Shuningdek, سیاه qora sifat leksemasi سفیدoq sifat leksemasi bilan qarshilantirilgan holda, keng uslubiy ma’nolarda qoʻllaniladi. سفید oq sifat leksemasi ijobiy semani, سیاه qora sifat leksemasi esa salbiy semani ifodalashga xizmat qiladi. Koʻrinadiki, سفید oq va سیاه qora rang – tus sifatlarining nutqda uslubiy vazifa bajarish koʻlami nihoyatda keng. Badiiy asar muallifi سفید oq va سیاه qora leksemalarini qoʻllashda ma’lum bir ma’no nozikliklarini, okkazional semalarni ifodalashni koʻzda tutadi. Shunisi xarakterliki, badiiy matnlarda insoniy munosabatlar rang – tus bildiruvchi sifat leksemalar vositasida aniq, loʻnda va obrazli tarzda ifodalanadi. سفید oq va سیاه qora sifat leksemalari insoniy munosabatlar, xarakterlar tasvirining ikki qutbi – antonimi sanaladi. سفید oq leksemasini qoʻllashda insonga xos boʻlgan barcha ijobiy jihatlar nazarda tutilsa, سیاه qora leksemasini qoʻllashda esa buning tamomila aksi tushuniladi. Ularni badiiy adabiyotda qarama – qarshi qoʻllash esa fikrni aniq ifodalash, mazmunni kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish imkonini yaratadi.
سفید oq sifat leksemasi badiiyatda begʻuborlik, musaffolik, tinchlik ramzi sifatida keng qoʻllanadi. Uning kuchaytirma shakli ayniqsa, kuchli uslubiy boʻyoqdorlikka ega boʻlib, سفید بخت, سفید بختی, سفید پوست, سفید پوستی, سفید پوش, پی سفید, پیشانی سفید kabi birikma va qoʻshma soʻz tarkibida ijobiy kayfiyat, toza ruhni uygʻotish uchun faol ahamiyat kasb etadi.
بعد به طرف چپ ثلاث اخوت سه خواهران که قله های سفید و تمیز داشت پیچیده از آنجا عبور کردیم [ 2:49]
Soʻng oppoq va pok choʻqqili uch opa-singil selos oxovvatning chap tarafiga qayrilib, oʻsha yerdan oʻtib kettik
من که در آن دل شب بیدار شده بودم، چشمانم به روی صفحه سفید نقره فام و بیلورین ماه باز شد [ 4:27]
Men oʻsha tunda uygʻoq edim, koʻzlarim oyning kumushdek oppoq yaraqlagan yuziga tikilib turardi
سفید oq sifat leksemasi fors tilida asosan qarilikni, tajribalilikni anglatib keladi. Bunday hollarda bu sifat موی سفید, ریش سفید kabi birikmalar tarkibida qoʻllanadi:
فقط پیراهن سیاه دخترک و موی سفید پیرمرد در نظرش جالب آمده بود [ 3:85]
Faqtgina kichkina qizaloqning qora koʻylagi va qariyaning oq sochlari unga qiziq koʻringan edi
ما موی بلند سفید و ریش با وقار نقره ای رنگ ، به او جلوه پادشاه خردمند افسانههای باستانی را میداد [ 2:37]
Oppoq uzun sochlari va kumushrang soqoli unga qadimgi afsonalardagi aqlli podshoh viqorini berardi
19معنی سفید در فرهنگ معین
|
سفید
۱ - آن چه که به رنگ برف یا شیر باشد، ابیض . مق . سیاه . اسود.
۲ - (کن .) ظاهر، نمایان . سفید و اسپید و سپی نیز گویند
|
ریش سفید
مرد سالخورده دارای تجربه و آگاهی .
|
پول سفید
پول نقره ، سکة نقره
|
نامه سفید
نیک کردار
|
گیس سفید
زن سالخورده و دارای تجربه و آگاهی
|
یقه سفید
۱ - (عا.) کارمند دفتری یا دارای شغلی که مستلزم آلودگی دست و لباس نیست .
۲ - (عا.) کسی که دستش به دهانش می رسد
|
کف سفید
کنایه از: صاحب همتی که به سبب بخشش تهیدست شده
|
20معنی سفید در فرهنگ فارسی عمید
|
۲. (صفت) هر چیزی که دارای این رنگ باشد.
|
۱. از رنگ های ترکیبی شبیه رنگ برف یا شیر تازه
|
۴. (صفت) [مجاز] کسی که پوست سفید دارد
|
۳. (صفت) [مجاز] روشن.
|
۶. (موسیقی) نتی که از نظر زمانی برابر نصف نت گرد است
|
۵. [مجاز] فاقد رنگ، نوشته یا نقش: کاغذ سفید
|
پیشانی سفید
دارای پیشانی سفید
|
پی سفید
۱. سپیدپا.
۲. خوش قدم، خجسته پی: شد کار سخت بر ما هرچند پی سفیدیم / ماندیم در کشاکش از شق کمانی خویش (مخلص کاشی: لغت نامه: پی سفید
|
ریش سفید
۱. مرد پیری که موهای صورتش سفید شده باشد.
۲. [مجاز] کدخدا و بزرگ تر محله و ده
|
چشم سفید
۱. پررو، بی حیا، بی شرم.
۲. بی ادب، گستاخ.
۳. لجوج.
گیس سفید
زن سال خورده در خانواده که فرمانش نافذ است
|
21معنی سفید در لغت نامه دهخدا
|
|| روشن :
شما را سوی من گشاده ست راه
بروز سفید و شبان سیاه.
فردوسی.
|
سفیدسپید که نقیض سیاه باشد و به عربی ابیض خوانند. رنگی است روشن ترین رنگها و رنگی است خارج از رسته ٔ اصلی و فرعی. این رنگ را بهر رنگ دیگر اضافه کنندروشن تر سازد.
|
|| درمک. سمید. و آن قسمی نان است که سبوس گرفته باشند. (یادداشت مؤلف
|
|| کنایه از ظاهر و نمایان هم هست چه هرگاه گویند «سفید شد» مراد آن باشد که ظاهر و نمایان گردید. «سفید نشد» یعنی پیدا نشد
|
Yuqorida keltirilgan lugʻatlarda berilgan ma’nolarini umumlashtirgan holda سفید oq sifatinig quyidagi ma’nolrga egaligi aniqlandi:
Ma’nosi
|
Sinonimlari
|
Oq, kumush rang, qordek oppoq, yoshi ulugʻ toza, sof
|
بی رنگ ، پیر ، کهنه ، باستانی ، خاکستری ، سفید ، سفید مایل بخاکستری ، سفید شونده ، رو به سفیدی رونده ، بد بخت، سالخورده ، کهن ، مایل به خاکستری، پوچ ، نانوشته، خنگ، براق ، صاف ، نقره فام ، سیمین، برفی ، پوشیده از برف ، سفید همچون برف
|
Yuqorida keltirilgan misollarda rang – tus sifatlarining dennotativ ma’nosidan tashqari konnotativ ma’nosi ham yaqqol boʻy koʻrsatib turibdi. Chunonchi, سبز yashil sifat leksemasi tiriklikni, hayotni ramziy tasvirlasa,زرد sariq sifat leksemasi, bil’aks, ayriliqning, firoqning ramziy belgisi sifatida yuzaga chiqmoqda.
ای کاش آفتاب و علفهای سبز را دوباره میدیدم! [ 2:16]
Qaniydi quyosh va yam-yashil oʻtlarni yana koʻrsam edi!
در آن موقع ارابه ای که بار آن جو دو سر تازه و سبز بود از آنجا گذشت [ 4:7]
Ikki dasta yam-yashil arpa ortilgan arava oʻsha yerdan oʻtib ketardi
تازه برای چارپایان یونجه ریخته بود و پره های علف سبز به موهای زبر و کلاه پوستش چسبیده بود [ 3:6]
Endigina Chorpoyinga oʻt tashlagan edi, yashil oʻt sochlari va poʻstiniga yopishib qolgan edi
Yuqorida keltirirlgan misollardan koʻrinib turganidek, yashil sifat leksemasi asosan علف soʻzi bilan birikib kelib, tiriklik va hayotni ifodalab kelmoqda. زرد sifati برگ soʻzi bilan birikib kelganda esa bunga aks holatni ifodalashini kuzatish mumkin:
آنها به برگهای خاکستری و زرد که به نرمی تکان میخوردند نگریستند [ 3:56]
Ular asta sekin tebranayotgan sariq barglarga qarab turardilar
زرد sifati آفتاب soʻzi bilan birikib, kun botishi ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga زرد آفتاب birikmasi tarkibida زرد sifati ekspressiv ma’nosi, ya’ni umr yakuni ma’nosi anglashiladi.
Toʻplangan misollar tahlili natijasida زرد sifati asosan kasallik, baxtsizlik ma’nolarini anglatib, aksariyat hollarda rangisiz, rangi ochgan, kasal odamni ifodalashda qollanishi aniqlandi.
چشمان زرد اما شگفتی زای او به وضوح میگفتند: ما هر گز روی آسایش نمیبینیم [ 2:17]
Uning sarga’ygan lekin hayratga soluvchi koʻzlaridan biz hech qachon xotirjamlik koʻrmaymiz degani aniq koʻrinib turardi
آنها اکثرا لاغر، پژمرده و زرد جهره هستند [ 3:72]
Ularning koʻpchiligi ozgʻin, siniqqan va yuzlari sargʻaygan edi
جوانی زرد و اندوهگین که دایما سرفه میکد [ 4:27]
Sargʻayib ketgan va gʻamga botgan yigit tinmay yoʻtalardi
Yuqorida keltirilgan زرد sifatinig salbiy ottenkalaridan tashqari, uning ijobiy ottenkani ifodalab kelgan hollarni ham kuzatish mumkuin.
در این سفر، از صخرههای پشت سر هم که از سنگریزههای آتشفشانی پوشیده و در جوار آفتاب سوخته بودند عبور میکردیم. سراسر این مسیر را بوتههای کوچک زعفران پوشانیده بود و رنگ گلهای آن، چنان درخشان بود که از هر طرف چون طلای زرد رنگ دیده میشد [ 4:66]
ولی چون آفتاب میتابید، جز نیم رخی که بر نور درخشان و زرد رنگ نقش بسته بود چیزی ندید [ 2:98]
Lekin oftob singari charaqlab turardi, yorqin va sariq rangga burkangan yuzidan tashqari hech narsani koʻrmasdi
سرخ qizil sifat leksemasi xuddi سیاه qora vaسفید oq sifat leksemalari kabi juda koʻp ramziy ma’nolarda qoʻllanilgan. سرخ qizil sifat leksemasi goʻzallik timsoli sifatida keng qoʻllaniladi.
وقتی دست خانمرا میبوسید گفت: گونه های چون گل سرخ! [ 1:27]
Xonimning qoʻllarni oʻpayotib yanoqlari huddi qizil gulga oʻxshaydi dedi
Kuzatuvlarimiz natijasi سرخ sifati koʻp hollarda زرد sifati anglatgan rangisiz, rangi ochgan ma’noga zid ravishda qoʻllanishi faolligini koʻrsatdi.
این زن مو بور و سرخ چهره بود [ 1:50]
Bu ayolning sochlari sariq yuzlari qip-qizil edi
من قبلا آقای حسنی را به صورت مرد میان سال توانمندی با صورت سرخ در نظر مجسم کرده بودم [ 3:79]
Ilgari ogʻoye Hasanini oʻrta yoshli baquvvat yuzlari qip-qizil kishi sifatida tasavvur qilardim
سرخ sifati goʻzallik, sog;lomlik ma’nolaridan tashqari, gʻazab, uyalish va sharmandalik ma’nosini ham anglatib keladi. Buni quyidagi misollar orqali koʻrishimiz mumkin:
شاهزاده ناگهان سرخ شد و لرزش شدیدی در سر تا پای وجودش احساس کرد [ 4:27]
Shahzoda birdan qizarib ketti, butun vujudi boʻylab kuchli titroqni his qildi
شبنم سرخ شد و حس کرد که اشک در چشمش مینشیند [ 1:38]
Shabnam qizarib ketti va koʻzlari yoshga toʻlganini sezdi
آنگاه از شرم سرخ شد و پرسید، تو از کجا میدانی؟ [ 2:27]
Shunda uyatdan qizarib soʻradi: sen qayerdan bilasan?
گونه هایش سرخ شد باز دندانهایشرا به هم فشرد [ 1:89]
Yanoqlari qizarib tishini tishiga qoʻyib oʻzini bosdi
سرخ sifati kun botish ma’nosini ham anglatib keladi:
آفتاب داشت طلوع میکرد و آسمان مشرقرا به رنگ گل سرخ درآورده بود [ 3:95]
Quyosh botar va osmon mashriqni qizil rangga burkagan edi
سرخ sifati asosan tabiat hodissalarini tasvirlashda qoʻllanib, goʻzallikni ifodalashga xizmat qiladi:
ابر صورتی رنگ سپیده دم خودرا بر آسمان میگسترد و با رنگ سرخ میدرخشید [ 2:78]
Pushti rang bulut saharni osmon boy’ylab yoyib, qip-qizil rangda porlardi
ماه با چهره ای سرخ از پشت گنبد مسجد بیرون میامد [ 1:86]
Qizil yuzli oy masjidning gunbazi orqasidan koʻrinib turardi
Fors tilida سرخ sifatining آل، حمرا، قرمز، گلرنگ، گلگون، لاله گون kabi sinonimlari mavjud boʻlib, ularning qoʻllanishida ham oziga xos uslubiy xoslanish kuzatiladi.
Umuman olganda, rang – tus bildiruvchi sifat leksemalar har xil soʻzlar bilan birikib, epitet vazifasida kelishi va turli uslubiy maqsadlarda qoʻllanilishi keng tarqalgan. Yuqorida biz faol qoʻllaniluvchi rang –tus ifodalashga xizmat qiladigan سیاه qora, سفید oq, سرخ qizil, زرد sariq, سبز yashil sifat leksemalarning semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari haqida fikr yuritishga harakat qildik.
2.2. Maza – ta’m sifatlariga xos konnotativ ma’nolar
Ma’lumki, sifat asosan predmetning belgisini bildiruvchi soʻzlar guruhidir. Sifatlar semantik jihatdan shakl, holat, xususiyat, maza – ta’m, hid bildiruvchi guruhlarga tasniflanadi. Sifatlarning mazkur guruhlari ularning denotativ ma’nosiga asoslanadi. Biroq nutqiy qoʻllanishda mazkur guruhga kiruvchi sifatlar oʻzlarining turli ma’no qirralari bilan soʻzlovchiga keng imkoniyat beradi. Buni asosan matn tahlilida kuzatish mumkin. Ilmiy manbalarda soʻzning bunday semantik imkoniyatlari konnotativ ma’no sifatida qayd etiladi. “Konnotatsiya” - leksema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir. Ular leksemalarni atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy munosabatlarni ifodalashga yoxud shu leksemalarning qoʻllanilishi doirasini belgilashga xizmat qiladi.
Biz quyida maza – ta’m bildiruvchi sifatlarning konnotativ ma’nolari toʻgʻrisida soʻz yuritmoqchimiz.
Maza – ta’m bildiruvchi sifatlar shaxsning tashqi koʻrinishiga nisbatan qoʻllanilib, oʻzining maza – ta’m ma’nosidan uzoqlashadi. Masalan:
راستی چه دختر شیرین و نازنینی بود! [ 2:6]
Juda shirin qizcha edi!
Ushbu gapdagi شیرین shirin sifati shaxsning tashqi koʻrinishiga nisbatan qoʻllanilib, chiroyli, yoqimtoy kabi soʻzlarning sinonimi sifatida anglashiladi.
Ba’zan maza – ta’m sifatlari soʻzlovchining ruhiy holatiga tavsif beruvchi belgi ma’nosida qoʻllaniladi:
آه خدای من چه آرزوهای شیرین و چه رویاهای دل انگیزی! [ 4:12]
Ey xudo qanday shirin orzular va qanday dilni oʻrtaguvchi haqiqat!
می خوام چشممرو ببندم همه خاطرات تلخ رو فراموش کنم [ 3:28]
Koʻzlarimni yumib, barcha achchiq xotiralarni unutishni istayman
Ushbu gapdagi تلخ achchiq va شیرین shirin sifatlari oʻzlari bogʻlanib kelgan خاطرات xotiralar va آرزوها orzular soʻzlarini sifatlab kelgan. Mazkur holda soʻzning maza – ta’m ma’nosi ikkilamchi oʻringa tushib, asosiy birlamchi ma’nosi ruhiy holat ifodasiga ixtisoslashadi.
Ijtimoiy jarayondagi mavhum tushunchalar bilan birga qoʻllanilib, yaxshi va yomon ma’nolarini ifodalaydi. Masalan:
در حقیقت، هستند از حکیمان ساحر که پهلوان سرگردانیرا گرماگرم خواب شیرین برمیدارند
[2:27]
Haqiqtdan ham sargardon pahlavonni shirin uyqudan uygʻotadigan afsungarlardandirlar
چشم سیاه که سرشار از کلام تلخی بود [3:56]
Qora koʻzi achchiq soʻzlarga toʻla edi
Maza – ta’m bildiruvchi تلخ achchiq vaشیرین shirin sifati predmetning hidini ifodalab, konnotativ xususiyatini namoyon qiladi:
جلبک گندیده همراه با بوی تلخ و شیرین ریشه بید خیس خورده و پوسیده از آب شنیده میشد
[1:12]
Namiqib qolgan tol ildizining shirin va achchiq hidi bilan aralash aynib qolgan suv oʻti suvdan koʻrinib turardi
همینکه به خانه ای که در نیمه تاریکی فرو رفته بود پا گذاشت بوی تلخ باز به مشامش خورد
[ 2:90]
Yarim qorongʻulikka choʻkkan uyga kirishi bilan achchiq xid dimogʻiga urildi
Quyida berilgan matnda esa شیرین shirin soʻzining salbiy baho munosabatini ifodalashga xizmat qilishini kuzatish mumkin. Shirin soʻzi lugʻaviy ma’nosiga koʻra maza – ta’mning lazzatli ekanligini bildiruvchi soʻz. Biroq matnda soʻzlovchi talabi bilan u maza – ta’m ma’nosidan butkul uzoqlashadi, boshqa ma’noni ifodalay boshlaydi.
رهبران یهودا به انبیای وفادار فرمان میدهند تا "راستی" و حقیقت را به زبان نیاورند بلکه "سخنان شیرین" و "مکاید" و یا به عبارت دیگر سخنان کذب بگویند و بدین ترتیب نشان میدهند که فقط خواهان شنیدن کلمات گوشنواز هستند [ 2:36]
Bu oʻrinda شیرین shirin soʻzi kesatiq ma’nosida qoʻllanganligi sababli salbiy baho munosabatini shakllantirgan. Buni matn qurshovida yanada aniqroq his etish mumkin.
Shunisi xarakterliki, soʻzlashuv nutqida maza – ta’m bildiruvchi sifat leksemalar asosan iste’mol qilinadigan predmetlar (آب suv, چایchoy, قهوهkofe, غذا taom, شیرینی shirinliklar kabi)ga nisbatan qoʻllanilsa ( و بعد شکالات، مطمیناً شکلات تلخ و شیری شکری va soʻng shokolad, albatti achchiq va sutli), badiiy nutqda bu holat juda kam uchraydi. Badiiy matnlarda maza – ta’m bildiruvchi sifat leksemalar asosan koʻchma ma’noda qoʻllaniladi, hamda quyidagi okkazional ma’nolarni ifodalaydi:
a) havoning sovuqlik darajasini ifodalaydi:
b) “yoqimli” semasini ifodalaydi:
d) shirin leksemasi insonga nisbatan qoʻllanilganda ham “yoqimli” semasini ifodalashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, maza – ta’m bildiruvchi sifat leksemalarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, toʻplangan materiallar tahlili shuni koʻrsatadiki, leksik – semantik guruhga mansub birgina شیرین shirin leksemasi koʻchma ma’nolarni, okkazional semalarni ifodalashda keng imkoniyatlarga egadir. Ayniqsa, badiiy matnda شیرین shirin sifat leksemasining uslubiy ma’no imkoniyatlari yaqqolroq oʻz aksini topadi.
Demak, yuqoridagi misollarda mualliflar oʻz subyektiv munosabatlaridan, soʻzdan foydalanish mahoratidan kelib chiqib, shirin leksemasini uslubiy vosita sifatida qoʻllaganlar va shu bilan badiiy matnlarning ta’sirchanligini ta’minlaganlar. Shirin leksemasi koʻchma, okkazional ma’noda qoʻllanilgan har bir oʻrinda “yoqimli, sevimli, ardoqli” semalari boʻrtib turadi.
Achchiq leksemasi haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Bu leksema ham matnga bogʻliq holda turli xil okkazional ma’nolarni ifodalashi mumkin:
a) “qaygʻuli, alamli” semalarini ifodalaydi.
b) “kishi kayfiyatiga yomon ta’sir qiluvchi, ozor beruvchi” semalarini ifoda etadi.
d) “ayanchli, kishining rahmini keltiruvchi” semasini ifodalaydi.
e) “hid” semasini ham bildiradi.
f) ma‟noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, predmetning maza – ta’mini ifodalash uchun xizmat qiladigan sifat leksemalar badiiy nutqda oʻzlarining koʻproq koʻchma ma’noda qoʻllanilishi, okkazional semalarni ifodalashi, muhim uslubiy vosita ekanligi bilan xarakterlanadi.
Mazkur bob boʻyicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Fors tilida rang bildiruvchi sifatlarning har biri oʻziga xos semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning uslubiy imkoniyatlari, okkazional semalarni ifodalash xususiyati nutq jarayonida yuzaga chiqadi. Maza – ta’m bildiruvchi sifatlar ularning denotativ ma’nosiga asoslanadi. Lekin bu sifatlar oʻzlarining turli ma’no qirralari bilan soʻzlovchiga keng imkoniyat berishini matn tahlilida kuzatish imkoni mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |