Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna



Download 140,17 Kb.
bet8/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

Ahli dark, zurafolarning yuksak maqomdagilari oriflar (urafo) nomini olgan bo`lib, Qur`on, hadis, falsafiy asarlarni tafsir, ta`vil etganlar. Bular badiiy ijod namunalarini ham talqin qilganlar. Ahli darkning etuk, iste`dodli qatlami munaqqid deyiladi. “Haqiqiy badiiy matnni o`qiganida iste`dodli tanqidchi jo`shib ketadi, ilhom bilan ijod qilishga tutinadi. Tanqidchidagi iste`dod kuchli bo`lsa, yozuvchi ijodining mevasi - badiiy matn shunchalik ochilib ketadi, uning tarkibi kitobxon - tanqidchi ijodining samarasidan boyiydi, to`yinadi. Adabiy tanqidchi asar hakida asar yaratadi yoki yozuvchi ijodining mahsuliga ijtimoiy munosabatni, tarixiylik mohiyatini, ko`pchilik nazarini singdiradi”1. Ijtimoiy munosabat, tarixan anik qarashning yorkin ifodalanishi, tanqidchi ijodiga, intellektuallik darajasiga bog’liq. Munaqqiddagi joziba, shiddat, muhabbat yoxud nafrat kitobxonga tez yukadi. Tanqidchi iste`dodi fikrining izchil, qat’iyligida, ifoda tarzidagi ramziylik, uslubdagi betakrorlikda ko`zga tashlanadi. Bugungi ahli dark namoyandalaridan biri I.Haqqulov tadqiqotlarida mumtoz adabiyot vakillari ijodi o`ziga xos yo`lda tahlil va talqin etiladi, o`zbek mumtoz she`riyati taraqqiyoti, uning etakchi tamoyillari xususidagi teran ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi.


O`zbekman, degan shoir yoki yozuvchi, adabiyotshunos yoki tilshunos hazrat Alisher Navoiy ijodiga murojaat qilmasdan o`tishi mumkin emas. Chunki Navoiy ijodi – adabiyotimizning tamal toshi, Navoiy asarlarining tili – adabiyotimizning boshidir. Adabiyot yoki adabiyotshunoslikning qaysi yo`nalishini tanlagan bo`lmasin, Navoiydan saboq olmay turib o`zbek adibi yoki olimi ijod va ilmda yuksak maqomga erisha olmaydi.
Ibrohim Haqqulov hazrat Navoiy ruhi qo`llagan olimlardan biri desak xato bo`lmaydi. Olimning mumtoz adabiyot janrlarini (ruboiy, g’azal, qit`a) tadqiq etgan ishlarida ham, tasavvuf ta`limoti va adabiyotini o`rganish yo`lidagi izlanishlarida ham, zamonaviy adabiyot haqidagi suhbat va maqolalarida ham takror va takror Navoiy ijodiga murojaat qilganini ko`ramiz. Bir so`z bilan aytganda, I.Haqqulov navoiyshunoslik orqali tom ma`nodagi adabiyotshunos bo`lib qoldi.
Olimning 1989 yilda nashr etilgan “Zanjirband sher qoshida” kitobiga Alisher Navoiy ijodining mohiyatini tushuntirib, sharhlab beruvchi maqolalari jamlangan. Biz ataylab “tadqiq etuvchi” yoki “o`rganuvchi” deb emas, “tushuntirib, sharhlab beruvchi” deb atayapmiz. Sababi, kitob tayyorlangan 80-yillarning ikkinchi yarmida O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida bo`lgani kabi tarix va o`tmish adabiyotiga munosabat borasida ham milliy uyg’onish ro`y berayotgan, Navoiy va boshqa mutafakkir shoirlarimiz ijodiga sinfiy nuqtai nazardan qarashlarga barham berilib, yangicha, sof adabiy talqinlar yuzaga chiqayotgan edi. 70 yil davomida sho`ro mafkurasi ostida ongi qisilgan xalqqa, ayniqsa, yoshlarga Navoiy ijodining asl mohiyatini tushuntirib berish kerak edi. Ibrohim Haqqulovning “Zanjirband sher qoshida” kitobi ana shunday vaziyatda hozirjavob ommabop risola sifatida namoyon bo`ldi. Darvoqe, kitobning “Zanjirband sher qoshida” deb nomlanishi ham bir tomondan Navoiy chizgan suratga izoh bo`lsa, boshqa tomondan turg’unlik va sho`ro mafkurasi hukmronligi davrida yuzaga kelgan ommaviy fikriy zanjirbandlik holatiga ishoradir.
Kitobga so`zboshi yozgan O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning aytishicha, bir uchrashuvda muxlislar unga shunday savol berishgan: “Siz Gyote, Esenin she`rlarini tarjima qildingiz, endi qachon bizga Alisher Navoiy she`rlarini tarjima qilib berasiz?” Bu g’ayritabiiy tuyulgan savolga shoir o`sha paytda javob bermaganligini eslab, “Zanjirband sher qoshida” kitobi so`zboshisida shunday mulohaza yuritadi: “Alisher Navoiy yashagan davr bilan bizning zamon o`rtasida yarim ming yillik vaqt masofasigina emas, juda katta ijtimoiy ong masofasi, adabiy til, dunyoqarash, hayot tarzi masofalari bor. Mutaxassis bo`lmagan o`quvchiga Navoiyning asarlarini tushunib etish hozirda muammo. Demakki, Navoiy asarlarini sharh qilish, tafsirlash, ya`ni o`sha savol bergan kitobxonning so`zi bilan aytganda tarjima qilish zarurati bor... shu ma`noda iste`dodli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulovning qilgan mehnati tahsinga sazovordir”1.
I.Haqqulov ushbu kitobni shartli ravishda uch qismga ajratib tuzgan. “Boshni fido ayla” deb nomlangan dastlabki qismda Navoiy ulug’lagan insoniy fazilatlar – ota-onani hurmat qilish, tabiatga va borliq mavjudodga mehr, tilga va so`zga e`tibor, kamtarlik, saxovat, muhabbat kabilar ulug’ shoirning asarlaridan olingan parchalar orqali tafsir qilinadi.
Inson tabiat farzandi. Shu sababli yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular qalbida o`simlik va hayvonot dunyosiga mehr – shafqat tuyg’ularini shakllantirish doimo dolzarb vazifalardan bo`lib kelgan. Shuning uchun ham risola aynan shu mavzu talqini bilan boshlanganligi bejiz emas. Olim tabiat va inson bir-biriga nechog’lik chambarchas bog’likligini ko`rsatar ekan, avvalo, o`quvchini tarixga nazar tashlashga undaydi. Qadim zamonlarda odamlar daraxtlarga sig’inishgani, daraxtlar qurishini ayrim qabila yoki elatlar katta fojeaday qabul qilganliklari, daraxtlar sharafiga o`tkaziladigan g’aroyib marosimlar bo`lganligini eslatadi. O`quvchilarni yanada ishontirish va qiziqtirish uchun Muso payg’ambar bilan bog’liq bir afsonani keltiradi.
Alisher Navoiyning biror bir asari yo`qki, inson va tabiatning chambarchas bog’liqligiga urg’u berilmagan bo`lsa. Shundan kelib chiqib, I.Haqqulov o`quvchi e`tiborini hazrat Navoiyning quyidagi baytlariga tortadi:
Ey husn ora sohib g’ino, xurshid otangdur, oy ono,
Istar esang nisbat yono: ham sarv og’a, ham gul singil.
Quyoshni otaga, oyni onaga qiyoslash, husnda tengsiz go`zalga sarv og’ang, gul singling deyilishi bayt mazmuniga tabiiylik baxsh etganligini tanqidchi to`g’ri ko`rsatib bergan. Tabiat insonning onasi, daraxtlar birodagi ekanligini aytar ekan, olim shu o`rinda Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi to`lesiz oshiq Farhodning ahvolini eslaydi. Farhod odamlarni tark etib, dashtu sahrolardagi hayvonlar bilan do`stlashadi, ular Farhodga mehr-shafqat ko`rsatishadi. Farhod odamlardan ko`rmagan xayrixoxlikni hayqonlardan ko`radi, jamiyatdan topmagan erkinlikni ona tabiat quchog’idan topadi. Haqiqatan ham ba`zan kimdir ko`nglimizni ranjitsa, ozor bersa tabiat bag’riga o`zimizni olgimiz keladi, tabiat farzandi ekanligimizni his qilamiz.
Kitobning “Nodonlik – yovuzlik” deb nomlangan ikkinchi qismida oldingisiga qarama-qarshi o`laroq salbiy xislatlar – vafosizlik, johillik, kibr, zulm, nafs, ta`magirlik, ichkilikbozlik, hasad, boylikka hirs qo`yish kabilar Navoiy ijodida nechog’li va qay taxlit qoralangan va tanqid qilinganligi ochib berilgan. Oxirgi – uchinchi qism “Barchadin sharaflisi – komil inson” deya nomlanib, u birmuncha salmoqliroq mavzu – inson hayotining mohiyati, o`zlikni kashf etish, komillikka intilish masalalarining Navoiy ijodiy tafakkur mahsullarida qanday yoritilganligiga bag’ishlangan va tushunchalar atroflicha tahlil qilingan.
Shunisi e`tiborliki, I.Haqqulov “Zanjirband sher qoshida” kitobiga kirgan maqolalarning deyarli hammasini keng kitobxonlar doirasini mo`ljallab, ilmiy til andozalari va zerikarli jumlalardan qochgan holda dastlabki satrlardanoq kitobxonni o`ziga tortib ketadigan uslubda yozgan. Aksar maqolalar qiziqarli rivoyat yoki fikr bilan boshlanadi. Masalan:
“Rivoyat qilinishicha, qadim-qadim zamonlarda oqil bir odamning suluv qizi bo`lgan emish. SHu dilbarga ikkita farishtaning ishqi tushibdi...”61 (“Tilga e`tibor – elga e`tibor”).
“Alisher Navoiy g’azallaridan birida: “Ruh agar yuz vajh ila tufrog’ing o`lsa, ne ajab,”deydi. Bu jumboqli fikr. Ruh qandoq qilib tuproq bo`lmog’i mumkin?”2 ( “Tufroq bo`lg’il...”).
“Sa`diyning “Guliston”ida bir donishmanddan: “Saxovat yaxshimi yoki shijoatmi?” deb so`raganlarida , u : “Saxovat bo`lgach shijoatning nima hojati bor?”degan ekan...”3.
“Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning aytishicha dunyoda bitta ezgulik bor – bilim. Bitta yovuzlik bor – nodonlik ”. (“Nodonlik – yovuzlik”).
Mana shu oxirgi keltirilgan maqolani tahlil qilib ko`raylik. Avvalo maqolaning sarlavhasidayoq uning mazmun mohiyati yaqqol ifodalangan: “Nodonlik – yovuzlik”. Bu Suqrotning iborasi. Endi buni asoslash, dalillash kerak. Ibrohim Haqqulov mavzuga olinayotgan tushunchani ijtimoiy hodisa sifatida talqin etishga urinadi. Tahlil ob`ekti aniq: bu – “Ezgulik – bilim, nodonlik – yovuzlik ” degan aqida. “Xo`sh, inson uchun eng nafli ilm nima?” deya savol tashlaydi I.Haqqulov va o`zi javob izlay boshlaydi. “Bu – Vatanni sevish ilmi!” Millatsevar olimning javobi shu. Kimdir yuqoridagi savolga “Odamiylik” yoki “Iymon ilmi” va yoki yana boshqacha javob aytishi mumkindir, lekin Ibrohim Haqqulov aynan “Vatanni sevish ilmi” deb aytadi va isbotlash uchun mumtoz adabiyotdan dalil izlaydi.
“Buni o`tmishda “Ilmu hubbul Vatan” deb atashgan. Sevmoq uchun avval topmoq kerak, -deb yozadi I.Haqqulov. – Ashaddiy nodonlar vatanda bevatan bo`lganlar. Bundaylardan har qanday bedodlikni kutish mumkin. Axir shundaylar emasmi, ibn Sinoday buyuk zotning ruhini ezganlar.
O`zini dono bilgan uch-to`rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Ular davrasiga qo`shil, eshak bo`l,
Bo`lmasa kofir deb qilishar e`lon.”
Shundan keyin munaqqid Furqat, Ahmad Yassaviy ijodidan nodonlik haqidagi satrlarni keltirib, so`ngra Navoiyga o`tadi: “Mahbub- ul qulub”da o`qiymiz: “Nodon eshak, balki eshakdan ham battar. eshakka nimani yuklasang ko`taradi, qayoqqa haydasang o`sha yoqqa boradi, unda aql-farosat da`vosi yo`q, bermasang och, bersang – to`q. Bu bir bechoradur... Nodon yuqoridagi sifatlardan xoli: zoti bilim libosidan mahrum. Nodonning ishi takabburlik, kekkayish, xayolida yuz xil behuda tashvish...”.
Olim o`zi bilgan haqiqatni bayon etarkan: “Qaysi eldaki malolat, ya`ni malollik, siqilish va horg’inlik holib kelsa, u elda nodonlik avjiga chiqqan. Qaysi yurtdaki haqiqatning bag’ri tilinib, adolatning ustunlari qulatilsa, biling: u yurtda g’ofillar baland mavqelarni egallab olishgan. Bu haqiqatni o`zimcha bashorat etayotganim yo`q, Navoiyga suyanib aytayotirman”, - deb yozadi va Navoiydan ruboiy keltiradi:
Nodonlig’ erur elda malolatg’a dalil,
Dono ulus oldida xijolatg’a dalil.
Beasl ishi bo`lmadi adolatg’a dalil,
Nodonlig’ erur elda asolatg’a dalil.
I.Haqqulov o`z ijodida hamisha kurashchanlik pozitsiyasida turib, xalq manfaatlari haqida qayg’uradi. Bu ulug’ adiblar va tanqidchilarga xos xususiyat. XIX asr rus adabiyoti (Pushkin, Tolstoy, Gogol) va adabiyotshunosligi (Belinskiy, Gertsen, Dobrolyubov) bunga yorqin misol. Jamiyat hayotida salbiy illatlar tomir otib, ijtimoiy-siyosiy tanazzul ro`y bera boshlagan davrlarda hamisha jamiyatning ilg’or qatlami bo`lgan olimlar va yozuvchilar o`z ijodlari va ijtimoiy faoliyatlari bilan bir qadam oldinga chiqishgan. 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshida Erkin Vohidov, P.Shermuhammedov, B.Nazarov, O.Yoqubov, I.Haqqulov singari bir qator o`zbek yozuvchilari va adabiyotshunoslari ijodi va faoliyatida ham bu holatni kuzatish mumkin. I.Haqqulovning “Zanjirband sher qoshida” kitobiga kirgan maqolalarning aksariyatida kurashchanlik, fidoyilik ruhi yaqqol sezilib turadi. Bunga dalil sifatida “Tarix va xotira chirog’i”, “Tilga e`tibor – elga e`tibor”, “Vatan yagona kenglik”, “O, shoir qismati” maqolalarini keltirish mumkin. Muallifning topqirligi va tafakkurining kengligi shunda namoyon bo`ladiki, u qaysi mavzuda so`z yuritmasin, fikrini Alisher Navoiy asarlaridan olingan iqtiboslar bilan tasdiqlashga muvaffaq bo`lgan.
“Tarix – kechmish hayot, olis zamonlarda yashab o`tgan ajdodlar taqdiri, yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash tajribasi, haqiqat va diyonat uchun to`kilgan qonlar, mag’lublik va g’oliblik jangu suronlari. Tarix – Vatan iqbolidagi o`zgarishlar, xalq tafakkurining yuksalish yo`llari”, - deb boshlaydi I.Haqqulov “Tarix – xotira chirog’i” maqolasini. Va yana davom etib, Alisher Navoiy ijodiga murojaat etadi: “Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning o`g’li G’arib Mirzoga tarixni o`rganish zaruriyatini bunday sharhlaydi:
Vagar tarix sari aylagung mayl,
Muni bilg’achki, ne ish qildi har xayl...
Ne ishdin mamlakat obod bo`ldi,
Qayu ishdin ulus barbod bo`ldi.
Olim baytlarning ma`nosini tahlil qilib berar ekan bu bilan o`quvchini ham tarixni o`rganishga da`vat etadi va tarix barbodlik emas, obodlik istiqboliga xizmat etishi kerakligini ta`kidlaydi.
“Barchadin sharaflisi – komil inson” deb nomlangan qismda I. Haqqulov insonni tarbiyalaydigan tuyg’ulardan biri - do`stlik haqida fikr yuritar ekan, bu borada Alisher Navoiyning qarashlari qanday bo`lganligini ochib beradi. “Navoiy she`rlari bilan tanishish o`quvchida : “Shoirning o`zi do`st topganmi? Nega u “mehr ko`p ko`rgazib mehribon” uchratmaganligini qayta –qayta gapirgan?” –degan savollar paydo bo`lishi ehtimolidan uzoqmas. Bir buyuk Inson va ijodkor atrofida qancha xayrixox kishilar va nechog’lik g’animu ig’vogarlar guruhi yig’ilishi muqarrar bo`lsa, ta`kidlash lozimki Navoiyda bundan ham tig’izroq bo`lgan ularning safi. Ammo, ochig’ini aytish kerak: Navoiy o`zi orzu qilgan idealdagi do`stini topmagan. Bu aniq.
Navoiy dardu holidin dam ochmas bo`lsa, ayb etmang,
Ne dam ochsin birovkim, topmadi olamda bir hamdam”.
Sodiq do`st topish juda kamdan-kam kishilarga nasib etishini barchamiz bilamiz. I.Haqqul Navoiyning asarlaridan uning do`sti haqidagi fikrlarini tahlil etib, ulug’ shoir do`stlik tushunchasini o`ta ulug’vor turganini va shu ulug’vorlikka to`la mos keladigan do`stni o`zi hayotidan topa olmaganligini qat`iy bir tarzda aytadi.
Ibrohim Haqqulov Alisher Navoiy ijodi misolida do`stlik, saxovat, to`g’rilik, kamtarinlik kabi oliy fazilatlar, shuningdek, xudbinlik va nodonlik, nafs va hirs, zulm va adovat kabi illatlarning oqibatlari haqida ma`rifiy mulohazalar yuritar ekan, o`z fikrlarini nafaqat Alisher Navoiy, balki, boshqa klassik va zamondosh shoirlarning poetik tashbihlari bilan quvvatlantiradi. Adabiyotshunos mavzuni atroflicha o`rganadi. Har bir maqola uchun asos bo`lgan mavzuning o`zak materiali sifatida Navoiy ijodidan foydalana turib, yordamchi materiallar – boshqa shoirlarning she`riy misralari bilan mavzuni boyitadi, mustahkamlaydi. Masalan: “O, shoir qismati...” maqolasida: “Alisher Navoiyning g’azallaridan birida:
Navoiy nazmi ranginu ravon ersa ajab ermas,
Ki maxlut o`ldi ko`z yoshi bilan xuni jigar anga,
– deydi. Bu fikrning soddaroq bayoni shunday: Navoiy she`ri ranginu ravon bo`lsa, sen ajablanib sabab axtarma. Chunki unga ko`z bilan jigar qoni aralashgan. Ba`zi birovlar shoirlikni kasb deb tushunadi. Yo`q, shoirlik qismat. Shoir favqulodda murakkab taqdir olami. Navoiyning baytida shunga ishora bor”1 – deb yozadi. Olim A.Navoiyning shoirlik qismati haqidagi fikrlariga hamohang fikrlar sifatida Sayfi Saroyi, Rauf Parfi, Abdulla Oripovlvrning she`rlaridan ham iqtibozlar keltiradi va yaxlit umumlashma xulosa chiqaradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Zanjirband sher qoshida” tadqiqoti I.Haqqulovning Navoiy ijodini targ’ib qilish yo`lidagi zahmatli ijodining yorqin namunasi sifatida o`z vaqtida kitobxonlar ommasining ehtiyojini qondirdi va navoiyshunoslik fanining rivojiga munosib hissa bo`lib qo`shildi. I.Haqqulovning zamonaviy sharhlardan iborat bu kitobiga shu jihatdan qaralsa, uning muhim tomonlari ko`zga yorqin tashlanadi.


    1. Download 140,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish