Buxoro davlat pedagogika universitetining 9-1 Texnalogik ta’lim s-20 guruh talabasi Yodgorov Elmurodning Metallarga ishlov berish fanidan


Nazorat o‘lchash asboblari haqida



Download 0,74 Mb.
bet2/19
Sana10.09.2021
Hajmi0,74 Mb.
#170701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
farmalar

Nazorat o‘lchash asboblari haqida

Dastgohlarni rostlash va sozlash vaqtida ularning qismlari bir-biriga nisbatan to‘g‘ri joylashganligini tekshirish uchun turli nazorat-o‘lchash asbob va anjomlaridan foydalaniladi. Dastgohlar ishlab turganda elektr dvigatellarning ish bilan qanchalik bandligini, kesish asboblarining surilish tezligini, ishlangan zagotovkalarning o‘lchamlari va shakllarini tekshirish maqsadida ham asbob-uskunalardan foydalaniladi.





1-rasm. Nazorat o‘lchash asboblari: a-shtangensirkul” 1-qo‘zg‘almas jag‘, 2-qo‘zg‘aluvchan jag‘, 3-chizg‘ich, b-mikrometr, d-ruletka, e-nutrometr, f-kronsirkul, i - shchupfar, j-universal burchak o‘lchagich: 4-planka, 5-gayka, 6-dastak, 7-uchburchaklik, к-indikator: 8-siferblat, 9-mil, 10-aylanishlar sonini ko‘rsatadigan mil, 11-o‘lchash o‘zagi, 12-tishli g‘ildirak, 13-uchlik, 1-vaterpas.

Detallarning sirtqi va ichki oichamlarini aniq oichash uchun shtangensirkul ishlatiladi (1-rasm, a). Shtangensirkul qo‘zg‘almas jag‘ (I) va noniusli qo‘zg‘aluvchan jag‘ (2), shkalali chizg‘ich (3) dan tashkil topgan. Detalning diametri yoki qa- linligini aniqlashda shtangensirkul jag‘i (2) ochilib, detal asbob jag‘lari orasiga olinadi (o‘lcham b). Shundan so‘ng vint buralib jag‘ (2) mahkamlanadi va o‘lchamni ifodalovchi qiymat chiz- g‘ich (3) hamda nonlusdan hisoblab topiladi. O‘lchash aniqli- giga ko‘ra noniusning bir bo‘linmasi 0,1 yoki 0,004 mm ga teng bo‘ladi. Agar, masalan, noniusning har bir bo‘linmasi 0,1 mm ga teng va shtangensirkul jag‘lari orasidagi masofa chizg‘ichning to‘qqizinchi va o‘ninchi bo‘linmalari orasida bo‘lib, chizg‘ich bo‘linmalaridan biriga noniusning to‘rtinchi bo‘linmasi to‘g‘ri kelsa, u holda aniqlanayotgan o‘lcham 9,4 mm ga teng bo‘ladi. Teshiklarning chuqurligi va diametri (o‘lcham d), pog‘ona- largacha bo‘lgan masofa (o‘lcham) ham shtangensirkul bilan o‘lchanadi.

Chiziqli kichik oichamlarni mikrometr yordamida eng ko‘pi bilan ±0,1 mm xatolikda o‘lchash mumkin (1-rasm, b); katta oichamlarni (100 mm gacha) oichashdagi xatolik ±0,02 mm. Chiziqli oichamlarni ko‘pi bilan 1 mm xatolik bilan o‘lchash uchun masshtabli chizg‘ich va ruletka (1-rasm, d) ish- latiladi. Masalan, plitasimon materiallarni hamda mebel tayyorlanadigan xomaki zagotovkalarni kesib olish vaqtida zagotovkalarning oichamlarini nazorat qilish uchun bunday aniqlik kifoya qiladi.

Nutrometrlar (1-rasm, e) va kronsirkullardan (1-rasm, f) asosan chilangarlar va sozlovchilar silindrik teshiklar va jismlarning diametrlarini oichashda foydalanadilar. Bu asboblar bilan faqat oichamlar belgilab olinadi. O’lchamning son qiymati asbob panjalarini masshtabli chizg‘ichga va shtangen sirkulning shkalasiga qo‘yish orqali aniqlanadi.Tirqishlar shchuplar bilan o‘lchanadi (1-rasm, i).

Universal burchak oichagich bilan (1-rasm, j) detal qir- ralari orasidagi burchakning kattaligi o‘lchanadi. Agar a bur- chak 90° dan kichik bo‘lsa, u dastak (6) ga mahkamlangan uchburchaklik (7) bilan o‘lchanadi. O‘lchash paytida dastak (6)buriladi, uchburchaklik (7) va planka (4) tekisliklari o‘lchana- yotgan detal burchagining qirralariga to‘g‘ri keltiriladi. Tekislik- larning bir-birini qoplaganligi gayka (5) ni burash orqali aniqla- nadi. Burchakning kattaligi asosiy shkala II dan nonius I yorda- mida hisoblab topiladi. O‘lchash xatosi gradusning o‘ndan bir ulushigacha bo‘ladi. Agar a burchak 90° dan katta bo‘lsa, uch- burchaklik (7) ishlatilmaydi. To‘g‘ri burchak uchburchaklik yordamida o‘lchanadi.

Arra disklar shaybalarning, vallarning tepishi, plitalar, yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarning to‘g‘riligi indikator bilan o‘lchanadi (1-rasm, k). Indikator shkalasi 100 ta bo‘linmaga bo‘lingan. O‘lchash o‘zagi (11) 1 mm surilganda mil (9) bir marta to‘la aylanadi, binobarin, o‘zak surilgan masofa siferblat shkalasining bir bo‘linmasiga mos keladi, ya‘ni 0,01 mm ga teng bo‘ladi, shkalaning o‘nta boiinmasi 0,1 mm ga teng. Agar, masalan, ko‘rsatkich aylanishlar sonini besh marta aylanishini ko‘rsatsa, mil 45-bo‘linmada to‘xtagan bo‘lsa, u holda indikator bilan o‘lchanayotgan masofa 5 + 0,45 = 5,45 mm bo‘ladi. 1-rasmda arra shaybasining bo‘ylamasiga o‘q bo‘ylab te- pishini shtativga mahkamlangan indikator bilan o‘lchash va unsurlarning gorizontalligini vaterpas bilan tekshirilishi ko‘rsatilgan. Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish