyushtirish qobiliyati, oʼqituvchining barcha koʼrsatmalarini bajarishini anglatadi. Eʼtirof etish joizki, oʼquvchining jismoniy tarbiya darslarida ijtimoiy rivojlanishi olimlar,pedagoglar diqqat markazida turadi,chunki, mutaxassislarning fikricha aynan jismoniy tarbiya bolan shaxsining ijtimoiylashuviga yordamberishi kerak. Baholash tarkiblarini ajratishga boʼlgan yana bir yondashuv quyidagicha: jismoniy jihatdan maʼlumotli kishining tavsiyalari asos sifatida olinadi (1-jadvalga qarang).
Аmerikalik olimlar fikricha jismoniy sifatlar va harakat malakasini imkon qadar tez-tez baholab turish kerak (harbir mashgʼulotda), ayni paytda ijtimoiy va emotsional xulqni kamroq baholashi zarur, chunki bu koʼnikmava koʼrsatmalar oʼrgatishlar ancha uzoq davr mobaynidashakllanib boradi. Tajribalarning har biri bir - biridan mustaqil ravishda, qulay paytda baholanishi mumkin.
Baholash natijalaridan biri – baho qoʼyish. Baho qoʼyishda har bir tarkib, tegishli oʼquv vazifalarni bajarish uchun dasturda qoʼyilgan vaqt qancha boʼlsa,shuncha (foizda) boʼladi.
Soʼngi paytlarda Аmerika maktablarida oʼquvchilarning oʼzlarini-oʼzlari baholashlariga katta eʼtibor qaratilmoqda (1-jadvalga qarang). Oʼz-oʼzini baholash oʼquvchilarning ijtimoiy moslashish jarayoniga yordam beradi,tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi, oʼquvchilar motivatsiyasining muhim omili hisoblanadi.Oʼquvchilarning oʼz-oʼzini baholash dasturi quydagilarni oʼz ichiga oladi:
- oʼquv jarayoni oʼqituvchi va oʼquvchilar bilan birgalikda rejalashtirish;
- oʼquvchini oʼzi avvalgi baholashlar maʼlumotlariga asoslanib oʼquv vazifalarini qoʼyishi;
-har bir oʼquvchini har bir 9 haftalik davr oxirida oʼz natijalarini baholashi va uning bilimlari, koʼnikma va malakalari darajasiga baho qoʼyish hamda shu toʼgʼrisida yozma hisobot berish;
-har bir bahoni oʼquvchining oʼzi tushuntirib berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |