2.1.6. §. Pedagogik tajriba
Dissertasiya ishida asosiy uslub pedagogik tajriba hisoblanadi. Uning mazmuni shundaki, jismoniy tayyorgarlik darajasi bir xil boʼlgan parallel sinf oʼquvchilari orasidan tajriba va nazorat guruhlari aniqlab olindi. Tajriba guruhida mashgʼulotlar har xil jismoniy tayyorgarlikka ega 13-14 yoshli oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yunaltirilgan uslubiyat asosida oʼtkazildi. Tajriba tadqiqotlarini oʼtkazishning eng muhim sharti tajriba va nazorat guruhlarining boshlangʼich va yakuniy natijalarini taqqoslash edi.
2.1.7. § Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili
Barcha hisob-kitoblar “Microsoft-Exel” kompyuter dasturidan foydalangan holda olib borildi. Maxsus adabiyotlarda berilgan matematik statistikaning umumiy qabul qilingan uslublari qoʼllanildi. (6,38,46,51,57,83,93).
Quyidagi koʼrsatkichlar hisoblab chiqarildi:
-oʼrtacha arifmetik qiymat (X),
-oʼptacha kvadrat ogʼish (G),
-variatsiya koeffitsienti (V).
-tekshirilgan guruhlarning hammasida tanlab olingan oʼrtacha koʼrsatkichlardagi farqlar ishonchliligini baholashda Stьyudentning t- mezoni qoʼllanildi.
2.2. § Pedagogik tajribaning tashkil etilishi
Pedagogik tajriba toʼrtta bosqichda tashkil qilindi:
1-bosqich ( 2015-2016) –mavzuga oid ilgari chop etilgan ishlarni nazariy tahlil qilish, hal etilmagan muammolarni aniqlash, ushbu muammoni hal etish boʼyicha zamonaviy amaliyotni oʼrganish, oʼrganilayotgan muammoni hal etishga koʼmaklashuvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida chora- tadbirlarni oʼrganish, tadqiqot farazini ifodalashni amalga oshirish.
2–bosqich (2016-2017) bir qator vazifalardan iborat boʼldi: kerakli tajriba obʼektlari (oʼquvchilar) sonini tanlash; oʼtkaziladigan tajribaning davomiyligini aniqlash; tajriba uslublarining qulayligi va samaradorligini kam sonli sinaluvchilarda sinab koʼrish; tajriba obʼektining pedagogik taʼsir natijasida ijobiy oʼzgarishi belgilarini aniqlash.
3 -bosqich (2017-2018) asosiy hisoblanib,takomillashtirib ishlab chiqilgan uslubiyatning samaradorligini tekshirishga yoʼnaltirilgan.Bu bosqich quyidagi tadbirlarni oʼz ichiga oldi: tajriba oʼtkazish tizimining boshlangʼich holatini oʼrganish (oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va harakatlarning tezligining rivojlanish darajasi aniqlandi); tajriba oʼtkazish shartlarining boshlangʼich holatini oʼrganish; taklif etilgan usullar samaradorligi mezonini shakllantirish: uni olib borishning samarali sharoitlari va tartibi toʼgʼrisida tajriba qatnashchilarini tanishtirish; muallif tomonidan tavsiya etilayotgan chora-tadbirlardan belgilangan tajriba vazifasini hal etishda foydalanish; maʼlumotlarni qayd etib borish; tajribani oʼtkazish davomida kutiladigan obʼektiv va subʼektiv kamchiliklar va yetishmovchiliklarni belgilab borish; sarflangan kuch,vosita va vaqtni baholab borish.
4 - bosqich (2019-2020) - tajribani yakunlashga yoʼnaltirilgan: tajribaviy oʼlchashlar tizimini amalga oshirish natijalarini qayd etish (oʼquvchilar tayyorgarligining keyingi holati darajasi, bilim, malaka va koʼnikmalarning egallaganlik darajasi); ijobiy natija bergan tajribaningshart-sharoitlari tavsifi; tajribaviy taʼsirotlari subʼektlarining (oʼqituvchilar, oʼquvchilar)xususiyatlarini yoritish; vaqt, kuch va vositalarning sarflanishi haqidagi maʼlumotlarni aniqlash; tajriba davomida aniqlangan oʼlchashlar tizimining qoʼllanilish chegaralarini koʼrsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |