Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika



Download 15,67 Mb.
bet83/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

3. Kontakt kuchlanish.
Kontakt kuchlanish bir - biriga urinish yuzalari o’lchami qol­gan o’lchamlaridan bir necha bor kichik bo’lgan ikki detal sirtida hosil bo’ladigan kuchlanishdir. Masalan, bir-biriga siqib qo’yil­gan ikki shar yoki rolik sirtida hosil bo’ladigan kuchlanishlar kontakt kuchlanishlardir. Agar detal sirtidagi kontakt kuchlanish ruxsat etilganidan katta bo’lsa, u holda ezilish oqibatida chaqalanish, darz ketish va shu kabi nuqsonlar paydo bo’ladi. Natijada bunday detalni almashtirish zarurati tug’iladi. Bunday hol friksti­on, tishli, kirmaksimon va zanjirli uzatmalarda, shuningdek, du­malash podshipniklarida uchraydi.
Radiuslari 1 va 2 bo’lgan ikki shar bir-biriga Q kuch bi­lan siqilganda hosil bo’lgan elastik deformastiya oqibatida r ra­diusli sferaviy sirt hosil bo’ladi (4-rasm). Puasson koeffistienti  = 0,3 bo’lganda bu radius quyidagicha ifodalanadi:



bu yerda Ev - keltirilgan elastiklik moduli; kg/sm2.

pV - keltirilgan egrilik radiusi, sm.

20.3 - rasm.
Bu tenglikdagi manfiy ishorasi bir - biriga siqilib turgan sirtlarning biri qavariq va biri botiq bo’lganda, musbat ishorasi esa ikkalasi ham qavariq bo’lganda qo’yiladi.
Hosil bo’lgan sirtdagi bosim bir tekis bo’lmaydi, bu bosim­ning eng katta qiymati o’rtacha qiymatidan 1,5 marta katta bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:

Ma’lumki, ko’rib chiqilayotgan hollarda eng katta kuchlanish sirt o’rtasida paydo bo’ladi. Demak: max = - pmax. Shunday qi­lib, yuqoridagi formulalardan quyidagi ifoda kelib chiqadi:

Ikki stilindr bir - biriga siqilganda kontakt kuchlanish uzunligi stilindr uzunligiga, eni esa b ga teng bo’lgan sirtga ta’sir etadi (5-rasm).

20.4-rasm.

Bunday holda hosil bo’ladigan kontakt kuchlanish qiymati qu­yidagi formula vositasida aniqlanadi:



yoki

shuningdek, Puasson koeffistienti = 0,3 bo’lgan hollar uchun



Bu formula doiraviy stilindrgina emas, balki stilindrik sirtga ega bo’lgan hamma turdagi detallarga ham tadbiq etilave­radi. Buning uchun formuladagi rv ni aniqlashda va r1 va r2 lar o’rniga kontakt kuchlanish hosil bo’layotgan nuqtalarning egrilik radiuslarini qo’yish kifoya. Masalan, stilindrik sirtga ega bo’lgan detal bilan tekislik orsida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanishni aniqlash uchun r1 stilindr radiusiga, r2 esa ~ ga teng deb olina­di.
Kontakt kuchlanish hosil bo’lgan yuzada urinma kuchlanish ham paydo bo’ladi. Bu kuchlanish ishqalanish kuchiga yoki ishqalanish koef­fistientiga bog’liq. Odatda, ishqalanish koeffistientining o’rtacha qiymati 0,2 deb olinadi va urinma kuchlanishning qiymati quyida­gicha aniqlanadi:

Vaqt o’tishi bilan o’zgaruvchan kontakt kuchlanishning ta’siri­dan detallarning sirtidan toliqish oqibatidagi emirilish sodir bo’ladi. Bunday hollarda chegaraviy va ruxsat etilgan kuchlanish­larning qiymatlari ish mobaynidagi stikllar soniga bog’liq holda belgilanadi. Stikllar soni namuna detal uchun asos qilib olingan sondan kam bo’lsa, chegaraviy, ya’ni ruxsat etilgan kuchlanishlar­ning qiymati nisbatan katta qilib olinishi mumkin.
Bu fikr detalga mo’ljaldagi ish muddati davomida ta’sir etadigan stikllar soni namuna detal uchun asos qilib olingan stikllar sonidan (masalan, toblanmagan po’lat uchun N - 10 dan) katta bo’lgan hollarga emas, chunki tekshirishlarning ko’rsatishi­cha, stikllar soni asos qilib olingan etgandan keyin uning ortishi chidamlilik chegarasining qiymatiga ta’sir etmaydi (6-rasm).

20.5 - rasm. Stikllar sonini aniqlash.
Aksariyat detallar ana shunday sharoitda ishlaydi va ular uchun ruxsat etilgan kontakt kuchlanish, sirtning qattiqligiga qarab, quyidagi ifodadan aniqlanadi:
[k] = Cb HB yoki
[k] = CR HRC
bu yerda HB va HRC - Brinel va Rokvell bo’yicha kattaliklar; Cb va CR - materialga va termik ishlash usuliga bog’liq koeffistient­lar.
Amaliy hisoblashlarda ruxsat etilgan kontakt kuchlanish qiy­mati aksariyat maxsus jadvallardan olinadi.
Metalmas materiallardan yasalgan detal uchun ruxsat etil­gan kuchlanishning qiymatini topishda quyidagilarga:
1) mustahkamlik xarakteristikasi qat’iy bo’lmay, ishlash sha­roitiga, yuklanishning qanday tezlik bilan o’zgarishiga, tempera­turaning o’zgarishi hamda havo namligiga bog’liq ekanligiga;
2) ishlash jarayonida elastik moduli kichik bo’lgani tufayli detal o’lchamlari ruxsat etilmaydigan darajada o’zgarishi mumkin ekanligiga;
3) mustahkamlik xarakteristikasini belgilovchi deformastiya turlari bir - biridan juda katta farq qilishiga;
4) vaqt, temperatura, namlik detalning chidamliliga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa faktorlarni aniqlovchi eksperimental ma’lumot­lar etarli emasligi va boshqalarga e’tibor berish zarur.
Tamoyil jihatdan olganda, metalmas materiallar uchun ham ruxsat etilgan kuchlanish metallarniki kabi topiladi:

bu yerda K mustahkamlik zapasi bo’lsa ham, metallar uchun aniqlangan n dan katta farq qiladi:
K = KKT KI KM
bunda KKT - konstrukstiya va texnologiyani,
KI - ishlatilish sharoitini,
KM - detalning mustahkamlik darajasini hisobga oluvchi
koeffistientlar.
O’z navbatida KKT - koeffistient materialning ishonchliligi­ni, kuchlanish ta’sirining xarakterini, aniqlik darajasini, de­talning tuzilishi va boshqa faktorlarni, KI - esa tezlik, vaqt, temperatura, havo namligi kabi faktorlarni hisobga oladi.
Umuman, plastmassadan tayyorlanadigan detallarni hisoblash­da ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini aniqlash uchun jadval­lardan foydalanilgani ma’qul.



Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish