I bob. Agrar munosabatlar iqtisodiy taraqqiyot omili sifatida.
1.1. Agrar munosabatlar mohiyati va asosiy xususiyatlari.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu sohaga har doim alohida e’tibor bеrib kеlmoqdalar.Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham kishilar o’rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo’ladi. Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar dеyiladi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bеvosita tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib kеtadi. Bunda yer mеhnat quroli va mеhnat prеdmеti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil bеrish qobiliyatiga tuproq unumdorligi dеyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hеch qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kеlishi yerning tabiiy unumdorligi dеyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dеhqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mеxanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug’orish, irrigatsiya va mеlioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdеk, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.
Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligida kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mеxanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invеntarlar, yoqilg’i va moylash matеriallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidеk doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib kеladi. Shuni ham ta’kidlash kеrakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bеvosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va tеxnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bеvosita ko’payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mеhnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.
Agrar masala – qishloq xoʻjaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xoʻjalik yuritish usullari yuzasidan paydo boʻlgan va har bir davrda oʻz yechimini talab qiluvchi masala. Agrar masala qishloqdagi agrar munosabatlar taraqqiyotga toʻsqinlik qilgan kezlarda paydo boʻladi, uni hal etish taraqqiyot omili hisoblanadi.
Yer eng noyob va beta-kror iqtisodiy resurs, uni yangidan yaratib boʻlmaydi, uni saqlab, undan avaylab foydalanish asosida samarali xoʻjalik yuritish mumkin. Yerga mulkchilik shakli undan yaxshi foydalanishga imkon ber-may qoʻyadi, xoʻjalik yuritish usullari eskirib qoladi, ularni yangilash zarurati Agrar masalani yuzaga chiqaradi, chunki yerda mehnat qiluvchilar yer mulkidan mahrum boʻladilar, yer unda ishlovchilardan aj-ralib qoladi, xoʻjalik yuritmay yerni ijaraga beruvchi zamindorlar yerning holatiga befarq qaraydilar, yer oʻz egasini topmay qoladi. Yer egasiz boʻlganidan tuproq hosildorligi va qishloq xoʻjaligi unumdorligi pasayadi – qishloq xoʻjaligida inqiroz yuz beradi. Uni bu holatdan chiqarish uchun Agrar masalani yechish kerak boʻladi. Agrar masala agrar islohotlar asosida hal etiladi.
Agrar islohotlar, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar – davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqpab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalgaa oshiradi.
jadval 1
Jahon xo‘jaligi ko‘plab turli elementlarni o‘z ichiga olgan murakkab tizim bo‘lib, moddiy va ma’naviy ne’matlarni xalqaro va cheklangan milliy ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga asoslangan. Jahon takror ishlab chiqarish jarayonining ushbu bosqichlarining har biri ham global miqyosda, ham alohida davlatlar ichida, ularning o'rni va ulushiga qarab, butun jahon iqtisodiy tizimining faoliyatiga ta'sir qiladi.
Jahon xoʻjaligi yoki jahon xoʻjaligi - bu doimiy dinamikada, harakatda boʻlgan, oʻsib borayotgan xalqaro munosabatlar va shunga mos ravishda eng murakkab oʻzaro taʼsirga ega boʻlgan, bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuniyatlariga boʻysunuvchi milliy xoʻjaliklar yigʻindisidir. nihoyatda qarama-qarshi, lekin ayni paytda ko'proq yoki kamroq yaxlit jahon iqtisodiy tizimining shakllanishi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti turlicha. U ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzilishi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi, shuningdek, xalqaro munosabatlarning tabiati, ko'lami va usullari bilan bir-biridan farq qiluvchi davlatlarni o'z ichiga oladi. iqtisodiy munosabatlar.
Jahon iqtisodiyotining muhim muammosi ko'p bosqichli tizimlarning o'zaro ta'siri bo'lib, ular nafaqat rivojlanish darajasi bilan, balki MRT va jahon iqtisodiyotida ishtirok etish darajasi bilan ham tavsiflanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining yarmi yopiq iqtisodiyotda yashaydi, xalqaro iqtisodiy almashinuv va kapital harakati ta'sir qilmaydi.
Agrar islohotlarning maqsadi, zarurati, mohiyati va huquqiy asoslari iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, ulardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
jadval 2
jadval 3
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; -
Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy
sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart –sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari ikkinchi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Mazkur bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’s ishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi:
- mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka egaligi, aholining ko’pchiligi qishloq xo’jaligida bandligi, iqtisodiy o’sishning ko’p jihatdan shutarmoq ahvoliga bog’liqligi;
- respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigansanoatning ko’pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil, oziqovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi;
- qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;
- mustaqillik sharoitida qishloq xo’jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |