Toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakultеti



Download 0,88 Mb.
bet1/5
Sana13.03.2020
Hajmi0,88 Mb.
#42296
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Diplom oxirgi

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKЕNT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTЕTI

ERON-AFG`ON FILOLOGIYASI KAFЕDRASI


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: FORS TILIDA SIFATLARNING EKSPRESSIV MA`NOLARI

Bajardi: 5230100 – “Filologiya va tillarni o`qitish” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi

Xaydarova Shahnoza ____________


Ilmiy rahbar: “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi katta o`qituvchisi, f.f.n v.b.dots. D.Ahmedova ____________

Toshkеnt – 2019

Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi



Sharq filologiyasi” fakulteti dekani f.f.n., dots. Q. Omonov

Eron-afg`on filologiyasi” kafedrasi mudiri v.b., PhD H.V.Mirzaahmedova



_______________________


«____» iyun 2019 y.



_______________________


«____» iyun 2019 y.


MUNDARIJA

KIRISH

BIRINCHI BOB. ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA EKSPRESSIVLIK MASALASI……………………………………………

    1. Tilshunoslikda ekspressiya tushunchasi talqini

1.2. Badiiy matn ekspressivligi vujudga kelishida sifatlarning oʻrni ……

IKKINCHI BOB. FORS TILIDA RANG VA MAZA - TA’M BILDIRUVCHI SIFAT LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

2.1. Badiiy matnda rang –tus sifatlarining uslubiy voqelanishi…….…

2.2. Badiiy matnda maza – ta’m sifatlariga xos konnotativ ma’nolar……

UCHINCHI BOB. SIFATLARNING ICHKI MA‟NO GURUHLARIGA XOS SEMANTIK – USLUBIY XUSUSIYATLAR………

3.1. Holat bildiruvchi sifat leksemalar

3.2. Koʻlam me’yorini ifodalovchi sifat leksemalar………………………

UMUMIY XULOSA…………………………………………………….…

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………...

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda malakali va salohiyatli kadrlar tayyorlashda chet tilini oʻqitish, yoshlarda chet tilida muloqot qila olish malaka va koʻnikmalarini hosil qilish dolzarb va muhim vazifadir. Binobarin, chet tillarida muloqot qilishning malaka va koʻnikmalariga ega boʻlish uchun xorijiy tilni har tomonlama chuqur oʻrganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlmogʻi lozim. Mana shu vazifalardan kelib chiqqan holda biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda fors tilidagi sifat soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik.

Hozirgi kunda til va nutqda oʻziga xos ifodalilik bagʻishlovchi usul sifatida talqin qilinuvchi ekspressiya muammosi tilshunoslik oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Ekspressiv vositalar orqali muallif tasvirlanayotgan narsaga nibatan boʻlgan munosabatini yanada aniq ifodalay oladi.

Mavzuning dolzarbligi. Ushbu mavzuning dolzarbligi turli matnlar doirasida ekspressiv leksikaning qoʻllanishi koʻp qamrovli va murakkabligi bilan bogʻliq. Ekspressiv leksika tadqiqiga bagʻishlangan ishlar soni koʻpligiga qaramay, ekspressiyani vujudga keltiruvchi vositlar yetarlicha oʻrganilmagan.

Uslubshunoslik oʻzining keng qamrovliligi, tematik rang–barangligi bilan boshqa til boʻlimlaridan ajralib turadi. Bevosita mavzumizga daxldor boʻlgan morfologik uslubshunoslik esa juda koʻp ochilmagan qirralari bilan hali–hamon tilshunoslarni oʻziga jalb etmoqda. Xususan, fors tilida sifat uslubiyati va unga doir tadqiqotlarning kamyobligi ishning dolzarbligini belgilab beradi.

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishiga tayanch obyekt sifatida sifat – leksemalar, ularning semantik ma’no guruhlari, uslubiy ma’no tovlanishlari asos qilib olindi. Fors tilidagi turli xil badiiy matnlar ushbu tadqiqot ishiga asosiy predmet vazifasini oʻtaydi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi - fors tilida sifat leksemalarning turli xil konnotativ, okkazional va uslubiy ma’no xususiyatlarini badiiy matnlar misolida aniq va yorqinroq ochib berish. Ayni shu maqsad doirasida esa quyidagi vazifalarni amalga oshirish dolzarb sanaladi:

- badiiy matnda rang–tus sifatlarining okkazional ma’nolari xususida ma’lumotlar berish;

- koʻlam – me’yor sifatlarining badiiy ijoddagi uslubiy ma’nolarini oʻrganish;

- sifat leksemalarning uslubiy ma’no qirralarini badiiy matndan olingan misollar vositasida asoslash.

Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotda komponent, tasvir, kontekstni tahlil qilish, struktur-semantik kabi tahlil metodlaridan keng foydalanildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishida sifatlarning konnotativ, okkazional ma’nolari va uslubiy xususiyatlari haqida koʻpgina yangi fikrlar bildirilgan, oʻrganilgan oʻzga manbalarga mustaqil yondashuv mavjud, sifat leksemalarning uslubiy jihatlari badiiy matn orqali tahlil qilinishi ham soʻz turkumlari stilistik xususiyatlarini oʻrganishda ahamiyatli hisoblanadi.

Tadqiqotning tarkibi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Har bir bob o`z mohiyatidan kelib chiqqan holda ichki qismlarga bo`lingan. Kirish qismi mavzuning dolzarbligi va ahamiyati, mavzuning o`rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, tadqiqot manbalari va ishning yangiligidan iborat.

BIRINCHI BOB

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA EKSPRESSIVLIK MASALASI


    1. Tilshunoslikda ekspressiya tushunchasi talqini


Ekspressiya semantikaning muhim elementini ifodalovchi tilning muhim faktorlaridan biri hisoblanadi. Ekspressiyani namoyon etuvchi shakllarning xilma-xilligi, bu hodisaning kengligidan dalolat beradi.

Hozirgi kunda ekspressivlikka tilshunoslikda alohida ahamiyat qaratilmoqda. Katta nazariy material majud boʻlishiga qaramay, oʻrganilayotgan muammoning qator aspektlari yetarlicha tadqiq qilinmagan. Tilshunoslikda ekspressivlik tadqiqida ikki xil yondashuv kuzatiladi: funksional-uslubiy va leksik-semantik.

Ekspressiv leksika konnotatsiyaning bir komponentidir. Konnotativ komponent – soʻzning asosiy ma’nosini ijtimoiy-psixologik baho aks etgan ma’nolar bilan toʻldiruvchi sistem - leksik ma’nosining bir qismi hisoblanadi. Konnotativ komponent tuzilishiga koʻra juda murakkab boʻlib, hozirgacha tilshunoslikda unga aniq ta’rif keltirimagan1.

“Ekspressiya” lotin tilidan “ifodalash” ma’nosini anglatadi va “ifodali” tushunchasi kopincha “ekspressivlik” tushunchasi bilan hamohang qoʻllanadi.

Ekspressiya – muhim uslubiy kategoriya boʻlib, stilistikada ekspressiya markaziy oʻrinni egallaydi. Ekspressiya deganda, uni oddiy, uslubiy neytraldan farqlovchi, nutq birliklarini ifodali, emotsional boʻyoqdor qiluvchi nutqning ifodali-tasviriy xususiyati tushuniladi2.

Odatda, nutqni ifodali qilishga yoʻnaltirilgan turli - tuman va oʻta nozik baholovchi va xarakterlovchi ottenkalar ekspressiya tushunchasi bilan bogʻliq. Ekspressiyaga soʻzning asosiy ma’nosiga qoʻshiluvchi va shu yoʻl orqali muallifga tasvirlanayotgan obyektga nisbatan oʻz munosabatini bildirish imkonini yaratuvchi ma’noviy ottenkalar kiritiladi.

Ekspressivlik – avvalam bor, semantik kategoriya, chunki soʻzda ekspressiyaning paydo boʻlishi uning ma’nosi kengayib, murakkablashib, soʻz ma’noviy strukturasida qoʻshimcha ma’noviy ottenkalarni vujudga keltiradi. Bu elementlar ekspressiyaning muhim belgisi sanladi.

Ekspressivlik shu bilan birga emotsional-baholovchi kategoriya hamdir. Shunday ekan, nutq ekspressiyasini oʻrganish vazifasi doirasiga emotsiyani izhor etish usullari va vositalari bilan bogʻliq masalalar ham kiradi. Lekin ekspressiya va emotsiya oʻrtasida aniq chegara mavjud.

Ilk bor tilshunoslikda ekspressivlik nazariyasi elementlari XIX asr oxirida paydo boʻldi. Ekspresiyaga alohida qiziqish XX asr oʻrtalariga kelib boshlandi. Bu davrda ekspressivlik kategoriyasini nazariy jihatdan oʻrganilgan qator tadqiqotchilar ishlari vujudga keldi.

Ekspressiya tushunchasi G.N.Akimova fikricha, lingvistik adabiyotda turlicha talqin qilinadi. Ekspressiya tushunchasi – til birliklarining ekspressivligi, ya’ni maxsus stilistik usul haqida tushuncha hosil qiladi3.

Bu fikrga qarama-qarshi tilda ekspressivlik va emotivlik (affektivlik)ning qorishtirib yuborishga asoslangan boshqa yondashuv ham mavjud. Sh.Balli va V.Vinogradov ishlarida ekspressivlik va emotsionallik tushunchalarining yaqinlashtirish yoʻnalishi kuzatiladi. Bu boshqa mualliflar ishlarida, xususan tarjima nazariyasida ham oʻz aksini topadi.

Tilda emotsional elementlar inson his tuygʻularini ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilda aynan shu maqsadda koʻp vositalar qoʻllanadi. Ekspressiv vositalar esa ham his tuygʻularni, ham fikrni ifodalashda ifodalilik va tasviriylikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, “ekspressivlik” va “emotsionallik” terminlarini oʻzaro kesishgan deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda ularning yaqinlashuvi, ba’zi hollarda esa ularning bir biridan alohida holda qoʻllanish holatlari mavjud.

Ekspressiya borasida boshqa fikrlar ham mavjud. Xususan, N.M.Pavlovaning ta’kidlashicha: "... ekspressivlik so'zning semantik tarkibiga komponent sifatida kiritilishi mumkin emas, shuning uchun ekspressiv so'zlar o'z-o'zidan bo'lmaydi va bo'la olmaydi4". G.Z.Gappasova ham shu fikrga qoʻshilgan holda “…soʻz faqatgina boshqa soʻzlar bilan birikma tarkibida, ya’ni kontekst orqali ekspressiv boʻla oladi5”.

Yuqorida keltirilgan fikrda ekspressivlikning funksional jihatiga diqqat qaratilgan. Bizning fikrimizcha, absolyut ekspressiya (oʻz ichiga ekspressiyani olgan, ya’ni lugʻatlarda keltirilgan uslubiy belgilar) va kontekstual ekspressiya (soʻzning nutqda qoʻllanishi natijasida yuzaga keluvchi)ni farqlash lozim.

Emotsionallik va baholashni oʻz ichiga olgan holda, ekspressiya qoʻshimcha ma’lumotni aniqlovchi oʻziga xos aspektni vujudga keltiradi. Ekspressiya mazmunga qoʻshimcha ma’no beradi. Ekspressiv-emotsional ma’no tilning leksik-semantik tizimining ajralmas qismini tashkil etadi va naytral ma’noga qarama-qarshi ravishda uning uslubiy qatlamlanishini aks ettiradi.

Nutq ekspressivligi asosini soʻzlovchi (yozuvchi) ning ifoda etilgan fikrga bo'lgan munosabati, turli xil til vositalari orqali shaxs, predmet va hodisalarni baholash tashkil etadi. Baholash mazmuniga ega soʻzlardan tashqari, koʻp leksemalar ma’lum kontekstda qoʻllanish, xususan, koʻchma ma’no yoki obrazli ma’noda qoʻllanishi natijasida ekspressiv baholash ma’nosiga ega boʻladilar.

Nutq birliklari ekspressivligining mohiyatini o'rganish muammosi bir necha jihatlarni o'z ichiga oladi, ularning asosiylari sifatida ekspressiyaning mohiyat va kelib chiqish sabablari, ekspressiyani vujudga keltiruvchi vositalar, intensivlikni koʻrsatish mumkin. Mahalliy va xorijiy tilshunoslarning o'ziga xos xususiyati tabiatning va ifodalashning sabablari bilan bog'liq. Aksariyat olimlar tadqiqotlari ekspressiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablariga oid masalalarni yoritishga qaratilgan.

Sh.Balli ekspressiv soʻz birikmalari kelib chiqishi jihatidan so'zning asosiy qismida faqat intellektual, kontseptual jihatlar bilan zid qoʻyilgan samaradorlik bilan bog'liq deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, tilning affektiv hodisalarini o'rganish intellektual ma'nolar, ya’ni ifodaning neytral usuli fonida yuzaga kelishi kerak. Uslubiy boʻyoqdor birlikni aniqlash uchun Sh. Balli oʻrganilayotgan nutq birligini transpozitsiya orqali boshqa uslubiy registriga ko'chirib, bu birlikni sinonimlar bilan solishtirish usulidan foydalanadi. Biz soʻzni beixtiyor uni boshqa soʻzlar bilan solishtirish orqaligina tushunamiz va uning emotsional boʻyoqdorligini his qilamiz, deb ta’kidlaydi. Ekspressiv faktlarni bir til doirasida va bir davr doirasida oʻrganish stilistikaning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi 6.

V.V.Vinogradov adabiy va badiiy asarlar tilini o'rganish asosida ekspresitivlikning mohiyatini va uning yuzaga kelish sabablarini ochib, ushbu hodisani ma'lum bir ijtimoiy guruhning xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim omil sifatida ko'rib chiqadi. U individual va kollektiv ekspressiyani ajratish zarurati haqida toʻxtalib oʻtadi. Individual ekspressiya deganda, olim, yozuvchi yoki soʻzlovchi nutqining ekspressiv xususiyatlarini nazarda tutadi. Agar ma’lum shaxs nutqining ekspressiv xususiyatlari tilning o'ziga xos xususiyatiga aylansa, kollektiv ekspressiya vujudga keladi. V.Vinogradovning muhim xulosasi - turli davrlar, jamiyatning turli qatlamlari oʻziga xos ekspressiv nutq shakllariga ega bo'lishini e'tirof etganidir7.

D.N.Shmelev, so'zning ekspressiv imkoniyatlarini o'rganar ekan, ular ham qoʻllanish doirasi va unga xos bo'lgan emotsional ottenkalar va uning aloqalari (kelib chiqishi, asl ma'noda, tashqi jihatdan - tovush va b.) orqali tildagi boshqa so'zlar bilan shartlanganligini ko'rsatadi. Ularning amalga oshishi ushbu so'z qoʻllanishining konkret shartlariga, ya’ni kontekstga bog'liq8.

Ekspresivlikni murakkab ko'p qirrali hodisa sifatida oʻrganish jarayonida, tadqiqotchilar, odatda, uning paydo bo'lishining emotsional asoslarini ta’kidlaydilar.

Yu.S. Stepanov, inson nutqini axborot nuqtai nazaridan tahlil qilib, asosiy ma'lumotlardan tashqari, deyarli, har doim "ijtimoiy axboroti, soʻzlovchinig ijtimoiy mavqei va uning xabarga munosabati, roziligi yoki noroziligi, befarqligi, hayrati, kinoya va h.k., bir so'z bilan, emotsional ma'lumotlarga ham ega boʻlish mumkinligini ta’kidlaydi9.

Shu tarzda yuzaga keladigan qo'shimcha ma'lumot til normalarini ichki jihatdan o'rganish predmetini tashkil etadi. Tilning ekspressiv vositalari yuzaga kelishida inson nutqning emotsional tabiatining ta'siri V.G.Gak tomonidan ham ko'rib chiqiladi, chunki har bir bildirilgan fikr, gap emotsiyalar bilan chambarchas bog'liq. V.G.Gak ekspressiyaning obyektiv va subyektiv turlarini ajratadi. Obyektiv ekspressiyada, emotsional boʻyoqdor soʻzlarni qoʻllash affekt holatida biror harakatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan boshqa shaxsning munosabatiga bog'liq emas. Subyektiv ekspressiya, aksincha, tinglovchi yoki oʻquvchilar tomonidan bu shaxsga munosabatini ko'rsatadi. Bundan tashqari ekspressiya soʻzlovchining berilgan ma’lumotga nisbatan munosabatiga qarab, ijobiy yoki salbiy yoʻnalishga ega boʻlishi mumkin10.

K.A.Dolinin, ekspressivlikni deavtomatik ravishda qabul qilish, adresat tasavvuri va uning emotsional doirasiga bevosita ta’sir etuvchi til belgisi xususiyati sifatida belgilaydi11.

K.A.Dolinin semantik motivatsiya yoki obrazlilikga ekspressiyaning asosiy manbasi sifatida qaraydi. Ekspressiv faktlarni o'rganish barcha til qatlamlarini qamrab oladi: fonetik, morfologik, semantik, sintaktik, lekin ko'pincha lingvistik tadqiqotlar leksikaning ekspressiv xususiyatlariga qaratiladi.

B.Vinogradov stilistikasi sohasida tovush, shakl va belgi, so'z va birikmalar ekspressiyasi boʻyicha tadqiqotlar zarurligini ta’kidlagan12.

Fors tili, xususan badiiy adabiyot tili ekspressiv resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Ekspressiv funksiya til birligining funksiyalaridan biri boʻlib, oʻz ichiga soʻzlovchining emotsional holatini, uning ifodalangan predmet va hodisalarga nisbatan subyektiv munosabatini ifodalay olish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.

Til nafaqat inson fikri, balki uning emotsiyalarini ham ifodalaydi. Ekspressiv funksiya jamiyatda qabul qilingan etiket doirasida nutqning emotsional yorqinligini ifodalaydi13.

Bitiruv malakaviy ishimizda aynan “neytral” sifatlar, ya’ni kontektda ekspressiv ma’no kasb etgan sifatlar haqida soʻz boradi. Ma’lumki soʻz turkumlari tizimida sifatlar ekspressivlikni ifodalashda boshqa soʻz turkumlariga nisbatan faol sanaladi. Sifatlar biror predmetni tasvirlashda obrazlilik bag‘ishlashda katta imkoniyatga ega.
1.2. Badiiy matn eksprassivligi vujudga kelishida sifatlarning oʻrni
Hozirgi kunda badiiy adabiyotda ekspressiv leksikaning qoʻllanishi masalasiga ham lingvistlar ham adabiyotshunoslar tomonidan katta ahamiyat qaratilmoqda. Badiiy matn tabiatiga koʻra polifunksional hisoblanadi. Unda estetik funksiya kommunikativ, pragmatik, emotiv kabi qator boshqa funksiyalarga boʻlinadi, lekin ularning oʻrniga qoʻllanmay, aksincha ularni kuchaytiradi. Badiiy matn tili oʻzining qonunlariga ega14.

