Suvdan foydalanish islohoti natijasida:
Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havzaprinsipiga o’tkazildi;
• Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza
prinsipiga o’tkazildi;
• Suvdan samarali foydalanish va bu borada xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida suv istemolchilar uyushmalari tashkil etildi;
• Moliya vazirligi tasarrufida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatlariniyaxshilash maqsadida maxsus jamg’arma tashkil qilindi;
• Moliya vazirligi qoshida “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasitashkil qilindi
«GINI» indeksining 1960–2000 yillardagi tahliliga asoslangan Jahon bankining tavsiyasida «er islohoti» tenglikka erishishning eng samarali vositasi sifatida ko'rsatilgan. Bu tavsiyalarda yer islohotini o'tkazgan davlatlarda (Xitoy, Yaponiya, Tailand, Indoneziya) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish boshqalarga nisbatan ancha yuqoriligi alohida e'tirof etilgan.
Loyiha 4 ta asosiy maqsad asosida ishlab chiqilgan:
1.qishloq joylarida barqaror va yuqori daromadli ish o'rinlarini shakllantirish;
2.qishloq xo'jaligida o'sish suratlarini jadallashtirish (tiklash);
3.oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;
4.asosiy turdagi oziq-ovqat narxlari barqarorligiga erishish.
Yuqorida hujjatlar asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
past hosilli paxta va g'alladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar foydalanishidagi 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022–2025 yillarda, shundan 80 ming gektari 2022 yilda) zahiraga qaytarish;
zahiraga olingan yer maydonlarida dehqon xo'jaligi yuritish uchun yerlarni 0,1 gektardan 1 gektargacha bo'lgan hajmlarda 10 yil muddatga ijara berish.
Yer uchastkalarini ijara berishni tashkillashtirish uchun quyidagi axborot tizimlari orqali ochiq elektron tanlovlar tashkil etish:
«E-Ijara» axborot tizimi — yer uchastkalari to'g'risidagi materilllarni to'plash, ko'rib chiqish va kelishish qismi;
«E-Auksion» savdo maydonchasi — tanlovni tashkil etish va rasmiylashtirish qismi;
o'z tomorqasida meva-sabzavotchilik, uzumchilik va polizchilikda yaxshi natijalarga erishgan (hokim yordamchisi tomonidan baholanadi), bu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo'lgan fuqarolarga ochiq elektron tanlovlarda alohida ustuvorlik berish;
ijaraga berilgan yer maydonlarining tuproq sharoiti, hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda «Bir hudud — bir mahsulot» tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga asosiy e'tibor qaratish;
yangi ajratilgan va ilgari foydalanishda bo'lgan yerlarda kichik intensiv bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to'g'risidagi nizom ham tasdiqlangan. Unga ko'ra, qishloq xo'jaligi yerlari ekin ekish uchun 1 yilgacha ikkilamchi ijaraga beriladi, shartnoma ixtiyoriy tuziladi va u fermerni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
O'zbekiston hukumati bu loyihalarni amalga oshirishdan bir nechta natijalarni kutmoqda. Xususan: 200 ming gektar yer maydonini qayta taqsimlash orqali kamida 525 ming ishsiz aholining bandligi ta'minlanadi; qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqon xo'jaliklarining ulushi ortadi; yer ajratishdagi korruptsiya va mansab vakolatini suiiste'mol qilish holatlari keskin kamayadi; yer ajratishdagi xarajatlarni norasmiy to'lovlar orqali qoplash amaliyotiga chek qo'yiladi.
Xorijiy davlatlar tajribasi
Mamlakatda amalga oshirilishi kutilayotgan ekin yerlarini qayta taqsimlash islohoti bir qator davlatlarda muvaffaqiyatli o'tkazilgan. Masalan: Xitoyda 4 ta bosqichda islohot o'tkazilib, birinchi bosqichda (1978–1995) jamoalar ixtiyoridagi 135 million gektar ekin yerlari 180 million oilaga dehqonchilik qilishi uchun 1–5 yillik muddatga ijara huquqi bilan bo'lib berilgan. Ikkinchi bosqichda esa (1986) ijara huquqi muddati 30 yilga uzaytirilgan. Uchinchi bosqichda (1999) ijara huquqini meros qilib qoldirish, ayirboshlash, subarendaga berish, birlashtirish va garovga qo'yish huquqi berilgan. To'rtinchi bosqichda (2013) yerlarni boshqa shaxslarga o'tkazishga ruhsat berilgan. Shuningdek, 1986 yilda kvotadan tashqari ekin ekish va hosilni pulga va naturaga almashishga ruhsat etilgan holda agrotexnik tadbirlarni mustaqil o'tkazishga imkon berilgan. Bozor mexanizmlari shakllangandan so'ng davlat buyurtmasi bekor qilingan.
Vetnamda 1986–1993 yillarda yer islohoti amalga oshirilgan va davlat ixtiyoridagi 80–85 foiz (4 million gektar) yer oilalarga 10–15 yillik muddatga ijaraga berilgan. Keyinroq ijara muddati 50 yilga uzaytirilgan. 1986 yilda ekin turini va sotib oluvchini erkin tanlash huquqi berilgan. 1993 yilda yerlarni almashish, ijaraga berish, meros qilib olish va garovga qo'yishga ruxsat etilgan bo'lsa, 2016 yildan boshlab sotishga ruxsat berilgan.
Indoneziyada 1960–1990 yillarda o'tkazilgan qayta taqsimlash doirasida bir shaxs egalik qilishi mumkin bo'lgan me'yor belgilanib, ortiqcha yerlar davlatga qaytarilgan. Natijada 12,3 million gektar ekin yerlari 5 million kishiga qayta taqsimlangan.
Braziliyada 1997 yildan boshlab yeri yo'q qishloq aholisiga yer sotib olishi uchun kreditlar ajratish boshlangan. Shundan so'ng, 2002 yilgacha 15 ming 700 ga yaqin oila 422 ming 400 gektar yer maydonini sotib olgan.
Bundan tashqari, yerni qayta taqsimlash Janubiy Afrika Respublikasida (4,2 million gektar yer 1,5 million nafar odamga), Gruziyada (4 million nafar fuqaroga o'rtacha 0,9 gektardan), Ruminiyada (9,4 million gektar davlat yerlari aholiga kichik ulushlarda) va Bolgariyada (94 foizdan ortiq qishloq xo'jaligi yerlari aholiga kichik ulushlarda) ham amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |