15.1-rasm
Yuqorida keltirilgan aniqlashga asosan, tolkatelning absolyut va nisbiy tezlik vektorlari orasidagi burchak- kulachokli mexanizmning har xil holatlaridagi uzoqlashishi va qaytish fazalaridagi γ harakatini uzatish burchagining. Rasmdan ko’rinib turibdiki γ burchak qancha kichik bo’lsa, kulachok markazini tolkatelning absolyut tezligi vektori oxiri bilan birlashtiruvchi og’malik vertikal chiziqqa nisbatan shuncha katta bo’ladi. γ harakatini uzatish burchagining minimal qiymatini topish uchun absolyut tezlik vektorlarning oxirlarini ravon chiziqlar bilan birlashtirish kerak va kulachok markiazidan unga urunmalar o’tkaziladi.
μv = μф ω1 masshtabda bajarilgan tezlik vektorlari, tezlik anolog vektorlari hisoblanadi, bu 14-ma’ruzadagi (14.4) formuladan ko’rish mumkin. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan vektorlar oxirini birlashtiruvchi egrilik tolkatelning siljishi bilan uning tezlik analogi S (V) bog’lanishini ko’rsatuvchi grafikdir (15.1rasm)
Kulachokni minimal radiusini aniqlashda kerak bo’lgan S (V) grafikning ba’zi – bir xossalarini belgilaymiz.
S (V) grafikni aylanib o’tish yo’nalishi kulachokning aylanish yo’nalishiga teskari;
Agar kulachok soat strelkasiga qarshi aylansa (15.1-rasmdagidek), S (V) grafikning chap qismi S ordinata o’qining chap tomonida yotgan qismi tolkatelning qaytish fazasiga, o’ngga esa – uzoqlashish fazasiga mos keladi.
Uzoqlashish va qaytish fazalarida y minimal burchak ostida S (V) grafikka o’tqazilgan urunma kulachokning minimal radiusi bilan chizilgan aylanma markazida uchrashadi.
15.2-rasm
Kulachokli mexanizmni analizm natijasida 15.1-rasmda S (V) grafigi qurilgan Kulachokning minimal radiusini aniqlashdi, kulachok mexanizmlarni loyihalashda o’xshash grafiklardan foydalanish uchun tolkatelni siljish va tezlik kinematik diagrammalarni qurish kerak.
Bir xil mashshtabda μ1- μv bajarilgan tolkatelning siljishi va tezlik analogi kinematik diagrammalaridan foydalanib SIVI grafikni qurish 15.2-rasmda ko’rsatilgan. Masshtablarni tengligida ko’rsatilgan grafik siljish va tezlik analogi diagrammalaridan tog’ridan-to’g’ri mos ravishda kesmalarni rasmda ko’rsailganidek o’tqazib quriladi. Agar diagramma masshtablari teng bo’lmasa, u holda S(V) grafikning koordinata o’qlarining masshtabi bir xilda bo’lishi kerak.
γmin harakatni minimal uzatish burchagining ruxsat etilgan qiymati loyihalashda berilgan bo’ladi yoki konstruktor uzoqlashish va qaytish uchastkalarida har xil qiymat bo’lishi mumkin. S(V) grafikka ikkita urunma o’tqaziladi: γ1min va γnmin bu burchaklar abssisa o’qiga og’ma bo’ladi. (15.2-rasm) Nazariy 2 punktda ko’rsatilganidek grafikning xossasiga asosan, bu urinmalar kulachokning minimal radiusi bilan chizilgan aylana markazida uchrashadi. Biroq amalda minimal radiusli aylana markazi loyihalayotgan kulachokda, bu urunmalar bilan chegaralangan zona ichida yoki oblastda joylashadi. 15.2-rasmda bu oblast chegaralari shtrixlangan kontur chiziqlar bilan ko’rsatilgan. Kulachok markazini chegaradan uzoqlashishi konstruktor tomonidan quyidagilarni hisobga olib aniqlanadi.
Minimal radiusli aylana qancha katta bo’lsa, shuncha kulachokli mexanizmni ishlash sharoiti yaxshi bo’ladi, lekin konstruksiyaning minimal gabaritiga talab buziladi. Shuning uchun, bu o’lcham unga katta bo’lmasligi kerak; bu oraliq urunma chiziqlarning kesishish nuqtasi va S (V) grafikning koodinat boshidan (10+20), foizdan oshmasligi kerak. Kulachok aylanish markazi va koordinat boshi oralig’idagi masofa kulachokning rmin minimal radiusi bo’ladi.
Kulachok markazining holati ruxsat etilgan zona ichida bo’lishi mexanizm konstruksiyasiga bog’liq. Masalan, agar mexanizm markaziy bo’lsa, kulachok markazi S (V) grafikning ordinata o’qi davomida joylashadi, agar mexanizm markaziy bo’lmasa, kulachok markazi bu o’qdan berilgan ekssentrisitet qiymatga siljigan bo’ladi. Agar mexanizm konstruksiyasi oldindan aniqlanmagan bo’lsa, unda kulachok aylanish markazi S(V) grafikning ordinata o’qidan chap yoki o’ng tomonda joylashishi mumkin, bu loyihalanayotgan kulachokli mexanizmni uzoqlashish fazasida ishlash sharoitini yaxshilaydi, ya’ni bu fazada kulachokdan tolkatelga kuch uzatiladi. S (V) grafikdan 15.2-rasmda ko’rsatilganidek, tolkatelning uzoqlashish fazasi grafikda 1-5 uchastkada mos keladi. Bu uchastkada kuchni uzatish sharoitni yaxshilash uchun mumkin qadar 2,3 va 4 holatlarda harakatni uzatish burchagini oshirish kerak. Shuning uchun, kulachok markazini grafikning ordinata o’qidan chap tomonga siljitish kerak.
Kulachok aylanish yo’nalishiga nisbatan yana bir xulosa. 15.2- rasmdan ko’rinib turibdiki, S (V)grafikning aylanib o’tish yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha bo’lsa, loyihalanayotgan kulachok soat strelkasiga qarshi aylanadi. Agar loyihalanayotgan kulachok qarama-qarshi yo’nalishda aylanishi talab etilsa, u holda S (V) grafikning aylanib o’tish yo’nalishini ordinata o’qiga nisbatan oyna joylashishida o’zgartirish kerak.
Kulachokning minimal radiusini aniqlash metodikasi, tolkateli o’tkir uchli, yassi ilgarilanma harakatlanuvchi rolikni kulachokli mexanizmlar uchun yaroqlidir. Tekis tarelkali va tebranuchi tolkatelli kulachokli mexanizmlar uchun kulachokni minimal radiusini aniqlash metodikasi (2) (4) ko’rib chiqilgan.
Minimal radius aylanib o’lchamini aniqlash bilan, tolkatelni yaqinda turish uchastkasida kulochok profilini topdik. Loyihalashning kelgusi etapi-bu boshqa uchastkalarda kulachok formasini aniqlashdan iborat yoki kulachokni loiyihalahdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |