Mahmudov Javohirbek
Xitoy 1980-yillardan faol va oqilona iqtisodiy siyosat olib borgani uchun juda katta iqtisodiy natijalarga erishdi. XXcasarning oxirgi 20 yili ichida YIM i 6 barobarga oshdi. Davlat apparati ancha takomillashtirdi. Lekin XX asrda uzoq vaqt XXR o’zini tashqi siyosatda o’zini 2-davlatdek his qildi. Lekin XXI asrdan tashqi siyosatda o’z o’rniga ega bo’la boshladi. YIM bo’yicha AQShdan so’ng 2-o’rinni egalladi. BMTning Xavfsizlik kengashining doimky a’zosi bo’ldi. 1980-yillarda yadro quroliga ega bo’ldi. Ko’plab G’arb davlatlari bilan munosabatlar yo’lga qo’yildi. Hattoki hozirgi kunda iqtisodiy qudratidan unumli foydalanib tashqi siyosiy tasirini kengaytitish yo’lidan bormoqda. Shuni takidlash lozimki, u Osiyo va Afrika mintaqasida o’z tasirini oshirish siyosato olib bormoqda. Xitoy harbiy qudrat bo’yicha ham juda katta natijalarga erishdi. Dunyodagi eng ko’p sonli armiyaga ega bo’ldi. Armiyadagi qurollar ham bir muncha zamonaviylashdi. Kino va madaniyat jihatdan o’zini dunyoga ko’rsatdi. Ko’plab sohalar bo’yicha yuksak o’rinni egalladi. Dunyodagi eng ko’p aholiga ega bo’ldi. U agrar davlatdan industrial-agrar davlatga aylandi. Sanoat industrallashtirildi va modernizatsiyalshdi. O’zini aholisini o’zi boqa boshladi. Shuningdek chetga oziq-ovqat mahsulotlarini chiqara boshladi.
Bilamizki AQSh XXRning tashqi siyosatda asosiy hamkori hisoblanadi va shuningdek, stretegik hamkori hiosblanadi. Oradagi munosabatlar tez suratlar amalga oshiraldiga davlat rahbarlarining tashrifi bumi yanada yaxshiladi. Masalan, 2017-yil noyabrda sobiq AQSh prezidenti Tramp Xitoyga rasmiy tashrif bilan kelib, bir qator muzokaralar olib bordi. Bunda orada 250mlrd dollardan oshiq summada kelishuvga erishdi. Lekin orada bir qator masalalar bo’yicha kelishmovchiliklar va ziddiyatlar bor. Masalan, XXR Koreya Xalq Demikratik Respublikasini tashqi siyosatda qo’llagani uchun bu ziddiyatlarni yanada merakkablashtirib yuboryapti. Shuningdek, AQShning XXRni Osiyo va Tinch okeani mintaqasida o’z tasir doirasini kengaytirishga qaratilgan harakatlari va bu XXRni bu mintaqadan siqib chiqarishga qaratilgani Pekinning jiddiy qarshiligiga uchrab kelmoqda.
Bilamizki, XXR iqtisodiy va harbiy jihatdan juda qudratli davlatlar qatoriga kiradi. Uning iqtisodiy jihatdan juda qudratli bo’lgani va uzoq taraqqiyotni bosib o’tganligi tufayli O’zbekiston u bilan alqoalarni yo’lga qo’yishga manfaatdordir. XXR dunyoda eng katta ishlab chiqarish salohiyatiga ega va juda arzon xom shyo manbalariga va mehnat resurslariga ega. Tibbiy jihatdan ham katta natijalarga erishgan. Shu sababli ham davlatimiz bu munosabatlarni yo’lga qo’yishga manfaatdordir. XXR ham o’z navbatida bundan manfaatdor. Bu davlatlar orasida ikki tomonlama munosabatlar olib borildi. Davlatimiz mustaqilligini ham bu davlat birinchilardan bo’lib tan olgan.
O‘zbekiston – Xitoy. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan. Bular ikki mamlakatga har ikki tomonni qiziqtiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik olib borish imkonini beradi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisining 2010-yildagi O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil iyunda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar rahbarlari tomonidan “Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot” imzolanganini ko‘rsatish mumkin. O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014–2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 2017-yil 11–13-may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boʻlgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar boʻlgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
2017-yilning o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan 60 mlrd. dollarlik shartnomalar imzolangan bo‘lsa, shuning 35 foizi, ya’ni 23 mlrd. dollari Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy tillari, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan.
. 2000- yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT” deb o‘zgartirildi.
Bular shuni isbotlab turibdiki XXR va davlatimz munosabtalri o’rtasida juda katta aloqalr bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |