14.3-rasm
Tolkatelning holati tolkatel yo’li va kulachok profili regulirovka qilinishi mumkin. 14.3b-rasmda profili regulirofka qilinadigan mumkin bo’lgan kulachok konstruksiyasi ko’rsatilgan. Profilning aniq sektori sharnirda diskka o’rnatilgan va har xil holatlarda vint yordamida mahkamlangan shu bilan profilning o’zgarishini ta’minlaydi. Hamma ko’rsatilgan oltita konstruktiv xususiyatiga ko’ra alohida kulachokli mexanizmni xarakterlashi mumkin. Masalan 14.2a-rasmda ko’rsatilgan mexanizm to’la ta’riflanishi mumkin; aylanuvchi kulachokka ega bo’lgan tekis regulirovka qilib bo’lmaydigan rolikli silkinuvchi tolkatel va kuchli tutashuvga kulachokli mexanizm.
Oddiy kulachokli mexanizm geometriyasi va kinematikasi.
Kulachokli mexanizmning geometriya va kinematikasini bir-biridan ajratib bo’lmaydi, chunki kulachokning formasi tolkatel harakatining xarakteriga bevosita bog’liq. Buni aylanuivchi kulachokli va ilgarilanma harakatlanuvchi o’tkir uchli tolkatelli kulachokli mexanizm misolida ko’rib chiqamiz (14.1 a-rasm).
Kulachokdan boshlaymiz. Ko’pincha kulachok profili ikkita konsentrik aylana yoydan tuzilgan bo’lib, egri chiziqlar birlashmasi bo’ladi (14.4-rasm) bu chiziqlarni formasi har xil bo’lib, lohiyalashtirilaveriladi. Kichik aylanish minimal radiusdagi Imin aylanish deyiladi va istalgan kulachok konstruksiyaning asosida yotadi. Aylana yoylari egrilik radiusi bilan tutashgan.
14.4-rasm
Nuqtalari (14.4-rasmda) I, II, III, IV-nuqtalar profilning xarakterli nuqtalari bo’ladi. Sxemada kulachok shunday burchak holatda ko’rsatilganki unda tolkatel I nuqtada kontaktda bo’ladi.
Tolkatel harakatini kulachok aylanishda ko’ramiz. Kulachok aylanish yo’nalishi (soat strelkasi teskari) bo’yicha φy burchak yo’nalishidagi tolkatel kulichok markazidan uzoqlashadi shuning uchun profildagi I-II uchastkani uzoqlashuv uchastkasi deyiladi, bu uchastkaga mos ravishda markaziy burchak φ́y profil uzoqlashuv burchagi to’g’ri keladi. Kulachokning kelgusi burilishida tolkatel II-III uchastkada kulachok profili bilan kontaktda bo’lib, u aylana yoyi buning bajarilgan, tolkatel holatga qo’zg’almas bo’lib, kulachok markazidan eng uzoqda joylashadi. Shuning uchun bu profil uchastkani uzoqda turish uchastkasi deyiladi. Unga kulachokning markaziy burchagi φ́y mos keladi. Shu sababdan uni uzoqda turish profil burchagi deyiladi. Tolkatel III-IV uchastkada profil bilan kontaktda bo’lganda, tolkatel kulachok markaziy tomon yo’naltiruvchi bo’yicha qaytadi. Shuning uchun bu uchastkani profilning qaytish uchastkasi deyiladi unga kulachokning markaziy burchagi φ́k mos keladi, uni profilini qaytish burchagi deyiladi. IV-I uchastkada kontaktdan tolkatel kulachok markaziga eng yaqin holatda qo’zg’almas bo’ladi, mos ravishda bu uchastkani yaqinlashuv uchastkasi deyiladi. φ́k-kulachok burchagini esa profil yaqinlashuv burchagi deyiladi.
Kulachokli mexanizmning geometrik va kinematik parametrlar to’g’risida gapirilganda kulachokning profil burchaklari va kulachokli mexanizmning faza burchaklarini farqlash kerak kulachokning profil burchaklari – bu kulachokning markziy burchaklari bo’lib, profilning xarakterli uchastkalari bilan chagarelangan profil burchaklar kulachokka tegishli, uning geometrik parametrlari hisoblanadi; bu burchaklar yuqorida ko’rilgan kulachokli mexanizmning faza burchaklari – bu kulachokning burilish burchagi. Tolkatel harakatining bazasiga mos tushadi uzoqlashuvi, qaytun, uzoqda va yaqinda turish faza burchaklar kulachokli mexanizmlari tegishli bo’lib uni kinematik parametrlari deyiladi.
Profil va faza buraklar o’tkir uchli tolkateli ilgarilanma harakatlanuchi markaziy kulachokli mexanizmlarda faqat usma-ust tushadi, markazni mexanizmda tolkatelni harakat chizish kulachokning aylanish markazidan o’tadi (14.4-rasm).
Profil va faza burchaklar markaziy bo’lmagan kulachokli mexanizm misolida ustma-ust tushmasligini ko’rsatamiz (14.5-rasm). Bu mexanizmda tolkatelni harakat chizig’i kulachokning aylanish makazidan o’tmaydi undan masofada uzoqda qoladi. Uni eksentresinet deyiladi. Kulachokli mexanizm tolkatel kulachok bilan nuqta belgilangan holat ko’rsatilgan.
Tolkatelni kulachok profilidagi II, III va IV harakterli nuqtalarida bog’langan holatini chizamiz.
Tolkatel bu holatlarda e radius bilan chizilgan aylanaga o’tkazilgan urinma bo’ylab joylashadi. Tolkatelni bu holat oralig’idagi burchaklar kulachokning burilish burchagiga teng bo’ladi, mos ravishda tolkatelning harakat fazasi, ya’ni faza burchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |