O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI FILOLOGIYA FAKULTЕTI
O`ZBЕK FILOLOGIYASI KAFЕDRASI
Qo`lyozma huquqida
UDK
II bosqich magistranti
QODIROVA NASIMA SAIDBURXONOVNA
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM» mavzusidagi
5 A. 120 102 –Lingvistika (O’zbek tilshunosligi) yo`nalishida
magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTASIYASI
(2011-2013- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori,
dotsent T. SH AXMEDOVA.
BUXORO – 2013
REJA
KIRISH
I BOB. IZLANISHLAR YO`LIDA.
I.I. Ibrohim Haqqulovning hayot va ijod yo`li
I.2. Adabiyotshunoslikdagi dastlabki tadqiqotlar va nazariy qarashlar.
II BOB. SHARH, TALQIN VA TAHLIL SIRLARI.
II.1. Badiiy matn sir-sinoatlari.
II.2. Ulug’ shoir qit`alari talqini.
II.3. “Shohbaytlar” mohiyatini ochish yo`lida.
III BOB. MUMTOZ ADABIYOT HAQIDAGI KUZATISHLAR.
III.1. Tasavvuf va Yassaviyshunoslik sahifalaridan.
III.2. Mumtoz adabiyot sohillarida.
III.3. Adabiy-ma`rifiy suhbatlarning olim ijodidagi o`rni.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. XX o`zbek adabiyoti deganda, eng avvalo, Fitrat, Сho’lpon, A.Qodiriylarning siymosi, tabarruk nomlari esga tushadi. Hamza, S.Ayniy, G’.G’ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Abdulla Qahhor kabi to`ng’ich avlodga mansub so`z san`atkorlari o`zlarining rango-rang asarlari bilan shu adabiyotni rivojlantirdilar. XX asr o`zbek adabiyotshunosligi deganda esa Vadud Mahmud, A. Sa`diy, Olim Sharafiddinov, I.Sulton, H.Yoqubov, M.Qo`shjonov, O.Sharafiddinov nomlarini faxr bilan eslaymiz. Chunki so`z san`ati namunalarini saralash, ularning qimmatini, o`ziga yarashiqli o`rnini belgilash orqali muhtasham dargoh javohirlarini ko`z-ko`z etishda ajoyib so`z san`atkorlari sulolasi muhiti tufayli yuzaga kelgan adabiyotimiz xususidagi fan namoyandalari bo`lgan tanqidchi va adabiyotshunoslar zimmasiga ulkan vazifalar yuklatilgan. Ana shu yukni elkasiga olib, uning mashaqqatlaridan cho`chimay, adabiy jarayonda faollik ko`rsatib kelayotgan keyingi avlod adabiyotshunoslari orasida I.Haqqulovning o`z o`rni borligi e`tiborga loyiq.
Adabiyotshunoslikning kurashchanlik ruhi, adabiyotni yuksaltirish jarayoniga ta`siri, xalqimizni estetik tarbiyalash borasidagi roli, ijtimoiy mavqeini oshirish masalalariga e`tibor qaratilib kelinmoqda. Prezidentimiz haqli ravishda ta`kidlaganidek, «xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ bir dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o`zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyandalariga, ularning haqqoniy so`zi, chuqur ma`noli asarlariga ishonch, hurmat e`tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko`tarilganini yaqqol ko`rsatib turibdi”1. Bu mulohazalar adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning adabiy jarayonga tobora faol yaqinlashishiga va adabiyotimizning g’oyaviy-estetik taraqqiyotiga sezilarli hissa qo`shishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Bu adabiyotshunos va tanqidchilarning etuk asarlari g’oyaviy yuksak, ilmiy chuqur, printsipial va tahlillar mukammal bo`lishi lozimligini ko`rsatadi. Adabiyotshunos badiiy asar qo`lyozmalari muhokamasidan tortib to uning kitob holida o`quvchilar qo`liga etib borishigacha bo`lgan jarayonda ishtirok etadi. Shu bois adabiy tanqidni rivojlantiruvchi olimlar va tanqidchilar hayoti va ijodini o`rganish muhimdir.
Adabiyotshunoslikning rolini, ta`sirini oshiruvchi bir qator omillardan biri unga keng maydon yaratish, shu hisobda mazkur soha vakillarining ilmiy-ijodiy faoliyatini yoritish bilan bog’liqdir. Zotan, XX asr o`zbek adabiyotshunosligi taraqqiy etib, rivojlanish yo`lidan borib, o`zining ko`pgina professional va yirik namoyondalarini etishtirdi. Shuning uchun ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini yoritish adabiyotshunoslik va adabiy tanqid tarixining to`liq qiyofasini yaratishga katta yordam beradi. O`zbek adabiyoti ilmida o`ziga xos o`rin va uslubga ega iste`dodli adabiyotshunoslardan biri I.Haqqul ijodi va mahoratini tadqiq etishga bag’ishlangan ushbu magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi ana shular bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |