29-MA’RUZA. ZANJIRLI UZATMALAR
REJA:
Zanjirli uzatmalarning klassifikastiyasi.
Zanjirli uzatmalarni hisoblash tartibi.
Uzatmalarning tekshiruv hisobi.
1. Zanjirli uzatmalarning klassifikastiyasi
Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi tishli ikkita g’ildirak (yulduzcha) va ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tuzilgan bo’ladi. (29.1-rasm).
29.1 - rasm. Zanjirli uzatmaning sxemasi.
Mashinasozlikda zanjirli uzatmalarning harakatga keltiruvchi mexanizm - yuritma, yuk tashish va tortish uchun mo’ljallangan turlari ishlatiladi. Yuk tashish uchun ishlataladigan zanjirlar harakat tezligi katta bo’lmagan yuk ko’taruvchi mexanizmlarda yukni osib qo’yish uchun va uni ko’tarib – tushirish uchun xizmat qiladi. Odatda yuk tashiydigan zanjirlarni qadami 15 dan 140 mm gacha bo’ladi.
Tortish uchun mo’ljallangan zanjirlar elevator, konveyer va eskalator kabi yuk tashish mexanizmlarida ishlatladi. Bunday zanjirlarning qadami 60 dan 1250 mm gacha qilib tayyorlanadi.
Qadam zanjirning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, t-harfi bilan belgilanadi va zanjir zvenolarini birlashtiradigan valiklar orasidagi masofani ko’rsatadi.
Mashina detallari kursida asosan harakatga keltiruvchi mexanizm sifatida zanjirli uzatmalar o’rganiladi.
Bunday uzatmalar har xil turdagi zanjirlar bilan jixozlanadi.
Masalan: vtulkali, vtulka - rolikli, rolikli va tishli zanjirli. Zanjirni soniga qarab bir qatorli yoki bir necha qatorli xillarga bo’linadi. Bundan tashqari, zanjirli uzatmalar ochiq yoki yopiq maxsus qoplama ichiga olingan bo’lishi mumkin.
Zanjirli uzatmalarning afzalligi:
a) harakatni nisbatan (tishli uzatmalarga qaraganda) uzoq masofaga uzata oladi-vallar orasidagi masofa 5 m ga etadi.
b) foydali ish koeffistienti yuqori.
v) vallarga tushadigan kuch tasmali uzatmalardagiga qaraganda kichik.
g) zanjirlar ilashish prinstipi asosida ishlaganligi tufayli sirpanish hodisasi ro’y bermaydi, natijada uzatish soni qat’iy qiymatga ega bo’ladi.
Zanjirli uzatmalarni kamchiliklari:
a) tannarxi yuqori.
b) yulduzchani tayyorlash birmuncha murakkab.
v) e’tibor bilan qarab turishni va sinchiklab montaj qilishni talab etadi.
g) zanjir elementlari eyilishi bilan uzunligi oshadi va qushimcha dinamikaviy kuchlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi va notekis ishlaydi.
2. Zanjirli uzatmalarni hisoblash tartibi.
1. Zanjirning qadami hisoblanadi R, mm.
bunda:
a) T1 - etaklovchi yulduzcha validagi burovchi moment (reduktorning etaklanuvchi validagi burovchi moment) Nm;
b) Ke - ekspluatastiya koeffistenti, o’z navbatida quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |