31-MA’RUZA. TASMALI UZATMALAR.
REJA:
Tasmali uzatmaning mohiyati.
Uzatmani hisoblashning nazariy asoslari.
Tasmaga tushadigan kuchlarning hisobi.
Tasmali uzatmalarni geometrik hisoblsh tartibi.
Ponasimon tasmali uzatmalar.
1. Tasmali uzatmaning mohiyati.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo’linadi:
ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (frikstion va tasmali uzatmalar);
ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar).
Tasmali uzatmalar eng oddiy uzatmalardir; ular etaklovchi va etaklanuvchi shkivlardan hamda tarang tortilgan tasmadan iborat. Tasmali uzatmalar ishqalanish hisobiga kuchni uzatadi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffistienti qanchalik katta bo’lsa, tasmali uzatmaga shuncha kuchli yuklanish qo’ysa bo’ladi. Tasmali uzatmani sirpanmasdan ishlashi uchun qamrov burchagini katta qilib olish kerak, buning uchun taranglovchi roliklar ishlatiladi.
Tasmali uzatmaning afzalligi:
1) xarakatni nisbatan uzoq masofaga uzatish imkonini beradi;
2) shovqinsiz va ravon ishlaydi;
yuklanish qiymati to’satdan oshib qolsa, mashinaning qismlari sinishdan saqlanadi (sirpanish asosida);
4) oddiy tuzilgan;
5) narxi arzon.
Kamchiliklari:
1) tashqi o’lchamlari katta;
2) tasma shkivlaridagi sirpanish uzatishlar sonini o’zgarib turishiga sabab bo’ladi;
3) val va tayanchga katta zo’riqish tushadi;
4) tasmani turg’unligi kichik (1000-1500 s);
5) odatda tasmali uzatmalar quvvati 50 kVt gacha bo’lgan xolda ishlatiladi.
Agar quvvat 1000....1500 kVT bo’lsa uzatmani F.I.K. kamayadi, hamda o’lchamlari kattalashadi;
6) u = 2 - 4 gacha bo’ladi umax = 15; = 25 m/s;
2. Uzatmani hisoblashning nazariy asoslari.
Bu yassi va ponasimon uzatmalar uchun bir xil. Shuning uchun avval umumiy ma’lumotlar bilan tanishamiz. Tasmali uzatmani hisoblashda ikki omilga, tasmani tortish qobiliyati va chidamligiga ahamiyat beriladi. Tasmali uzatmani tortish qobiliyati tasma va shkiv orasidagi ishqalanish koeffistientini qiymatiga bog’liq.
Tasmali uzatmalarda ta’sir etadigan kuchlar, uning kinematikasi va geometriyasi:
shkivdagi aylana tezliklar:
bunda D1 va D2 - etaklovchi va etaklanuvchi shkivlarning diametri.
n1 va n2 - vallarning aylanish chastotalari, ayl/min. uzatma ishlashida shkivlarda ma’lum sirpanish bo’ladi, demak,
1 < 2 yoki 2 = 1(1- );
- sirpanish koeffistenti qiymati kuch va momentga bog’liq.
= 0,01 -- 0,02
uzatmani uzatishlar soni:
= -
- nisbiy sirpanish
Amaliy hisoblashda = 0 deb olish mumkin.
3.Tasmaga tushadigan kuchlarni hisobi.
Tasmani etaklovchi qismini tarangligini S1 va etaklanuvchi qismi tarangligini S2 deb belgilaymiz. Bu tarangliklarni Eyler formulasidan aniqlaymiz
S1 = S2 efa1 (1)
e - natural logarifm asosi.
Foydali aylanma kuch P = S1- S2 (2)
1 va 2 formulalarni birgalashib echsak, unda
S2 efa1 – S2 = S2(efa1 – 1) = P (3)
1 va 2- etaklovchi va etaklanuvchi shkivlarning qamrov burchagi.
f – ishqalanish koeffistienti 3-chi formuladan
(4)
4-formulani birinchi formulaga qo’ysak
(5)
4 - chi va 5 - chi formuladan
S1/ S2 = efa1 (6)
Ponasimon tasmali uzatmalar uchun f o’rniga keltirilgan f1 koeffistienti ishlatiladi, uning qiymati o’rtacha
f0 = 400 - ponasimon tasmali uzatmalar uchun.
Foydali aylani kuchi P quyidagicha topilishi mumkin:
;
(7) va (8) formuladan S1 + S2 = 2S1;
(7) va (9) dan S1= S0+ 0,5 P S2= S0- 0,5 P (10)
Agar tasmani 1 N/m og’irligini q deb olsak, unda uzatmada ortikcha markazdan qochish kuchi paydo bo’ldi, ya’ni q 2/g;
Bunda ma’lumki tortilish kuchlari ham oshadi;
;
4. Tasmali uzatmalarni geometrik hisoblash tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |