Toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakultеti


III BOB. SIFATLARNING ICHKI MA’NO GURUHLARIGA XOS SEMANTIK – USLUBIY XUSUSIYATLAR



Download 0,88 Mb.
bet4/5
Sana13.03.2020
Hajmi0,88 Mb.
#42296
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diplom oxirgi

III BOB. SIFATLARNING ICHKI MA’NO GURUHLARIGA XOS SEMANTIK – USLUBIY XUSUSIYATLAR
3.1. Holat bildiruvchi sifat leksemalar
Fors tilida holat bildiruvchi sifat leksemalarni quyidagi 7 ta ichki LSG larga boʻlib oʻrganish mumkin:

1.Xursandlik holatini ifodalovchi sifat leksemalar: انشاط، خرم، خشنود، خندانچهر، خندهرو، خوش، خوشرو، خوشوقت، زندهدل، سرحال، سرخوش، سردماغ، شاد، شادمان، گشادهروی، محظوظ، مسرور، نشیط، نوشه kabi.

2. Xafalik holatini bildiruvchi sifat leksemalar: اندوهگین، غمزده، غمناک، دلمرده, غمگیم, غم انگیز, دلتنگ kabi.

3. Gʻazabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar: خشمگین، خشمناک، غضبناک، خشمالود، عصبانی kabi.

4. Kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchi sifat leksemalar: فقیر، یتیم، دولتمند، مسافر، ثروتمند، بیچاره، متمول، غنی، تنگدست، غریب، گدا، kabi.

5. Predmetning harorat belgisi holatini bildiruvchi sifat leksemalar: گرم، خنک، سرد kabi.

6. Tozalik - ifloslik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar: پاک، کثیف، صاف، تمیز، kabi.

7. Predmetning yangilik – eskilik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar: نو، جدید، کهنه، kabi.




Endi ularning har biriga alohida - alohida toʻxtalib oʻtsak.

Xursandlik holatini ifodalovchi sifat leksemalar kishi ruhiyatidagi davriy yoki oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga, LSG ga birlashadi: انشاط، خرم، خشنود، خندانچهر، خندهرو، خوش، خوشرو، خوشوقت، زندهدل، سرحال، سرخوش، سردماغ، شاد، شادمان، گشادهروی، محظوظ، مسرور، نشیط، نوشه kabi sifat leksemalar shular jumlasidandir. Xursandlik holatini ifodalovchi bunday leksemalar orasida “خوشحال xursand” sifat leksemasi uslubiy jihatdan betaraf boʻlib, yadro (dominant) leksema sanaladi. Bu leksema ogʻzaki va yozma nutqda, adabiy tilning turli vazifaviy uslublarida keng qoʻllaniladi:
چون پس از نبردها او را سالم مشاهده میکرد مخصوصا خوشحال و خرسند میشد [1:53]

Kurashlardan son’ng uni sogʻlom koʻrsa juna xursand boʻlib ketardi
فقط می خواد که خوشحال با شه [ 4:74]

Faqat uning xursand boʻlishini istaydi
Ma’lumki, badiiy nutqning oʻziga xos xususiyati inson kayfiyatining, ruhiy holatining yaxshi ekanligini koʻrsatuvchi مسرور, سرحال kabi sifat leksemalar ham faol qollanishdadir:
بنفشه آنگاه به رحمت و عدالت مدیر پی برد و شاد گشت و مسرور و راضی روانه شد

[ 2:17]

Binafsha oʻshanda mudirning adolatini tushunib xursand boʻlib, soʻyinib yoʻlga tushti
باعث میشود مردم سرحال بیایند و امضا کردن چک را چیز مطلوبی بدانند [ 3:28]

Odamlar xursand kelishlari va chekga imzo chekishni yoqtirishlariga sabab boʻlardi
Keltirilgan misollarda inson ruhiy holatini ifodalovchi ikki sifat leksema qatnashgan boʻlib, ular mazmunan bir narsadan mamnunlik, shodlik ma’nolarini ifodalab kelmoqda. Lekin سرحال soʻzida belgi darajasi مسرور soʻziga nisbatan birmuncha kuchliroq shaklda ifodalangan.

Mamnunlik, shodlik ma’nolarini ifodalab keluvchi soʻzlarining yonma – yon kelishi esa ma’noni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi:
کودکان و پرستان به این جهت از ورود بنفشه شادمان و مسرور بودند [ 2:26]

Bolalar va tarbiyachilar Binafsha kirib kelishi bilan gʻoyat xursand boʻlardilar
به این جهت مصاحبت با پییر اورا خرسند و مسرور میساخت [ 3:66]

Shu jihatdan Pyer bilan suhbatda jida mamnun boʻlardi
تصور چنین شادیهایی خیلی جذاب بود و دخترها شاد و سرحال از خالهشان خدا حافظی کرد

[ 4:49]

Bunday xursandchilikni tasvirlash juda qiziq edi va qizlar shid-xurram xayrlashdilar
Shuningdek, toʻplangan misollar خرم، خوشوقت، شاد kabi koʻpgina sifat leksemalarning xursandlik ruhiy holatini turli darajada ifodalashga xizmat qilishini koʻrsatadi:
مطمئنا او مرد فقیری است با این حال او شاد است [ 4:29]

Albatta u faqir, shunga qaramay quvnoq odam
پسرک با چهره شاد و هیجان زده به دستور رئیسش مقابل ما حاضر شده بود [ 2:97]

Yigitcha xursand va hayajonlangan holda rahbarining buyrugʻi bilan bizning oldimizda paydo boʻldi
بله از آشنایی با او خیلی خوشوقت خواهم شد [ 2:90]

Albatta u bilan tanishganimdan bagʻoyat mamnunman
Shuni ta’kidlash lozimki, خوشحال soʻziga nisbatan شادمان soʻzida ijobiy holat semasi ancha kuchli, شادمان soʻzining ma’no koʻlami xursandlikni ifodalovchi boshqa sifat leksemalarga nisbatan ancha kengdir. Qayd etib oʻtilgan koʻpgina sifat leksemalarda kishi ruhiyatidagi xursandlikning vaqt bilan bogʻliq ma’lum bir holatlari ifodalansa, شادمان leksemasida davomiylik mavjudligi seziladi, ya’ni xafagarchilikdan uzoq, doimiy ravishda xursand boʻlib yuruvchi semalari anglashiladi:
در این حال آن سه نفر رو بروی فرید نشسته بسیار شادمان به نظر میرسیدند [ 3:102]

Faridning toʻgʻrisida oʻtirgan uch nafar juda quvnoq koʻrinardi
شرط میبندم خالد از برگشتن به خونه خوشحال میشه [ 1:68]

Xolid uyiga qaytganidan juda ursand bolishiga shart bogʻlayman
Badiiy nutqda ba’zan xursandlik ruhiy holatini ifodalovchi sifat leksemalar faqat kishilarga nisbatan emas, balki predmet va mavhum tushunchalarni ifodalovchi otlarga nisbatan qoʻllanilishi kuzatiladi.
فقط صداهای خشن و شادرا میشنید [ 4:63]

Faqat qoʻpol va xursand ovovzlarni eshitardi
مجید در میان خاطراتش به دنبال یک خاطره شاد و خوشایند گشت [ 3:78]

Majid xotiralari orasida bir yoqimli xotiraga gʻarq boʻldi




Fors tilida xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham keng tarqalgan boʻlib, اندوهگین، غمزده، غمناک، دلمرده, غمگیم, غم انگیز, دلتنگ kabi sifat leksemalar shular jumlasidandir. Bu LSG tarkibiga kiruvchi leksemalarning qoʻllanilishida farqli holatlar ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, غمگیم, غم انگیز sifat leksemalarning belgini ifodalash darajasi bir xil boʻlsa, غمناک soʻzi kishining yuz – koʻzidan ifodalanib, turadigan gʻamginlik holatini aks ettiradi:
اما نزدیک ظهر با چهره جدی و غمناک به کلبه پیرمرد آمد [ 1:59]

Ammo tushga yaqin jiddiy va qayguli holda qariyaning kulbasiga keldi
چهره عبوس و غمناک زن اورا متعجب ساخت [ 4:17]

Ayolning qaygʻuli ahvoli uni xayron qoldirdi
قلب زیر نگاه های خیره غمناک ترک میخورد [ 2:79]
Ma’lumki, koʻz yoshi toʻkish insonning ortiq darajada xafa ekanligini toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatadigan harakatdir. Insonning ana shu koʻz yoshi toʻkish, yigʻlash holati گریان sifat leksemasi orqali ham ifodalanadi.
جمعیت خطاب به مادر گریان فریاد میزند: او بچه تورا زنده خواهد کرد [ 2:8]

Odamlar yigʻlayotgan onaga qarab u sening bolangni tirilturadi deb baqirardi
صاحب خانه اش گفته بود که او گریان ساعتها همان جا نشسته بود [ 3:36]

Uy egasi u yigʻlagancha soatlab oʻsha yerda oʻtirganini aytgan edi
Gʻazabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar orqali insonning tevarak – atrofdagi voqea – hodisalar, predmetlar, odamlar xatti - harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi.

Kishining yashash darajasi, holatini koʻrsatuvchi فقیر، یتیم، دولتمند، مسافر، ثروتمند، بیچاره، متمول، غنی، تنگدست، غریب، گدا، kabi bir qator sifat leksemalar mavjud. Ma’lumki, kishilarning jamiyat boyligidan oladigan ulushi yashash uchun zarur boʻlgan noz – ne’matlardan bahramand boʻlish darajasi ularning turmushi har xil boʻlishiga olib keladi. Insonning moddiy boyliklardan qanchalik bahramand boʻlishi uning hayotiy ahvolini koʻrsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. Bu holat kishining hayotiy ahvolini ifodalovchi sifatlar LSG yordamida ifodalanadi. Ba’zan kishining hayotiy ahvoli toʻgʻridan toʻgʻri emas, balki narsa va predmetlarni tasvirlash orqali ham koʻrsatilishi mumkin:
برای مقایسه، در یک کشور به مراتب ثروتمندتر، مثل آمریکا، این میزان فقط 10 در صد است [1:27]

Qiyoslash uchun, Amerika kabi nisbatan boyroq mamlakat, bu koʻrsatkich faqat 10 foizni tashkil etadi
در بعضی کشورها، خیلی از مردم بر این باورند که اگر بخواهند از سطح زندگی بهتری برخوردار شوند باید به کشوری ثروتمند مهاجرت کنند [1:90]

Ba’zi mamalakatlarda, koʻpchilik agar turmush tarzini yaxshilamoqchi boʻlsa, boy mamalkatga borish kerak deb oʻylaydilar
Keltirilgan misolda boy mamlakatni tasvirlash orqali kishilarning yashash darajasi yaxshi ekanligini ta’kidlangan.
و به دنبال آن به شرح تصادمی که بر اثر این بر خورد اتفاق افتاده بود میپرداخت: آنقدر کرد تا گدای بیچاره را توقیف کردند [2:80]
Bu misolda insonning moddiy jihatdan qiynalib, muhtojlikda kun koʻrishi, chorasizlikdan boshi qotib qolgan holati aniq oʻz aksini topgan. Kishining turmush darajasi juda yomonligi, kambagʻallik bilan bogʻliq holatlarni ifodalashga muallifning ijobiy munosabati ham boʻrtib turadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, بیچاره sifati kishinig moddiy ahvolini anglatsh bilan bir qatorda, uning holatini ham bildiradi. Baddiy nutqda mazkur sifatning asosan ana shu holatda qoʻllanoshi faolligini kuzatish mumkin:
آقا تصور مینمایم که بیچاره جوان انتظار میکشد [4:105]

Ogʻo bechora yigit kutib turganini tasavvur qilyapman
من خیلی احساس تاثر میکنم برای فرید، این طفلک بیچاره [2:40]

Men bu bechora Faridga juda achinyapman
Bundan koʻrinadiki, badiiy nutqda muallifning oʻzi bayon qilayotgan fikrlariga, tasvirlanayotgan shaxsga boʻlgan ijobiy yoki salbiy munosabati holat bildiruvchi sifat leksemalar yordamida ifodalanadi.

Faol qoʻllanuvchi عاجز, ناچار, لاعلاج, ناتوان, بدبخت kabi sifat leksemalar kishining nochor ahvolda qolganligi, unga nisbatan achinish uygʻotish holatlarini ifodalashga vosita boʻladi:
پیرزن بیچاره را میدید، عاجز و با شهامت، با تسلیم آمیخته به لبخند، بی هیچ خودخواهی... [4:8]

Bir bechora qari ayolni koʻrardi, ojiz va oliyjanob, hech qanday xudbinliksiz tabassum aralash itoat...
با صدایی که فقط از یک جسم ناتوان و روح ناامید میتوان انتظار داشت [1:6]

Faqatgina bir notavon jism va noumid ruhdan chiqa oladigan bir ovoz bilan…
Keltirilgan misollarda kishining achinarli holati عاجز va ناتوان singari sifat leksemalar orqali ifodalangan.

Shuni ham inobatga olish lozimki, بدبخت sifat leksemasi kishining hayotiy ahvolini ifodalashi nuqtayi – nazaridan عاجز,بیچاره, ناچار, لاعلاج, ناتوان kabi soʻzlar bilan ma’nodosh sanaladi. Lekin بدبخت leksemasida belgi darajasi ancha kuchli. Quyidagi misolda بدبخت sifat leksemasining ma’no koʻlami yuqoridagilarga nisbatan ma’lum darajada torayganligini, belgi semasining yanada konkretlashgani seziladi:
آقای شهردار میل ندارید یک دفعه دیگر این زن بدبخت را ببینید؟ [2:80]

Hokim janoblari bir muddat bu kambagʻal ayolni krish istagingiz yoqmi nobodo?
Bu oʻrinda بدبخت sifat leksemasining yakka shaxsga nisbatan qoʻllanilishi unda belgi ma’nosining yanada kuchayishini ta’minlagan. Badiiy nutqda ba’zan بدبخت leksemasi yuqorida qayd etilgan semalardan tashqari omadsizlik, baxtsizlik, tolei pastlik kabi semalarni ham bildirishga xizmat qiladi:
اگر به حال خودتان رحم نمیکنید اقلا دلتان به حال این کودک معصوم بدبخت بسوزد [2:80]

Agar oʻzingizga rahmingiz kelmasa, hech boʻlmaganda bu bechora ma’sum goʻdakka rahmingiz kelsin
او یکی از آن افراد بدبخت بود که صمیمانه ترین بروز عواطف و احساساتشان مضحک است [3:29]

U eng samimiy xayrixohligini namoyon etuvchi va quvnoq yuradigan omadsizlardan biri edi
فقیر soʻzi ham kishining hayotiy holatini koʻrsatuvchi sifat leksemalardan biri sanaladi, u moddiy jihatdan nochor, kambagʻal ma’nolarini ifodalaydi:
کشف شد که آقای پرنس مثل یک مرد کلیسا، بیچیز و فقیر است [2:80]

Ogʻoye Prens huddi bir cherkov xizmatchisidek nochor va faqirligi ma’lum boʻldi
من نه آدم کشته ام بلکه به همنوعان فقیر و بیچاره خویش نیز کمکها کرده ام [1:4]

Men odam oʻldirmadim balkim, oʻzimga oʻxshagan faqir u bechoralarga yordam berganman
Badiiy nutqda kishi hayotining oʻtaketgan darajada ogʻirligi, uning oʻta kambagʻalligi بیچاره، بینوا، تنگدست، غریب، گدا، محتاج، مسکین، مفلس، ندار، نیازمند sifat leksemalarini qoʻllash orqali ham ifodalanadi:
آدم درمانده، گدا و خانه به دوشی بودم [1:58]

Bir gado odam edim
وضع زندگیش سخت بود، تنگدست و تنها بود و به نظر میآمد که کشورش روبه انحطاط نهاده است [2:20]

Yashsash ahvoli juda ogʻir, kambagʻal bva yolgʻiz edi, mamlakati tanazzulga yuz tutayitgandek koʻrinardi
Badiiy nutqda holat bildiruvchi bu kabi sifat leksemalar eng faol sifat leksemalardan hisoblanadi. Ularning badiiy matndagi tadqiqi ham ayni shu jihatdan tilshunoslik nuqtayi – nazaridan gʻoyat ahamiyatlidir.

Ma’lumki, sifatlar belgi – xususiyatni ifodalash vazifasini bajaradi. Matnda ayni shu vazifani ado etayotgan sifatlar bir paytning oʻzida ikki xil ma’no – denotativ va konnotativ ma’no kasb etadi. Denotativ ma’no sifat leksemalarning atash ma’nosi boʻlib, ularning bir qancha leksik- semantik guruhlarga tasniflanishida ham yetakchi mezon sifatida qaraladi. Konnotativ ma’no esa oʻzida sifat leksemalarining uslubiy qirralarini namoyon etadi. Konnotativ ma’no soʻzning denotativ ma’nosidan bir oz chekinishini talab qiladi. Xususan, badiiy asarlarda belgi bildiruvchi sifatlar turfa xil ma’no tovlanishlari bilan morfologik uslubiyatga yaqqol misol boʻla oladi.

سنگین sifat leksemasi, sifatlarning vazn- ogʻirlik bildiruvchi leksik- semantik guruhiga mansub soʻz hisoblanadi. Biz namunada keltirgan gapda bu soʻz koʻchma ma’noda qoʻllanilgan boʻlib, qiyin,chidab boʻlmaydigan, toqat qilib boʻlmaydigan sifat leksemalariga ma’nan yaqin turadi.
در هوای سنگین جز دود غلیظ کارخانه ی نیشکر چیزی نبود [4:69]

Toqqat qilib boʻlmaydigan havoda shakarqamish korxonasining tutunidan boshqa hech narsa yoʻq edi
خیانت ، جاسوسی بین المللی. خسارت سنگین به املاک شهری [1:6]

Xalqaro josuslik va xiyonat. Shahar budjetiga ogʻir zarar
و با احساسی خشمناک و سنگین ناگهان به خود گفت: باز برای خودم کار درست کردم! [2:9]

Gʻazab va ogʻir hissiyotlar bilan nogahon oʻzicha yana oʻzimga oʻzim ish orttirdim dedi
اما این آزادی مسئولیتی سنگین با خود به همراه میآورد. [2:6]

Ammo bu ozozdlik bilan birga katta mas’uliyat ham edi
ولایی که وظیفه سنگین یک گرداننده را بر عهده داشت؛ [3:78]

Yelkasiga ogʻir vazifani yuklagan bir doʻstlik edi
عظیم sifat leksemasi haqida ham xuddi shu fikrlarni aytishimiz mumkin. Bu sifat oʻrniga بزرگ neytral sifat leksemasini qoʻllashi ham mumkin, biroq unda koʻp hollarda badiiy matn oʻzining uslubiy qimmatini, badiiy ta’sirchanligini yoʻqotadi. Xuddi shuning uchun ham tilda soʻzlarning okkazional ma’noda qoʻllanilishlari badiiy uslubda faol amalga oshadi.

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, muayyan sifat leksemasi bir paytning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy konnotativ ma’no hosil qila oladi. Ayni paytda kontekstda faqat bir jihatni yo ijobiylikni, yo salbiylikni ifodalashi mumkin. Soʻzning uslubiy ma’no qirrasi faqatma- faqat kontekstdagina ayonlashadi.

Har qanday sifat leksemalari badiiy matndan tashqari oddiy soʻzlashuv nutqida ham faol okkazional ma’no kasb etishi mumkin. Hatto ba’zi oʻrinlarda bu ma’no sifatlarning denotativ ma’no ifodalashidan ham koʻra koʻproq ahamiyatga ega boʻladi. Masalan, maza – ta’m ma’nosida qoʻllanuvchi شیرین, تلخ leksemalari oddiy soʻzlashuv nutqida koʻproq koʻchma ma’noda qoʻllanilib, kishidagi turli xil ruhiy holatlar yoki tashqi koʻrinish tasvirlarida keng foydalaniladi.

Bitiruv malakaviy ishimizning yuqorida keltirilgan boʻlimlarida berilgan misollarda شیرین sifat leksemasining maza – ta’m bildiruvchi denotativ ma’nosi ikkilamchi oʻringa tushib, tashqi koʻrinish tasviriga nisbatan chiroyli, yoqimtoy ma’nosi birlamchi oʻringa chiqqan. Soʻzlashuv nutqidan bunga oʻxshash misollarni koʻplab keltirish mumkin. Umuman olganda, okkazional semali sifat leksemalarning tildagi ahamiyati shundan iboratki, ular nutq jarayonida, jumladan badiiy matnda uslubiy boyoqdorlik va emotsionallikni oshirishga ortiq darajada xizmat qiladi. Shu jihatdan ular matnda va ogʻzaki nutqda keng qoʻllanilish doirasiga ega hisoblanadi. Til taraqqiyoti va ongdagi evrilishlar natijasida muayyan sifat leksemalarining okkazional ma’no qutblari ham oʻzgarishlarga uchrab turadi. Bu esa uslubshunoslikda oʻrganilishi zarur boʻlgan yangi – yangi ilm ufqlarini ochadi, deb komil ishonch bilan ayta olamiz.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish