Mavzu bo’yicha. Amaliy mashg’ulot uchun savollar
Raketa yer sirtiga tik ravishda uchirildi. Bunda raketaning tortish kuchi shunday tarzda kamayib boradiki, bunda uning tezlanishi o’zgarmas saqlanadi va 10m/s2 gateng. Raketaning tezligi 8 km/s ga yetganda uning massasi 10% ga kamayadi. Bu vaqtga kelib tortish kuchini necha foizga kamaytirish kerak? g =10m/s2, Yerning radiusi 6400 km.
Mars sayyorasini radiusi Yer radiusini 0,5 qismiga, Marsning massasi Yer massasini 0,1 qismiga teng bo’lsa Mars sayyorasidagi erkin tushishish tezlanishi yerdagi erkin tushish tezlanishining necha foiziga teng?
Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan √2 ga kichik, sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan 3 marta kichik bo’lsa, planetaning massasi Yerning massasidan necha marta kichik?
Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan 10 marta katta, o’rtacha zichligi esa Yernikidan 2 marta kichik. Sayyora sirtidagi erkin
Rezina arqonning bir uchiga 50 g yuk bog’langan, ikkinchi silliq gorizontal sirtga mahkamlangan. Agar yuk 20 rad/s burchak tezlik bilan aylantirilayotgan bo’lsa, arqonning cho’zilishini toping(sm). Arqonnning dastlabki uzunligi 40 sm, bikirligi 100 N/m.
Vertikal o’qqa mahkamlangan gorizontal sterjinda ishqalanishsiz harakatlana oladigan massasi 0,5 kg bo’lgan kichik yuk joylashgan. Yuk o’q bilan prujina orqali bog’langan. Sterjin vertikal o’q atrofida 3 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanishi natijasida prujina ikki marta uzaygan bo’lsa, prujinaning bikirligini toping.
Vazinsiz sterjin gorizontal sirtda 30 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o’qidan 0,4 va 0,3 m masofada, massalari 0,2 va 0,1 kg bo’lgan yuklar mahkamlangan. Agar aylanish o’qi yuklar orasida joylashgan bo’lsa, o’qqa tasir etayotgan gorizontal kuchni toping.
Shtangani bir uchiga o’rnatilgan kabina ichida odam bor. Shtanga vaertikal o’q atrofida 0,7 rad/s aylanayapti.kabina harakat trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida odam vazinsiz holatda bo’lishi uchun shtangani uzunlligi qanday bo’lishi kerak? g =9,8 m/s2
Massasi 2000 kg bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prikdan talofatsiz o’tishi uchun u kamida qanday tezlik bilan harkatlanishi kerak? Ko’prikning yuk ko’tarish qobilyati 18000 N dan oshmaydi. g =10m/s2
Massasi 2 т bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 100 m bo’lgan qavariq ko’prikning ustidan 72 km/h tezlik bilan o’tmoqda. Ko’prikning o’rtasiga kelganda avtomobilning ko’prikka ko’rsatadigan bosim kuchini toping. g =10m/s2
tushish tezlanishi Yer sirtidagidan necha marta katta?
Qandaydir sayyoraning radiusi Yerning radiusidan 16 marta katta, o’rtacha zichligi esa Yernikidan 2 marta katta. Sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan necha marta katta?
Do'stlaringiz bilan baham: |