Badiiy matnlarda soʻzlarning ekspressiv boʻyogʻi ularning neytral nutqdagi ekspressiyasidan farq qiladi. Badiiy matn kontekstida leksik birlik uning ekspressiv boʻyogʻini boyitishga xizmat qiluvchi qoʻshimcha ma’nolar kasb etadi. Badiiy matnda soʻz vazifalarining oʻziga xos shartlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha ma’no qabul qiladi. Asl va koʻchma ma’no oʻrtasidagi oʻyin badiiy matnning ekspresiv effektlarini yuzaga keltiradi na shu yoʻl orqali mazkur matnni ibrazli va ifodali boʻlishiga xizmat qiladi.

Badiiy matnda har bir soʻz muallif fikrini yanada yorqinroq ifodalash, oʻquvchi hissiyotlariga ta’sir etuvchi obrazlar yaratish uchun qoʻllanadi. Badiiy matnnig ekspresiv doirasini shakllantirishdan asosiy maqsad, oʻquvchiga emotsional quvvat bagʻishlash va shu qoʻl orqali uni odatiy narsalarga yangicha qarashga undash yotadi.

Badiiy matn ekspressiv effektini qabul qilish undagi ekspressiv vositalar miqdori bilan belgilanmaydi. Emotiv, obrazli, uslubiy, ekspressiv kabi maxsus til birliklaridan tashqari, tildaga har qanday neytral birlik muallif maqsadidan kelib chiqqan holda ekspessiv birllikka aylanishi mumkin.

Umuman olganda badiiy matnda ekspressiv leksika bir necha vazifani bajaradi. Jumladan, personajlar obrazining psixologik portretini yaratish, matnda ifodalangan dunyoning emotsional interpretatsiasi, obrazning emotsional ichki dunyosini aniqlash, oʻquvchiga ta’sir koʻrsatish. Ulardan eng asosiysi matnning emotiv mazmuni va emotiv koloritini yaratishdir.

Sifatlar orqali obrazlilikni namoyon etish ularning yasalishida morfologik va semantik jarayonlarning bir-biri bilan chambarchas bogʻliqligi bilan belgilanadi. Sifatlar, avvalo, nutq predmeti haqidagi axborot haqida yangi ma’lumot berish uchun moʻljallangan. Yuzaga keluvchi obrazlarning aynan mana shu yangilik, yorqinlik va gʻayrioddiyligi katta ekspressiv potensialga ega. Sifatlar soʻzlovchinig nutq predmetiga nisbatan munosabatini namoyon etish imkoniyati va shu orqali unga oʻziga xos emotsionallik bagʻishlashi ularning butun kontekstning uslubiy xususiyatlariga ta’sir koʻrsatishini belgilaydi.

Tub sifatlar semantikasi koʻchma ma’noni vujudga keltirishga moyilligi ularning muhim ekspressiv imkoniyatini belgilab beradi. Biroq, yasama sifatlarning tasviriy imkoniyatlari ham tub sifatlarga nisbatan kam emas.



اگر ما در تعلیمات پیرو باشیم، هر کدام از ما میتواند قلب سنگی ایجاد کند[4:68]

Agar biz ta’limda har kimning ketidan ertgashsak, har kim bizdan qalbi tosh yasay oladi
تا جاده 6 که در امتداد رودخانه کلیرکریک بود و به قلب سنگی کوه های راکی میرفت، فقت نیم مایل فاصله داشتند [ 2:29]

Klirklik daryosi va Roki togʻ bagʻrlari boʻylab oʻtuvchi Oltinchi trassagacha faqat yarim mil qolgandi
Yuqorida keltirilgan misollarda سنگی sifatining koʻchma ma’nosi voqelanishini kuzatish mumkin. Birinchi misolda سنگی yasama sifati orqali salbiy ottenka namoyon boʻlmoqda. Ikkinchi misolda esa salbiy ottenka kuzatilmasada, سنگی sifati bir qarashda oʻzning asl ma’nosida qoʻllangandek, lekin kontekstdan kelib yondoshilsa, uning ham ekspressiv ma’nosi anglashiladi.

Sifatlarning boy va moslashuvchan tizimi mazkur soʻz turkumining estetik funksiyasi orqali amalga oshiriladigan turli tasviriy imkoniyatlarni yaratadi. Shu bilan birga, otlar tomonidan ifodalangan tushunchalarni qisqartirish uchun qoʻllanadigan sifatlarning informatsion funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali barcha uslubda sifatlar o‘rnini hech qaysi soʻz turkumi bosa olmaydi.

Sifatlar ekspressiv xususiyatlari, koʻpincha, soʻz birikmasi semantikasi oʻzgarishida koʻrinadi. Bunda, oʻz ma’nosidan tashqari sifatlar qoʻshimcha ma’nolar kasb etadi. Inson, hayvonga xos xususiyatlar jonsiz predmetga, yoki aksincha, insonga nisbatan oʻtsa sifat semantikasining ekspressiv jihati rivojlanadi.

چوبی yasama sifati yogʻochdan qilingan ma’nosini anglatsa, آدم چوبی birikmasi tarkibida koʻchma ma’noda ya’ni qimirlay olmaydigan, beharakat, hissiz kabi ma’nolarni kuzatish mumkin. Agar mazkur sifatning koʻchma ma’nosiga diqqat qaratilsa, bu sifat qatnashgan birikma tarkibidagi aniqlanmishning kamharakatliligiga, atrof muhitning qotib qolgan holatiga ishorani kuzatish mumkin.

Sifatlar ekspressivligi ma'lumotni insonning ichki dunyosidagi ta’m, koʻruv, tinglash kabi usullar orqali “qayta ishlanishi”ni aks ettiradi. Lekin koʻpincha muallif rang, tovush, hid, koʻlam ma’nosini anglatuvchi soʻzlarni birga qoʻllash orqali oʻquvchi idroki doirasini kengaytiradi: کلمه های شیرین، سخن تلخ، بوی تند، خاطرات شیرین

Belgi va predmet birlashgan birikmalarning uslubiy qiymati, avvalo, ularning tasviriy-emotsional ikkilanganligida namoyon boʻladi. Unda muallif sifat va otlarning valentlilik xususiyatning kengaytirish hisobiga maksimal aniq obraz yaratishga mavaffaq boʻladilar. Soʻzlarning odatiy ketma-ketligidan voz kechib, sifatlarni boshqa kontekstga oʻtkazish orqali ularning ekspressiyasini yanada jonlantiradi. Bunda sifatlar lugʻatlarda keltirilmagan yangi ma’no kasb etadi. Shu tarzda, sifatlar til ekspresiyasini yaratishda muhim ahamiyatga ega va yozuvchilar qoʻlida turli ma’no ottenkalarini ifodovchi muhim uslubiy vosita sifatida xizmat qiladi.

Mazkur bob boʻyicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Ekspressiya emotsionallik va baholashni oʻz ichiga olib, mazmunga qoʻshimcha ma’no beradi. Til birliklarining emotsional ma’nosi tilning uslubiy qatlamlarini namoyon etib, uning leksik-semantik tizimining ajralmas qismini tashkil qiladi.

Sifatlar ekspressivligi ma'lumotni insonning ichki dunyosidagi ta’m, koʻruv, tinglash kabi usullar orqali “qayta ishlanishi”ni aks ettiradi. Lekin koʻpincha, muallif rang, tovush, hid, koʻlam ma’nosini anglatuvchi soʻzlarni birga qoʻllash orqali oʻquvchi idroki doirasini kengaytiradi.

Tub sifatlar semantikasi koʻchma ma’noni vujudga keltirishga moyilligi ularning muhim ekspressiv imkoniyatini belgilab beradi. Biroq, yasama sifatlarning tasviriy imkoniyatlari ham tub sifatlarga nisbatan kam emas.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish