Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna



Download 140,17 Kb.
bet14/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

3.3. Adabiy-ma`rifiy suhbatlar
San`at va adabiyot shunday mo``jizaki, uning eng yaxshi namunalarini ham hammaga birday manzur qilib bo`lmaydi. Ba`zan shunday bo`ladiki, falsafiy teran, yuksak badiiy did bilan yozilgan asarlardan ko`ra, hayot ikir-chikirlarini ifodalagan asarlarning xaridorlari va uni gulduros qarsaklar bilan qarshi oluvchilari ko`proq bo`ladi. Bunday ahvol qadimda ham, hozir ham shunday. Har bir kasb, har bir sohaning o`z bilimdoni, o`z mutaxassisi bo`ladi. Adabiyotning ham saragini sarak, puchagini puchak qilib, uning qadr-qimmatini, haqiqiy bahosini aytib turadigan bilimdonlari borki, bular adabiyotshunoslardir. Ana shunday teran olimlardan biri Ibrohim Haqqulov dastlab ko`proq maqola janrida qalam tebratdi. Keyinchalik esa uni adabiy suhbatlar o`ziga torta boshladi. Shu tariqa u suhbat janrini rivojlantirgan olim sifatida ham shuhrat qozondi.
Adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasidagi ijobiy hodisalardan biri muhim masalalarga bag’ishlangan munozaralar, turli davra suhbatlari, yozuvchi va tanqidchi dialoglarining borgan sari adabiy hayotga singib, keng rasm bo`lib borayotganidir. Bunday munozara, bahs, suhbatlarda ko`pincha qarama-qarshi fikr, kontseptsiyalar to`qnashishiga, haqiqatlar izlanib, muammolarning samarali hal etish yo`llari ochilishiga diqqat qaratadi.
Adabiy tanqidning mustaqil bir janri sifatida suhbat o`ziga xos tabiatga ega. Masalan, unda ikki suhbatdoshning butun qiyofasi, qalbi yaqqol ko`rinib turadi. Ikkinchidan, suhbatdoshlarning adabiyot, adabiy hodisaga turlicha qarashlari o`quvchida ma`lum bir fikr uyg’otishga yo`naltirilgan bo`ladi. Adabiy suhbatda ikki mutaxassis qatnashadi. Suhbat olib boruvchi ikki kishi – tanqidchi bilan yozuvchi yoki shoir bilan adabiyotshunos, ba`zan ikkidan ortiq kishi ishtirok etishi ham mumkin. Ba`zida suhbatdoshlarning qarashlari bir-biriga to`g’ri kelmasligi, bir-birini rad etishi mumkin. Shunga qaramay, suhbat adabiyot rivoji uchun kurashga xizmat etadi. Shu bilan birga adabiy-tanqidiy suhbat jarayonida suhbatdoshlarning shaxs sifatidagi qirralari, muhim belgilari ochiladi. Bu janrni rivojlantirishda I.Haqqulovning alohida xizmatlarini ta`kidlash zarur bo`ladi.
Adabiy suhbatda ikki suhbatdoshning tafakkur tarzi, kiyofasi, butun qalbi yaqqol ko`rinib turadi. Ularni o`qir ekansiz, hamsuhbatlarning adabiyot hakidagi karashlari, fikrlash tarzlari, adabiy jarayonga, badiiy asarga munosabati yorkin namoyon bo`lib turishini ko`rasiz. Shu jihatdan o`zbek adabiyotshunosligiga nazar tashlaydigan bo`lsak, adabiy suhbatlar mustaqillik davriga kelib, faollasha bordi. Shunday olimlar borki, ular ijodida bu janrga murojaat etish deyarli kuzatilmaydi. Ammo ba`zi adabiyotshunoslar bu janrda juda faol, ular ijodida adabiy suhbat etakchi o`rinlardan birini egallagan desak yanglishmaymiz. Shu jihatdan I.Haqqulovning adabiy suhbatlar tashkil etish va olib borishda faol ekanini ko`rish mumkin. Uning faqat suhbatlardan tashkil topgan kitoblari fikrimizni isbotlaydi.
Adabiy-tanqidiy suhbat janrini o`rgangan olima Sh.Axmedova uning olti xilini tasnif qilib ko`rsatadi1. O`zbek tanqidchiligida olimlarning mumtoz adabiyot masalalari bilan shug’ullanuvchi adabiyotshunoslar bilan suhbati ko`p uchrashini qayd etar ekan, uning yorqin namunalarini taniqli adabiyotshunos olim I.Haqqulov ijodi misolida ko`rsatdi.
Olimning adabiy suhbatlarini ikkiga bo`lib o`rganish mumkin:
1. Mumtoz adabiyotga bag’ishlangan suhbatlar.
2. Hozirgi zamon o`zbek adabiyoti vakillari ijodiga bag’ishlangan suhbatlar.
Tadqiqotimiz ob`ekti bo`lgan, mumtoz adabiyotga bag’ishlangan suhbatlardan tashkil topgan «G’azal gulshani» deb nomlangan kitobini muallifning o`zi ham «adabiy suhbatlar» deb belgilagan, risola «adabiy suhbat, tahlil-mushohada shaklida» yozilganini ta`kidlagan. Haqiqatan ham bu adabiy suhbatlar o`zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodi, asosan, ularning g’azalchilik mahorati haqidagi muloqotlardan iborat.
Suhbatlarning o`ziga xosligi shundaki, suhbatni tashkil etuvchi bilan suhbatdosh erkin fikr yuritishadi. “Munaqqid ba`zi suhbatlarda bo`lgani kabi savollar berib o`tirmaydi. Masalan, adabiyotshunos A.Hayitmetov bilan olib borilgan suhbat Alisher Navoiy g’azallari, ulardagi adabiy an`ana va yangilikning o`rni kabi masalalarga bag’ishlangan. Navoiyshunos olimlarning shoir g’azallari haqidagi fikrlari bir-birini to`ldirib, o`quvchi ko`z o`ngida Navoiy g’azaliyoti haqida yaxlit tasavvur hosil qila oladi”1 .
Adabiy suhbat orqali suhbatdoshlarning qiyofasi, suhbat ob`ekti bo`lgan ijodkorga simpatiyasi, ular ijodidagi muhim belgilar ochiladi. Olimning mustaqillik davrida nashr etilgan kitoblari, ulardagi suhbatlariga nazar solsak, ularda olim endi suhbatga chorlovchi emas, balki uning mazmunli chiqishini ta`minlovchi asosiy shaxsga aylanadi. Chunonchi, “Taqdir va tafakkur” kitobining (2007) ikkinchi bo`limi adabiy- ma`rifiy suhbatlardan tashkil topgan. “Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo`q...” deb nomlangan suhbat olimning o`zi “Bobur biz uchun eng yorqin, eng mahobatli bir yulduz. Bu yulduz juda ham olis, ham behad yuksak...” deb ta`riflagan Bobur Mirzoga bag’ishlangan.
Suhbatdoshning Boburning buyukligi shohligidami yoki shoirligidami degan savolga olim uning “buyukligi, eng avvalo, betakror va benazir shaxsiyatida”, deb javob berar ekan, mulohazalarini asoslaydi. “Bobur ulug’ aql, metinday mustahkam iroda, nihoyatda o`tkir va munavvar farosat sohibi edi. U tangrining inoyati, Hazrat Rasulullohning shafoatiga hamisha ishongan...
Xullas, shaxsi - fazilatlarga boy, e`tiqodi but, elparvar, hayotsevar va ma`rifatli bir hukmdor bo`lsa, Boburday bo`ladi. Bir qo`lida qilich, bir qo`lda qalam ushlab yovuzlik, razolat, tubanlik, jaholat va xiyonatga qarshi borgan alp bir kurashchi bo`lsa, Bobur qadar bo`lar”1.
Suhbatda olim Bobur ko`ngliga nazar soladi, shoirligiga uning qalb izhoridan kelib chiqib baho beradi, shu bilan birga Bobur mirzoning tasavvuf dunyosi bilan aloqasi haqida fikr yuritadi. Shoir ruboiylarining to`g’ridan - to`g’ri yurakka kirib borishi, aql-idrokni nurlantirishi, o`zingni tanish, mavjud ahvolingni bilishda adashmaslikka o`rgatishini uqtiradi. Mazkur suhbatdan kitobxon olimning “Boburnoma” haqidagi yangicha qarashlari, Navoiy va Bobur munosabatlari, boburshunoslik bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi mulohazalari bilan chuqur tanishadi. Suhbatda suhbatdoshlarning adabiyot haqidagi qarashi, fikrlashi, badiiy va ilmiy tafakkur tarzi, adabiy jarayon, badiiy asar, adabiy muammolarga munosabati yorqin namoyon bo`ladi.
Olimning “E`tiqod va ijod” deb nomlangan kitobi ham suhbatlardan tashkil topgan bshlib, ularda olimning katta bilim va mahoratga ega ekanligi yaqqol namoyon bo`ladi. Suhbatlardagi tahlillar sermazmunligi, masal mohiyatiga chuqur kirib borishi, o`ziga xos qarashlar va mushohadalarga boyligi bilan o`quvchi e`tiborini tortadi. Bu haqda professor To`ra Mirzaev shunday yozadi: “Taniqli adabiyotshunos olimning barcha suhbatlari bir joyga yig’ilib, yaxlit kitob holiga keltirilganligining o`zi alohida ahamiyatga ega. Zero, suhbat shunday bir janrki, unda ijodkorning, olimning o`ziga xos qiyofasi yanada yorqinroq namoyon bo`ladi”. Haqiqatan ham adabiy-tanqidiy suhbat muloqotning eng ixcham shakllaridan biri bo`lganligi uchun adabiyot rivojida, badiiy asarning yuksakligi uchun kurashishda muayyan darajada ahamiyatga ega. SHu bilan birga olimning teran tafakkurga ega ekanligini namoyon etadi. Adabiy-ma`rifiy suhbat suhbatdoshlar-ijodkorlarning kimligini, qalbi va ijodiy qiyofasini chuqurroq anglab olish uchun kitobxonga yordam beradi. Shu bois ikki shaxsning – yozuvchi va tanqidchi yoki ijodkor bilan ijodkorning badiiy ijod sirlari, adabiyot muammolari haqidagi erkin muloqotidan iborat bu janr keng rivojlanib bormoqda.
Olim suhbatlarini ikkiga bo`lib o`rganish mumkin.

  1. Olimning o`zi ijodkorlar, adabiyotshunoslar bilan tashkil etgan suhbatlar.

  2. Adabiyotshunoslar, yosh tadqiqotchilar, jurnalistlar bilan qilingan suhbatlar. Ularning ba`zilari savol javob shaklida o`tkazilgan.

Olimning suhbatlari o`zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodi haqidagi kuzatish va yangicha qarashlarga boyligi bilan e`tiborni tortadi. Shu bilan birga olim tashkil etgan suhbatlar katta mahorat bilan yozilgan. Ilmiy tahlillarga nihoyatda boy. Bu suhbatlar mavzusining rang barangligi, sermazmunligi, betakrorligi, o`ziga xosligi, ilmiy farazlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tilining soddaligi, uslubining ravonligi bilan o`quvchi e`tiborini tortadi.
Umuman, I.Haqqulov biror bir badiiy asar haqida fikr yuritishdan oldin, uni nihoyatda chuqur o`rganadi, ayniqsa, uning bahs-maqolalarida muxolif fikrlari sinchiklab, zukkolik bilan o`rganadi va o`z da`volarining ilmiy jihatdan baquvvat bo`lishiga erishish uchun izchil dalilli fikrlar bildiradi. Buni adabiy suhbatlar yaqqol ko`rsatib turibdi.


XULOSA

Haqiqiy adabiy-badiiy matn – o`ziga xos, betakror qurilma. Unda adib uslubi, iste`dodi intellektual darajasi aks etadi. Chin adabiy matn-ma`nolar xazinasi, pishiq-puxta to`qilgan mato misoli. Matn bir qancha qatlamlardan iboratki, kitobxon, talqinchi o`z imkoniyati darajasida shu qatlamlarni zabt etadi. Asrlar davomida ahli donnish, ahli ilmlar matn murakkabliklari, mukammalliklari maftuni bo`lib kelganlar. Yetuk adabiyotshunos I.Haqqulov ham shular jumlasidandir. Uning adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik faoliyatining eng muhim xususiyatlaridan biri – tadqiqotlarida mumtoz adabiyot vakillari ijodi va hozirgi zamonaviy adabiyotning ma`naviyatimiz taraqqiyotidagi o`rni o`rganiladi, umumlashtirilib, ilmiy xulosalar chiqarilishidir. U adabiy suhbat va obzor maqola janrlarining etuk namunalarini yaratgan, badiiy asar, ayniqsa, she`riy asarlarning nozik tahlilchisi hamdir.


Akademik S.Mamajonov o`zining “Ilmiy teranlik” maqolasida yosh munaqqidlardan biri Ibrohim Haqqulovning kelajagiga umid bildirib, “uning original ilmiy tafakkuri zaminida hozirgi adabiyotshunoslik ilmiga chuqur tashnaligi” yotishini aytib o`tgan edi. S.Mamajonovning bundan chorak asr muqaddam aytgan bu bashorati bejiz emasligini filologiya fanlari doktori, taniqli adabiyotshunos Ibrohim Haqqulovning adabiyotshunoslikda egallagan hozirgi mavqei isbotlab turibdi.

Download 140,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish