Qoʼl-oyoqlar uzunligini oʼlchash.
Qoʼllar uzunligini oʼlchash uchun santimetrli tasma koʼkrakning akramial oʼsigʼi chetidan tashqarisiga boʼrtib turgan nuqtasi ustidan,yaʼni yelkadan to qoʼl uchining oxirgi nuqtasi va uchinchi barmoq tirnogʼi falyangasining yumshoq nuqtasigicha qoʼyiladi.
Yelka kengligi (akromial diametr) sirkulь yordamida aniklanadi: u oʼng va chap akromial shoxchasi chekkasidagi tashqariga boʼrtib turgan nuqtalari orasiga qoʼyiladi.
Oyoqlarining uzunligini aniqlash uchun poldan to yuqori-old yonbosh qov suyagining oldinga boʼrtgan nuqtasigacha va poldan qov suyagini birlashgan sohasi yuqori chekkasidagi nuqtasigacha (medial chiziq buylab) boʼlgan balandlikni oʼlchash amalga oshiriladi. Bu maʼlumotlarni bir biriga qoʼshib 2 ga boʼlinadi va hosil boʼlgan natija oyoqlar uzunligi koʼrsatkichi hisoblanadi.
Somatometriya yoki oʼsmirlarning tana tuzilishi tipini aniqlash
Shtefko-Ostrovskiyning zamonaviy yangilangan sxemasiga muvofiq oʼtkazildi. Biroq D.D.Safarova tomonidan oʼtkazilgan tadqiqotlarda (2015) maktab oʼquvchilarining yoshga xos xususiyatlari Shtefxo –Ostrovskiy sxemasiga bir qator oʼzgartirishlar kiritishni taqozo etdi. Masalan, mushaklarning rivojlanganlik darajasi, boshqa mushaklar singari, oʼquvchilarda hali yaxshi rivojlanib ulgurmagan ikki boshli mushak holatiga qarab aniklanadi, chunki mushak tizimi oʼzining yoshga xos shakllanishini fakat 15 yoshda yakunlaydi. Mushaklarning rivojlanish darajasini tananing mushak karsetini ifodalovchi qaddi- qomatni inobatga olgan xolda tonus hamda son ogʼirligi boʼyicha aniqladik. Yogʼ toʼplanishini baholashda sonlar,qoʼltiq osti va qorin pastki qismidagi yogʼ qatlamlari eʼtiborga olindi. Ularning mavjudligi xolatni quydagicha ifodalashga imkon berdi: 3ball- kuchli, sonlarda yoʼqligi 2,5ball. Barcha 3 ta qatlamlarining kam ifodalanganligi yoki umuman yoʼqligi (qovurgʼalarning boʼrtib turishi) 1 ball bilan baholandi. Bunday uslubiyat boʼyicha yogʼ toʼplanishi va suyak tarkibining rivojlanish darajasi baholanadi. Orqaning shakli: torakal va mushak tipiga mansub oʼsmirlarga «xoʼrozcha qomat» -gepertrofik bel lardozi koʼrinishidagi qaddi- qomat xosdir. Аstenoid tipiga mansub oʼsmirlarga ichkariga kirib ketgan yoki tekis koʼkrak qafasi, tor yelkalar, mushak tizimining boʼsh rivojlanganligi xosdir. Digestiv tipidagilarga bukilish joylarining yassiligi, qorinning dungalanligni xos boʼlib, koʼkrak qafasi shakli – koʼkrak osti burchagi oʼtmas shakldadir. Torakal va mushakli tipdagi bolalarda qorin shakli tekis, koʼkrak qafasi silindir shaklida, skelet mushaklari har tomonlama uygʼun rivojlangan. Kiritilgan oʼzgartirishlarni inobatga olib, bolalarni somatotiplarga ajratishda quyidagilar aniqlangan: astenik, torokal, mushakli, digistiv va oraliq tiplar.
Somototiplarni biz quyidagicha belgilar bilan ifodaladik: А, T, M, D, O.
Do'stlaringiz bilan baham: |