Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna


Dissertasiya mavzusining dolzarbligi



Download 0,74 Mb.
bet4/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

Dissertasiya mavzusining dolzarbligi. Jahon jismoniy madaniyatida pedagogik nazorat oʼquvchilarning jismoniy holati va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan. Samarali pedagogik nazorat oʼqituvchidan oʼquvchilarning harakatlarini toʼgʼri kuzatish, tahlil qilish va baholashni taʼminlaydigan, oʼz harakatlaridagi kamchiliklarni aniqlaydigan, muayyan sharoit va oʼquv vaziyatlaridagi vositalar, usullar va tashkiliy shakllarning yaroqliligi va samaradorligi darajasini aniqlaydigan maxsus bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishni talab etadi. Ilmiy asoslangan pedagogik nazoratni tashkil etish va oʼtkazish individual jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasini aniqlash, bu darajani meʼyoriy koʼrsatkichlar bilan taqqoslash va shu asosda oʼquvchilarning jismoniy sifatlarini yoʼnaltirish va rivojlantirish boʼyicha oqilona rejalar tuzish imkonini beradi.
Dunyoning koʼpgina davlatlarida oʼsmir yigitlarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat uslubiyatini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu oʼquvchilarning harakat rejimini optimallashtirish va jismoniy tarbiya mashgʼulotlari jarayonida oʼquv yuklamalarini rejalashtirish uchun oʼsmirlarning jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini aniqlab beruvchi obʼektiv testlarni tanlab olish zarurati bilan bogʼliq. Koʼpgina chet ellik olimlar oʼsmirlarning jismoniy tayyorgarligini tekshirishni tashkil etishning printsiplari va usullarini ishlab chiqmoqdalar. Oʼsmirlarning jismoniy qobiliyatlarini sinash samaradorligiga taʼsir koʼrsatadigan antropometrik va morfologik koʼrsatkichlar toʼplami ishlab chiqildi. Nazorat testlarining murakkabligi pedagogik nazoratni tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha individual xususiyatlardan kelib chiqqan holda oʼtkazish talabini qoʼymoqda.
Mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarida oʼquv jarayonini tashkil etish boʼyicha alohida tajriba-metodik ishlanmalar amalga oshirilib, bu maktab oʼquvchilari oʼrtasida harakat koʼnikmalarining zarur fondini shakllantirish, oʼquvchilarning asosiy jismoniy tayyorgarligiga zamin yaratish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, maktablarimizda oʼtkazilinayotgan pedagogik nazoratning bir yoqlama oʼtkazilishi uning turlariga yetarlicha eʼtibor berilmayotganligi bu borada koʼplab hal etishimiz kerak boʼlgan vazifalarimiz bor ekanligini koʼrsatmoqda. «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʼlib, dunyo miqyosida oʼz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʼsh kelmaydigan insonlar boʼlib kamol topishi, baxtli boʼlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etish» ustivor yoʼnalishlardan biriga aylangan. Аyniqsa, 13-14 yoshli oʼsmirlarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilishda individual xususiyatlarni hisobga olgan holda meʼyoriy talablarini ishlab chiqish jismoniy tarbiya va sport taʼlimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish