Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna


Tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi



Download 140,17 Kb.
bet5/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

Tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi. Ushbu ish yuzasidan quyidagi risola va maqolalar e`lon qilindi:
1. Ёниқ қалб ҳарорати. –Бухоро: "Бухоро", 2012. (Ш.Ахмедова билан ҳамкорликда). –62 б.
2. Чўлпон ҳақида теран сўз /Филология масалалари. –Тошкент: "Фан". 2012, № 5. –Б. 28-30.
3. Яссавийшуносликда янгича талқинлар //Цветаевские чтения. Сборник статей Республиканской научно-практической конференции.
–Бухоро, 2012, 22-май, –Б.367-368 .
4. Тасаввуф ва шеърият талқинлари //Изланиш самаралари. №2. Ўзбекистон ёш тилшунослари ва адабиётшуносларининг анъанавий илмий анжумани материаллари. –Тошкент, 2012, М2-сон, –Б.182-184 .
5. Бадиий матн сир-синоатлари хусусида // Тафаккур ва талқин. Магистрларнинг илмий мақолалар тўплами. –Бухоро, 2012, –Б.55-58 .
6. Знаток классической литературы. "Филология меселелери". –Боку. 2012, № 9. –Б.77-81 .
7. Алишер Навоий қитъалари талқини //Филология масалалари. Тошкент: "Фан", 2013, № 6. –Б.148-151.
8. Edebi-Bilimsel Sohbetler / “Güncel Sanat”. –Turkiya, 2012. –B.28 -30.
Ishning tuzilishi va joriylanishi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat ko`rinishda tuzilgan. U Buxoro davlat universiteti o`zbek filologiyasi kafedrasining 2013 yil, ... sonli kengaytirilgan maxsus yig’ilishida muhokama etilib, himoyaga tavsiya etilgan.


I BOB. IZLANISHLAR YO`LIDA
I.I. Ibrohim Haqqulovning hayot va ijod yo`li
Yozuvchi yoki shoir mehnati va badiiy asari salmog’ini kitobxon ongiga etkazish, uni to`g’ri baholay olish adabiyotshunosdan bilimdonlikdan tashqari yana dadillik va jur`atni ham talab qiladi. Oqni oq, qorani qora deb betga aytish oson emas. To`g’ri so`z tuqqaningga yoqmaydi deb bekorga aytilmagan. Adabiyotshunos bo`lishning qiyinligi ham, uning eng kerakli jihati ham shunda. Ammo chin tanqidchi uchun faqat jur`at, dadil fikr aytishning o`zi etarli emas, axir, odamlar orasida ko`zingga qarab turib, oqni qora, qorani oq deb aytadiganlar uchragandek, yomon asarni bila turib, nimaningdir ta`sirida yaxshi deyishga, bu mening shaxsiy fikrim deb turadigan tarafkash tanqidchilar yo`q deysizmi? Ammo shunday olimlar borki, har qanday sharoitda ham haq so`zni aytishdan cho`chimaydilar. Olimning shaxsi, uning adabiyot sohasining mutaxassisi va inson sifatidagi xususiyatlari adabiyotshunoslikka oid asarlarda katta o`rin tutadi. Adabiyotshunos inspektor emas, balki mutafakkirdir, u mutaxassis, ayni vaqtda yozuvchi hamdir, uning ishi haqiqatni izlash va topishdir. “U sharhlovchigina emas, talkin etuvchi, baholovchi va hukm qiluvchi hamdir; yozuvchi hayot haqida yozadi, tanqidchi esa hayot va adabiyot haqida yozadi va shu bilan birga bu sohalarni chuqurroq anglashda yozuvchiga ko`maklashadi, shu orqali yozuvchi va adabiyot saviyasini oshirib boradi, xalqning ijtimoiy ongi o`sishiga xizmat qiladi”,- deb yozadi Izzat Sulton 1. Hayoti va ijodini o`rganishni maqsad qilganimiz, Ibrohim Haqqulov ana shunday jonkuyar olim va faol adabiyotshunosdir.
O`zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidining rivojiga munosib ulush qo`shib, sermahsul ijod etib, ko`plab monografik tadqiqotlar, ilmiy-tanqidiy asarlar, kitoblar, maqolalar yaratayotgan Ibrohim Haqqulov filologiya fanlari doktori, professor sifatida samarali ijod etib kelmoqda. “Olim va ijodkor dunyoqarashining shakllanishida, kamolotida nima muhim o`rin tutadi? U tug’ilib o`sgan joy makonmi, zamonmi, olgan ta`limiyu oilaviy hamda adabiy muhitmi? Yоxud u mansub ilmiy-adabiy an`analaru undagi tug’ma qobiliyat va betinim izlanishlar samarasimi? Mening nazarimda bularning barchasi o`zaro uyg’unlikda namoyon bo`ladi. Zero, ijodkor dunyoqarashining shakllanishi va kamolotida yuqoridagi har bir omilning o`z o`rni, o`z ahamiyati bor”, - yozadi professor To`ra Mirzayev1. Haqiqatan ham etuk olimning ilmda yuksak cho`qqiga chiqishida har bir omil muhim o`rin tutadi.
Ibrohim Choriyevich Haqqulov Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Talija qishlog’ida, ziyoli xonadonda tug’ilgan. Uning adabiyotga qiziqishi oila muhitidan boshlangan, buvisidan Navoiy, So`fi Ollohyor g’azallari, Yassaviy hikmatlarini eshitib ulg’aygan olim o`rta maktabda ham a`lo baholar bilan o`qidi. 1970 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti filologiya fakul’tetini tugatdi. “Shofirkon haqiqati” tuman gazetasida faoliyat ko`rsatdi (1970-1972). “Daryo kabi hamisha uyg’oq...”, “Qalbi daryo shoir”, “Mavlono Ashraf”, “SHuhratli adib”, “E`zozli do`stlik”, “Dovruqli baxshi” kabi dstlabki adabiy maqolalarini yozdi. 1973 yildan boshlab, o`zining butun hayoti va faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti bilan bog’ladi. Bu dargohda oddiy laborantlikdan bo`lim mudirligigacha bo`lgan ilmiy-ijodiy yo`lni bosib o`tdi. 1975 yilda “O`zbek mumtoz adabiyotida ruboiy” mavzuida nomzodlik, 1995 yilda “O`zbek tasavvuf she`riyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyat bilan himoya qildi.
Olimning “O`zbek adabiyotida ruboiy”, “Uvaysiy she`riyati” (1982), “Badiiy so`z shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1989), “She`riyat-ruhiy munosabat”(1989), “Abadiyat farzandlari”(1990), “Kamol et kasbkim” (1991), “Tasavvuf va she`riyat” (1991), “G’azal gulshani” (1991), “Xoja Orif Mohitobon” (1996), “Irfon va idrok” (1998), “Tasavvuf saboqlari” (2000), “Ahmad Yassaviy” (2001), “Kim nimaga tayanadi?” (2006), “E`tiqod va ijod”(2007), “Navoiyga qaytish” (1-kitob, 2007), “Abdulla Qahhor jasorati” (2007), ”Taqdir va tafakkur” (2007), “Meros va mohiyat” (2008), “Ijod iqlimi” (2009), “Navoiyga qaytish” (2-kitob, 2011) kabi mumtoz adabiyot tarixi va zamonaviy adabiyotning muhim masalalariga bag’ishlangan o`ttizga yaqin kitoblari, 300 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan. 1997 yil olim Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti bilan taqdirlangan.
Iste`dodli olim mumtoz adabiyot tarixi, tasavvuf she`riyati, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan tadqiqotlari orqali yirik va zukko adabiyotshunos sifatida tanilgan. Quyida berilayotgan ta`rif ham olim qiyofasini yorqin tasavvur qilishga yordam beradi: “Ibrohim Haqqul deganda ko`z oldimizda mumtoz so`z san`ati va zamonaviy adabiyot masalalarini birday mahorat bilan tadqiq etayotgan, tasavvuf va she`riyat munosabatlari borasida eng salmoqli va o`qishli tadqiqotlar yaratayotgan donishmand adabiyotshunos, qariyb qirq yildan buyon adabiy jarayonda faol qatnashib, muhim va dolzarb mavzulardagi dadil chiqishlari bilan unga yangi nafas bag’ishlab kelayotgan bilimdon munaqqid, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Сho’lpon she`rlarini nashrga tayyorlagan zahmatkash matnshunos, Hoji Bektosh Valiy, Najmiddin Kubro asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan mohir mutarjim, “Sayqal” radioeshittirishi va “G’azal sog’inchi” ko`rsatuvi orqali SHarqning buyuk so`z san`atkorlari hayoti va ijodi bilan keng xalq ommasini tanitishda jonbozlik qilgan ilm fidoyisi, keng jamoatchilik allaqachon iste`dodli olimlar sifatida e`tirof etgan umidli yoshlarning bag’ri keng va talabchan ustozi, muxtasar qilib aytganda, ilmi chek-chegarani, iste`dodi ko`lam-miqyosni, kitobu maqolalari had-hisobni bilmaydigan, olimlik va odamiylik fazilatlari ta`rifu tavsifga sig’maydigan, har jihatdan etuk olim va barkamol inson namoyon bo`lishi shak-shubhasiz”51.
Olimning adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik faoliyatining eng muhim fazilatlaridan biri-uning tadqiqotlarida mumtoz adabiyot vakillari ijodi va hozirgi zamonaviy adabiyotning ma`naviyatimiz taraqqiyotidagi o`rni o`rganilishi, umumlashtirilib, teran ilmiy xulosalar chiqarilishidir. Uning, ayniqsa, o`zbek tasavvuf she`riyati taraqqiyoti, etakchi tamoyillari xususidagi umumlashtiruvchi ilmiy-nazariy fikrlari adabiyot ilmi taraqqiyotida muhim o`rin tutadi.
Adabiyotshunoslikda ko`pincha har bir olimning o`zi qiziqadigan sohasi bo`ladi. Masalan, Homil Yoqubov Oybek ijodi, Laziz Qayumov Hamza hayoti va ijodi, Izzat Sulton realizm masalalari, Matyoqub Qo`shjonov nasr, Hafiz Abdusamatov hajviyot, Komil Yashin ijodning umumiy masalalari va dramaturgiya muammolari, Salohiddin Mamajonov she`riyat, G’afur G’ulom ijodi, Umarali Normatov hikoya va roman, Ozod Sharafiddinov va I.G’afurov she`riyatda mahorat, A.Abdug’afurov navoiyshunoslik, G’.Karimov Furqat va Muqimiy ijodi, V.Abdullayev mumtoz adabiyot masalalari bilan ko`proq shug’ullandilar va hokazo. Har bir yirik adabiyotshunos o`zi tanlagan sohaning etuk mutaxassisi bo`lib qoldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, I.Haqqulov mumtoz adabiyot tarixi, tasavvuf ilmining bilimdoni, Yassaviyshunos va yirik navoiyshunosdir. Olimning aksariyat tadqiqotlari shu mavzuda. Shu bilan birga u hozirgi adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, Sadriddin Ayniy, Oybek va A.Qahhor haqida ayniyshunos, oybekshunos va qahhorshunos olimlar orasida o`z so`zini ayta oladigan tanqidchilardandir. U adabiy suhbat va obzor maqola janrlarining etuk namunalarini yaratgan, badiiy asar, ayniqsa, she`riy asarlarning nozik tahlilchisi hamdir.
Haqiqatan ham bugungi kunda o`zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligi Ibrohim Haqqul siymosida u yoxud bu adabiy hodisani umuminsoniy qadriyat sifatida umumjahoniy falsafiy-estetik mezonlarda tahlil qila va baholay oladigan yorqin iste`dodni ko`ra oldi. Shu munosabat bilan yana O.Sharafiddinovning Ibrohim Haqqulga yo`llagan xatida ta`kidlangan ikki nuqtaga e`tiborni qaratishga to`g’ri keladi: Birinchisi – “mutaxassislarimizning intellektual darajasini ko`tarish” va ikkinchisi – “istiqlol adabiyotshunosligini yaratish va rivojlantirish uchun...ijod erkinligi, tafakkur erkinligi”ga erishmoq shart. “Shu mantiqdan Ibrohim Haqqul ijodiy qiyofasiga nazar solinsa, har ikkala shart ham o`zaro uyg’unlashgan holda uning ijodkorlik iste`dodi va salohiyati asoslarini belgilab kelayotganligiga qanoat hosil qilish mumkin. Shundanmikin, u xoh mumtoz adabiyotga, xoh hozirgi adabiyotga daxldor adabiy hodisa yoki fakt bo`lishidan qat`iy nazar, umuminsoniy qadriyat sifatida xalqaro estetik tafakkur prizmasidan o`tkazgan holda yangicha tahlil va talqin qiladi, o`sha hodisa haqida kutilmagan, lekin tom ma`noda yangi va toza, xulosa va umumlashmalarga boy falsafiy – estetik fikrlarini o`rtaga tashlaydi. Aytaylik, Shekspir ijodida o`z zamonasidagi diniy e`tiqod izlari mavjudligini hech kim inkor etmagan, lekin o`sha diniy qarashlarning sharqqagina, qolaversa, islomga daxldor tasavvufiy qarashlarga aloqador qirralarini ilmiy-estetik mantiqqa suyangan holda kashf etish, o`sha O.Sharafiddinov ta`kidlagan “ijod erkinligi, fikr erkinligiga” asoslangan ilmiy jasorat emasmi?” deb yozadi professor O.Safarov1.
Olimning bu tarzdagi G’arbu Sharqdagi qarash va hodisalarni o`zaro qiyoslashi, tipologik va mushtaraklik xususiyatlarini umuminsoniy falsafiy-estetik qadriyat sifatida umumlashtirishga intilishi faqat Shekspir asarlari tarjimalariga munosabat doirasida qolib ketmagan. Ayni choqda uning Jamol Kamol fors-tojik tilidan muvaffaqiyat bilan o`zbekchaga o`girgan Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma`naviy”siga yozgan so`ng so`zi – “Millati ishq barcha dinlardin judo..”, “Hikmatlar”iga yozgan so`zboshi –“Hikmat – ko`ngil chirog’i”, Farididdin Attorning “Mantiqut tayr”, “Ilohiynoma” va “Asrornoma” asarlariga yozgan so`zboshilari – “Navoiyni maftun aylagan kitob”, “Ko`ngil kimyosi”, “Attor kashf etgan asror”, Abdurahmon Jomiyning “Gulshaningda so`lmasin gul” saylanmasiga bitgan so`zboshisi – “Ruh va ma`no sarboni” kabi maqolalari yuksak did va teran tafakkur bilan yozilgan. Bu silsilaga uning zamonaviy adabiyot haqidagi o`nlab maqolalarini ham kiritadiki, ular “betakror mushohadalarga asosli daynu dalillarga boyligi bilan nainki o`zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, ayni zamonda xorijdagi adabiyotshunoslik va tanqidchilikdagi estetik qarashlardan qolishmaydigan mulohaza va muhokamalarga to`yintirilganligi bilan ham diqqatni tortib turadi”. Ularda I.Haqqulning erkin mantiqiy tafakkurga asoslangan fikrlash tarzi va bayon etish uslubi ham o`ziga xos, mushohadalari aniq va tiniqligi bilan kitobxon diqqatini tortib keladi, uni Adabiyot atalmish mo``jizaga yaqinlashtiradi.
I.Haqqulov samarali tadqiqotlari bilan birga uzoq yillardan beri O`zbekiston Respublikasi FAsi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Adabiyot tarixi bo`limini boshqarishdagi tashkilotchilikni qo`shib olib bormoqda. Bugungi kunda ko`p jildlik “O`zbek adabiyoti tarixi” monumental tadqiqotini yaratishdagi fidoyiligi, iste`dodli shogirdlarni fanga etkazib berishdek zahmatli mehnati namuna bo`larlik. Olim o`zining adabiyotni yuksaltirish yo`lidagi jonkuyarligi bilan adabiy jarayonda faollik ko`rsatib kelayapti.

Download 140,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish