Belgi bildiruvchi soʻzlar va ularning nutqiy maʼnolari Reja: I. Kirish. O'zbek tilida belgi bildiruvchi so‘zlar II. Asosiy qism



Download 48,79 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2022
Hajmi48,79 Kb.
#632050
  1   2   3   4
Bog'liq
Belgi bildiruvchi soʻzlar va ularning nutqiy maʼnolari


Belgi bildiruvchi soʻzlar va ularning nutqiy maʼnolari
Reja:
I. Kirish. O'zbek tilida belgi bildiruvchi so‘zlar
II. Asosiy qism
2.1 Belgi bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlari
2.2 Miqdor bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlari
2.3 Bir so‘zining uslubiy xususiyatlari
Xulosa.
Foydalanilgn adabiyotlar.


I. Kirish. O'zbek tilida belgi bildiruvchi so‘zlar.
Sifat so‘zlarining o‘zaro sinonimiyasi, ularning turli nutq uslublarida farqlanish, sifat darajalarini hosil qiluvchi shakllarning ma'nosidagi farqlar, shuningdek, badiiy adabiyotdagi epitetlarning sifatlardan ifodalanishi bu turkum so‘zlarning boy uslubiy imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Sifatning asosiy
morfologik belgisi uning daraja ko‘rsatkichiga ega bo‘lishidir. Ammohamma sifatlar ham bunday xususiyatga ega emas. Oilaviy, g‘oyaviy, devoriy, sirtqi, ichki, kuzgi kabi nisbiy sifatlarga daraja shakllarini qo‘shib ishlatish uslubiy xatoga olib keladi. O‘zbek tilida belgining ortiqligi ma'nosi fonetik, leksik, leksik-semantik usullar bilan ifodalanadi: sap-sariq juda sariq; qop-qora- o‘ta qora-ko‘mirdek qora. Bu holat, ya'ni biror ma'noni turli shakllar orqali ifodalash sinonimlikni yuzaga keltiradi: yuzi qizil bola - yuzi anordek qizil bola kabi.
Sifatlarda yana quyidagi holatlar kuzatiladi:
Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi -roq qo‘shimchasi o‘rnida -mtir, - imtir, - ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq - ko‘kish, qoraroq - qoramtir.
2.-gina (-kina, -qina) affikslari sifat o‘zaklariga qo‘shilganda yoqimtoylik, kichiklik ma'nolarini ifodalash bilan birga salbiy belgi munosabatlarini ham ifodalab kelishi mumkin:U qiz xunikku ; Xayr, o‘g‘rigina bolam, kelib tur. (G‘.G‘ulom)
Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor - aybli, serg‘ayrat - g‘ayratli, chopqir - chopag‘on, beg‘ubor - g‘uborsiz, bama'ni - ma'nili. Barcha holatlarda ham yuqoridagicha ma'nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o‘rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g‘alizlik yuzaga keladi.
Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli - suvsiz; o‘rinli-noo‘rin.
Son turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
Son ot bilan birga qo‘llanadi. Alohida qo‘llanganda esa mavhum tushunchani bildiradi: bir, ikki, uch, o‘n. Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so‘zni o‘ziga tobe qilib kelmaydi, ya'ni aniqlikni olmaydi: yaxshi uchta kitob emas, uchta yaxshi kitob. Og‘zaki nutqda bunga e'tibor qilmaslik natijasida uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Miqdor son so‘zlar bilan ishlatila oladi. Sonlar tarkibida keladigan -ta, -tacha, -lab, -tadan, -ov, -ala kabi affikslar predmet miqdorini turli usullar bilan ifodalaydi. Son shakllarini hosil qiluvchi bunday affikslarning ayrimlari (minglab, minglarcha) o‘zaro yoki hisob so‘zlari bilan sinonimlik tashkil etadi: ikkita kitob - ikki dona kitob kabi. Miqdor bildiruvchi so‘zlar orasida bir so‘zi turli xil semantik-uslubiy ma'nolarni anglatadi. Masalan, kuchaytirish, noaniqlikni, tenglikni, belgining ortiqligini va h.k.
Miqdor bildiruvchi so‘zlar orasida bir so‘zi turli xil semantik-uslubiy ma'nolarni anglatadi. Bular quyidagilardir:
Predmetning miqdorini bildiradi: Bir tup g‘o‘za, bir dona bug‘doy;
Noaniqlikni bildiradi: Bir odam keldi, tanish emas;
Urg‘u olib, ma'lum ohang bilan aytilganda, kuchaytiruvchi so‘z vazifasida keladi: Bir qo‘rqdim;
Predmetlarning bir turda yoki jinsdosh ekanligini ifodalab, bir xil ma'nosini bildiradi: Tiling bilan ko‘nglingni bir tut.
Fonetik jihatdan o‘zgargan ham yuklamasi bilan qo‘llanganda, belgining ortiqligini ko‘rsatadi: O‘qituvchimiz biram yaxshi dars o‘tdi;
So‘zlashuv nutqida yuz, ming, million kabi miqdor sonlardan oldin ba'zan bir so‘zi tushirilib ishlatiladi:Yuz besh, ming ikki yuz;
Bir so‘zi juftlashib kelganda alohida, boshqasi, ikkinchisi kabi ma'nolarni anglatadi: Bir-bir qarab qo‘ydi, bir-biriga shogird, bir-biridan o‘rnak oladi.

Download 48,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish