Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna



Download 140,17 Kb.
bet16/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

Badiiy asarning eng muhim ahamiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg’ularini o`tkirlashtiradi, ma`naviy-ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi. Oddiy o`quvchi bilan tanqidchi orasidagi farq kachon, qanday vaziyatlarda ko`rinadi? V. Belinskiy deyarli har bir yangi asar chuqur o`yga cho`mdirishini, sermulohazakorlikka undashini ta`kidlaydi. Buyuk tanqidchi o`z asarlarida kirish gap cho`zilib ketishi, o`y-mulohazalarga keng o`rin berilishi sababini shundan deb biladi. “Tanqidchi ham yangi asarni o`qish paytida dono bir kitobxonga aylanib, undan mumkin qadar to`liq va xolis taassurot olishi, o`qiyotgan asarini kitobxonlik shuuri bilan fikran qayta yaratib chiqishi kerak, – deb yozadi Pirimqul Qodirov U.Normatov bilan suhbatd, – shundan keyingi bosqichda kitobxon eplolmaydigan ishni bajarishi – asardagi g’oyaviy-badiiy ma`nolarning mag’zini ilmiy-tanqidiy tafakkur yordamida chaqib berishi kerak. I.G’afurov esa tanqidchi vazifasini yanada mukammalroq tasvirlaydi: «Bu g’oyatda maroqli hunar. Maroqlisi shundaki, yaxshi she`rni gapirib berib bo`lmaydi. Undagi hislar to`lqinini nozik o`yli ruhshunos kabi talqin va tahlil qilish kerak”. I.Haqqulovda yuqorida aytilgan barcha xususiyatlar etarli darajada, shuning uchun ham uning tadqiqotlari, kitoblari o`quvchini badiiy matnga yaqinroq keltirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatdan qaraganda, olimning mumtoz adabiyot talqini va tahlilga bag’ishlangan tadqiqotlari kelajak avlod uchun ham xizmat qilishda davom etaveradi.


Xulosa qilib shuni aytish kerakki, I.Haqqulov serqirra ijodkor, uning faoliyat doirasi juda keng, ko`pchilik hamkasblari kabi mumtoz adabiyot tarixi va zamonaviy mavzulardagi asarlar ustida ish olib bordi. Bunday serqirralilik adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchiligimizning fazilatlaridan biri hisoblanadi. Olim o`ziga xos yo`llar bilan borib, adabiyotshunoslik va adabiy tanqid rivojiga munosib hissa qo`sha oldi. U o`zbek tarjimashunoslik ilmini ham Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy va Vilyam Sheskpir singari daho san`atkorlarning o`zbek tiliga o`girilgan asarlariga munosabati jarayonida shak shubhasiz boyitdi.
Dissertatsiyada I.Haqqulov yaratgan, ishimizning manbasi hisoblangan ba`zi tadqiqotlar, maqolalarni tadqiq etilib, tahlilga tortildi. Olimning yirik monografik tadqiqotlari, gazeta va jurnallarda e`lon etilgan taqrizlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, monografik xarakterdagi ishlari juda ham ko`p, shu bois olim ilmiy-ijodiy merosining ko`lami keng va etarli salmoqqa ega. Uning mumtoz adabiyot tarixi va tasavvuf haqidagi, birgina Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan tadqiqotlari hali bir necha dissertatsiyalarga manba bo`lib xizmat qila olishi yuqorida ta`kidlandi. Shuning uchun bir magistrlik dissertatsiyasi doirasida I.Haqqulov ijodini to`laligicha qamrab olish murakkabligi ham aniq bo`ldi.
Kelajakda yozuvchilar hayoti va ijodini yaxlit qamrab oluvchi adabiy portretlar, esselar ko`plab yaratilishi, shuningdek, bunday xarakterdagi ishlar o`zbek adabiyotshunoslari, munaqqidlari haqida ham yaratilishini davrning o`zi taqozo etmoqda. Respublikamizdagina emas, balki xorijda ham kitoblarining chop etilayotganligi, iste`dodli olimning emas, balki adabiyotshunoslikning katta yutug’i ekanligini professor T.Mirzaev haqli ravishda qayd etgan edi. SHuning uchun o`zbek adabiyotshunosligida o`ziga xos o`ringa ega bo`lgan, o`z uslubini shakllantira olgan, xorijda ham o`zbek fanining yutuqlarini keng tarqatayotgan “adabiyotshunoslarning shoiri” I.Haqqulov kabi yirik o`zbek olimlari haqida ilmiy-biografik xarakterdagi tadqiqotlar yaratish payti etib keldi. Insonni har jihatdan o`rganish, uni qadrlash g’oyasiga burkangan mustaqillik mafkurasi bizdan ana shunday ishlarni kutmoqda.


Download 140,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish