26-MA’RUZA. NUQTAVIY ILASHISH BILAN ISHLAYDIGAN UZATMALAR
REJA:
1. Nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan uzatma (M.L.Novikov uzatmasi) haqida qisqacha malumot.
2. Novikov uzatmasining asosiy geometrik o’lchamlari.
3. Novikov uzatmasini loyihalash.
1. Nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan uzatma (M.L.Novikov uzatmasi) haqida qisqacha malumot.
Hozirgi vaqtda tishli g’ildiraklar uchun, asosan, 1760 yilda rus olimi L.Eyler taklif etgan evolventaviy ilashish sistemasi qo’llaniladi. Bunday ilashish bir qator afzalliklarga ega bo’lish bilan birga, ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Jumladan: a) tish sirtining egrilik radiusi katta bo’lmaganligidan qo’yiladigan yuklanish cheklangan; b) ishqalanishga sarflanadigan quvvat nisbatan katta; v) ilashish chiziqli bo’lganligi uchun turli noaniqliklarning uzatma ishiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri nisbatan yuqori.
Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida har xil izlanishlar o’tgkazildi. Bu izlanishlar natijasida taklif etilgan yangiliklardan eng muhimi nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan uzatma M.L.Novikov uzatmasidir. Nuqtaviy ilashma evolventaviy ilashmadan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, evolventaviy ilashmada hamma ilashish nuqtasi birlashtirilsa, ilashish tekisligi hosil bo’ladi. Agar bu tekislik g’ildirakning yon tomoni tekisligi bilan kesishtirilsa, ilashish chizig’i hosil bo’ladi. Nuqtaviy ilashmada esa ilashish tekisligi bo’lmay, faqat ilashish chizig’i bo’ladi. U ham val o’qiga parallel joylashgan bo’lib, yon tekislik bilan kesishganda nuqta hosil qiladi. Ilashishda bo’lgan ikki tish sirtlari shu nuqtalardan o’tayotganda bir-biriga tegadi. Demak, bunday uzatmalar faqat qiya tishli bo’lishi mumkin. Aks holda ilashish nuqtaviy bo’lmaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ishlatilayotgai Novikov uzatmalarida g’ildirak tishlarining yo’nalishi vintsimon bo’lib, tish sirtining shakli markazi ilashish nuqtalariga to’g’ri keladigan aylana yoyidan iborat. Hozirgi vaqtda Novikov uzatmasining ikki xili mavjud: bir ilashish chizig’ili (normal MN 4229 – 63) va ikki ilashish chizig’ili (DS 15023 – 69). Bir ilashish chizig’ili uzatmalar g’ildiraklardan birining (aksariyat shesternyaning) tishi qabariq, ikkiichisiniki esa ana shu qabariq tish o’rnashadigai botiqlikdan iborat bo’ladi (26.1-rasm).
26.1-rasm.Novikov uzatmasi.
Odatda, qabariq tish boshlang’ich aylananing butunlay tashqarisida, botiq tish esa ichkarisida joylashgan bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, shesternyaniig tishi faqat tish kallagidan, g’ildirakning tishi esa uning oyog’idan iborat (26.2-rasm).
Ikki ilashish chizig’ili Novikov uzatmasidagi shesternya va g’ildirak tishlariiing kallagi bo’rtiq, oyog’i esa botiqlikdan iborat.
Uzatmaning geometrik o’lchamlarini 4-jadvalda keltirilgai munosabatlar vositasida aniqlash mum-kin.
26.2-rasm. Novikov uzatmasining tuzilishi.
So’ngi yillarda o’tkazilgai kuzatishlar Novikov uzatmasidan quyidagi hollarda: a) gabarit o’lchamlari katta va detallarining bikrligi etarli darajada yuqori bo’lgai uzatmalarda; b) markazlararo masofasi o’zgarmas qiymatga ega bo’lgan uzatmalarda; v) tish sirtining qattiqligi NV-350 gacha bo’lgan hollarda foydalanish maqul ekanligini ko’rsatdi.
2. Novikov uzatmasining asosiy geometrik o’lchamlari
26.1-jadval
Norma va belgisi
|
Bir ilashish chizig’ili
|
Ikki ilashish chizig’ili
|
Bo’lish aylanasi d1
d1
Markazlararo masofa a
Yon modul mt
Faska balandligi af
O’q bo’ylab o’lchangan qadam px
G’ildirak eni b2
Shesternya eni b1
Qoplanish koeffistienti
Shesternya tishi uchidan o’tgan
aylana diametri da1
G’idirak tishi uchidan o’tgan
Aylana diametri da2
Shesternya tishi tubidan o’tgan
aylana diametri df1
G’idirak tishi tubidan o’tgan
aylana diametri df1
|
mtz1
mtz2
0,5mt(z1+2)
mn/cos
0,7mn
mn/sin
px
b2+(0,4…1,5)mn
|
b2sin/(mn) 2b2sin/mn
|
d1+2,3mn
d2+0,3mn
d1+0,5mn
d2+2,6mn
|
d1+1,8mn
d2+1,8mn
d1+2,1mn
d2+2,1mn
|
3. Novikov uzatmasini loyihalash.
Garchi bu uzatmalarda bir qator afzalliklar bo’lsada, ulardan keng ko’lamda foydalanish mumkin bo’lmayotganligining asosiy sababi shuki, bunday uzatma tayyorlashda va detallarini yig’ishda aniqlik darajasiga haddan tashqari yuqori talablar quyiladi. Novikov uzatmasi ham, asosan tishlarining sinishi hamda tish sirtining uvalanishi natijasida ishlash qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun bunday uzatmalar tishlarini eguvchi va kontakt kuchlanishga hisoblash asosiyda loyihalanadi. Amalda Novikov uzatmasi, V.N.Kudryavstev va M.N.Ivanov tavsiyasiga binoan, quyidagi tartibda loyihalanishi mumkin:
1. Dastavval g’ildiraklar uchun material tanlab, NR ning qiymati aniqlanadi.
So’ngra 26.2-jadvaldan g’ildirak enining diametri bo’yicha koeffistienti bd aniqlanadi.
26.2-jadval
Yuklanish xarakteri
|
G’ildiraklarning tayanchga nisbatan joylashuvi
|
simmetrik
|
nosimmetrik
|
konsol
|
Deyarli o’zgarmas
Keskin o’zgaruvchan
|
1,7
1,7
|
1,4
1,5
|
0,8
0,6
|
Berilgan T1, u va aniqlangan NR va bd larning qiymatidan foydalanib, shesternya diametri d1 va eni b1 topiladi:
bu yerda T1-burovchi moment, Nm; u – uzatish soni; NR – ruxsat etilgan kuchlanish, MPa.
2. Shesternya tishlarining soni z1 tanlanadi. Bunda z1=13…20 bo’lishi tavsiya etiladi. Tanlangan z1 va aniqlangan d1 qiymatidan foydalanib, modulning taxminiy qiymati topiladi:
Topilgan mn qiymati DS 14186-69 da berilgan qiymatga moslashtiriladi.
3. Qoplanish koeffistienti ning qiymati tanlanadi. Uni 1,1; 2,1 yoki 3,1 qilib olish tavsiya etiladi. Aniqlangan , mn va b1 dan foydalanib qiyalik burchagi topiladi:
4. Normal modul va qiyalik burchagining qiymatidan foydalanib, geometrik o’lchamlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan yon modul topiladi:
mt ma’lum bo’lgach, uzatmaning qolgan geometrik o’lchamlari 38-jadvalda keltirilgan munosabatlar asosida hisoblab chiqariladi.
5. Uzatmaning geometrik o’lchamlari aniqlangach uning mustahkamligi kontakt va eguvchi kuchlanishlar bo’yicha tekshiriladi. Buning uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:
Bu yerda [T1] – loyihalangan uzatmadagi shesternyaning uzata olishi mumkin bo’lgan burovchi moment, Nm; T1 – shu momentning hisobiy qiymati, Nm; NR va FP – kontakt va eguvchi kuchlanishlar bo’yicha ruxsat etilgan kuchlanishlar, MPa; mn – normal modul, sm (6-jadval); Kz=0,5(Kz1+Kz2) – tishlar sonining koeffistienti, bunda Kz1 va Kz2 larning qiymati ekvivalent tishlar soni zV1 va zV2 ga bog’liq ravishda 26.3-rasmda keltirilgan grafik asosida belgiladi; - tanlab olingan ga eng yaqin bo’lgan butun son (masalan, =2,1 bo’lsa, bo’ladi); s-ilashish chizig’ining soni; YF-tish shaklining koeffistienti, 26.4-rasmdan olinadi; d1 shesternya diametri, m;
26.3-rasm 26.4-rasm
26.3-jadval
mn, mm
|
(mn, sm)
|
Km
|
1-qator
|
2-qator
|
2,5
3,15
4
5
6,3
8
10
63 gacha davom etadi
|
2,8
3,55
4,5
5,6
7,1
9
|
0,0359
0,0471
0,0625
0,0833
0,111
0,147
0,190
0,249
0,333
0,440
0,585
0,776
1,0
|
0,91
0,93
0,95
0,975
1
1,025
1,05
1,075
1,1
1,125
1,15
1,175
1,2
|
NN va KF - notekislik koeffistientlari, 99-shakldan olinadi. KNKF - dinamikaviy koeffistientlar, 1…1,2 qilib olish mumkin; Km- masshtab koeffistienti, 5-jadvaldan olinadi; KR-tishning hisobiy uzunligini e’tiborga oluvchi koeffistent, keltirilgan egrilik radiusiga bog’liq, bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |