-yer va suvdan samarali foydalanishni ta‘minlash;
- agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida sifatli bajarilishiga erishish;
-tijorat banklarining kreditlaridan foydalanish uchun yetarli mulkka ega bo’lishini ta‘minlash;
- eng avvalo o’z daromadi (yoki bank kreditlari) hisobidan texnika va boshqa vositalarni xarid qilinishiga erishish;
-qishloq xo’jaligi tarmog’i bilan birgalikda hududlarda kasanachilik va boshqa sohalarni rivojlantirish asosida yangi doimiy ishchi o’rinlarini tashkil qilishdan iborat.
2.2. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari
So'nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilingani sohani tubdan isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Binobarin, Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar er qayta foydalanishga kiritildi.
Ammo, bu yutuqlar bilan birga, Strategiyada belgilangan qator tadbirlarni o'z vaqtida va samarali ro'yobga chiqarishga ta'sir qilayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, erlarni o'zlashtirishda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari to'g'ri yo'lga qo'yilmagan, sohaga xususiy investitsiya kiritish masalasiga oid muammolar to'liq o'z echimini topmagan. Paxta xom-ashyosini etishtiruvchi fermer xo'jaliklari bilan paxta-to'qimachilik klasterlari o'rtasida shartnomaviy munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilmagan.
Yurtimizda boshoqli don etishtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramasdan, respublika bo'yicha jami 2 229 ta fermer xo'jaligida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi bajarilmagan. SHuningdek, Andijonda 7,5 ming, Buxoroda 2,5 ming, Jizzaxda 8,1 ming, Qashqadaryoda 26 ming, Sirdaryoda 36,8 ming, Farg'onada 15,2 ming gektar maydonlarga belgilangan takroriy ekinlar ekilmagan. Ayniqsa, moyli ekinlar uchun takroriy maydonlar kam ajratilgani o'simlik yog'i narxi barqarorligiga salbiy ta'sir qilmoqda. Natijada joriy yilning oktyabr` oyida bozorlarda o'simlik yog'i narxining sezilarli darajada ko'tarilishi kuzatildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo'lib o'tgan yig'ilishda deputatlar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo'g'ini hisoblangan urug'chilik sohasidagi ishlar, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik sohalarida mexanizatsiyalash darajasini oshirish, ayniqsa, paxtani mexanizatsiyalash usulida terib olish ko'lamini kengaytirish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar lozim darajada tashkil etilmaganini ham qayd etdi.
2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, oʻsimliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi. Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich 2022–2024-yillarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, ya’ni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi ma’lumotlar yigʻiladi. 3-bosqich — 2024–2026-yillarda amalga oshiriladi.
jadval 5
rasm 2
Do'stlaringiz bilan baham: |