III.BOB 13-14 YOSHDAGI O’SMIRLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI NAZORAT QILISH TIZIMI QO’LLANISHINING MAQSADGA MUVOFIQLIGINI ASOSLASH
3.1.§ Oʼquvchilar va pedagoglarning oʼsmirlar jismoniy tarbiya tizimiga munosabatini toʼgʼrisidagi anketa soʼrovi natijalari
Jismoniy tarbiya-alohida fan. Har bir oʼquvchi koʼp yillik oʼqish davrida maʼlum bir bir bilimlar olishi,zarur hajmda jismoniy mashqlarni egallashi,jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish darajasini oshirishi,kundalik hayotda zarur boʼlgan koʼnikma va malakalarni shakllantirib borish lozim.
Oʼquvchilarning jismoniy madaniyatini qayta qurishda eng muhim yoʼnalishlardan biri- jismoniy tarbiya-sport ishlari natijalarini oʼquvchilarning oʼzlari qoʼygan baholari orqali oʼrganishdir.
Ommaviy tekshiruvlarda ishtirok etgan oʼquvchilar va jismoniy tarbiya oʼqituvchilariga anketa taklif qilindi. Oʼquvchilarning anketasi shunday savollardan iborat boʼldiki,ularni maʼnosiga koʼra toʼrtta blokka birlashtirish mumkin:
1. Oʼquvchilarning jismoniy tarbiya darslariga munosabati va jismoniy mashqlarning afzalligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar (1, 2, 3, 4-savollar).
2. “Jismoniy tarbiya” fani boʼyicha baholarga munosabat, unga taʼsir koʼrsatuvchi omillar (5, 6, 7, 8, 9-savollar).
3. Bahoning obʼektivligini oshirish mumkinligi (10,13,14 savollar).
4. Fan boʼyicha bahoni yaxshilash uchunoʼquvchilarning faolligi (11, 12-savollar).
Аnketa soʼrovnomasining maqsadi - yoshlar va oʼqituvchilarning jismoniy tayyorgarlikni tabaqali baholash uslubiyatiga oʼtish imkoniyatlari va tayyorgarligini aniqlash.
Bolalarning ommaviy tekshiruvlari natijalarini statistik ishlab chiqish, bizningcha, quyidagi masalalarga oydinlikkiritish kerak edi:
- antropometrik koʼrsatkichlar va tana tuzilishi tipining yengil atletika turlarida natijalarga taʼsiri;
- organizmning biologik yetilishi darajasi hamda yoshga xos xususiyatlariniengil atletikaning har xil turlaridagi natijadorlikka taʼsiri;
- oʼquvchilarning jismoniy tarbiya boʼyicha baholariga munosabati;
- oʼqituvchilarning oʼquvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini baholashdagi muammolarini aniqlash;
- yengil atletikaning har xil turlarida turli xil omillarning jismoniy tayyorgarlikni baholashga boʼlgan taʼsirining ishonchliligi.
Oldinga qoʼyilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:
- oʼquvchilarning “Jismoniy tarbiya” faniga boʼlgan munosabatini oʼrganish va ayniqsa darslarda qoʼyiladigan bahoga munosabatni alohida ajratish ;
- fan boʼyicha olinadigan bahoga taʼsir qiluvchi asosiy omillarni ochib berish;
- oʼquvchilarning jismoniy tarbiyadarslaridagi ustuvorharakat faoliyatini aniqlash;
- oʼquvchilarjismoniy tarbiya darslarida muvaffaqiyatli shugʼullanadigan asosiy shart-sharoitlarni aniqlash;
- maktab dasturidagi eng ommabop jismoniy mashqlar turlarini aniqlash.
Аnketa soʼrovnomasida qatnashgan 100 nafar oʼquvchining javoblari shundan dalolat beradiki, fanga munosabat,jismoniy tarbiya bilan shugʼullanish istagi, jismoniy tarbiya boʼyicha qoʼyiladigan bahoga munosabatni ifodalovchi koʼrsatkichlar umumtaʼlim maktabida oʼqish davrida doimo oʼzgarib turadi.
“Jismoniy tarbiya darslari sizga yoqadimi?” - degan savolimizga aksariyat oʼquvchilar (80,8%) ijobiy javob berishdi.
“Jismoniy tarbiya dasturidagi qaysi boʼlimlari sizga yoqadi?” degan savolga quyidagi javob oldik: birinchi oʼrinda sport oʼyinlarini (futbol, basketbol, voleybol, harakatli oʼyinlar), ikkinchi oʼrinda – yengil atletika, uchinchi oʼrinda – gimnastika.
Аksariyat oʼquvchilar sprint yugurishni,ayniqsa estafetali yugurishni eng qiziqarli deb hisoblaydilar. Sakrash mashqlari va uloqtirish ham shu yoshdagi oʼquvchilarda ommabop, chunki bu mashqlarda musobaqalashish mavjud. Uzoq masofaga yugurish uncha ommalashmagan yengil atletika turidir.Oʼrta maktab yoshidagilarning 57,5%i ushbu mashqqa salbiy munosabat bildirishgan.Аyniqsa masofani belgilangan vaqt ichida bosib oʼtish lozim boʼlgan va vaqt hisobga olinadigan uzoq masofaga yugurish yana ham past reytinga ega (20,6%) .
Oʼquvchilarning “Jismoniy tarbiya” fani boʼyicha qoʼyiladigan bahoga boʼlgan munosabatlari alohida qiziqishni uygʼotadi. Oʼquvchilarining koʼp qismi (60,8%) baho muhim ekanligini va nazoratga katta qiziqish bilan qarashini bildirgan.
Oʼquvchilarning 53,8% qisqa masofaga yugurishda yuqori baho olishi uchun bir nechta qoʼshimcha urinishlar bajarishni xohlashadi.Uzunlikka sakrashda natijalarni yaxshilash istagi oʼquvchilarning 34,8% da va toʼpni uloqtirishda 35,1%) oʼquvchida aniqlandi.
1000 metrga yugurishdagi oʼz natijasini yaxshilash istagini bildrgan oʼquvchilar 23,5% ni tashkil qildi .
Аnketa soʼrovnomasi natijalariga koʼra, oʼquvchilarning faqat uchdan bir qismi qisqa masofaga yugurishda qoʼshimcha urinishlarda oʼz natijalarini yaxshilashga urinishadi (32,8%), yengil atletikaning sakrash mashqlarida esa 31,5%.
Tekshiriluvchilar materiallari asosida 61,3% oʼquvchilarlar yengil atletika mashqlarida baland boʼyli shugʼullanuvchilarning birmuncha ustunlikka ega ekanligini koʼrsatib oʼtishgan. Ustunlikni asosan sakrash mashqlarida koʼrishadi. Oʼsmirlarning eʼtiroficha, tana uzunligining yuqori koʼrsatkichi sakrash, qisqa masofaga yugurish, granata uloqtirishda ustunlik beradi. Shu bilan birga, ular tana uzunligini chidamlilikka yoʼnaltirilgan yugurish mashqi natijalariga taʼsir etishi toʼgʼrisidagi savolga aniq javob bera olishmagan.
Oʼquvchilar shuni eʼtirof etishadiki, tana vazni ogʼirligi koʼpgina yengil atletika mashqlarida natijalariga salbiy - taʼsir qiladi,faqat snaryad uloqtirishishda ustunlik beradi.
Faqat 9,8% oʼquvchilar tana tuzilishi sakrashlar va uloqtirishlarda natijaga taʼsir qilishini eʼtirof etishgan.
“Tananing uzunligi va ogʼirligi koʼrsatkichlarining jismoniy tayyorgarlik bahosiga taʼsiriniinobatga olish kerakmi” degan savolimizga 60% oʼquvchilar ijobiy javob berishgan. 23,0% respondentlar jismoniy rivojlanish koʼrsatkichlarini albatta inobatga olish kerakligini bildirishgan .
“Fan boʼyicha bahoingizni yaxshilash uchun boʼsh vaqtingizda jismoniy mashqlar bilan qoʼshimcha shugʼullanasizmi?” degan savolga 42,8% oʼquvchilar ijobiy javob berishgan.
Soʼrovnomada qatnashgan oʼquvchilarning 62,5% shunday fikrdaki, individual xususiyatlarini (tana uzunligi va ogʼirligi, tananing tuzilish tipi) jismoniy tarbiya darslarida ularning harakat imkoniyatlarini holisona baholashga imkon beradi, mashgʼulotlarga boʼlgan qiziqishni oshiradi,harakat faolligini koʼpaytiradi,sport bilan shugʼullanishga ragʼbatlantiradi.
Shunday qilib, oʼquv jarayoniga jismoniy tayyorgarlikni tabaqali baholashni kiritish oʼquvchilarning jismoniy tarbiya mashgʼulotlariga boʼlgan munosabatini muhim darajada oʼzgartiradi.
Jismoniy tarbiya oʼqituvchilari bilan ham anketa soʼrovnomasi oʼtkazildi. Аnketa soʼrovnomasining maqsadi jismoniy tayyorgarlikni baholash muammolarini, oʼqituvchilarning oʼquvchilar jismoniy tayyorgarligini baholashda yangi uslubiyatlarining joriy etilishiga tayyorligini aniqlashdan iborat boʼldi.
Jami 100 nafar jismoniy tarbiya oʼqituvchilari anketa soʼrovnomasida ishtirok etdi. Respondentlar ish staji va kasbiy malakasi boʼyicha guruhlarga taqsimlandi. Birinchi guruhga ish tajribasi 10 yil boʼlgan oʼqituvchilar,ikkinchi guruhga 10 yildan ortiq ish stajiga ega oʼqituvchilar kiritildi.
Pedagoglarning 48,4% koʼrsatkichlarni baholash jarayonida asosan faqat akseleratlarni hamda ortiqcha vaznga ega oʼquvchilarni ajratadi. Ularning fikricha, oʼquvchilarning ayrimlari mashqlar va meʼyorlarni osonbajaradilar, boshqalar esa vazifalarni katta qiyinchiliklar bilan uddalaydilar.
10 dan 15 yilgacha ish tajribasiga ega boʼlgan aksariyat oʼqituvchilarning (65,6%) test natijalarining tana uzunligi va ogʼirligiga bogʼliqligini qayd etganlar. Ular yana yengil atletika mashqlarida jismoniy rivojlaninsh darajasining natijadorlikka taʼsir etishini eʼtirof etishgan. Tana tuzilishi tiplarining sport natijalari darajasiga taʼsiri31,3% pedagoglar tomonidan eʼtirof etiladi,faqat 3,7% respondent individual xususiyatlarga befarq ekanligini bildirib oʼtgan; “meʼyorlar bor ularni bajarish kerak”.
5 yildan ortiq ish tajribasiga ega oʼqituvchilar (70,3%),tana tuzilish xususiyatlarining (tana uzunligi va ogʼirligi, tana tuzilishi tipi) yengil atletika mashqlaridagi natijadorligiga taʼsirini qayd etishgan. Faqat15,6 % respondentlar meʼyoriy talablar hamma uchun bir xil boʼlishi kerak deb hisoblaydi.
Аksariyat oʼqituvchilarning (67,2%) fikricha, jismoniy tarbiya boʼyicha qoʼyiladigan baho oʼquvchilarning harakat imkoniyatlarini xolis baholashmaydi, meʼyorlarning bajarilishida oʼquvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olmaydi: ayrimlar uchun ular juda oson,boshqalar uchun esa-qiyin. Bu jismoniy tarbiya darslariga nisbatan salbiy munosabatini shakllantiradi.
Koʼpchilik soʼralgan oʼqituvchilarning (64,1%) fikricha tayyorlanganlikni tabaqali baholashdan foydalanish jismoniy tarbiya darslariga qiziqishni oshiradi, oʼquvchilarni faol harakat faoliyatiga ragʼbatlantiradi. Biroq, hamma oʼqituvchilar ham uni jismoniy tarbiya darslarida qoʼllashga tayyor emaslar. Bunga asosiy sabab: “qiyin boʼlishi mumkin”,“hisoblash qiyin”, “hech narsani oʼzgartirmasa boʼladi”, “ularni hech kim bekor qilmagan”.
Maʼlumotlarimizga qaraganda, 51,6% oʼqituvchilargina bunday,tabaqalashtirilgan uslubiyatni qoʼllashga tayyorlar,biroq u foydalanish uchun qiyin boʼlmasa.
Ularning fikricha, ushbu yondashuv boʼsh oʼquvchilarda, ortiqcha vaznga ega oʼquvchilarda jismoniy tarbiya darslariga boʼlgan salbiy munosabatni sezilarli darajada kamaytiradi.
13 yoshdan 14 yoshgacha boʼlgan 100 nafar oʼsmirlarni tekshirishlar ularning morfofunktsional rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik koʼrsatkichlarining oʼzgarishidagi yoshga xos qonunyatlarni imkonini berdi. Takdim etilgan tajriba materiallari turli xil statistik parametrlar (X,G,m,A,E,E) boʼyicha tahlil qilindi. Tana uzunligining koʼrsatkichlari yosh oʼtishi bilan doimo ishonchli ortib boradi, eng muhim oʼsish 14 yoshda (4,6 %, P<0.001) kuzatiladi. Tana ogʼirligi va koʼkrak qafasi aylanasi tavsiflari ham yosh ulgʼayishi bilan ortadi.Oʼpkaning tiriklik sigʼimi (UTS) koʼrsatkichlarining oʼsishi 14-18 yosh davrda aniqlangan: ushbu oʼzgarishlar bir foizli ahamiyatlilik darajasida aniqlangan. Gemodinamik koʼrsatkichlari yosh ulgʼayishi bilan oʼzgaradi,biroq ayrim yosh davrlarida muhim ahamiyatga ega boʼladi: yurak qisqarishtinch holatda 13 yoshga (2,7%) va 14 yoshda kamayadi (3,1%), sistollik arterial bosim(SАB) 14 yoshda ortadi (2,7%) vadastollik arterial bosim (DАB) 13 yoshda ortadi.(4,4%).
Oʼsmirlardagi kuch tayyorgarligi koʼrsatkichlari ham yosh taʼsirida oʼzgaradi. Panja dinamometriyasining jadal oʼsishida ikki davrni (13 va 14 yosh) aniqladik. Gavda dinamometriyasi 14 yoshda muhim darajada oʼzgardi (29,8%, r<0.01). Turgan joydan uzunlikga sakrash natijalari 13 yoshda (8,2%, <0,05) va 14 yoshda(6,4%, p<0,05) ortadi, toʼldirilgan toʼpni uloqtirish-13 yoshida 12,74% r<0.01) .
Turnikda tortilish natijalari yosh ulgʼayishi bilan oʼzgaradi, lekin 14 yoshda jadal kechadi.(19,5% p<0,05). Yotib tayanib, qoʼlni bukib yozish koʼrsatkichlari 14 yoshda.(11,8%, p<0,05), tanani koʼtarish va tushirish taʼsirlari 14-yoshda (10,4%, r<0,01) yaxshilanadi. Turgan joydan balandlikga sakrash natijalari yosh ulgʼayishi bilan oʼzgaradi, ahamiyatli oʼzgarish 13 yoshga toʼgʼri keladi(7,64%, p<0,01).
Do'stlaringiz bilan baham: |