27-MA’RUZA. KIRMAKSIMON UZATMALAR
REJA:
Kirmakli uzatmalarning mohiyati.
Uzatmaning geometriyasi.
Uzatmani hisoblash tartibi.
Uzatmani issiqlikka hisoblash.
1. Kirmakli uzatmalarning mohiyati
Kirmaksimon uzatmalar vallarning o’qlari ayqash bo’lgan hollarda ishlatiladi. Ayqashlik burchagi har xil bo’lishi mumkin. Lekin =90 qilib olinadi. Bu uzatma kirmaksimon g’ildirak bilan rezbali val kirmakdan iborat.
Afzalligi:
a) tuzilishi oddiy, o’zi ixcham bo’lib bir pog’onaning o’zida uzatishlar soni katta bo’ladi.
b) ravon va shovqinsiz ishlaydi.
v) o’zi tormozlanuvchan qilib tayyorlanishi mumkin.
g) ishonchli ishlaydi.
Kamchiligi:
a) foydali ish koeffistientining nisbatan kichikligi.
b) g’ildirak tishlarining nisbatan tez eyilishi.
v) g’ildirak uchun qimmatbaho metall (bronza) ishlatilishi. Kirmaksimon uzatmalar, kirmak tanasining tuzilishiga qarab stilindrik va globoid; kirmak o’ramlarining shakliga qarab, Arximed, evolventa va konvolyuta shaklli; kirmakning g’ildirakka nisbatan egallagan o’rniga qarab, kirmagi pastda, yonida va tepada joylashgan bo’ladi. Agar kirmak o’ziga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo’lgan iz Arximed spiraliga o’xshasa Arximed kirmagi, evolventaga o’xshasa evolventaviy kirmak, cho’zilgan evolventaga o’xshasa konvolyutaviy kirmak deyiladi.
2. Uzatmaning geomertiyasi.
Kirmaksimon uzatmada ham, boshlang’ich, bo’lish, ichki va sirtqi diametrlar uzatmaning asosiy geometrik parametrlaridir. Ilashmaning qadami sifatida reykaning kirmak o’qi bo’ylab o’tgan tekislik bilan kesganda hosil bo’lgan qadami Rx, modul sifatida esa shu qadamning (Rx) ga nisbati olinadi. Kirmakning umumiy tuzilishi trapestiyasimon vintga o’xshaydi. Uning rezbasi ham bir kirimli, ko’p kirimli bo’lishi mumkin. z = 1 - 4 gacha. = 20 o’q bo’ylab o’tkazilgan profil burchagi.
q1= d1/m - kirmakning nisbiy diametri qiymatiga qarab olinadi, bunda m=Px/ - kirmakning o’q bo’ylab aniqlangan moduli.
27.1-rasm. Kirmaksimon uzatmaning geometriyasi.
Kirmakning nisbiy diametri
q1 = d1 / m
Kirmakning bo’lish diametri
d1 = q m
kirmakning sirtqi diametri
da1 = d1 + 2m = m (q + 2)
Kirmakning ichki diametri
df1 = d1 – 2,4m = m (q - 2,4)
Kirmakning o’ramlar kirqilgan qismi uzunligi
z = 1 – 2 b1 = m (11 + 0,06z2)
z = 4 b1 = m (12,5 + 0,09z2)
Kirmaksimon g’ildirakning o’lchamlari.
Bo’lish diametri
d2 = m z2
Tish uchi diametri
da2 = d2 + 2m
Tish tubi diametri
df2 = d2 - 2,4m
G’ildirakning eng katta diametri
daM2 = da2 + 6m / (z1+ 2)
O’qlararo masofa
aw = (d1 + d2) / 2 = m (q +z2) / 2
G’ildirakning eni
z = 1 - 2 b2 = 0,75 da1
z = 4 b2 = 0,67 da1
Qamrov burchagi 2d = 100 0 bo’ladi
3. Uzatmani hisoblash tartibi.
Sirpanish tezligi. Sirpanish tezligi kirmakning vint chizig’iga urinma ravishda yo’nalgan. Uning qiymati chervyak va g’ildirak aylana tezliklarining qiymatidan foydalanib topish mumkin.
s =
1 = 1 d1 / 2 103
2 = 2 d2 / 2 103
tg = 1 / 2
bu yerda - kirmak vintaviy chizig’ining ko’tarilish burchagi. Odatda 30 bo’lgani uchun 2 doimo 1 dan, 1 esa 3 dan kichik buladi. Shu sababli tishlar tez eyiladi va uzatmaning foydali ish koeffistienti nisbatan kichik bo’ladi. ni quyidagi-cha topsa ham bo’ladi:
Uzatmaning foydali ish koeffistientini aniqlash.
Kirmaksimon uzatmaning foydali ish koeffistienti vintli juftning foydali ish koeffistienti kabi aniqlanadi:
Demak kirmaksimon uzatmaning foydali ish koeffistientini vintaviy chiziqning ko’tarilish burchagi ni oshirish (kirimlar sonini ko’paytirish) yoki ishqalanish burchagi r ni (ya’ni ishqalanish koeffistienti ni kamaytirish) hisobiga oshirish mumkin.
Uzatmaning uzatishlar soni.
Uzatishlar nisbati
i =1/ 2
Uzatishlar soni
U = z2/ z1
Ilashmaga ta’sir etuvchi kuchlar.
Ft1 = Fa2 = 2T1 / d1
Do'stlaringiz bilan baham: |