Titrashdan muhofazalashning asosiy usullari Obyektning tebranish jadalligini qo‘yidagi usullar yordamida kamaytirish mumkin.
Manbaning titrash aktivligini pasaytirish. Uyg’otish manbalari tomonidan tebranishlarning vujudga keltirilish sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Uyg’otuvchi omillarni ikki gruppaga bo’lish qulay. Birinchi gruppaga kinematik juftliklardagi ishqalanish bilan bog’liq bo‘lgan hodisalar kiradi. Ushbu gruppa omillarining titrash aktivligini kamaytirish ishqalanuvchi yuzalar materiallarining xususiyatlarini o’zgartirish bilan bog’langan bo‘lib, bunga xar bir xususiy hol uchun xos bo’lgan usullar yordamida, masalan, maxsus moylovchi materiallarni qo’llash bilan erishish mumkin.
Uyg’otuvchi omillarning ikkinchi gruppasi jismlarning xarakati (rotorlarning aylanishi, mexanizm bo‘ginlarining surilishi) bilan bo’g’langandir.
Bu holda manbaning titrash aktivligini kamaytirishga xarakatlanuvchi masalalarni muvozanatlash orqali dinamik reaksiya kuchlarini kamaytirish yo’li bilan erishiladi.
Obyekt konstrukqiyasini o‘zgartirish. Tebranishni kamaytirishning barcha mexanik sistemalar uchun umumiy bo‘lgan ikki usulini ko’rsatish mumkin. Birinchi usul rezonans hodisalarini bartaraf etishdan iborat. Agar obyekt chiziqli xususiyatlarga ega bo’lsa, u holda vazifa uning xususiy chastotalarini keragicha o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Chiziqsiz xususiyatli obyektlar uchun rezonans hodisalarining bo‘lmasligi sharti bajarilishi lozim. Ikkinchi usul obyektda mexanik energiyaning yutilishini kuchaytirishga asoslangan. Titrashdan muhofazalashning so‘ndirish (dempferlash) deb ataluvchi ushbu usuli keyinroq ko‘rib chiqiladi.
Tebranishlarni dinamik so‘ndirish.Dinamik tebranishlarni so‘ndirgich (qisqacha—so‘ndirgich) ob’ektning so‘ndirgich ulanadigan nuqtalariga qo‘yiladigan qo’shimcha dinamik ta’sirlarni vujudga keltiradi. Dinamik so’ndirish so‘ndirgichning shunday parametrlarini tanlab amalga oshiriladiki, bunda ushbu qo’shimcha ta’sirlar manba vujudga keltiruvchi dinamik ta’sirlarni qismi muvozonatlaydi.
Titrashdan izolyasiyalash. Titrashdan izolyatsiyalashda manba va obyekt orasidagi bog’lamalar bo‘shashtiriladi, natijada ob’ektga o‘zatiluvchi dinamik ta’sirlar kamayadi. Bog’lamalarning bo‘shashtirilishi, odatda, bir qancha nomaqbul hodisalar paydo bo’lishiga olib keladi: ob’ektning statik siljishlari ko‘payadi, past chastotali ta’sirlarda damda zarblarda nisbiy tebranishlar amplitudalari ortadi, sistemaning tashki ulchamlari kattalashadi. Shu sababli titrashdan izolyatsiyalashni titrashda muhofazalash usuli sifatida qo‘llash ko‘p hollarda qo‘yiladigan hamma talablarni qanoatlantiradigan yechimni topish bilan bogliqdir.