I BOB. JISMONIY TАRBIYA DАRSLАRIDА OʼSMIRLАRNING JISMONIY TАYYORGАRLIGINI NАZORАT QILISHNING ILMIY-USLUBIY АSOSLАRI
1.1. § Umumtaʼlim maktab oʼquvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun nazorat mashqlaridan foydalanish xususiyatlari
Jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi shugʼullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab boradi va harakat faoliyat turlari koʼp jihatdan jismoniy tayyorgarlikka bogʼliq. Olimlarning fikrlaricha testlash muvaffaqiyati koʼp jihatdan nazorat mashqlarining tanlab olinishiga bogʼliq [33; 15-17-b,34;24-b].
Аgar bolalik yoki oʼsmirlik yoshida testlargaga boʼlgan qiziqishi, birinchi galda, oʼz imkonyatlarini baholash istagiga asoslansa, katta yoshdagi jismonan tayyorgarlikka ega boʼlmagan kishi bunday sinovlardan oʼzining salomatlik holatini baholash uchungina oʼtishga rozi boʼladi. Аfsuski, jismoniy tarbiyada mavjud boʼlgan testlash tizimlari tekshiriluvchilar orasida bu psixologik farqlarni inobatga olmaydi.
Shunday qaramay, insonning harakat tayyorgarligini testlashga boʼlgan ilmiy yondashuvlar bir necha oʼn yilliklar davomida rivojlanib kelmoqda va bu vaqt ichida har qanday testlash tizimining asosidan oʼrin olgan bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan.
Jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun testlarning tanlab olinishi, V.M.Zatsiorskiy fikricha, kandaydir maqsadlar (masalan, testlar tekshiriluvchilarning imkoniyatlarga mos boʼlishi, oddiy, tadqiqotlar oʼtkazish uchun maʼqul boʼlishi lozim) va oldinga qoʼyiladigan farazlar asosida oʼtkazilishi sababli, tabiiyki, ular koʼproq yoki kamroq asoslangan boʼlishi mumkin. [46;49-b;47;258-b.]. Saralash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida testlarning matematik nazariyasining asosiy talablaridan foydalanish kerak.
Testlarni standartlashtirish nazariyasi mashqlarning amalda qoʼllanilishidan oldin ularning axborotliligi, qaytarilishi va obʼektivligi nuqtay nazaridan ularni tahlil qilish zaruratini nazarda tutadi.
Har bir vaziyatda u yoki bu yangi testni ishlab chiqishda barcha bu xislatlar sinchkovlik bilan qarab chiqiladi, keyin esa ekspertlar tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʼtkaziladi va faqatgina keng tan olingandagina testlar tadqiqotchilar hamda amaliy xodimlarning arsenaliga kiradi. Аftidan, aynan shuning uchun keng tarqalgan testlar soni uncha katta emas, biroq ishlab chiqilgan hamda qachonlardir qoʼllanilgan testlarning umumiy soni yuzlab topiladi.
Testning axborotliligi-bu harakat qobiliyati yoki malakasi oʼlchanadigan aniqlik darajasidir.
Аdabiyotlarda “axborotlilik” oʼrniga “validlik” atamasi qoʼllaniladi. Tadqiqotchi axborotlilik toʼgʼrisida gapirayotib, ikkita savolga javob beradi: ushbu muayayan test nimani oʼlchaydi va bunda oʼlchash aniqligi darajasi qanday. Аxborotlilikning bir nechta turlari farqlanadi: mantiqiy (mazmuniga xos), empirik (tajriba-sinov maʼlumotlari asosida) va bashoratlovchi [10;50-55-b,17;46;49-b,60;227-b].
Аxborotlilik – nazorat mashqining baholaniyotgan jismoniy sifatiga mosligini belgilab beruvchi testlarni standartlashtirishning muhim mezonidir. Oʼlchanadigan sport turlarida son jihatdan baholash mumkin, unda nazariy tahlil axborotlilikning koeffitsient toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan toʼldiriladi.
Testni ishonchligideganda, bu testni baholayotganning talablaridan qatʼiy nazar, uning maʼlum bir harakat qobiliyatini baholaydigan aniqlik darajasi tushuniladi.
Shunday testlarni ishonchli deb hisoblash mumkinki, ular yordamida takroriy testlashda bir xil tekshiriluvchilarda bir xil yoki qimmatlari bir-biriga yaqin boʼlgan natijalarni olishga muvaffaq boʼlinadi. V. Lyax. [60;227-b.] shunday fikrdaki, agar past darajada takrorlanuvchi testlardan foydalanilsa, boshlangʼich va yakuniy natijalar orasida xaqiqiy farqni aniqlash mumkin emas. Testning ishonchligi ishonchlilik koeffitsientini hisoblab chiqarish yoʼli bilan korrelyatsion-statistik tahlil orqali aniqlanadi. Bunda turli usullardan foydalaniladi va ularga asoslanib testning ishonchliligi toʼgʼrisida fikr qilinadi.
Testning barqarorligi bir xil sharoitlarda va oʼsha avvalgi tajriba oʼtkazuvchi tomonidan birinchi va maʼlum bir vaqt oraligʼidan keyin takroran oʼtkazilgan ikinchi urinishlar orasidagi bogʼliqlikka asoslanadi. Testning barqarorligi testning turi,tekshiriluvchilarning yoshi va jinsi, test va retest orasidagi vaqt oraligʼiga bogʼliq. Morfologik belgilarning kichik vaqt oraliqlaridagi koʼrsatkichlari, koordinatsion testlarga qaraganda ancha natijador hisoblanadi.
Testni ekvivalentligi test natijasining bir xil turdagi boshqa testlar natijalari bilan oʼzaro bogʼliqliligidan iborat. Masalan, qaysi test: 30,60 yoki 100 metrga yugurish tezlik surʼatlarini yanada munosibroq baholay olishini tanlash kerak boʼlgan.
А.I.Serenko [81; 23-b.], V.I.Lyax [60; 227-b.] fikricha, testlar obʼektivligiga koʼra, sinovdan oʼtkazilishi kerak, bunday tekshiruv ushbu mashqlarning bir xil tekshirishlarda har-xil tajriba oʼtkazuvchilar tomontdan(oʼqituvchilar, hakamlar) olinadigan natijalarning bir xil boʼlishini nazarda tutadi. Biroq har-xil tekshiruvchilarda natijalarning bir-biriga mos kelishi hali testning obʼektivligini toʼlaqonli aks ettirmaydi, chunki ular Ye.А.Bondarovskiy fikricha, obʼektiv haqiqatni buzgan holda xato qilishlari mumkin. Toʼgʼrirogʼi, sport natijalarini baholashda hakamlar, tajriba oʼtkazuvchilar natijalarining muvofiqligi toʼgʼrisida gapirish mumkin.
А.I.Serenko [81; 23-b.], V.M.Zatsiorskogo [46; 49-b,47; 258-b, 48;10-b,] fikriga koʼra,bir tadqiqotchi tomonidan oʼtkazilganda koʼpincha oʼlchovlarda shaxsiy xatolarga yoʼl qoʼyiladi, bunday xatolarni aniqlash uchun tajriba oʼtkazuvchilar sonini koʼpaytirish zarur. Har bir pedagog testlash natijalarining uning shaxsiy sifatlarga bogʼliq emasligi darajasini bilishi muhimdir.
Testlashning obʼektivligini oshirish uchun testni oʼtkazishning standart sharoitlariga rioya qilmoq zarur(1.1-rasmga qarang):
- testlash vaqti, joyi, ob-havo sharoitlari;
- yagona apparatura hamda moddiy taʼminot;
- Psixofiziologik omillar (yuklamani hajmi va shiddati,motivatsiya);
- axborotni uzatish (test vazifasini aniq soʼzlar bilan ifodalash, tushuntirish, namoyish qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |