2.3. “Shohbaytlar” mohiyatini ochish yo`lida
Ibrohim Haqqulovning navoiyshunoslik rivojiga, yana ham to`g’rirog’i, xalq orasida navoiyxonlik darajasini bir pog’ona yuqori ko`tarishga qo`shgan hissasi shu bo`ldiki, olim 2007 yilda Alisher Navoiyning shohbaytlarini to`plab, hozirgi adabiy tilidagi nasriy bayoni bilan nashr ettirdi. “80-90-yillar tanqididagi talqin ko`rinishlari haqida gap borar ekan, yorqin so`zshunoslardan biri I. Haqqul ijodini chetlab o`tish zinhor mumkin emas, deb yozadi adabiyotshunos olim A.Rasulov. Munaqqid so`zdan so`zning farqini, qimmatini aniq belgilaydi; matndagi so`zlarning vazifasini, imkoniyatini baholay biladi. U asar “joni”ni, asab rishtalarini, ijodkor konseptsiyasini anglab etgach, “jon”ga o`z”joni”ni, kontseptsiyaga o`z qarashlarini payvand etadi. “Badiiy so`z shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1990), “Navoiyga qaytish” (2006) singari ko`plab kitoblarini o`qisangiz, ijodi talqin qilinayotgan shoir (yozuvchi) to`g’risidaginamas, tahlil qilinayotgan asar haqidaginamas, talqinchining o`z dunyosi, zamon va zamondoshlarga munosabati, she`rni anglash uquvi namoyon bo`ladi. eng muhimi, tanqidchi asar bahonasida zarur bir g’oyani ilgari suradi. SHu bois ulug’ shoirning butun ijodi gulshanidan eng sara gullarni terib, dastalashga jazm etgan olimning hozircha faqat “Xazoyin-ul maoniy” devonidan tanlab olgan 566 ta shohbaytdan iborat 1-kitobi adabiy jarayonda muhim voqea bo`ldi. Balki ayrim adabiyotshunoslar nazdida “Shohbaytlar” to`plami ilmiy mashaqqat chekilgan katta olimona ish emasdir, shunchaki, mutolaa jarayonida terib olingan baytlar va ularning nasriy bayonidan iborat bir yangi kitob, xolos. Lekin, nazarimizda shu ham katta va xayrli ish. Chunki Shohbayt lirik ijodning qaymog’i, mumtoz shoirlar badiiy-estetik, falsafiy-axloqiy fikr-qarashlarining etakchi xulosaviy ifodasi. Sharqning donishmand shoirlari Shohbaytlarda olam va odam, jamiyat va shaxs, axloq va kamolot to`g’risidagi abadiy haqiqatlarni ifodalashgan. Ta`bir joiz bo`lsa, Navoiy asarlarini boshdan-oyoq bir marta o`qib chiqqan kitobxon Qur`oni karimni bir marta xatm qilgan musulmon kishi kabi ulug’ savobga va katta ma`naviy boylikka ega bo`ladi. Shu sabab kecha-yu kunduz ulug’ shoir asarlarini satrma-satr mutolaa qilib, ularning “qaymog’i”ni xalqqa tortiq etayotgan Ibrohim Haqqulovdek zahmatkash olimlar mehnati e`tirofga loyiqdir.
Boshqa tomondan ahamiyatlisi shundaki, “Shohbaytlar” Navoiyga “qaytish” qilayotgan xalqimizning bugungi yosh avlodi uchun birinchi sinf “O`qish kitobi” singari zarur adabiyotdir. “Shohbaytlar”ni o`qib savod chiqaradigan kitobxonlar kelgusida hazrat Navoiy devonlari-yu dostonlarini o`zlari mustaqil ravishda o`qib, qiynalmay tushunib ketishlari mumkin.
Kitobga yozilgan “Shohbayt – eng porloq bayt” sarlavhali so`zboshisida biz Ibrohim Haqqulovni yana zukko adabiyotshunos va jasoratli munaqqid sifatida ko`ramiz. U adabiyotshunsos sifatida “Shohbayt” nima ekanligini yorqin ifodalab bersa, tanqidchi sifatida soxta shoirlarni umumiy tarzda yana bir marta “turtib” o`tadi. “Shoirning shoirligini ko`rsatuvchi shaffof ko`zgu - bu she`r. She`rdan boshqa hech nima shoirdan yodgor qolmaydi. So`z va misra ustida ter to`karkan, u dunyoda hech kimga nasib qilmaydigan duru gavhar topadi. Aytaylik , mukammal go`yo uni shohlik – sultonlik maqomiga ko`taradi. Axir, Shohbayt yaratishga erishgan shoirni so`z va ko`ngil shahanshohi demaslik insofdanmi. Hamma shoirdan ham Shohbayt qolmaydi. Ba`zan butun boshli bir devon yoki she`rlar to`plamini varaqlab birorta ham Shohbaytga duch kelmaslik mumkin..”1. Bu fikrlarni aytish uchun olimda bilim va mahoratdan tashqari dadillik ham etarli bo`lishi kerak.
Shu kichkina so`zboshida muallif o`quvchiga “matla`”, “bayt”, “bayt ul-g’azal”, “bayti marhun” kabi eski she`rshunoslikka oid atamalarga ham izoh berib o`tadi: “Biz bugun matla` deganda asosan g’azalning ilk baytini tushunamiz, -deb yozadi u. – Holbuki, matla`dan ko`zlangan ichki maqsad – haqiqiy mushohada, haq nazari ila mavjudlik olamini tekshira olishga erishish bo`lgan. “Matla`” – “tulu`”so`zidan olingan. “Tulu`” arabcha nurning (quyosh, oy) chiqishi, ko`rinish joyi degan mazmunni bildiradi. Matla` tozaligi nisbatida anglash kuchining yuksalish martabasi deb hisoblangani bois shoir g’azalning ilk bayti taqdiriga alohida mas`uliyat bilan qaragan. Shohbaytlar ko`pincha matla`ga to`g’ri kelishi ham bejiz emas.”2 Shu ma`lumotlarni bera turib, kuyunchak olim mumtoz she`riyatni, xususan, uning tasavvufiy tarmog’ini anglash, talqin qilishdagi bu nuqson va nochorlik hanuzgacha davom etib kelayotganligini afsus bilan qayd etadi.
Navoiy ijodiyotini tasavvuf nuqtai nazaridan o`rganish to`g’risida N.Komilov, A.Rustamov, A.Hayitmetov singari adabiyotshunoslar qatorida I.Haqqulov ham jamoatchilik o`rtasiga yangi fikrlarni tashlagan edi. endilikda ma`rifatli kitobxonlar Navoiy asarlarini mutolaa qilayotganda qaysi so`z qaysi ma`noda kelayotganini ilg’ab olishadi. “Shohbaytlar”dagi 327-va 328-baytlarga e`tibor beraylik:
Jahon g’ami-yu uzum bodasi gumon qilmang,
Ki, zohir ahlig’a bu ma`ni etti buyla zuhur.
Va lek ahli haqiqatga may erur vahdat,
Ham ushbu kasrat erurkim, qilur ko`ngilga xutur.
Nasriy bayoni: Bizning g’amimizni – jahon g’ami, mayni esa uzum bodasi deb gumon qilmang, buni zohir ahli(yuzaki qarovchilar) shu ma`noda anglaydi. Lekin ahli haqiqatga maydan maqsad – vahdat, g’am esa ko`ngulga hujum qiluvchi kasrat – ko`plikdir.
I.Haqqulov yuqoridagi baytlarni tanlab, “Shohbaytlar”ga kiritgani bejiz emas. Chunki ana shu baytlar o`quvchiga Navoiy asarlarida uchraydigan “may” so`zining haqiqiy va majoziy ma`nolarini tushunib olishi uchun zarurdir.
Davron senga zulm etsa, qadahlar to`la may ich,
Qon yutsang ayog’lar to`la davronga ne parvo, –
baytida Navoiy ichkilikka da`vat etmay, balki g’am-alamlarni Ollohga bo`lgan sobit ishonch bilan engish kerakligini ta`kidlaydi. Lekin boshqa bir baytida “boda” so`zi o`z ma`nosida keladi:
Ne kom olg’amen, soqiyo, bodadin,
Ki, davron tutar dam-badam qon menga,
– deyish bilan dono shoir zamon har qancha jabru-sitam o`tkazsa ham, may ichishdan foyda chiqmasligiga ishora qiladi.
Yuqoridagi ikki misoldan ko`rinib turibdiki, Navoiy she`rlaridagi “mayparastlik” – bu hayot ishqi, vahdat ishqi bilan mast bo`lish ma`nosidadir. Zukko adabiyotshunos I.Haqqulov agar “Shohbaytlar”ga may haqidagi faqat bir ma`noli baytlarni kiritib qo`yaqolganda edi, notanish kitobxonlarda yanglish fikrlar ham paydo bo`lishi ehtimoldan xoli emasdi.
Olimning “Bir bayt talqini” maqolasi tuzilma (strukturali) tahlilning yorqin namunasi. Tadqiqotchi muhim, asosiy so`zning ildizini, boshqa asarlarda bajargan vazifasini yoritib berishga intiladi. Unda “Qaro ko`zum” g’azalidagi:
Do'stlaringiz bilan baham: |