Kirish. I bob sirqul va chizg’ich yordamida yasashlar



Download 0,61 Mb.
bet1/7
Sana15.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#801978
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Sirqul va chizg’ich yordamida yasashlar


KIRISH.
I BOB Sirqul va chizg’ich yordamida yasashlar.
1.1. Sirkul va chizg’ich postulatlari.
1.2.Sirkul va chizg'ich yordamida qurish qoidalari.
1.3. Yasashga doir geometrik masalalar haqida tushuncha.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
Sirkul (lot. cirkulus — doyra, aylana) — aylana va yoylar chizish, kesmalarning uzunligini oʻlchash va oʻlchamlarni koʻchirish uchun moʻljallangan chizmachilik asbobi; parger. Uning rejalash (yoki boʻlish), chizmachilik (yoki doiraviy), proporsional turlari bor. Rejalash S.i chiziqli oʻlchamlarni oʻlchab, boshqa joyga (qogʻozga) tushirish uchun moʻljallanadi. Chizmachilik S.i diametri 300 mm gacha boʻlgan aylanalarni chizishda ishlatiladi (diametri 2—80 mm li aylanalarni chizish uchun moʻljallangan S. kronsirkul, diametri 300 mm dan katta aylanalarni chizishda ishlatiladigan S. shtangensirkul deb ataladi). Proporsional S. oʻlchab koʻchiriladigan oʻlchamlarning masshtabini oʻzgartirishga imkon beradi. U. deyarli barcha soxalarda ishlatiladi.


Chizgʻich- eng oddiy o'lchov asbobi, odatda kamida bir tomoni tekis bo'lgan tor plastinka. Odatda o'lchagichda masofalarni o'lchash uchun ishlatiladigan uzunlik birligining (santimetr, millimetr, dyuym) ko'paytmalari bo'lgan zarbalar (bo'linmalar) qo'llaniladi.

I BOB Sirqul va chizg’ich yordamida yasashlar.
1.1.Sirkul va chizg’ich postulatlari.

Fazoda biror tekislikni tanlab olamiz va bu tekislikka asosiy tekislik deb ataymiz. Qaralayotgan hamma geometrik figuralar shu tekislikda joylashgan deb olinadi. Asosiy tekislikning nuqtalari, to`g`ri chiziqlari va aylanalari yasashga doir masalalarda muhim o`rin egallagani sababli ularga ham asosiy figuralar deb ataymiz. Bu asosiy figuralardan tashqari bizni kesma, nur, yarim tekislik, ko`pburchaklar va aylana yoylari kabi sodda geometrik figuralar qiziqtiradi, bu sodda geometrik figuralar nuqtalarning berilishi bilan to`la aniqlanadi. Ixtiyoriy yasashga doir masala berilgan figuralar yordamida uyoki bu shartni qanoatlantiruvchi (izlangan) figurani yasash talab qilinadi. Umumiy holatda yasashga doir masalaning qo`yilishini aniqlash maqsadida quyidagi kelishuv qoidalarini o`rnatishga to`g`ri keladi.


Masalani aniq qo`yishda va ma`lum qoidalar asosida yechishda ma`lum bir asosiy figuralar to`plami ajratiladi. to`plam elementlari nuqta, to`g`ri chiziq va aylanadan iborat bo`lib, figuralarning elementlari yasalgan deb yuritiladi. dagi har bir turli chiziq, nuqta va aylana bitta yaxlit obyekt sifatida qabul qilinadi.
Masalan: ɣ aylana yasalgan bo`lsa, u holda uning har bir nuqtasi qolaversa, markazi yasalgan deb hisoblanavermaydi. Lekin bu aylananing ma`lim bir nuqtalari alohida erkin bir figura sifatida yasalgan deb olishimiz vaholanki, bu holatlar masalaga aytilgan bo`ladi yoki yasash jarayonida vujudga keladi.
Bunday holatlar ya`ni yasashga doir masalani asosiy figurasi quyidagi ikki shartni qanoatlantirishi kerak.
a) yasashga doir masala shartida berilgan nuqta, to`g`ri chiziq va aylana to`plamga tegishli deb hisoblanadi, ya`ni bu figuralar
yasalgan deb hisoblanadi. Hamda masalada berilgan asosiy figuralar to`plami to`plami chekli to`plamdir;
b) kamida bitta yasalgan to`g`ri chiziq mavjuddir. Ixtiyoriy
yasalgan to`g`ri chiziqda yoki aylanada kamida ikkita yasalgan nuqta mavjuddir.
Endi biz ba`zi bir amallar (yasashlar) yordamida figuraga yangi
nuqta, to`g`ri chiziq va aylanalar kiritamiz. Bu har bir amalni
yasashning qadamlari deb yuritamiz.
Yasash postulatlarini keltiramiz, ya`ni biz yasashni qaysi
qadamlarini bajarilgan deb hisoblashimiz mumkin.
P1. Yasalgan ikki nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziq yasalgandir.
P2.Markazi yasalgan nuqtada, radiusi uchlari yasalgan nuqtalardan iborat bo`lgan kesma uzunligidan iborat aylana yasalgandir.
P3.Ikki parallel bo`lmagan yasalgan to`g`ri chiziqlarning kesishish nuqtasi yasalgandir.
P4.Yasalgan to`g`ri chiziqning va aylananing kesish nuqtalari yasalgandir.
P5.Ikki yasalgan kesishuvchi aylananing kesish nuqtalari yasalgandir. Endi biz umumiy ko`rinishda sirkul va chizg`ich yodamida yasashga doir masalaning qo`yilishi ta`rifini keltiramiz. Bizga chekli sondagi asosiy yasalgan figuralar berilgan bo`lib yasash lozim bo`lgan izlanayotgan F figurani ta`riflovchi asosiy xossalari ifodalangan bo`lsa, P1 vaP5 postulatlarni chekli sonda qo`llab F asosiy figurani yasash talab qilinadi. Ta`kidlaymizki, bu ta`rifda chekli sondagi amallar bajarilish juda muhimdir.
Biz Yevklid tekisligiga taalluqli yasashga doir masalalar bilan shug’ullanamiz. Tekislikda yasashga doir masalalarni yechishda odatda yasash qurollaridan sirkul va chizg’ich ishlatiladi. Yasashga doir masalalarni chizg’ich va sirkul yordamida yechishda chizma praktikasida qo’llaniladigan chizg’ich va sirkul emas, balki abstrakt .chizg’ich va sirkul e’tiborga olingan. Bu qurollarning konstruktiv imkoniyatlari quyidagi ikki aksioma bilan ifoda qilinadi:
1.Yasash uskunalari bular sirkul va chizg`ichdir. Chizg`ich birliklarga ajratilmagan bo`lib, uning yordamida faqat ikki yasalgan nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziqni o`tkazish mumkin.
2.Sirkul yordamida markazi yasalgan nuqtada va radiusi yasalgan kesma uzunligiga teng bo`lgan aylanani chizish mumkin.
Izoh: Eslatamizki, yasashga doir masalalarni yechishda ba`zida yasalgan figuralar to`g`ri chiziq, aylana, nurga va kesmaga tegishi yoki tegisli bo`lmagan nuqtalarni ixtiyoriy olishga to`g`ri keladi..


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish