Buxoro davlat univеrsitеti filologiya fakultеti o`zbеk filologiyasi kafеdrasi qo`lyozma huquqida udk II bosqich magistranti qodirova nasima saidburxonovna


III BOB. MUMTOZ ADABIYOT HAQIDAGI KUZATISHLAR



Download 140,17 Kb.
bet12/19
Sana08.05.2023
Hajmi140,17 Kb.
#936234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
«IBROHIM HAQQUL – ADABIYOTSHUNOS OLIM»

III BOB. MUMTOZ ADABIYOT HAQIDAGI KUZATISHLAR
3.1. Tasavvuf va yassaviyshunoslik sahifalaridan

Mustaqillik davridan e`tiboran xolis talqinlar tanqid asosiga aylana bordi. Bu tanqidda anglash, qiziqish, tushunib etish tamoyili ko`zga darhol tashlanadi. Hozirgi paytda o`zbek adabiyotshunosligi “milliy g’oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g’oyalarning zararli mohiyatini ochib berishga, ayniqsa, e`tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi mahdudlik va fikr qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali makuraviy muhitning sog’lom bo`lishiga erishish”1 asosiy masala bo`lib turibdi.

XX asrning 80-yillari, xususan, O`zbekiston mustaqilligidan boshlab, adabiyotshunoslikda talqinga, badiiy asarlarni ich-ichidan xolis yoritib berishga, ma`nolar qatini ochishga, tahlillar har xilligiga e`tibor ortdi. Badiiy asarga biografik, ijtimoiy-gentik, ontologik, tarixiy-funktsional yondashuv yoxud maqsadli tahlil qilish tamoyili kuchaydi.

Adabiy talqin badiiy asarni ich-ichidan, tuzilishi-yu tarkibi ruhidan yoritishdir. Tahlilning strukturali, semiotik ijtimoiy, uslubiy, intonatsiyaga ko`ra botinidan boqib, ichdan tekshirib (mikroanaliz) tahlil qilish yo`sinlari mavjud. Tahlillar izchil, ishonarli; talqin asosli bo`lsa, badiiy asarning asl qimmati anglashilaveradi. Olimning tadqiqotlarida talqinga keng o`rin berilishining sababi ham mana shunda.


I.Haqqulov “O`zbek tasavvuf she`riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g’oyaviylik, izdoshlik va obrazlar olami)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, nafaqat yurtimizda, hatto xorijda ham ko`zga ko`ringan etuk tasavvufshunos olim sifatida tanildi. “So`z ruhning qanoatidir”, deydi olim. Zero, tasavvuf go`zallik, mohiyat, haqiqat va hol ilmidir. Olim ta`kidlaganidek, tasavvufning qudrati, shukuhi va ulug’ligini his qilish uchun ijodkorning botini ham go`zal bo`lishi kerak. Shu jihatdan qaraganda iste`dodli olim I.Haqqulov ijodiga nazar solsak, u nafaqat mumtoz adabiyot, Alisher Navoiy ijodi, balki tasavvuf muammolarini ham chuqur his etib, qalban tuyub fikr yuritadi. Aks holda tasavvuf haqida bunday jo`shib yozish qiyin bo`lardi. Shuning uchun olimning har bir kitobi, tadqiqoti, maqolasida o`ziga xos uslubi, mushohada salohiyati yaqqol ko`zga tashlanib turadi.
Ibrohim Haqqul Shekspir “Hamlet”ining O`zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol o`girmasiga munosabat bildira turib, Farididdin Attordan keltirilgan “Chi done tu ki mardon dard chi dorand, Vale donand dard onho ki mardand,” (ya`ni, mardlar dardi qanday dardligini sen qayondan bilursan, Ammo kimlarki dardni anglasa, o`shalar marddir) satrlarida ifodalangan g’oya asosida Hamlet obrazi mohiyatini shunday izohlaydiki, bu kutilmagan izohga qo`shilmaslikning iloji yo`q. U yozadi : “Hamlet xayolda ham, dardda ham mard. Hamlet obrazini mabodo sharqlik bir ijodkor yaratganda edi, hol va fazilatlarni, albatta, tasavvufga bog’lab yoritish zaruriyati tug’ilardi. Sharqlik orif darveshlarga Hamlet shu qadar ruhdosh. “Men jon deb sizga biror nima berardimu, lekin hech vaqoyim yo`q– jonimdan o`zga, jonimdan o`zga, jonimdan o`zga...” Uning bu so`zlarini tarki dunyo tuyg’usiga sohib har bir kishi tez tushunadi. Tarkni ham tark aylagan faqir va darvesh esa yana ham oson anglaydi”91. Olim “shu mulohaza bilan cheklanmaydi, balki G’arb dunyosiga tasavvufning kirib borishi va SHekspir ruhiy olamiga ta`sirini asoslaydi. Shekspir badiiy ijod bilan shug’ullanayotgan paytlarda G’arb olimi Sharqning mashhur alloma va faylasuflari qatorida so`fiy va mutasavvuflarning faoliyatidan ham yaxshi xabardor edi..., deb yozadi O.Safarov. ehtimol kimlargadir Shekspir va Hamlet bilan tasavvufni bu xilda bog’langanligi haqidagi fikrlar erish tuyular, lekin I.Haqqulning hech kimnikiga o`xshamaydigan va faqat o`zigagina xos dalilu muhokamalaridan iborat bunday fikrlariga ishtiboh bildirishga ham asos yo`q. Negaki, u o`z da`volarini da`voligicha qoldirmagan, bil`aks Shekspir zamoni va Sharq tasavvufini bog’lab turgan rishtalarni topa olgan, o`sha rishtalarni ilmiy mantiq jilosida kashf etgan. Bunda I.Haqqulning ilmiy jasoratiga asoslangan erkin fikrlay olish iste`dodi jilolanib turibdi101.
Adabiyotshunos olimning “Irfon va idrok” deb nomlangan kitobi ko`p asrlik boy tarixga ega bo`lgan mumtoz adabiyotimizning shu paytga qadar kam tadqiq qilingan g’oyaviy-badiiy yo`nalishlarini o`rganishga bag’ishlangan. Unda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy singari Sharqning ulug’ shoirlari erishgan ijodiy yutuqlarning sir-asrorlari yangicha talqin va tahlil etiladi.
Olimning tasavvuf va adabiyot munosabatlari, o`zbek tasavvuf adabiyotiga xos bosh xususiyat va fazilatlariga doir fikr-mulohazalari ham diqqatga sazovor.Chunki olim bu mavzuga qo`l urgan paytda tasavvufning Sharq xalqlari tafakkuri takomilida tutgan o`rni masalasi ilmda kam o`rganilgan edi. I.Haqqulov ilk bor tasavvuf va she`riyat munosabatlarining o`zbek adabiyotida namoyon bo`lish darajasini tadqiq etdi. “Tasavvuf she`riyati insonning ruhiy hayoti, yuksak va murakkab psixik holatlarini chuqur tadqiq etgan she`riyat” degan xulosaga keladi. Olim tasavvufda ishq va oshiqlik muammmosini Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur she`riyati misolida qilgan tahlil va talqinlarini o`qir ekansiz, uning adabiyotga, so`zga oshiqligini chin dildan his etasiz.
I.Haqqulov tasavvuf va buyuk so`fiylar hayotiga oid har bir yangi kitob yoki maqolalarni kuzatib boradi, ularga munosabat bildiradi. Ba`zan esa ba`zi bir noto`g’ri qarashlarni asosli dalillar bilan rad etadi ham. Masalan, Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan nashr etilgan akademik I. Sultonning “Bahouddin Naqshband abadiyati” deb nomlangan risolasidagi bir dalil olimni qoniqtirmaydi. U, eng avvalo, bu risolaning ahamiyati, keksa, fidoyi olimning jasorati, tajribalari haqida ixlos bilan yozadi. Olim I.Sultonning Muhammad ibn Jaloliddin, ya`ni Naqshband ma`lum muddat Sulton Xalilning jallodi vazifasida ishlagan, demak, Bahouddin balogardon bobomiz jallodlik ham qilgan degan fikrlarga ishonish va uni qabul qilish ham qiyin deydi. Albatta, I.Sulton ham tarixiy manbalar asosida bu fikrga kelganligini olim to`g’ri tan oladi. Uning o`zi bu unchalik to`g’ri emasligini turli tarixiy manbalar va asosan, tasavvuf mohiyatidan kelib chiqib, izohlaydi. Buning uchun u turk olimi professor Asad Jo`shonning tasavvuf mohiyatini tushunmaslikdan har xil qarashlar kelib chiqishi haqidagi mulohazalarini keltiradi.
Olim o`z qarashlarini isbotlash uchun Ahmad Zakidi Validi To`g’onning “G’ozonxon Xalil va Bahouddin Naqshband” nomli maqolasini, Amir Kulol manoqibidagi bir afsonani, Budda bilan bog’liq bir voqeani hind ilohiyotchilaridan birining asosli fikrlarini keltirib, Imom Rabboniy, Bertel’s kabilarning kitoblaridagi fikrlariga tayanib, hazrat Bahouddin Naqshbandning jallod bo`lmaganligi haqidagi fikrni ilgari suradi. Hind ilohiyotchisining fikrlari psixologik o`limga yaqinligini yozadi: “Tasavvufdagi jallodlik ham mohiyatan shunga yaqindir. Va real hayotda pashshaga ham ozor berishga jur`at qila olmagan murshid yoki muridlar hech ikkilanmasdan “jallodlik” ila mashg’ul bo`lganlar. Bu “hunar”dan ko`zda tutilgan bosh maqsad esa nafsi shumni o`ldirish. Haq ovozidan o`zga har qanday ovozni botindan o`chirib tashlash, katta-kichik gunoh va nuqsonlarning tamoman payini qirqish edi. Bunday jallodlikni Imom Rabboniy “o`zi bilan birga tug’ilib, uning birodari bo`lmish va doimo gunoh hamda fasodga boshlovchi shaytonni o`ldirmoq”, deya izohlaydi1. Ko`rinadiki, olim o`z qarashlarini tarixiy manbalarga tayanib, asoslashga harakat qiladi.
Asarning alohida bir bo`limida irfoniy istilohlar qiziqarli tarzda sharhlab berilgan, ular mumtoz she`riyatimiz ma`no qatlamlari va ruhiyat manzaralarini yanada keng mushohada etishga yaqindan yordam beradi. Masalan, olim so`fiy so`zining ma`nosi nima degan savolga javob berar ekan, gapni, eng avvalo, tasavvuf so`zi bilan boshlaydi. ”Tasavvuf so`fiylik maslagi, tasavvuf – botiniy ilm, ya`ni hol va Sir ilmi, tasavvuf – Allohsevarlar tariqi”. Shu maslak, shu ilm va tariqat sohiblarini so`fiylar deyishgan. I.Haqqulov so`zning genezisiga chuqur nazar tashlaydi, uning qachon paydo bo`lgani, uni qaysi tilga nisbat berish mumkinligi masalalariga ham diqqatini qaratadi. SHarq, G’arb olimlari bu haqda ko`p fikr-mulohazalarni bayon qilgan bo`lsa-larda, hali bir to`xtamga kelmaganliklaridan, bu haqda har xil fikrlilik mavjudligini keltirib, olim ularning har biriga alohida to`xtaladi. Sarroj, Ibn Xoldin kabilarning mulohazalariga ham to`xtaladi. Makka bilan aloqador bir rivoyatda so`fiy kalimasining islomgacha bo`lgan davrlarda ham mavjudligini tasdiqlaydigan dalillar ham bo`lganligini dalil asosida ko`rsatib beradi: “Islomdan ancha avvalgi zamonlarda Makka bo`m-bo`sh va baytullohni tavof qiladigan hech kim qolmaganmish. Shunda uzoq bir maskandan bir so`fiy (so`fiy qabilasidan yoki so`f kiygan kishi ) kelib, Baytullohni ziyorat aylab, bir qancha vaqtdan so`ng yana manziliga qaytib ketibdi” (147-bet).
Olim Ibn Xoldinning quyidagi fikrlarini keltiradi: “Suffa ahlining Rasululloh zamonida xususiy bir ibodat tarzi ila mashg’ul bo`lmaganliklari ravshanlashmoqdadir. Ular ibodat va shar`i vazifalarni ado etishda boshqa sahobalardan farqlanmaganlar. Masjid suffasining iqomatlariga taxsis etilganligi ularning yo`qsil va g’aribliklaridan edi”. Bu olimning har bir ilmiy masalaga qanday yondashganini, uni har tomonlama o`rganib chiqib, keyin xulosaga kelish yo`llarini yaxshi bilganligini ko`rsatadi.
Shu tariqa olim bu bo`limda hikmat, hol, g’aybat-huzur, sakr-sahv, rajo`ul g’ayb, “mutu qabla an tamutu”, uzlat kabi tasavvufiy istilohlarning sharhlarini keltiradi. Bu esa o`quvchilarga birinchidan, tasavvufiy istilohlarning zohiriy va botiniy ma`nolarini chuqurroq tushuntirib berish bo`lsa, ikkinchidan, ularni tasavvuf ilmiga bo`lgan munosabatlarini o`zgartirishga ham xizmat qiladi. Tasavvufshunos olim shunday yozadi: “Tasavvuf she`riyati - insonning ruhiy hayoti, yuksak va murakkab psixik holatlarini chuqur tadqiq etgan she`riyat. Unda shaxsning ilohiy tuyg’u va kechinmalari obrazli tahlil qilingan, mutlaq haqiqatga erishish bosqichlaridagi sirli xayollari tasvirlangan”1
Olimning ushbu qarashlari kitobxonni faqat tasavvuf adabiyoti bilan emas, balki ma`rifat va ma`naviyat tarixi bilan oshno etishi jihatidan qimmatlidir.
Bundan tashqari I.Haqqulovning adabiy- ma`rifiy suhbatlarida ham tasavvuf va she`riyat masalalariga e`tibor qaratilganini ko`rish mumkin. Masalan, “Tasavvuf va irfoniy she`riyatni o`rganish muammolari” deb nomlangan suhbatda olim bugungi kunda tasavvuf borasidagi bahslarga, qilinadigan ishlar, echilishi zarur bo`lgan masalalarga to`xtalib o`tadi. Mumtoz she`riyat, xususan, tasavvuf bilan yaqin aloqada bo`lgan she`riyat matnlari ma`lum bir o`ziga xoslik va murakkabliklari bilan ajralib turishini, buni inobatga olish zarurligini olim ta`kidlaydi.
Jonkuyar olim tasavvufni o`rganishga kirishganimizga ancha yillar bo`lgan bo`lsa-da, shu muddat ichida tasavvuf falsafasi va adabiyotiga oid asosiy ilmiy-nazariy qo`llanma xarakteridagi kitoblar tarjima qilinmaganligi, tasavvuf lug’atlari yaratilmaganligini afsus bilan qayd etadi. Shu bilan birga tasavvufga bag’ishlangan ishlarning xatolarini ham ko`rsatib o`tadi. Masalan, tasavvufning tub mohiyatini bilmaslik, adabiy matnni o`zboshimchalik bilan buzib tahlil etish, turli “ma`ni”larni kashf etish va h.k. Mumtoz adabiyotda tasavvufni hech qachon chetga surib bo`lmasligi, “azaldan oshiqlik, oshiqning vasl ilinjida o`limni orzu qilishi, ma`shuqaning bir ko`rinish bergancha qaytib o`zini ko`rsatmasligi kabi bir qator tasvir-tushunchalar borki, ular dunyoviy talqinga sira-sira bo`y” bermasligi, shu bois tasavvufning mohiyatini chuqur o`rganish zarurligini ta`kidlaydi. “Tasavvuf biz uchun ilohiy, axloqiy, falsafiy, ruhoniy va ma`naviy meros. Uning bashariyat havas qiladigan va qiziqadigan eng yorqin va ilg’or jihatlari yoki tamoyillarini qunt bilan o`rganib, o`zlashtirishimiz kerak”1. Suhbatda olim bu sohada G’arbda qilingan ishlarga ham munosabat bildiradi. Ayni shu aytilayotgan fikrini dalillash uchun A.Ya Arberining quyidagi so`zlarini keltiradi: “ Tasavvufiy meros nainki shu kunimizning, balki kelajak avlodlarning ehtiyojlariga ham javob berishi shubhasizdir”. Olimning tasavvuf haqidagi mulohazalari uning chuqur bilimga, keng tafakkurga ega ekanligiga dalolatdir.
Adabiyotshunoslikda har bir olim o`zi qiziqadigan sohasi bo`lishi bilan ajralib turadi. Har bir yirik adabiyotshunos o`zi tanlagan sohaning etuk mutaxassisi bo`lib qoldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, I.Haqqulov mumtoz adabiyot tarixining, tasavvuf ilmining bilimdoni, yirik navoiyshunos, yassaviyshunosdir. Olimning aksariyat tadqiqotlari shu mavzuda. “Tasavvuf va she`riyat” kitobiga (1991) kiritilgan Ahmad Yassaviy haqidagi tadqiqot mustaqillik davrida so`fiy shoir ijodini tadqiq etishning yangi sahifasini ochib berdi. Olim, eng avvalo, o`zbek adabiyoti taraqqiyotida shoir ijodining g’oyaviy-ruhiy ta`siri kuchli ekanligiga diqqat qaratadi. Shu bilan birga muammoning tarixiy genetik ildizlariga nazar tashlab, shoir yashagan davrga bog’liq holda uning ijodiga baho beradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy ildizlari to`g’ridan-to`g’ri “Qur`on” g’oyalari va Muhammad payg’ambar hadislariga borib bog’lanishini asoslab beradi.
Aslida Abdurauf Fitrat zamondoshi A.Sa`diy bilan 20-yillarda Yassaviy ijodiga bag’ishlab qator maqolalar yozib,o`zbek yassaviyshunosligiga asos solgan edilar.Fitrat Ahmad Yassaviy va uning maktabini atroflicha tadqiq etdi. Uning tadqiqotlari islomiy -nazariy asoslariga ko`ra juda yuksak bo`lgan. "Yassaviy kim bo`lg’on?","Hikmatlar","Yassaviyning muhiti", "Mafkurasi" tarzida sarlavhachalarga bo`lgan holda Yassaviy ijodiga munosabatini ifodalashga kirishdi. Maqolada Fitrat o`z uslubiga sodiq qoladi, u muayayn mavzu, ilmiy muammo yuzasidan o`zigacha bildirilgan fikrlar bilan munozaraga kirishib, o`z qarashlarini isbotlashga intiladi. Fitratning Ahmad Yassaviy hayoti, ijodi, ta`limoti haqidagi tadqiqotlaridagi tezislari, chiqargan xulosalari ilmiy jihatdan baquvvatligi, mantiqan izchilligi bilan ajralib turadi.
Fitrat "Yassaviy maktabi shoirlari to`g’risida tekshirishlar" maqolasida bevosita tasavvuf tarixiga nazar soladi. Yassaviy tasavvuf maktabiga mansub yigirmadan ortiq shoirlar ijodi haqida ma`lumot beradi. Bu tadqiqotlar Fitrat ilmiy dunyoqarashi qamrovining nihoyatda keng ekanligini ko`rsatish bilan birga realistik o`zbek yassaviyshunosligini boshlab berganligi jihatidan ham g’oyat qimmatlidir. Albatta, Fitratning Yassaviy haqidagi fikrlarida kamchiliklar ham borki, buni u o`sha vaqtdayoq manba etishmasligidan deya o`zi ham to`g’ri tan olgan edi. Biroq Yassaviy ijodi haqidagi hozirgi qarashlarning asosiy nuqtalarini Fitrat o`z davridayoq aytib o`tgan edi. Shunga qaramay, sho`ro mafkurachilari Fitratni Yassaviy ijodini ideallashtirganlikda, uning dunyoqarashidagi mistika va boshqa jihatlarni ko`rmaslikka yoki atayin xaspo`shlab, uni yo`qsul adabiyot, ya`ni yangi adabiyotning asoschisi deb atagan, bu bilan adabiyotning rivojiga zarba qilib ko`rsatishga uringanlikda ayblab keldilar.
Shunisi e`tiborliki, Fitrat maqolasi bilan tanishsangiz, bu ayblarning hammasi puch ekanligini ko`rasiz. Fitrat Yassaviyning o`zini ham, ijodini ham yaxshi bilganligi va uni ilmiy jihatdan to`g’ri ochib berganligiga, eng muhimi, shoir ijodining ijtimoiy-estetik mohiyatini to`g’ri ko`rsata olganligiga qanoat hosil qilasiz. Fitratdan keyin esa aytish mumkinki, Yassaviyshunoslik to`xtab qoldi. Buyuk so`fiy shoir ijodiga sho`ro mafkurasi noto`g’ri baho berib, bir necha o`n yillar bu qarash davom etib keldi. I.Haqqulovning tadqiqotlari yangicha yo`nalishga egaligi bilan, mustaqillik davri Yassaviygunosligini boshlab bergan tadqiqotlardan sanalishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Olim Yassaviy hikmatlarining mazmun-mohiyatini chuqur talqin etish yo`lidan boradi: “Ahmad Yassaviy axloqiy poklik va yaxlitlik uchun qayg’urgan donishmand. Yassaviy imon ovozini tinglashga, yomonlik bilan yaxshilikni farqlashga, halol nima, harom nima - buni xatosiz bilishga, oshiqlikda yolg’on da`volarga berilmaslikka, to`g’rilikni yoqlab, egrilikka bo`yin tovlamaslikka o`rgatadi”1. Bu satrlarni o`qigan kitobxon shoir ijodining mohiyatiga chuqur kirib boradi. Shuning uchun “qadriyatlarni qadrlab, mangu barhayot asarlarni tushunib, his qilib, talqin etish, yaratilayotgan ko`plab asarlarning sarasini bexato ajrata bilish fikrlovchi, sinchkov insonlarning murakkab yumushidir”2. I.Haqqulov sinchkovlik bilan ana shunday murakkab ishni amalga oshira oldi.
Olim shoir ijodiga sho`ro davrida berilgan noto`g’ri baholar, sub`ektivizmga asoslangan qarashlarni ham tahlil qilib chiqadi. Ularga yangi davr nuqtai nazaridan qaraydi. Uning xulosalari garchand mustaqillikka endigina qadam qo`yilayotgan bir davrda yozilgan bo`lsa-da, bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. Boshqa Yassaviyshunoslarning tadqiqotlaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

  1. Olim birinchilardan bo`lib o`zbek adabiyotida polifonik tafakkur Ahmad Yassaviydan boshlanib, Navoiy she`riyatida yuksak bosqichga ko`tarilgan degan qarashni ilgari surdi.

  2. Ahmad Yassaviy hikmatlari uchun ko`p ovozlilik ham xos xususiyatlardan ekanligini ochib berdi.

  3. O`zbek adabiyotida Vatan haqidagi falsafiy fikrlar Ahmad Yassaviy fikrlaridan boshlangan degan qarashlarni ilgari suradi.

2001 yilda nashr etilgan “Ahmad Yassaviy” tadqiqotida Fitrat an`analarining davomini yaqqol ko`rish mumkin. Bu, birinchidan, tadqiqotning strukturasida ko`zga tashlanadi. Birinchi tadqiqotga epigraf qilib, Yassaviyning “Toliblarga durri gavhar sochdim mano...” misralari olingan bo`lsa, ikkinchisiga Shohinning “Tariqi Yassaviy bir ajoyib sir, Agar aqling bo`lsa ul tariqqa kir” misralari keltirilgan. Etti qismdan iborat tadqiqot “Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida”gi fasl bilan boshlanadi. Olim diqqatini shoirning tug’ilgan yilini aniqlash masalasiga qaratadi va turk, qozoq, rus, o`zbek olimlarining qarashlariga to`xtalib, muammoga oydinlik kiritadi. Arslonbob va Yassaviy munosabatlarini oydinlashtiradi. Yassaviylik tariqati, Yassaviylikning asoslari haqida fikr yuritganda, muhim manbalarga tayanadi. Tariqat va she`riyat o`rtasidagi munosabat va yaqinlikni to`g’ri ochib beradi: “Tasavvuf maslagi insonning basirat ko`zini Ruh va ko`ngil olamiga qaratdi. Nafsni tanish va engish orqali go`zal axloqqa erishish tajribasini o`rgatdi. Va ruhoniyat tarbiyasi uchun uzluksiz g’amxo`rlik qilish usullarini ko`rsatdi. Bular she`riyatning maqsad va qiziqishlariga muvofiq keladigan haqiqat va holatlar edi”1. Olim “Devoni Hikmat” haqida gapirar ekan, uning yaratilishi, tarqalishi, mohiyati kabi masalarga teran nazar tashlaydi. Fitrat, Sa`diy, Ko`prulizoda, Kamol Erarslon, Ahmad Yashar Uchoq kabi yassaviyshunoslar qarashlariga tayangan holda juda ko`p va yangi ma`lumotlarni beradi. Tasavvuf ta`limoti haqida fikr yuritganda esa, uning Junayd Bag’dodiy, Imom G’azzoliy, Boyazid Bistomiy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Rumiy, Suxravardiy, Hujviriy, Shayx Aziziddin Nasafiy singari yirik vakillari qarashlariga tayanadi, o`z ilmiy- nazariy qarashlarini asoslab beradi. Yassaviyshunos olimning yangicha qarashlaridan biri bu buyuk so`fiy shoirning tarixiy xizmatlaridan birini oydinlashtirishida ko`rinadi: ...u turkiy tasavvuf adabiyotida birinchi bo`lib ishqning ma`no-mohiyati, siri va inson qismatidagi olamshumul ahamiyatini har tomonlama chuqur va yolqinli ohanglarda talqin qilib berdi. Bu - hali ishqni tan olmaydigan va ishqqa qarshi turgan mavjud zamonlar uchun o`ziga xos jasorat edi. Ahmad Yassaviy namuna qilib ko`rsatgan oshiq, avvalo, ruhi va ko`ngli “bo`yi Xudo” bilan to`lgan dard va harakat kishisi. Uning uchun darddan mahrum odam odam sanalmaganidek, ishqsizlar ham bamisoli hayvondir”1.
Ikkinchisi, olimning Yassaviy va matomatiya masalasiga oydinlik kiritishi. Yuqorida ta`kidlanganidek, I.Haqqulov tadqiqotlarining o`ziga xosligini ta`minlaydigan, uning uslubiga xos fazilat ilmiy-nazariy qarashlarini turli afsona, rivoyat, naqllar bilan to`ldirib, asoslab, boyitib borishidir. Bu muammoga oydinlik kiritishda ham olim xuddi shu yo`ldan boradi: hind payg’ambari Budda bilan bog’liq hikoyatni keltirib, masalani to`g’ri va aniq yoritib beradi.
Islom olamidagi o`nga yaqin tariqat va tariqat tarmoqlari malomatiylikdan quvvat olib yoki uning ta`sirida bunyod etilganligini Najmiddin Kubro va Alisher Navoiy ijodi misolida ko`rsatadi. Shu bilan birga u malomatiylikning maqsadi, mohiyati, o`ziga xos xususiyatlarini izchillik bilan oydinlashtiradi. Olimning “Yassaviy hikmatlarini o`qish oson. Biroq ularning mazmun-mohiyatini anglash va to`g’ri talqin qilish qiyin” degan fikrlari ayni haqiqatdir. Shuning uchun olim “O`lmas burun o`lish” degan masalaga oydinlik kiritadi, bunda Qur`onga, hadislarga murojaat qiladi.
Malomatni boshga olib jonin bergan,
Oshiqlari o`lmas burun o`lar emish
deganda, shoir insonning qabr azobini emas, kamol darajasini nazarda tutganini asoslab beradi. “O`lmasdan burun o`lish” sifati va holini kamolga etkazmasdan na tasavvufiy hayot va axloqda, na ishqu oshiqlikda oliy maqsad maqomlariga yuksalib bo`lmasligini ta`kidlaydi.
Olimning “Yassaviy va yassaviyshunoslik: natija va bahslar” deb nomlangan maqolasi ham bu yo`ldagi muhim izlanishlaridan biridir. Umuman olganda, olimning tasavvuf muammolariga bag’ishlangan ishlarining o`zi bir necha tadqiqotga manba bo`la oladi. SHuning uchun olimning tasavvuf ilmi haqidagi tadqiqotlari juda keng va chuqur o`rganishni talab qiladi. Magistrlik ishi doirasida biz ularning ba`zilariga to`xtaldik. Kelgusida bu tadqiqotlarni yaxlit o`rganish adabiyotshunoslik oldida dolzarb masala bo`lib qolaveradi.
Xulosa qilib aytganda, I.Haqqul o`zbek olimlari ichida mustaqillik yillarida yassaviyshunoslikning yuqori bosqichlarga ko`tarilishi uchun hormay tolmay xizmat qildi. Mana shunday teran talqinga asoslangan xulosalar nafaqat yassaviyshunoslik, balki hozirgi o`zbek adabiyoti, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti noyob namunalarining asosli tahlili orqali milliy mafkura, istiqlol g’oyasini yoritib berishi mumkin. Shu jihatdan qaraganda olimning talqinlari o`quvchining badiiy asar haqidagi tushuncha-tasavvurlariga o`zgartirish kirita oladi.


    1. Download 140,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish