Beki va uning ustozi o’rtasidagi insoniy iliqlik manzarasiga boqa turib, qadimgi yunonlarda pedagogga bo’lgan yuqori e’tiborni tushunganday bo’ldim. Shu jihatiga ko’ra Yunoniston antik madaniyat sarchashmasi bo’lgan bo’lsa, ajab emas. Mantiqan olib qaralsa, jamiyatda qaysi kasb egasi bo’lmasin, ularning bari pedagog ta’limini olgan. Demakki, dunyoning ertangi manzarasi bu buyuk shaxslar faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Mashhur rus pisixologi V. Sinelnikov shunday degan edi: “Koinot va odam bir butun, agar koinotni bir organizm deb oladigan bo’lsak, undagi har bir odam uning bitta hujayrasi demakdir. Kishi hayotda yaxshi yashab, ezgu ishlar qila olish uchun esa, shu maqsadga erishadigan dastur modeliga ega bo’lish zarur”. Aftdidan, Sinelnikov haq ko’rinadi, haqiqatan, hech kim hayotda yomon yashashni xohlamaydi, yomon tarzda yashayotganlar esa, o’zlarining hayot modelini to’g’ri tanlab ola bilmagan, bunda esa ularga Bekining ustozi singari pedagogni hayotning o’zi ro’baro etmagan.
Bekining taqdiri shunchaki kechmish emas, balki bizni buyuk maqsadga chorlayotgan bir chaqiriq ekanligini falsafiy mushohodali shaxs borki, tushunadi. Atrofimizda talantlar ko’p, ammo uni ro’yobga chiqara oladigan Vilkinson singari o’qituvchilar yo’qdek. Vilkinsonning o’zi ham mohir pedagog tarbiyasini olgan va pirovardida o’zining hayotiy modelini to’g’ri tanlab, o’qituvchilik kasbi nafaqat o’zini, balki butun insoniyatni kamolotga yetkazishini anglagan.
Qobiliyatsiz odam bo’lmaydi deganda, Deyl Kornegi ham adashmagan edi. Biz yana mantiq ustuniga suyanamiz, dunyoda hozir 8,5 mlrd odam bor, ammo rivojlanish g’ildiragini shularning ichidan 10 mln nafari yurgizyapti desam, nima deysiz? Endi aytingchi, qolgan 8,4 mlrd odam uchun “shafyor mashinasini boshqarsin, farrosh tozalikka qarasin, jinoyatchi turmada yotsin” degan qabilda javob berasizmi yoki bo’lmasa Vilkinsonga o’xshash o’z kasbini sevuvchi, o’quvchilar qalbiga yo’l topa oluvchi pedagoglarning kamligidan shikoyat qilasizmi?! Bunga beradigan javobingiz, albatta o’zingizning hayot modelingizdan kelib chiqishi, tabiiy. Ishqilib, sizga ham yaxshi pedagog duch kelgan bo’lsin.
Beki haqidagi hikoyasi uchun ustozimga samimiy minnatdorchiligimni bildirman, negaki bu hikoya mening pedagogik hayot yo’limda ko’p as qotishiga ishonaman. Aynan shu hikoya orqali men ham hali ko’pchilikni tushkunlikdan qutqarib yangi optimistik hayot yo’liga chorlashim aniq. Ehtimol, mening hikoya haqidagi mushohodam o’xshamagan bo’lishi mumkin, lekin shuni bilamanki, ustozim menga, albbatta yana imkoniyat beradi, men ham nasib etsa, Bekiga o’xshash mukammal hikoya muallifi bo’laman, chunki bu hikoyani aytib bizni ta’sirlantirib yuborgan ustozim, Bekining ustozidan-da mohirroq.
Ungalova – Murtozayeva Dilnoza.
29.01.2021 y. 11:06
Do'stlaringiz bilan baham: |