Tishli ilashma va uning parametrlari. Mashinasozlikda va samalyotsozlikda ham keng qo’llaniladigan nolinchi evolventali tishli ilashmalarni o’rganamiz. Bunday ilashmalar ikkita nolinchi evolventali tishli ilashmalarni o’rganamiz. Bunday ishlamalar ikkita nolinchi tish g’ildirakdan tashkil topgan ( musbat bilan manfiydan farqli o’laroq) kontaktda bo’ladi yoki ishlovchi g’ildiraklar deyiladi. Bu g’ildiraklar bitta modulga va Z1 va Z2 tishlar soniga ega.
17.1-rasmda bunday ilashma ko’rsatilgan chapdan birinchi g’ildirak kichik, o’ngdan ikkinchisi esa katta. Kichik tishli g’ildirakni ko’pincha shesternya deyiladi.
17.1-rasm 17.1-rasm bo’yicha harakat shesternadan g’ildirakka uzatiladi. Oldingi ma’ruzada keltirilgan formulada asosan shesternya va geometrik paralellari aniqlanadi. Ilashgan tishli g’ildiraklarda shunday aylanalar borki ular bir-biriga tegib turadi va ish prosessida sirpanmasdan yumalaydi. Bu g’ildiraklar rw1va rw2 radiuslarga ega va boshlang’ich aylanalar deyiladi. Nolinchi uzatma bo’lgan holatda, tishli g’ildirak boshlang’ich aylana radiuslari bo’luvchi aylana radiusiga teng bo’ladi: rw1=r1 va rw2=r2. Bu yyerda shuni ta’kidlash kerakki hamma geometrik parametrlar w indeksga ega. Bir g’ildirak bosh aylanasi va ikkinchi g’ildirak oyoq aylanasi orasidagi masofa cm-radial oraliq deyiladi. c- esa radial oraliq koeffisenti, standart uzatmalarda c=0,25 ga teng.
Evolventali tishli g’ildirak kontakt nuqtasi oliy kinematik juft bo’ladi. Bu nuqtadan (17.1-rasmda u markaziy chiziqda yotadi) evolventa xossasiga asosan va ilashuvchi tish evolventaga umumiy normal o’tkazish mumkin, bu to’g’risida oldingi ma’ruzaga aytilganidek bu normal ilashuvchi tishli g’ildiraklarning asosiy aylanalarga urinma bo’ladi.
Bu urinma va markaziy chiziqqa o’tkazigan perpendikulyar orasidagi burchak ni ilashish burchagi deyiladi.standart nolinchi uzatmalar uchun bu burchak berilgan konturning profil burchagiga teng, ya’ni: ilashuvchi tishli g’ildirak aylanish markazi orasidagi aw masofani o’qlararo masofa deyiladi.
Tishli uzatmalarni ishlash prosessida, ya’ni, ilashish prosessida, kontakt nuqta har xil holatni egallaydi, biroq istalgan holatda tish yon yuzasiga o’tkazilgan normal evolventa xossalariga asosan asosiy aylanaga urinma bo’ladi. Ilashish prosessida kontakt nuqta asosiy aylanaga o’tkazilgan umumiy urinma bo’yicha siljiydi, shuning uchun bu urinma evolventali uzatmaning ilashish chizig’i hisoblanadi. Shunday qilib, evolventali uzatmaning ilashish chizig’i markaziy chiziqqa ilashish burchagi ostida o’tkazilgan og’ma chiziqdir.
Ilashish chizig’i nazariy va amaliyga bo’linadi. Nazariy ilashish chizig’i –bu asosiy aylanalarga o’tkazilgan urinma chiziqning urinish nuqtalari orasidagi AB kesma (17.1-rasmda). Tish evolventasi tishli tishli g’ildirak bosh aylanalar bilan chegaralanganligi sababli, tishning yon yuza kontakti ab amaliy ilashish chizig’I bo’yicha o’tadi, u nazariy chiziqni bosh aylanalar kesishgan nuqtasi .Tishli ilashmalar ishida 16.1-rasmda ko’rsatilganidek, g’ildiraknui aylanish yo’nalishi asosida kontakt nuqta amaliy ilashish chizig’I bo’yicha a nuqtadan b nuqtagacha siljiydi, ya’ni a nuqtada tishlar kontaktga kiradi, b nuqtada esa – kontaktdan chiqadi. Bu yyerda 17.1-rasmda ko’rsatilganidek, nazariy ilashish zazorsiz hisoblanadi, ya’ni tishlar orasidagi yon zazor bo’lmaydi; biroq real uzatmalarda yon zazor bo’ladi va uning qiymati g’ildirak tayyorlashning aniqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Tishli uzatma ikkita sifat ko’rsatkichiga bo’linadi: geometrik va kinematik . geometrik ko’rsatkich- bu markazlararo masofa:
Kinematik ko’rsatkich – bu uzatish nisbati, kirish va chiqish g’ildiraklarini hisobga olganda burchak tezliklar nisbatiga (yoki aylanish chastosasiga) teng bo’ladi: