FIZIKA FANIDAN TEST
Rasmda tasvirlangan yo’lning faqat gorizontal MN qismida ishqalanish mavjud. K nuqtadan erkin qo’yib yuborilgan m massali jism prujinani ma’lum masofaga siqmoqda va orqaga qaytib L nuqtagacha chiqmoqda.
Bunga asosan, jism orqaga qaytib L nuqtadanda yuqoriga chiqishi uchun quyidagilardan qaysi biri bajarilishi kerak?
I. prujinaning bikrligini oshirish,
II. jismning massasini kamaytirish,
III. h balandlikni oshirish
A) faqat I B) faqat II C) faqat III
D) I va II E) II va III
Hajmi 1 litr bo’lgan idishda 0,28 g azot bor. Idish 1500°C temperaturagacha qizdirildi va bunda azot molekulalarining 30% i atomlarga dissotsiyalandi. Idishda qaror topgan bosimni toping (kPa).
A) 200 B) 280 C) 190 D) 146
Issiqlik mashinasi ishchi jismi bir atomli ideal gaz hisoblanadi. Grafikdagi sikl bo’yicha issiqlik mashinasi FIK ni aniqlang.
A) 60 % B) 30 % C) 25 % D) 15 %
So’ruvchi nasos hajmi ballon hajmidan necha marta kichik bo’lganida, ikkinchi sikldan so’ng ballondagi bosim 1,44 marta kamayadi?
A) 5 B) 12 C) 7,2 D) 1,2
Hajmi 10 litr bo’sh idishga 10 g suv solindi va 100°C gacha qizdirildi. Idishda qanday bosim qaror topadi (Pa)?
A) 1,7·10
5 B) 1,3·10
5 C) 1·10
5 D) 3,4·10
5
Massasi 50 g bo’lgan suvning temperaturasini aniqlash uchun unga termometr tushirildi va termometr 33,3°C ni ko’rsatdi. Agar termometrning issiqlik sig’imi C=4,5 J/K va suvga tushirilmasdan oldin u 19°C xona temperaturasini ko’rsatgan bo’lsa, suvning haqiqiy temperaturasi qanday (°C)?
A) 33,4 B) 35 C) 36,5 D) 33,6
20 sm balanlikdan erkin tashlangan jism, suv yuziga tushgandan 0,1 s dan keyin to`xtagan bo`lsa, u suv ichida necha sm suzib to`xtagan?
A) 25 B) 20 C) 15
D) 10 E) 5
O’quvchi formula bo’yicha bitta molekulaning berilgan temperaturadagi o’rtacha kinetik energiyasini hisoblashda temperaturani °C birlikda ifodalab, E=5,6·10-22 J degan xato javobni chiqardi. Siz masalani to’g’ri yeching, javob qanday?
A) 5,6·10
-19 J B) 6,2·10
-21 J
C) 1,38·10
-23 J D) 5,6·10
-22 J
Tashqi kuchlar gaz ustida 700 J ish bajarganda gaz tashqi muhitga 400 J issiqlik berdi. Bunda gaz ichki energiyasi qanday o‘zgaradi (J)?
A) 1,1 kJ ga ortadi B) 1,1 kJ ga kamayadi
C) 300 J ga ortadi D) 300 J ga kamayadi
Sig’imi 200 l bo’lgan vannani tayyorlash uchun 100C li sovuq suv bilan 600C li qaynoq suv aralashtirildi. Suvning temperaturasi 400C bo’lishi uchun qanchadan sovuq va issiq suv olish kerak?
A) 55 kg sovuq suv, 145 kg issiq suv
B) 80 kg sovuq suv, 120 kg issiq suv
C) 94,5 kg sovuq suv, 105,5 issiq suv
D) ikkalasidan 100 kg dan
Xo’llaydigan suv sirtida massasi 20 g va qirrasi 3 sm bo’lgan kub qalqib suzmoqda. Kubning pastgi asosi suv sirtidan qanday chuqurlikda bo’ladi? Suvning sirt taranglik koeffitsiyenti 0,072 N/m.
A) 2,3 sm B) 2,22 sm D) 1,5 sm D) 2 sm
Bir idishda 2 mol geliy va 4 mol azot gazlari bor. Aralashmaning izoxorik jarayon uchun molyar issiqlik sig`imi (J/K·mol) qanchaga teng?
A) 25 B) 30 C) 20 D) 18
Rasmda ideal gazning 1→2→3 o`tishi tasvirlangan. Bunda gaz qanday ish bajaradi(kJ)?
A) 1 B) 0 C) 4 D) 2
Idishdagi bosimni aniqlash uchun unga simobli barometr ulanadi. Rasmda barometrdagi simob sathi ko`rsatilgan. Berilgan ma`lumotlardan foydalanib idishdagi gaz bosimini aniqlang (mm.Hg)? Pat=760 mm.Hg
A)1000 B) 770 C) 960 D) 780
Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri?
A) Qaynab turgan suv bug`langanda tashqaridan issiqlik yutiladi
B) Suv muzlaganda tashqaridan issiqlik
yutiladi
C) Suv bug`i kondensatsiyalanganda tashqariga issiqlik uzatiladi
D) Muz eriganda tashqaridan issiqlik
yutiladi
32g metan (CH4) gazida nechta elektron bor? µ=16 g/mol, NA=6∙1023 mol-1 ( -uglerod , -vodorod)
A) 12∙10
24 B) 12∙10
23 C) 24∙10
24 D) 10
24
Rasmdagi sterjenning massasi 60 kg ga teng. K purjinaning bikirligi 4000 N/m ga teng bo’lsa uning deformatsiyasini (sm) toping? Sterjen muvozanatda turubdi.
A)0,1 B)1 C)100 D)10
Gorizontal joylashgan quvurda suv oqmoqda.
Trubaning keng qismida suvning oqish tezligi 4 m/s agar trubaning keng va tor qismlaridagi bosimlar farqi ∆p=50 mmHg bo’lsa , quvurning tor qismida suvning oqish tezligi qanday (m/s)?
A) 5.4 B) 6.5 C) 9 D)2
Gazning hajmi 2 marta kamayganda gaz bosimi 120 kPa ga o'zgarib, gazning absolut harorati 10% ga oshgan. Gazning dastlabki bosimi nimaga teng bo'lgan (kPa)?
A) 240 B) 50 C) 150 D) 100
Radiuslari 3r va 2r bo’lgan turli hajmli sharlar 2P va P bosimli gazlar bilan to’ldirilgan. Agar M nuqtagi porshen bo’shatilsa sharlarda qanday bosim qaror topadi?
A) 8/5 B) 62/35 C) 22/13 D) 35/32
Oʻrtacha kvadratik tezligi 500 m/s boʻlgan 20 g massali bir atomli gazning ichki energiyasi qancha boʻladi (J)?
A) 1000 B) 20 C) 2500 D)50 E) 250
CO2 molekulasining erkinlik darajasining N2 molekulasi erkinlik darajasiga nisbati n ga teng bo’lsa, n+1,8 nimaga teng?
A) 3 B) 3,8 C) 4,8 D) 5,2
Massasi 1,2 kg boʻlgan temir bolgʻa 1,5 minut ish davomida 20 K ga qizigan. Bolgʻa energiyasining 40% i issiqlikka aylangan deb hisoblab, bajarilgan toʻla ishni aniqlang (kJ). Temirning solishtirma issiqlik sigʻimi 460 J/kg∙K.
A) 13,8 B) 8,6 С) 27,6 D) 6,3 E) 11,06
120 m balandlikda tushgan suv bajargan ishning 60 foizi uning temperaturasini qanchaga koʻtaradi (K)? c = 4200 J/mol∙K.
A) 4,2 B) 2,1 C) 0,17 D) 0,42 E) 2,52
Massasi 0,2 kg boʻlgan chinni buyumni 1500 K temperaturada qizdirilgandan soʻng xonadagi stolga qoʻyildi. Xonadagi temperatura 300 K boʻlsa, chinni buyum sovishi davomida xonaga qancha issiqlik (J) ajralib chiqadi? Chinnining solishtirma issiqlik sigʻimi
1000 J/(kg·K).
A) 2,6·10
5 B) 3,3·10
5 C) 6,6·10
4 D) 2,4·10
5
Gazning hajmi va harorati =const qonuniyat bo’yicha o’zgaradi. Gazning harorati 8 marta ortsa, uning bosimi qanday o’zgaradi?
A) marta kamayadi B) 4 marta kamayadi
C) 8 marta ortadi D) marta ortadi
Pipetka shisha naychasining ichida suv tomchisi bor.Bu yerda tomchi qay tarafaga harakatlanadi?
A) o’ngga, chunki o’ng tarafdagi nayning diametri kichkina
B) chapga, chunki o’ng tarafdagi nayning diametri kichkina
C) harakatlanmaydi, chunki pipetka gorizontal holatda
D) suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentiga bog’liq
Kesimi ko’rsatilgan ichi silliq kesik konussimon idish
vertikal o’q atrofida 2 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda.m massali jism muvozanatda bo’lsa, r necha metr?
B) C) D) E)
Massalari bir xil bo’lgan jismlar bir to’g’ri chiziq bo’ylab vertikal yuqoriga 2 s vaqt intervali bilan otildi. Jismlarning boshlang’ich tezliklari 20 m/s. Jismlar qanday balandlikda (m) to’qnashishadi va ikkinchi jism qancha vaqt (s) harakatlanadi?
A)25; 4 B)25; 2,73 C)15; 2,73 D)15; 4
Quyidagi rasmda keltirilgan V-T grafikdagi gaz jarayonini P-V grafikda tasvirlang.
Tuzuvchi: Ahmadjanov Rustamjon