Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna



Download 0,74 Mb.
bet9/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

1.3.§ Oʼsmirlarning harakat qobiliyatlarini testlash xususiyatlari
Harakat qobiliyatlarini testlash muammosi ilk bor V.P.Filin tomonidan ilgari surilgan boʼlib, uning metodologik asoslanishi V.M.Zatsorskiy ishlarida bayon qilingan. Jumladan “Kibernetika, matematika, sport” nomli kitobida “Insonning matorikasi koʼp oʼlchamli makon sifatida” va “Omilli tahlil” kabi boblari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda harakat imkoniyatlari tuzilmasi hamda ularni harakatga doir testlar yordamida testlash masalalari ham yoritilgan.
Biz quyidagi taʼrifdan kelib chiqamizki, oʼsha muvofiqharakat qobiliyatlarini testlash-bu formal taʼriflar,matematik munosabatlardan foydalangan holda haqiqiy sonlar tizimi asosida harakat qobiliyatlarining yashirin darajasini materik koʼrinishidir [48; 10-b].
Harakat qobiliyatlari nazariyasiga taaluqli boʼlgan muhim masalalardan biri shu qobiliyatlar tuzilmasini oʼrganish masalasi hisoblanadi. S.Selikovskiy fikricha, mavjud nazariyalarda harakat qobiliyatlari nazariy obʼektlar sifatida qatnashadi, ular yordamida tushuntirishlar vaturli xil harakatlanish vazifalaridagi natijalar bashorat qilishlar amalga oshiriladi. Ular nazariy tushunchalar,xususan, gipotetik tushunchalar(yoki iboralar) yordamida ifodalanadi .
Harakat qobiliyatlari bilvosita oʼlchanadi. Ushbu holda bilvosita oʼlchash deganda empirik sohasida qoʼllaniladi va bevosita kuzatilayotgan xossalarga bogʼliq boʼlgan nazariy xususiyatlarni assotsiativ tarzda oʼlchash tushuniladi;assotsiativ oʼlchash-bu shunday oʼlchashki-bunda bevosita oʼlchanadigan xossalar yordamida boshqa xossa baholanadi .
Inson harakatining hamma xossasi ham (masalan yugurish tezligi) harakat qobiliyati hisoblanmaydi, u organizmning mator funktsiyalarining ichki jiddiy xususiyatlari sifatida harakat qobiliyatlarni nomoyon qilish,xolos. Yugurish tezligi,sakrash uzunligi- shunday kattaliklarni,ularga asoslanib, biz tor maʼnoda insonning harakati xususiyatlari,yaʼni harakat qobiliyatlarining tashqi nomoyon boʼlish xossalari toʼgʼrisida xulosa chiqaramiz. Bunday har bir harakat qobiliyatlarining nomoyon boʼlishi toʼgʼridan-toʼgʼri yoki bilvosita oʼlchanuvchanish qobiliyatiga ega.(atama ilk bor K.Berka tomonidan kiritilgan).
Bunda nafaqat nima oʼlchanayotganligini bilish,balki oʼlchanayotgan xossa tekshiriluvchini (sportchini) uning harakatlanish salohiyati;yaʼni sportdagi (tor maʼnoda harakat) natijasi jihatdan qanchalik ifodalaniyotganligini ham bilish zarur. Harakatlanish natijasini harakat vazifasini amalga oshirish oʼlchovi yoki harakatlanish vazifasining bajarilish darajasi sifatida taʼriflash qabul qilingan va harakat qobiliyatlarining yakuniy tavsifi sifatida qabul qilinadi,ularning evaziga harakatlanish vazifasi hal etiladi.
Odatda, harakat qobiliyatining bu nazarda tutgan xususiyatini haqiqatdan ham oʼlchayotganligimizga ishonch hosil qilish uchun standart statistik amallar qoʼllaniladi,ular testni oʼlchashdagi tabiiy xatolardan “himoyalashga” imkon beradi. Eng koʼp tarqalganlari - testlarning ishonchliligi, validligi, ekvivalentligini baholash amalidir. Ularga korreliyatsiya koeffitsenti sari anʼanaviy statistik amallar yordamida erishiladi.
Xususan, ishonchlilikni baholash uchun oddiy korrelyatsiya koeffitsenti qoʼllaniladi, u ikkita urinishlar yoki bir necha urinishlardan olingan ikkita oʼrtacha koʼrsatkichlar boʼyicha hisoblanadi. Ikkinchisi nazariyada ayrim tuzatishlar bilan qoʼllanishiga ruxsat etiladi.
Nazorat sifatida tanlab olinadigan koʼrsatkichlar uchun axborotlilikka (validlik) tekshirish majburiy hisoblanadi. Mantiqiy (mazmuniy) va empirik axborotlilik ajratiladi. Ikkala mezon testlar batareyasini shakllantirishda keng qoʼllaniladi.[46; 49-b].
Testlarning qandaydir yagona koʼrsatkichga nisbatan empirik axborotliligi bilan bir qatorda nomzod testning omilli axborotliligi aniqlanadi, jumladan, sport natijalari bevosita oʼlchanadigan sport turlarida. [45;41-43-b].
Tanlab olinadigan nazorat koʼrsatkichlari va mashqlariga qoʼyiladigan umumiy talablarning yana biri –bu ularning standartligidir,yaʼni testlash ishlari va sharoitlarini shunday tartibga solish boʼlib,u tekshiruvlarni tashkil qilishda farqlar natijalariga taʼsirini istisno qiladi. Nihoyat, testlarga qoʼyiladigan asosiy talablardan biri –bu baholash tizimlarining mavjudligidir. Аynan shu yerda metodologik jihatdan qiyinchiliklar bor boʼlib,ularni faqat integral koʼp omilli tadqiqotlar yordamida yengib oʼtish mumkin.[60;227-b].
Xususan, oʼsmirlar sportida bunday testlash tekshiriluvchini shu tariqa tavsiflab berishi kerakki,dinamik bashoratlash uchun imkon yaratilishi lozim;uning harakat qobiliyatlari rivojlanishiga yoki sportchi uchun koʼp yillik mashgʼulotlarning aniq bir bosqichida rejalashtirilayotgan sport natijalari darajasiga qanchalik javob bera olishi toʼgʼrisida axborot olish zarur.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish