Buxoro davlat universiteti oripova nazzora maxmudovna


§ 13-14 yoshli maktab oʼquvchilari va suzish bilan shugʼullanadigan oʼsmirlarning jismoniy rivojlanish va somatotipologik xususiyatlarining solishtirma tahlili



Download 0,74 Mb.
bet23/29
Sana20.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#503811
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
DISSERTASIYA N.M.ORIPOVA

3.3.§ 13-14 yoshli maktab oʼquvchilari va suzish bilan shugʼullanadigan oʼsmirlarning jismoniy rivojlanish va somatotipologik xususiyatlarining solishtirma tahlili

Tadqiqotning ushbu boʼlimi maqsadi maktab dasturi doirasida jismoniy tarbiya bilan shugʼullanuvchi 13-14 yoshli oʼsmirlar hamda suzish bilan muntazam shugʼullanuvchi 13-14 yoshli yosh suzuvchilarning jismoniy rivojlanishi dinamikasini qiyosiy baholashdan iborat. Baholash antropometrik koʼrsatkichlar asosida oʼtkazilib, ular harakat oʼsish surʼatlarini aniqlashga, balki suzish bilan shugʼullanish davrida yoshga xos rivojlanish jarayonida somototiplar kategoriyalari nisbatini taqqoslashga imkon beradi.


Turlarni qiyoslash shuni koʼrsatdiki, oʼqish boshlanguncha suzish bilan shugʼullanuvchi qizlar orasida astenoidlar (А) tasodifiy saylanmaga qaraganda ancha kam (18,3% ga qarshi 12,3%),torokal (T) tipdagilar ancha koʼp (38,2% ga 40,4%), mushaklilar (M) koʼproq (24,4%;ga 32%),degistiv tipidagilar (D) esa taxminan bir xil miqdorda oʼgʼil bola suzuvchilarda aksincha, D tipi ikki marta kam uchraydi (mos ravishda 4,6 va 7,7), qolganlarda esa qizlarnikiga oʼxshash farqlar mavjud,lekin ular yaqqol namayon boʼlmagan. Tipini aniqlab boʼlmaydigan oʼsmirlar deyarli uchramadi,ular populyatsiyada 4% dan 6%gachani tashkil etadi. Bir yillik mashgʼulotlardan soʼng tiplarning taqsimlanishi dastlabki maʼlumotlarni eslatadi, lekin M tipidagilar foizi ortadi, D tipidagilar kamayadi. Tana tuzilishi yaqqol koʼzga tashlanmaydigan bolalar soni kam foizda paydo boʼldi. 13 yoshli bolalarni somatotiplarga taqsimlash qiziqishni uygʼotadi, toʼliq tezkor- kuch tayyorgarligi natijalari boʼyicha qayta saralab olishdan soʼng qizlarda T tipi ustunlik qildi (TА- torakal- astenoid tipi varianti bilan 36% va torakal-mushakli tip varianti bilan 58%), oʼgʼil bolalarda aralash astenoid-torakal tipi ustun boʼldi (АT-43,6%).M (mushakli) ancha kamaydi, ayniqsa oʼgʼil bolalarda, D (degistiv) umuman yoʼq. Barcha yoshdagi yagona «noanʼanaviy» oraliq tiplar mavjud. Eʼtirof etish lozimki, oʼsmiirlardagi torakal-mushakli tip suzishga saralab olishda istiqbolli koʼrinadi. Suzish bilan shugʼillanuvchi bolalarning tana oʼlchamlarini taqqoslash natijalari quyidagilarni aniqlab berdi. Shunday qilib suzish bilan shugʼullanuvchi 13-14 yoshli suzuvchilar orasida T va M tiplari ustun va А hamda D tiplari foizi populyatsiya bilan taqqoslaganda kam. Mashgulotlarning taʼsiri koʼproq konstituttsiyaning digestiv tarkibining kamayganligi hamda mushakli tarkibining koʼpayganligida aks etdi. Oʼlchash belgilari orasida oyoq – qoʼllar uzunligi ahamiyatli – u oʼrtadan yuqori boʼlish kerak; tananing koʼndalang oʼlchamlari (elka va tos kengligi) kattaligi va tana ogʼirligi qaʼtiy cheklovlarga muhtoj emas,lekin oʼrtacha yogʼ qatlami qalinligi birmuncha yuqoriroq boʼlishi kerak,chunki,suzuvchilar uchun yogʼ energiya materialining asosiy manbai hisoblanadi. Umuman,somatotip va tananing sanab oʼtilgan oʼlchamlari suzish sektsiyasiga saralab olishda dastlabki nuqta boʼlib xizmat qilishi mumkin.
Keyingi tadqiqotlar suzish mashgʼulotlariga kirishgan 13-14 yoshli oʼsmirlarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi monitoringini tahlil qilishga qaratilgan. Yuqoridagi fikrlar tadqiqotni dinamikada oʼtkazish uchun asos boʼlib xizmat qildi,xususan,13-14 yoshli yosh sportchilarning jismoniy rivojlanishini ifodalovchi antropometrik koʼrsatkichlarning oʼzgarishini aniqlash.
Maʼlumki, ushbu yosh davriga bazaviy tayyorgarlik va chuqurlashtirilgan ixtisoslashuv bosqichlari toʼgʼri keladi. Oʼsish, rivojlanishning biologik jarayonlari hamda mashgʼulotlarning yosh suzuvchilarning marfo tipi shakllanishiga oʼzaro taʼsirini aniqlashda tabaqali yondashuv zarur.
Natijalarning muhokamasi. Tananing total oʼlchamlari oʼsish va jismoniy rivojlanish jarayonlarini ifodalaydi. Har bir yosh guruhi uchun tana total oʼlchamlari koʼrsatkichlarining oʼrtacha statistik standartlari mavjud. Biroq ularning individual xususiyatlari ham mavjud: irsiy moyilik, har bir aholi qatlamining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari.
Biz tomonimizdan tekshirilayotgan maktab dasturi doirasida jismoniy tarbiya bilan shugʼullanuvchi 13-14 yoshli oʼsmirlar guruhida yosh orasida tana uzunligining jadal oʼsishi kuzatildi: 13-14 yoshlilar orasida oʼsish 7.26 sm ni tashkil qildi, keyin oʼsish jarayoni sekinlashdi. Meʼyorida 13-14 yoshlar oasida tana uzunligining yillik oʼsishi 5,8 sm ni tashkil qiladi. Yosh suzuvchilarda har yillik oʼsish 13-14 yoshlilarda 9.22 sm tashkil etdi, yaʼni sport bilan shugʼullanmaydigan oʼsmir tengdoshlarinikidan oʼzib ketdi. Xuddi shunday holat vazn bilan birga koʼkrak qafasi aylanasi koʼrsatkichlari boʼyicha ham kuzatildi. Yuqori oʼsish surʼatlari OʼTS va gavda kuchi koʼrsatkichlarida qayd qilinadi, yaʼni gavda kuchi koʼrsatkichlarida qonuniy oʼsish amalga oshmoqda. Bir tomondan, antropometrik koʼrsatkichlar, yosh sportchilar yoshi orasida, ikkinchi tomondan, nafas olish tizimi koʼrsatkichlari, jumladan, OʼTS koʼrsatkichlari orasida yaqindan oʼzaro bogʼliqliklar qayd qilindi. 13 yoshda uning qimmati 3,08+0,46 l ni tashkil etdi, 14-yoshli suzuvchilarda aerob imkoniyatlarini oshishi kuzatildi. Buni tanani yozuvchi mushaklar kuchi koʼrsatkichlaridan koʼrish mumkin. Orqa mushaklari kuchining qatʼiy oʼsishi kuzatildi, agar 13 yoshda u 82,88+19,19 kg tashkil qilgan boʼlsa, 14 yoshda 87,08+18,58 ga oshgan. Olingan natijalar taxmin qilish imkonini beradiki, yosh sportchilar katta shiddatga ega jismoniy ishni bajara oladilar, zero anatomiya kursidan maʼlumki, mushak tizimining mutloq shakllanishi postnatal rivojlanish davrida yakuniga yetadi.


3.5-jadval

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish