Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna


Takovaringg’a bag’ir qonidin xino bog’la



Download 140,17 Kb.
bet11/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

Takovaringg’a bag’ir qonidin xino bog’la,

Itingga g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il, –

shoh bayti talqin ob`ekti sifatida tanlanadi. Baytning avvalgi, hozirgi talqinchilari lirik qahramonning bag’ir qoni ma`shuqa otining tuyoqlariga xino bo`lishi haqida yozganlar. I.Haqqulga bunday talqin ma`qul bo`lmaydi. Misradagi mazmun boshqacha bo`lishi kerak degan tuyg’u–ishonch talqinchini izlanishga undaydi. Olim baytni talqin etish uchun ko`p izlanadi. Fuzuliy, Furqat g’azallariga murojaat qiladi, so`zlarning ma`nosini qidiradi. Bayt talqini pirovardida shunday yozadi: “Agar biz adashmasak, baytning zohiriy mazmuni bunday: “ey, berahm, bevafo yor, vasling uchun chopib yuguruvchi oshig’ingga bag’ir qonidin xino bog’la. U sening vafodor itingdurki, bu “it”ning bo`yniga xohlasang Jon rishtasin rasan qilg’il! Baytdagi “takovar” va “it” ham, “xino” va “rasan” bog’lash ham ramziydir”1. Demak, talqinning tuzilma (strukturali), imo-ishora, yig’iq nuqta (semiotik) tahlil singari yo`sinlari borki, ma`noni har tomonlama yoritish, asarni baholashda ularning hissasi kattadir.


Mustaqillik yillarida kishilarimizdagi mushohadakorlik, talqin qila bilish mahorati o`sdi. Milliy mafkura, istiqlol g’oyasining ilm-fan, xususan, o`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga singib borishi badiiy asarlar - adabiy matnning mukammal, ilmiy tahlil va talqinida namoyon bo`ladi. Tahlil va talqin nafaqat hozirgi o`zbek adabiyoti, balki mumtoz adabiyotimiz, jahon adabiyoti noyob namunalarining asosli tahlil, teran talqini orqali milliy mafkura, istiqlol g’oyasini yoritib berishi mumkin.
Tahlil va talqinlar – badiiy asar bahosini belgilashdagi bosh mezon. Ayni vaqtda ular adabiy tanqidning muhim tarkibiy asoslari. Adabiy tanqid esa – adabiyotshunoslikni tutib turadigan mustahkam uch ustunning biri. U badiiy asar vositasida hayot, insonlar haqida mushohada yuritadi; badiiy asarning ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi o`rni, vazifasi, milliy-mafkuraviy, umuminsoniy mohiyatini yoritadi; badiiy asarning falsafiy-estetik mohiyatini, tarixiy-madaniy qatlamdagi o`rnini belgilaydi; adabiy matn tahlil orqali badiiyatga doir kamchilik, etishmovchiliklarni ochadi yoxud tanqidning saralovchilik vazifasini amalda isbotlaydi; badiiy asarga singdirilgan, uning “joni”ga aylanib ketgan go`zalliklarni nozik kashf etadigan, ilmiy-mantiqiy xulosalarga asoslangan talqin vositasida ularni yuzaga chiqaradi; adabiy talqinning xulosa, natijalarini badiiy asar bahosini belgilashga yo`naltiradi1. Shunday qarash mavjudki, adabiy matn, tahlil, talqin jarayonidan keyingina yo badiiy asar maqomini oladi, yo yaroqsiz matoh sifatida inkor etiladi. Tahlil va talqin ichki va tashqi jarayon sifatida kechadi. Adabiy matn yaratuvchisi, ayni paytning o`zida ichki, yashirin talqinchi hamdir. Matn yaratuvchining iste`dodi yuksak bo`lsa, uning talqinchi, tanqidchi sifatidagi talabchanligi ham shunchalik jiddiy, shafqatsiz bo`ladi.
“Badiiylik va obrazlilikdan foydalanish, asosan, baholanmagan asarni baholash, ommaga mo`ljallanganlik, operativlik adabiyotshunoslikka emas, tanqidga xos...Taassurotga tayanish, fahmu farosat (intuitsiya) rolining ortishi, sezgirlik va faollik tanqid xususiyatlaridar”2. Ana shu jihatdan qarasak, I.Haqqulovda haqiqiy tanqidchiga xos yuqoridagi fazilatlar shakllanib borayotganini ko`ramiz.
Sрuni qayd etish lozimki, Alisher Navoiyning aksariyat g’azallarida zamon va zamon ahlidan nolish kayfiyati, dunyo va dunyo ahliga nisbatan tanqidiy fikrlar aks etgan. Bu narsa “Shohbaytlar” to`plamiga kirgan satrlardan ham yaqqol seziladi. Shuning uchun ularni o`qigan kishi ulug’ Navoiyni olamga va odam qavmiga nafrat yo norozilik bilan qarovchi bir ijodkor qiyofasida tasavvur etishi hech gap emas. Mana shu noto`g’ri tasavvurning oldini olish uchun Ibrohim Haqqul kitob so`zboshisida Navoiyning maqsad-muddaosi xususida shunday izoh beradi: “Rumiyning e`tirofi bo`yicha, dunyo degani bu qasru imorat , molu davlat, oila va ahli ayolmas, balki Haqdan yiroqlik, undan ayri yashashdir. Navoiy qoralagan va inkor aylagan olam ham Haq va inson orasiga parda tortgan, odamni ma`no-mohiyatdan yiroqlashtirib, nafs tuzog’idan qutulishga erk bermaydigan bir olamdiryu Shu boisdan unda rostlikmas, egrilik, vafo-sadoqat emas, javru jafo, dardu diyonatmas, bedardlik va subutsizlik hokim. Navoiy ana shunday qiyofasiz, makkor, berahm dunyo va ahli dunyoga qarshi bo`lgan. Bunga teskari ravishda shoir ma`no olami va unga mansub din, ilm, ma`rifat, haqiqat, adolat ahlini ulug’lagandirki, buni albatta, inobatga olish lozim...
Navoiy she`riyatida shuning uchun Dardga ishonch, Dard odamini sharaflash bir izchillik kasb etgan. Shu sababli Navoiy Dard, G’am, Alam to`g’risida ko`p yozgan va
Ko`ngil ichra g’am kamligi asru g’amdir,
Alam yo`qligi dag’i qattiq alamdir, –
kabi shohbaytlarni yaratgan”1. Olimning bunday xolisona fikrlari, albatta, uning uzoq yillar davomida Navoiy ijodi va hayotini hamda tasavvuf adabiyotini sabot bilan chuqur o`rganganligi, eng muhimi, Navoiy dahosiga buyuk ehtirom va samimiy muhabbat bilan qarashining natijasida yuzaga kelgan. Darhaqiqat, har bir olim o`tmish davr tarixiy shaxslari ijodkorlari haqida ilmiy izlanish olib borar ekan, avvalo, o`sha tarixiy davrga xolis baho bera olishi va o`zi ulug’layotgan tarixiy shaxs yoki ijodkorga o`z qalbidan chuqur joy bergan bo`lishi muhimdir. Ibrohim Haqqul Navoiyni ana shunday o`zgacha mehr bilan e`zozlagan adabiyotshunos olimdir.
Ikkinchi bobga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kun o`quvchisiga Navoiy asarlarini tushunib etish muammosi tufayli shoir asarlarini sharhlash, talqin etish, badiiy matn sir- sinoatini ochish, tafsirlash kabi xayrli tadqiqotlarning ahamiyati katta bo`lib qolaveradi. Olimning bu yo`nalishdagi tadqiqotlari yosh kitobxonlarni buyuk shoirga yanada yaqinlashtirishi, uning ma`naviy olamiga oshno qilishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etaveradi.


Download 140,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish