v2= u21ω1=u21μ1ω1
14.2-rasm
Endi tebranma tolkatelli kulachokli mexanizmni ko'rib chiqamiz. Tolkatelning oniy tezligini tezliklar rejasi metodi va uzatish nisbati metodi bo'yicha topish uchun yuqorida yozilgan hamma proseduralarni qilamiz. Tebranma tolkatelli kulachokli mexanizm sxemasida μ1 masshtabda 14.8-rasmda ko'rsatilgan, tezliklar rejasi boshlang'ich zveno – kulachok masshtabida μv = μ1 ω1 quramiz.
Qutb P dan k1 nuqtaning tezlik vektorini, ya'ni kulachokning kontakt nuqtasidan O1K radius –vektoriga teng va perpendikulyar qilib o'taqazamiz (bu va bundan keyingi harakatlar 14.8-rasmda keltirilgan.) Tolkatelga tegishli k2 kontakt nuqtasining tezlik vektorini quyidagi vektor tenglamadan topamiz:
vk2=vk1+vk2k1
Oliy kinamatik juftlar nazariyasiga asosan, tolkatel va kulachok kontakt nuqtasining nisbiy tezligi kulachok profiliga o’tkazilgan urinma bo’yicha yo’nalgan. Shuning uchun grafik qo’shishni bajarib, k1 nuqta tezlik vektorining oxiridan τ = τ urinmaga parallel chiziq o’tqazamiz. Tebranma tolkatel k1 kontakt nuqtasining absolyut tezligi radius-vektorga perpendikulyar, shuning uchun tezliklar rejasidagi qutbdan mexanizm sxemasidagi O3K kesmaga perpendikulyar chiziq o’tkazamiz. Ikki chiziqning uchrashuv nuqtasida tolkatel kontakt nuqtasining absolyut va nisbiy tezlik vektorlarining oxiri yotadi.
Topilgan tezliklar rejasi berilgan kulachokli mexanizm holati uchun tolkatel tezlik qiymatini topishga imkon beradi:
Qisqartirilgandan keyin olamiz:
Kulachokli mexanizmning uzatish nisbati metodini qo’llab, o’sha tezlikni topamiz. Tolkateldan kulachokka uzatish nisbati:
(14.4) ni hisobga olib, topamiz:
Qisqartirilgandan so’ng olamiz:
Biroq, bu kesmani tezliklar rejasini qurmasdan eng oddiy usulda topish mumkin. Yordamchi qurilishlarni bajarib, bu usulga o‘tamiz.
Tezliklar rejasini 90 0 ga kulachokning aylanish yo’nalishiga teskari tomonga buramiz, so’ng uni mexanizm sxemasiga shunday ko’chiramizki, unda reja qutibi kulachok aylanish markazi bilan ustma-ust tushsin. (14.8-rasm) u holda pk1 vektor O3K radius-vektor bilan ustma-ust tushadi, k1k2 nisbiy tezlik vektori
14.8-rasm
kontakt nuqtalaridan o’tkazilgan n-n normal bo’yicha joylashadi, pk2 vektori esa tolkatelning O2K kesmasiga parallel bo’ladi. k1k2 vektor bilan O1O2 kesmaning uchrashuv nuqtasi P ni beradi. Uchburchak ∆O2PK va ∆O2PK2 larni ko’rish, ularni o’xshashligini ko’rsatadi. Shuning uchun quyidagi tenglik tog’ridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |