Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


- MAVZU: MASHINA VA MEXANIZMLARDA TITRASH



Download 15,67 Mb.
bet45/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

13- MAVZU: MASHINA VA MEXANIZMLARDA TITRASH.


Reja:

  1. Titrash aktivligi va mashinalarni titrashdan muhofazalash.

  2. Tebranish manbalari va titrashdan muhofazalash ob’ektlari.

  3. Titrashdan muhofazalashning asosiy usullari.

Ish unumi yuqori bo’lgan mashinalarning va quvvat, yuklanishi va boshqa ish xususiyatlari oshirilgan tezyurar transport vositalarining yaratilishi muqarrar ravishda titrash va titrash akustikasi maydonlari spektrlarining kuchayishiga va kengayishiga olib keladi. Sanotda va qurilishda keng qo’llaniladigan titrash va titratib zarb berish jarayonlari asosida ishlaydigan yangi, yuqori darajada samarali mashinalar ham ana shunday oqibatlarga olib keladi. Zararli titrash konstruktor tomonidan planlashtirilgan mashinalar, mexanizmlar va boshqarish sistemalarining harakat qonunlarini buzadi, ish jarayonlarining nobarqarorligini vujudga keltiradi va butun sistemaning ishlamay qolishiga yoki butunlay ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Titrash natijasida konstruksiya elementlarida (mexanizmlarning kinematik juftliklarida. birikish jarayonlarida va hokazo) kinamik zo’riqish kuchayadi, natijada detallarning ko’tarib turish qobiliyati pasayadi, ularda darzlar paydo bo’ladi hamda toliqish oqibatida ular yemiriladi. Titrashning ta’siri materiallarning ichki va tashqi strukturalarni va mashina detallarining urinish yuzalaridagi ishqalanish qamda yeyilish sharoitlarini o’zgartirib, konstruksiyaning qizishiga sabab bo’lishi mumkin.


Titrash inson yashayotgan muhitning muhim ekologik ko’rsatkichi bo’lgan shovqinni vujudga keltiradi. Titrash insonga to‘gridan-to‘gri ta’sir ko’rsatib, uning funksional imkoniyatlari va ishlash qobiliyatini kamaytiradi. Shu sababli titrash aktivligini baholash va titrash darajasini kamaytirish usullari va vositalari alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday usul hamda vositalarning birgalikda qo’llanilishini titrashdan muhofazalash deb atash qabul qilingan.
Titrashdan muhofazalash masalasi qo’yilganda tadqiq, etilayotgan mexanik sistemada odatda B bog’lamalar orqali o’zaro bog’langan ikkita M va O sistemachalar ajratib ko’rsatiladi (13.1-rasm). Tebranishni keltirib chiqaruvchi fizik jarayonlar kechadigan M sistemacha tebranish manbai deyiladi. O sistemacha mexanik sistemaning tebranishlari kamaytirilishi lo zim bo’lgan qismi bo’lib, titrashdan muhofazalash obyekti deb ataladi. Ushbu obyektni tebranish manbai bilan bog’lovchi B bog’lamalarda vujudga keladigan hamda obyektning tebranishiga sabab bo’ladigan kuchlar kuch ta’sirlari (dinamik ta’sirlar) deyiladi.
Misollar ko’rib chiqamiz: poydevorga o’rnatilgan dvigatel (turbina, generator, ichki yonuv dvi­gateli, istalgan rotorli mexanizm) muvozanatlanmagan rotorga ega. Bunda rotor — tebranish manbai, dvigatel korpusi esa titrashdan muhofazalanadigan obyektdir; rotor tayanchining dinamik aks ta’siri dinamik ta’sirdan iborat. Titrashdan muhofazalashning vazifasi rotorning muvozanatlanmaganligidan paydo bo’ladigan dvigatel korpusining tebranishini kamaytirishdan iborat; inson-operatorni, masalan, avtomobilda yoki traktorda ishlaydigan operatorni titrashdan muhofazalash masalasini hal etishda shassining va unga o’rnatilgan hamma agregatlarning tebranishini kamaytirishga, haydovchi kabinasining yoki faqat o‘rindiqning tebranishini kamay­tirishga intilish mumkin. Har bir holatda obyekt, manba va dinamik ta’sir turlicha aniqlanadi.

13.1-rasm 13.2-rasm
Ba’zan dinamik ta’sirlar emas, bog’lamalarning manbaga mahkamlanish nuqtalarining siljishlari berilgan bo‘ladi. Bunday ta’sirlar kinematik ta’sirlar deyiladi. Kuch va kinematik ta’sirlar atamalari o‘rniga ko’pincha mexanik ta’sir atamasi qo‘llaniladi.
Mexanik ta’sirlarni uch sinfga bo’lish qabul qilingan: chiziqli o‘ta yuklanishlar; titrash tarzidagi ta’sirlar; zarb tarzidagi ta’sirlar.
Chiziqli o‘ta yuklanish deb, tebranish manbaining tezlanuvchan harakatida vujudga keladigan kinematik ta’sirga aytiladi. Chiziqli o‘ta yuklanish transport mashinalarida, ayniqsa, uchish apparatlarida tezlik oshirilganda, tormozlash jarayonida, shuningdek keskin burish, orqaga qaytarish paytida ancha kuchli bo‘ladi. Doimiy tezlanish a0 (13.2-rasm) va tezlanish o’zgarishining eng katta tezligi da/dt chiziqlari o‘ta yuklanishning asosiy ko’rsatkichlaridir.
Titrash ta’sirlari (kuch va kinematik ta’sirlar) tebranish jarayonlaridir. Kuch ta’sirlari ob’ektga ta’sir etuvchi F(t) kuchlar yoki M(t) kuch momentlari tashkil etuvchilarining vaqt funksiyalari bilan ajralib turadi; kinematik ta’sirlar titrashdan muhofazalash obyekt bilan bog’langan tebranish manbai nuqtalarining tezlanishlari a(t), ularning tezliklari v(t) hamda siljishlari s(t) bilan aj­ralib turadi.
Titrash ta’sirlari ko‘chmas (statsionar), ko‘chma (nostatsionar) va tasodifiy turlarga bo’linadi. Garmonik ta’sir ko‘chmas titrash ta’sirlarining oddiy turidir. Quyidagi vaqt funkqiyasi orqali ifodala nishi mumkin bulgan jarayon garmonik jarayon deyiladi

bunda: X0 — amplituda;w0 — chastota; γ— boshlang’ich faza; t — vaqt.
Garmonik jarayon tadqiq qilinganda ko‘pincha boshlangich faza hisobga olinmaydi va (10.1) tenglama quyidagi ko’rinishda yoziladi:

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish