14.10-rasm
Shunday qilib, Q va T kuch qiymatlarining nisbatiga bog’liq. Kulachokli mexanizmni ishlashida bu nisbat o’zgaradi, chunki tolkatel harakatiga o’tkazilgan n-n normal uzoq va yaqinda turish uchastkalarida noldan qandaydir ma’lum qiymatgacha (bu holatda T kuchli bo’lmaydi) o’zgaradi. Kuchlarni bo’lishdan quyidagi xulsodaga kelish mumkin: kulachokli mexanizmni harakatini uzatish sharti nuqtai nazaridan yaxshi ishlashi uchun (yoki dinamik nuqtai nazaridan) O kuchi harakatga yordam beruvchi kuch T kuchdan, katta bo’lishi kerak, ya’ni harakatga qarshilik ko’rsatuvchi kuchdan.
Q va T kuch qiymatlar nisbati analizini qisqartirish uchun, harakatni uzatish burchagi parametridan foydalaniladi va uni γ grek harfi bilan belgilanadi: bu o’tkir burchak kulachok profiliga o’tkazilgan urinma bilan tolkatel kontakt nuqtasining harakat chizig’i orasidagi burchak (14.10-rasm). Xuddi shunday γ burchak Q va T kuch vektorlari orasida topiladi, bunday quyidagi xulosaga kelish mumkin: dinamik nuqtai nazardan kulachokli mexanizmni yaxshi ishlashi uchun, harakatni uzatish burchagi katta bo’lishi kerak.
Xuddi shunday, γ burchak tezliklar rejasida tolkatelning absolyut va nisbiy tezlik vektorlari orasidagi burchak bo’ladi. (14.6-rasm) Bundan kelgusida foydalanamiz.
Kulachok mexanizm ishlashida bu burchak turish uchastkasida 900 dan uzoqlashish va faza burchaklanrida qandaydir minimal qiymatga o’zgaradi. Shuning uchun yuqoridagi qoida konkretlashadi: teng sharoitda kulachokli mexanizmni yaxshi ishlashi uchun harakatni uztish burchagini minimal qiymati katta bo’lishi kerak. Bu nuqta nazardan tolkatel harakatining bitta xarakterini ta’minlashda har xil kulachokli mexanizmlarni solishtirish mumkin. Bunday kulachokli mexanizmlarda bir xil faza burchaklar, bir xil tolkatelning yurgan yo’li va uzoqlashish va qaytish uchastkalarida kulachok profili o’xshash tayyorlashgan.
Ikkala kulachokli mexanizm bir xil holatda ko’rsatilgan, ya’ni kulachokning burilish burchagi tolkatelga nisbatan bir xil. Tolkatel kichik kulachok bilan K’ nuqtadan katasi bilan K’’ kontaktda bo’ladi. Kantakt nuqtalaridan t1-t1 va t-t urinmalar o’tkazilgan. 14.11-rasmdan ko’rinib turibdiki, harakatdagi uzatish burchagi katta kulachokdagi mexanizmlarda kichiklaridan ko’ra katta qiymatga ega. Umumiy holatda quyidagini yozish mumkin.
Agar r ̋min >ŕ min bo’lsa, unda γ̋> γ́
14.11-rasm
Bundan quyidagi xulosa chiqadi: teng sharoitda kulachokli mexanizm gabariti qancha katta bo'lsa, shuncha kulachokdan tolkatelga xarakatni uzatish sarti yaxshi bo’ladi. Biroq, bu dinamik shartlar mashinalarni loyihalashda asosiy shartlardan biriga qarama-qarshi bo’ladi- konstruksiyaning minimal gabaritga ega bo’lishi shartiga
14.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |