3.2.§ Oʼsmirlarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi koʼrsatkichlarining yoshga xos dinamikasi tahlili
Jismoniy rivojlanish va kuch tayyorgarligi koʼrsatkichlarning yoshga xos dinamikasi tahlili tekshirilgan oʼquvchilar kontigenti ikkita yosh guruhiga (13-14 yosh) ajratishga imkon beradi.Ular bir-biridan sifat jihatidan muhim farqlarga ega va ular bilan ishlaganda turli xil harakat rejimlarini qoʼllash taqozo etiladi.
13-14 yoshdagi oʼsmirlar tayyorgarligi tavsifi tajriba maʼlumotlarini turkumlovchi klassifikatorni izlab topish zarur ekanligini koʼrsatadi.Bu yoshdagi oʼsmirlarda biologik yetilish va tana tuzilishi darajasini shunday tavsif deb hisoblash mumkin.
Oʼsmirlarning anketa soʼrovi shuni koʼrsatadiki,13 yoshdagi 24,0%,14 yoshdagi 29,4% bolalar kuchga yoʼnaltirilgan mashqlar qoʼllaniladigan mashgʼulotlarga ijobiy munosabatdalar. Yoshi ulgʼayib borgan sari bunday mashqlarga salbiy munosabatda boʼlgan bolalar soni asta-sekin kamayib boradi(26,7 %dan 18,0 %gacha),kuch mashqlari bilan doimo mustaqil shugʼullanuvchi oʼsmirlar ulushi ortadi (13 yoshda-13,0%, 14 yoshda-17,0 %).13-14 yoshdagi aksariyat oʼsmirlar (81,5%) jismoniy tarbiya darslarida kuch qobiliyatlarini rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor qaratilmaydi,deb hisoblashadi.
Koʼpchilik (53,4%) oʼsmirlar ishonch bilan taʼkidlashadiki,kuch mashqlari ularning salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi va faqat ayrim bolalar (15,1%)teskari fikrdalar.
Yosh ulgʼaygan sari kuch mashqlari bilan shugʼullanish foydali ekanligiga oʼquvchilarda ishonch ortb boradi . Respondentlarni fikricha, kuch mashqlari bilan shugʼullanish uchun eng ahamiyatlimativ sifatida quyidagilarni hisoblash mumkin: oʼzi va doʼstlarini himoya qilish (27,4%), atletlar qaddi-qomatiga ega boʼlishi (15,1), tengdoshlariga taʼsir oʼtkazish (18,5 %).
13-14 yoshdagi barcha tekshiriluvchilar orasidan 55,9% oʼsmirlar torakal tipdagi tana tuzilishiga mansub ekanligi aniqlandi. Digestiv tipga mansub bolalar soni 19,5% ni tashkil etadi, mushak tipdagilar-14,4%,astenoid tipdagilar-10,2%. Oʼsmirlarning yarimidan koʼpi(64,3%) pasport yosh biologik yoshga mos keladi.
Pasport yoshi biologik yoshdan ortda qolayotgan aksariyat oʼsmirlartorakal (58,9%) va astenoid (41,1%) tipidagi tana tuzilishiga mansub ekanligi aniqlandi. Pasport va biologik yoshining mos kelishi barcha tipdagi tana tuzilishiga ega bolalarda aniqlandi,lekin u koʼproq torakal tipdagi tana tuzilishiga ega bolalardauchraydi (71,1%) .
Biologik yoshi pasport yoshidan oʼsib ketgan bolalar uchun mushak (42,5%) va degistiv (37,3%)tipdagi tana tuzilishi xosdir.
Dispersiyali tahlilning koʼrsatishicha, 13-14 yoshdagi oʼgʼil bolalarda kuch qobiliyatlarining muhokama qilinayotgan koʼrsatkichlari oʼzgaruvchangligining yetakchi omili - bu ularning konstituttsiyasi xususiyatlaridir (3.2 jadvalga qarang). Ushbu omilning ahamiyati panja dinamometriyasi koʼrsatgichlari oʼzgarishida( 26,6%) yaqqol koʼzga tashlanadi.
3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |